ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Yosh avlod tarbiyasida axloqiy ko‘nikmalarni tarkib toptirish

Egamberdiyeva Farida Oktamovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

Yosh avlod tarbiyasida axloqiy ko‘nikmalarni tarkib toptirish

Egamberdiyeva Farida
Oriental universiteti,

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent

Annotatsiya: Ushbu maqolada tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr
yuritilgan bo‘lib, uning aniq maqsadga yo‘naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi.
Bugungi kunda inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni
ko‘rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o‘rinda turadi. Har bir
tarbiyachi, avvalo, o‘z faoliyatini va undan ko‘zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta
olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim.

Tayanch so‘zlar: ta’lim, tarbiya, yosh avlod, ijtimoiy, global, salohiyat,
o‘quvchi, ma’naviyat, madaniyat.

Аннотация: В данной статье рассматривается тот факт, что образование
является социальным явлением, и подчеркивается, что это явление,
направленное на конкретную цель. Сегодня анализ факторов, влияющих на
зрелость человека, показывает, что среди этих факторов образование играет
важную роль и занимает ведущее место. Прежде всего, каждый педагог должен
уметь ясно представлять свою деятельность и вытекающую из нее цель,
понимать значение этой цели.

Ключевые слова: образование, воспитание, молодое поколение,
социальный, глобальный, потенциал, студенчество, духовность, культура.

Annotation: This article examines the fact that education is a social phenomenon
and emphasizes that it is a phenomenon aimed at a specific purpose. Today, an analysis
of the factors influencing a person’s maturity shows that among these factors,
education plays an important role and occupies a leading place. First of all, every
teacher must be able to clearly imagine his activities and the goal arising from it, and
understand the meaning of this goal.

Key words: education, upbringing, young generation, social, global, potential,
students, spirituality, culture.

Kirish
Bugungi globallashuv jarayonida, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga
bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor
qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni
oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy
talablarni qo‘ymoqda. Jamiyatimiz shiddat bilan o‘zgarayotgan bir paytda o‘quvchiyoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat,
huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik,
ma’rifatparvarlik, diniy va milliy bag‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo,
ijtimoiy va ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdek dolzarb muammolarni oldiga

MUAMMO VA YECHIMLAR

qo‘ymoqda. Shu bois yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga nihoyatda katta e’tibor
bermog‘imiz zarur. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda, uning
aniq maqsadga yo‘naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir
etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va
yetakchi o‘rinda turadi. Ta’limning asosiy vazifasi o‘qituvchilarni bilim, ko‘nikma va
malakalar bilan qurollantirish bo‘lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul
qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, axloqiy malaka va
ko‘nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiyashunos olim
Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida inson kamolotida
tarbiyaning o‘rnini alohida ta’kidlab, shunday degan edi: “Janobi haq insonlarning asl
xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani
ayiradigan qilib yaratgan.”

Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil
buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo‘lib chiqadi. Axloqimiz
binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishida tarbiyaning ta’siri kattadir. Yuqorida biz,
tarbiyadan maqsad barkamol insonni tarbiyalash, degan edik. Xo‘sh, barkamol inson
deganda kimlarni tushunmoq kerak?

Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalari asosida tarkib
topib borgani tarixdan ma’lum. Qur’oni Karim oyatlari, Payg‘ambar alayhissalom
hadislari, ulamo va hukamolarimizning kitoblari tarbiyamizning manbayi bo‘lib
xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab
olgan. Islomiy tarbiya bolani yetti jihatdan tarbiyalashni maslahat beradi. Bular: sog‘liq
va badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, nafosat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, vijdoniy-nafsoniy
tarbiya, diniy-ruhiy tarbiyadir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandlaringizni
izzat-ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini, odobini ham yaxshilanglar! deganlar. Shu
bilan birga, hech bir ota o‘z farzandiga xulq-odobdan yaxshiroq meros qoldira olmaydi
deb, tarbiyada ota-onaning rolini belgilab o‘tganlar. Islomiy (sharqona) tarbiya barcha
mo‘min-u musulmonlarni hayotda xush xulqli, shirin so‘zli, oliyjanob bo‘lishga da’vat
etadi va yaxshi tarbiya ko‘rganning o‘nta nishonasi sanab o‘tiladi:

1. Xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;
2. O‘z nafsiga insof berishni so‘rash;
3. Boshqalardan ayb qidirmaslik;
4. Birovda yomonlik sodir bo‘lsa, uni yaxshilikka yo‘yish;
5. Agar gunohkor uzr so‘rasa, uning uzrini qabul qilish;
6. Muhojirlar hojatini chiqarish;
7. El g‘amini yeyish;
8. O‘z aybini tan olish;
9. El bilan ochiq yuzli bo‘lish;
10. Odamlar bilan shirin muomalada bo‘lish.
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham, xususiyati ham o‘zgarib boradi.
Buni ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm va kapitalizm formatsiyalari misolida ham
ko‘rish mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiyaning maqsadi oddiy bo‘lib, shunchaki
insonning hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilgan. Quldorlik tuzumida quldorlar

MUAMMO VA YECHIMLAR

va qullarning paydo bo‘lishi tarbiyaning xususiyati va maqsadini ham o‘zgartirdi.
Quldorlarning bolalari hukmron bo‘lishga intildilar, bosqinchilik urushlari olib borish
uchun harbiy san’atni o‘rganib bordilar. Qullarning bolalari oddiy qora ishni bajarish,
mehnat jarayonida ishtirok etishga o‘rgatildi. Feodalizm tuzumiga kelib tarbiya keskin
tabaqalana boshladi.

Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiya tizimining bir qismi bo‘lib, uning mazmuni barcha
fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olish va shu asosda yoshlarda
ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish, tafakkur va nutq qobiliyatini rivojlantirishdan
iborat. Aqliy tarbiya barcha fanlardan umumiy ma’lumot berish orqali amalga
oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilarga maktab darslari asosida bilim berilib, ularda
xotira, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish kabi xislatlar taraqqiy ettiriladi. O‘tmishdagi
ulug‘ allomalarimizdan Abu Nasr Forobiyning axloq, odob, mehnat va jismoniy tarbiya
haqidagi ko‘plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatini
yo‘qotgan emas. Insonning aql-zakovati xususida Abu Nasr Forobiy quyidagicha fikr
yuritib, bunday deydi:

1. Barcha masalani muhokama va mulohazani tezda tushuna oladigan, uning
ma’nosini anglaydigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrning to‘g‘riligini tezda
payqay oladigan bo‘lsin;

2. Xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan-eshitgan, sezgan narsalarining
birontasini ham esidan chiqarmay, yodda saqlab qoladigan bo‘lsin;

3. Zehni shu darajada tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi
bilan bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin;

4. So‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va
ravshan bayon eta olsin;

5. Bilim va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini
charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin.

Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama kamol topishining asosini tashkil etadi. U
mehnat unumdorligini oshiradi va mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptiradi.

Bundan tashqari Forobiy insonning axloqiy fazilatlari haqida quyidagi fikrlarni
bildiradi:

1. Bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan
bo‘lishi kerakki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarni osonlik bilan
amalga oshira olsin;

2. Ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor
o‘yinlarini o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchiliklardan
jirkanadigan bo‘lsin;

3. Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va
yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;

4. G‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past
ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin;

5. O‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchi,
adolatsizlikka, jabr-zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;

6. Adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin.

MUAMMO VA YECHIMLAR

Insonning axloqiy qiyofasi butun umri davomida shakllanib boradi. Inson onadan
mehnatsevar ham, dangasa ham, johil ham bo‘lib tug‘ilmaydi bu va shunga o‘xshash
axloqiy sifatlar bolani o‘rab olgan ijtimoiy muhitning, tarbiyaning ta’siri hisoblanadi.
Tarbiya ikki negizga axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim. Birinchisi yaxshi fazilatni
oshirsa, ikkinchisi o‘zgalar illatidan himoya qiladi. Demak, tarbiya ham axloqqa, ham
insoniy munosabatlarga, asrlar osha xalq tajribasidan sinovdan o‘tib, o‘zining
umrboqiyligini isbotlagan qadriyatlarga, an’ana va urf-odatlarga bog‘lansagina
ko‘zlagan natijaga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo‘lgan
munosabatidan uning axloqi namoyon bo‘ladi. Xalqimiz axloqiy fazilatlarni qadim
zamonlardan beri boyitib kelgan. Axloq-odobga oid fikrlar Avesto kitobida, qadimgi
bitiklarda, pandnomalarda va boshqa yozma manbalarda o‘z ifodasini topgan. Shunday
ekan, axloqiy tarbiya ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining
jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib-qoidalarining yig‘indisi sifatida gavdalanadi.
Inson shaxsining kamoloti uning butun umri davomida amalga oshib boraveradi. Bu
fazilat insonning boshqalar bilan bo‘lgan muomalasida, voqelikka, jamiyatga bo‘lgan
munosabatida va uning xatti-harakatlarida, fe’l-atvorida namoyon bo‘ladi. Axloqiy
tarbiya, umuman olganda, tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanuvchilarda axloqiy
tasavvurlar tizimini shakllantirishni, axloqiy his-tuyg‘ularni, voqea va hodisalarga
to‘g‘ri munosabat bildira olish kabilarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. R.А.Мavlonova, N.H.Rahmankulova, К.О.Мatnazarova, P.T.Хolmatov,
М.К.Shirinov, “Umumiy pedagogika” Darslik. – Тoshkent: "Navroʻz", 2016.
2. Xaydarova R.A. “Umumiy pedagogika”. O‘quv qo‘llanma. – TDShU. 2021.
3. R.А.Мavlonova, N.H.Rahmankulova, К.О.Мatnazarova, S.Xafizov,
М.К.Shirinov, “Umumiy pedagogika” Darslik. – Toshkent: "Fan va texnologiya",
2018.
4. R.А.Мavlonova, N.H.Rahmankulova, К.О.Мatnazarova “Tarbiyaviy ishlar
metodikasi”. Darslik. – Nizomiy nomidagi TDPU, 2014 yil