ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Psixologiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning uslubiy masalalari

Alimbayeva Shaxlo Tursunovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Psixologiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning
uslubiy masalalari

Alimbayeva Shaxlo,
Oriental universiteti, Uzluksiz ta’lim pedagogikasi

kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya: Ushbu maqolada psixologiya fanlarida talaba mustaqil ishlarini
tashkil etish borasida metodik tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, maqolada to‘g‘ri
tashkil etilgan mustaqil faoliyat talabaning kelajakdagi ilmiy ijodi uchun muhim asos
bo‘lishi yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Mustaqil ishlar, ilmiy faoliyat, maqola, atamalar izohi, ilmiy
adabiyot.

Annotation: This article presents methodical recommendations for organizing
student independent work in psychology. Additionally, the article emphasizes that
properly organized independent activity serves as an important foundation for the
student’s future scientific creativity.

Key words: Independent work, scientific activity, article, explanation of terms,
scientific literature.

Jahon hamjamiyatida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda erkin fikrlovchi, turli
masalalar borasida ilmiy mushohada yurita oladigan, muammolar yechimini topishda
ijodiy yondasha oladigan yoshlarni tarbiyalash ta’lim sohasi vakillari oldida turgan
dolzarb masalalardan biridir. Talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish, ularni ilmiy
jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirib, ijodiy topshiriqlar berish ushbu masalaning bir yechimi
o‘laroq maydonga chiqadi [1], [2].

Mustaqil ishlar o‘z mohiyatiga ko‘ra talaba ta’lim olishining zamonaviy usullarini
egallashga, ijodiy tafakkurini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Ilm oluvchilarda
mustaqil fikr paydo bo‘lishiga, uning bilish faolligiga imkon beradigan har qanday
mashg‘ulot turi mustaqil ishni tashkil etadi. Tor ma’noda esa, talabaning mustaqil ishi
uning auditoriya va undan tashqarida, o‘qituvchi rahbarligi ostida yoki o‘qituvchi
ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil izlanishlari va harakatlari majmuini
anglatadi.

Talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatishda o‘qituvchi tomonidan avvalo
ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini
ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z
vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri
baholash yo‘l-yo‘riqlarini berish lozim. Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi
dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabrtoqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib
borishi lozim bo‘ladi. Oliy maktab o‘qituvchisining vazifasi mustaqil ish yo‘nalishini
ko‘rsatish, metodika bilan tanishtirishdan iborat [3].

41

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va
ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan
holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil
ta’limga ko‘nika boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni
bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb
hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga
o‘rganib boradi.

Talabalarning mustaqil ishni bajarish jarayonidagi faolliklarini oshirishda
quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

1. Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib
chiqish bo‘yicha topshiriqlar berish. Bunda talabalarda adabiyotlar bilan ishlash
ko‘nikmasi shakllantiriladi.

2. Talabalarni ilmiy-tadqiqot muhitiga kiritish, hamkorlikda maqolalar yozish.
Bunda mavzu tanlash talabani qiziqtirgan yo‘nalishlar doirasida bo‘lgani maqsadga
muvofiqdir.

3. O‘rganilayotgan fanning boblariga oid berilgan mavzu bo‘yicha referat,
ma’ruza, ocherk tayyorlash.

4. Tayanch tushunchalarning mazmunini yoritishga qaratilgan topshiriqlar berish.
Masalan, psixologiya fanlaridagi atamalar izohini topish bo‘yicha quyidagi jadvalni
taqdim etish mumkin:

Atamalarga mos izohlarni yozing

Sangvinik
Giperbolizatsiya
Sotsiometriya
Analiz
Surdopsixologiya
Adaptatsiya
Longityud

5. Tanlangan fan bo‘yicha illustrativ materiallarni tayyorlash. Mavzu o‘qituvchi
tomonidan beriladi, uning mazmuni, shakli va ijrosi talaba tomonidan belgilanadi.

6. Hajmi, murakkabligi, mazmuni talaba tomonidan belgilanadigan ilmiy
krossvordlar, diagrammalar tuzish.

7. Zamonaviy olimning maqolasiga, monografiyasiga, yozuvchining asariga
taqriz yozish.

8. Mashq va masalalarni ishlash, matnni tarjima qilish yoki qayta hikoya qilish,
jadvallar tuzish, grafik ishlarni amalga oshirish, turli hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Bunda bir qancha respondentlarda o‘tkazilgan metodikalar natijalari matematikstatistik tahlil qilinishi, natijalar diagrammalar orqali ifodalanishi mumkin.

6. Talabalarni tashabbuskorlik va mustaqillikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
individual topshiriqlarni bajarish. Bunda turli xil sxematik vazifalardan, jadvallardan

42

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

foydalanish talabada fikrini aniq va lo‘nda bayon eta olish ko‘nikmasining
shakllanishiga yordam beradi (1,2-jadval).

1-jadval
Bilish jarayonlarini jadvalga joylashtiring va qisqacha izoh yozing. Ularning
turlarini keltirib o‘ting.

Bilish jarayonlari

2-jadval

Quyida berilgan jumlalar to‘g‘ri bo‘lsa, yonidagi katakchaga “+”, To‘g‘ri yoki

notog‘ri bo‘lsa “–” ishorasini qo‘ying. noto‘g‘riligi

a Ixtiyoriydan keyingi diqqatda irodaviy zo‘r berish kuzatiladi

b Giperbolizatsiya – qismlardan butun yasashga asoslangan xotira jarayoni

c Kuzatish va eksperiment – yordamchi metodlar toifasiga kiradi

d Motiv – faoliyatga undovchi kuch hisoblanadi

e Hissiyot – uzoq muddatli kechinmalar hisoblanadi.

7. Kurs ishlari, loyihalarini bajarish.
8. Ilmiy-amaliy anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik.
9. Tanlangan mavzu bo‘yicha insho yozish. Bunda psixologiya fanlari bo‘yicha
taxminan quyidagi mavzularni tanlash mumkin:
1) Agar men maktab psixologi bo‘lsam…;
2) Agar men maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat olib borsam… ;
3) Mehnat faoliyatining shaxs shakllanishidagi o‘rni;
4) O‘qish faoliyatining inson kamolotidagi ahamiyati;
5) O‘yin faoliyatining shaxs psixik rivojlanishiga ta’siri.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi talaba ijodiy
tafakkuri o‘sishiga, ilmiy dunyoqarashi rivojlanishiga yordam beradi. Bu esa o‘z
navbatida talaba ilmiy faoliyatining muhim negizidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Davletshin M.G. Jalilova S.X. Oliy maktabda ta’lim jarayoni samaradorligining
psixologik tomonlari. – Toshkent: TDPU, 2001.
2. Nishonova Z.T., Ergashev P.S. Oliy maktab psixologiyasi. – Toshkent: Fan va
texnologiyalari markazi, 2012.
3. Nishonova Z.T. Oliy maktab psixologiyasi. – Toshkent: TDPU, 2003.

43