MUAMMO VA YECHIMLAR
Pedagogik desantura – talabalarda mustaqil ta’limni rivojlantirishning
omili sifatida
Yunusova Xusnora,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Pedagogika fakulteti, Maxsus
pedagogika kafedrasi, p.f.f.d (PhD)
Annotatsiya: Ushbu maqolada innovatsion ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak
defektologlarni inklyuziv ta’limga tayyorlash texnologiyalari yuzasidan fikrlar bayon
etilgan.
Tayanch so‘zlar: inklyuziv, ta’lim, mahalla, pedagogik desantura, kuzatuvchi,
assistent, moderator, fasilitator, mentor, innovatsion texnologiya.
Ta’lim klasteri asosida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning
muvaffaqiyatli omillarini aniqlash yuzasidan metodik tavsiya sifatida keltirishimiz
mumkinki, inklyuziv ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlardan biri
bu mahalladir. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining ish tartibi qirq soatlik
va olti kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda Fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan
tasdiqlanadigan ichki tartib-qoidalariga ko‘ra belgilanadi. Bundan namoyon bo‘ladiki,
mahalla oilalarga ta’sir ko‘rsatadi. Mahallalarda oilalar bilan ishlashning turli
masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shu nuqtai nazardan biz mahalla faollari va ota-onalarning inklyuziv ta’limga
tayyorgarligini o‘rganish maqsadida “Metodist ona - hamkor ota” deb nomlangan
seminar-trening dasturini ishlab chiqish lozim, deb hisoblaymiz. Shuni ta’kidlash
joizki, ushbu seminar-trening orqali mahalla faollari va ota-onalarning ta’lim klasteri
asosida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning unumli usullari bilan tanishtirib
boriladi.
O‘z ichiga quyidagilarni qamrab olishi kerak bo‘lgan seminar-treningning
dasturiga muvofiq ma’lum bir mavzular ketma-ketligiga amal qilinishi lozim. Shunda
mantiqiy uzviylik ta’minlanadi va muayyan natijaga erishish mumkin bo‘ladi.
“Metodist ona - hamkor ota” deb nomlangan seminar-trening mavzulari
ro‘yxati
№ Mavzular VAQTI
1 Inklyuziv ta’lim – bu..... 30 daqiqa
2 Inklyuziv ta’lim ishtirokchilari kimlar? 30 daqiqa
3 Ta’lim klasterining mazmun-mohiyati 30 daqiqa
4 Inklyuziv ta’limning afzalliklari 30 daqiqa
5 Men bolamni qanchalik bilaman? 30 daqiqa
6 Bolamning kelajak portreti 30 daqiqa
7 Keksalik bugundan boshlanadi 30 daqiqa
8 Erta uchun bugun dastur 30 daqiqa
9 Bolamning ertasi – mening kelajagim 30 daqiqa
10 Eng yaxshi investitsiya bu – bolaga qilingan investitsiyadir 30 daqiqa
MUAMMO VA YECHIMLAR
Taraqqiyot asri hisoblanmish bugungi kun zamonaviy darsni loyihalash va
o‘tkazishda yangi yondashuvlarni talab qiladi. O‘quvchilar uchun bo‘lganiday
o‘qituvchilar uchun ham dars qachonki shu so‘zning keng ma’nosida zamonaviy
bo‘lganida qiziqarli bo‘ladi. Zamonaviylik ham butunlay yangi, ham o‘tmish bilan
aloqani yo‘qotmaydi, bir so‘z bilan aytganda dolzarbdir. Dolzarb (lotin tilidan actualis
– serharakat) hozirgi vaqt uchun muhim, ahamiyatli degan ma’noni anglatadi. Alohida
ta’kidlash joizki, agar dars zamonaviy bo‘lsa, albatta, u kelajak uchun poydevor
qo‘yadi. Demak, zamonaviy dars bu bolalarga o‘rganilayotgan materialning shaxsiy
mazmunini ochib berishga, o‘quvchilarda bilimlar tizimi to‘g‘risida yaxlit
tushunchalarini shakllantirish uchun fanlararo aloqalardan foydalanish maqsadida
ularni amalga oshirishga, o‘quv jarayonining amaliy yo‘nalishiga, tanqidiy fikrlash
texnologiyasini rivojlantirish usullaridan foydalanishga, guruhli va individual
ishlashning umumiy shakllarini uyg‘unlashuviga yordam berishdir [5]. Shu bois ta’lim
klasteri sharoitida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent viloyati
Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Pedagogik desantura” professionallar
klubi tashkil etildi. Klubga biriktirilgan trener o‘qituvchilar tomonidan “Pedagogika
fakulteti” Maxsus pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich volontyor-desant talabalar, klub
rahbari saralab olindi. Ushbu klubni ochishdan ko‘zlangan maqsad o‘quv jarayonini
diversifikatsiyalash uchun talabalarning klaster obyektlarida dars o‘tish tajribasini
oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ish samaradorligini oshirish uchun “Pedagogik
desantura” professionallar klubi ish faoliyatining tamoyillari ishlab chiqildi:
Ixtiyoriylik tamoyili
O‘ziga ishonch tamoyili
O‘zaro ishonch tamoyili
Jamoaviy harakat tamoyili
Tezkor diagnostika tamoyili
Aybdor qidirmaslik tamoyili
Manzilli zabt etish tamoyili
Qulay pozitsiya tamoyili.
Inklyuziv ta’lim tizimida innovatsion klasterni joriy etish natijasida biz ta’lim
tizimida, maktab o‘quvchilarining fanlarni o‘zlashtirish yuzasidan har tomonlama
sezilarli darajada natijalarni ko‘rishimiz mumkin.
“Pedagogik desantura” professionallar klubi ish faoliyati o‘z yo‘l xaritasiga ega:
1. Talabalarni kuzatish.
2. Diagnostika qilish.
3. Amaliy mashg‘ulotlarda imitatsion muhit yaratish.
4. Maktab o‘qituvchisiga biriktirish.
5. Dars o‘tish.
Desant talabalarimiz dars jarayonini avval kuzatib, “Maxsus pedagogika”
kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda tahlil qilib olishadi. Har bir desant
talaba o‘z didaktik sandig‘iga ega bo‘lib, dars jarayonida tayyorlagan metodikalardan
imkoniyati cheklangan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
MUAMMO VA YECHIMLAR
foydalanishi talab etiladi. Sinfdagi barcha imkoniyati cheklangan hamda sust
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar desant talaba nazaridan chetda qolmaydi. Chunki bu
o‘quvchilardagi kichik ijobiy o‘zgarish ham bizni maqsad sari yetaklovchi kuch
sanaladi. Biz qilgan ishda alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarimiz oddiy, passiv
ishtirokchi sifatida emas, balki faol o‘quvchi bo‘lib ertangi ta’lim bosqichiga
qiyinchiliklarsiz o‘ta oladigan bo‘lishi kerak. Mavzularni faol o‘zlashtira olgan shaxs
keyingi oliy ta’lim jarayonida birinchidan, akademik bilimlarga ega bo‘la oladi,
ikkinchidan, o‘ziga bo‘lgan ishonch ortganligi sababli psixologik jihatdan ongini
tayyorlab olgan bo‘ladi, uchinchidan, boqimondalik hissini yengib o‘tib, hayotda o‘z
o‘rnini topishga harakat qila oladi. Hozirgi kunda zamonaviy kadrlarga qo‘yiladigan
talablardan biri transformatsion faoliyat asosida o‘quv jarayonlarini olib borishdir.
Transformatsion faoliyatda mavzu yoki maqsadimiz o‘zgarmaydi, balki ma’lum
bir elementi o‘zgaradi, xolos. Misol uchun, o‘qituvchi darsni olib borish uchun ma’lum
bir metodikani tayyorlab keladi, lekin o‘quvchining beqaror holati bu metodikaning
ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin. Bu holat dars maqsadiga ta’sir ko‘rsatmasligi
kerak, ya’ni transformatsion faoliyat o‘quvlari, ko‘nikmalari talab etiladi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, shu usulning o‘zida ma’lum bir elementni o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
“Pedagogik desantura” professionallar klubining yana bir muhim jihati
shundaki, talaba o‘zini o‘qituvchi o‘rnida ko‘ra oladi. O‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu
yuzasidan 1 hafta oldin tanishgan bo‘lishi kerak, dars uchun kerak bo‘lgan metodikalar
va resurslarni tayyorlab oladi, harakat nuqtasini taqsimlab oladi, dars yakunlanganidan
so‘ng talabalar o‘zaro muhokama jarayonini olib boradi.
“Pedagogik desantura” professionallar klubi talabalari Pedagogik faoliyatning
innovatsion shakllarini 5 bosqich asosida amalga oshiradilar.
Kuzatuvchi
Assistant
Moderator
Fasilitator
Mentor
Toshkent viloyati Chirchiq shahri 15-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim
maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 2021-2022-o‘quv yili 3-chorakning 3-
oyidan 4-chorak yakuniga qadar “Maxsus pedagogika” kafedrasining 21 nafar desant
talabalari biriktirildi. Har bir talaba boshlang‘ich sinfdagi imkoniyati cheklangan yoki
sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilardan 1 nafarini o‘ziga biriktirib oldi va dars jarayonida
shu o‘quvchiga har tomonlama ko‘mak berdi. Desant talabalar biriktirilishidan avval
10 nafar imkoniyati cheklangan yoki sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilardan 3 tasi dars
jarayonlarida she’r yodlay olmagan, 4 nafar o‘quvchining nutqida nuqsoni mavjud edi,
qolgan 3 nafar o‘quvchi tortinchoq, o‘z fikrini erkin bayon eta olmas edi.
Desant talabalar ko‘magidan so‘ng 3 nafar o‘quvchi 2-3 tadan she’rni yod oldi. 4
nafar o‘quvchining lug‘at boyligi oshdi, bog‘langan nutqi shakllandi, ichki va tashqi
nutqi rivojlandi. 3 nafar o‘quvchi o‘z xohishi bilan qo‘l ko‘tarib, fikrini bayon etishga
o‘rgandi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi.
MUAMMO VA YECHIMLAR
Xulosa tarzida aytish mumkinki, individual kasbiy rivojlantirish dasturi asosida
talabalarni klubga jalb qilish, ularga desant vazifasini yuklash orqali o‘qituvchilik
faoliyatiga tayyorlash ularning kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun
zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2011.
2. Бизяева А.А. Рефлексивные процессы в сознании и деятельности
учителья. Дисс. канд. психол. наук. – Санкт-Пб., 1993.
3. Yunusova X.Sh. Innovatsion ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak defektologlarni
inklyuziv ta’limga tayyorlash. p.f.f.d., (PhD) diss. – Toshkent, 2023.
4. www.ziyonet.uz.