ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish: global va milliy istiqbollar

Elmurodov Jamshid Asatillayevich, Ergashev Muhammadsodiq Uchqun o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish: global va milliy istiqbollar

Elmurodov Jamshid
Oriental universiteti,
Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti
mr_elmurodov@mail.ru
Ergashev Muhammadsodiq
Oriental universiteti,
Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi
ergashevmuhammadsodiq1995@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada respublikamizda ta’lim jarayonini tashkil etishda
innovatsiyalar, axborot texnologiyalarini va ilg‘or innovatsion pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashning maqsadi, mazmuni va mohiyati ochib berilgan holda
jahon va milliy tajribalarni solishtirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: innovatsion g‘oyalar, ta’lim tizimi, milliy dastur, pedagogik g‘oya,

jahon tadqiqotchilari, milliy ta’lim sistemasi, kadrlar, o‘quv dasturi.

Аннотация: В статье сравнивается и совершенствуется мировой и

отечественный опыт, разъясняются цель, содержание и сущность использования

инноваций, информационных технологий и передовых инновационных

педагогических технологий в организации образовательного процесса в

республике.

Ключевые слова: инновационные идеи, система образования,

национальная программа, педагогическая идея, мировые исследователи,

национальная система образования, кадры, учебная программа.

Annotation: This article compares and improves world and national experience,

explaining the purpose, content and essence of the use of innovations, information

technology and advanced innovative pedagogical technologies in the organization of

the educational process in the Republic.

Keywords: innovative ideas, education system, national program, pedagogical

idea, world researchers, national education system, staff, curriculum.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish
mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan,
jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda
puxta o‘zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan
fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.

Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga:
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan
yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash;

MUAMMO VA YECHIMLAR

- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va
uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko‘ndalang qilib
qo‘ydi.

Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish innovatsion faoliyatni maydonga
olib chiqdi. “Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar 60-
yillarda paydo bo‘lgan.

X. Barnet, Dj. Basset, D. Hamilton, N. Gross, M. Mayez, A. Xeyvlok, D. Chen,
R. Yedem ishlarida innovatsion taraqqiyotlarni boshqarish, ta’limdagi o‘zgarishlarni
tashkil etish, innovatsiyaning “hayoti va faoliyati” uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar
masalalari tahlil qilingan. Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik
innovator olimlardan biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish
jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini,
uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.

Innovatsiya (inglizcha innovation) – “yangilik kiritish”, “yangilik” demakdir.
A.I. Pirojkin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka tashkilot, aholi,
jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq
o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. A.I.Prigojin innovatsiya deganda
muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un
unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi, bu innovator
faoliyatidir.
Tadqiqotchilar A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G. Kruglikov, A.S.
Axiyezer, N.P. Stepanov va boshqalar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini
o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va
alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri mikrosathi. Birinchi
yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi. Ikkinchi
yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri, ularning birligi,
raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi
konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan
jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga
nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan
dinamik tizimdir. Pedagogik innovatsiyada “yangi” tushunchasi markaziy o‘rin tutadi.
Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subyektiv yangilikka
qiziqish uyg‘otadi.
Yangilik bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I.
Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi “yangi” bu faqatgina
g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir,
lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari
bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali
hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks ettiradi. Pedagogikaga oid

MUAMMO VA YECHIMLAR

adabiyotlarda innovatsion jarayon kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati
shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya
tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar: Innovatsiyaning
birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo‘lgan ehtiyoj hisobga
olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart-sharoitlari tizimi, usullari va
yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga
muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir. Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar
V.A. Slastenin, M.M. Levina, M.Ya. Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq
qilingan.

Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi,
ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy
ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish
zarurligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o‘quv muassasalariga olib kirish zarurligi
uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik
sharoitiga moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni
ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi.

Pedagogik texnologiya atamasining mohiyati nimada? «Texnologiya» yunoncha
so‘z bo‘lib, “techne” - mahorat, san’at, “logos” - tushuncha, o‘rganish demakdir. Nega
bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi,
degan mulohaza tug‘ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali
kadrlarni yetishtirib kelgan pedagogikaning o‘ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik
jamoatchilikning aksariyati mana shu yo‘ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak
sari intilayotgan jamiyatga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida
ma’lum sabablar mavjud, ya’ni;

- rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish zarurligi;

- fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimining
tobora ko‘payib borayotganligi;

- zamonaviy texnikalarni ta’limga tatbiq etish, ta’lim jarayonini
kompyuterlashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik
vositalardan foydalanish kerakligi;

- talaba va o‘qituvchi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi ta’lim maqsadi
va mazmunini puxta bilishi, ta’lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan
bo‘lishi, o‘quvchining qiziqish va intiluvchanligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;

- o‘qituvchi ta’lim jarayonini yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad
va vazifalarni aniq belgilashi, ta’lim natijasini oldindan qayd etishi, o‘quv
predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shartsharoitlarini tayyorlashga erishganligi;

- o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnika bazasining yaratilganligi;

MUAMMO VA YECHIMLAR

- ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va obyektiv baholash,
o‘quvchilarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni
avtomatlashtirishga erishilganligi;

- o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng
ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuaviy yondashuv
tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.

Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning
barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbir hisoblanadi. Bugungi kunda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik
va axborot texnologiyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan
holda ta’lim oluvchilarni o‘qitishni jadallashtirish sanaladi. Respublikamizda ta’lim
jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir keng ko‘lamli ish
olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik
texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi.
Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy
mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: «Sharq», 1997-yil.
2. Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim sohasini axborotlashtirish konsepsiyasi. –
Toshkent: “Oʻqituvchi”, 2004-yil 9-aprel.
3. Oliy ta’limda faol va interaktiv ta’lim texnologiyalari (darslarni o‘tkazish
shakllari): darslik / komp. T.G.Muxin. - Nijniy Novgorod: NNGASU, 2013.
4. Gushchin Yu.V. Oliy ta’limda interfaol o‘qitish usullari // “Dubna” Xalqaro
tabiat, jamiyat va inson universitetining psixologik jurnali, 2012. – No 2. – B. 1-18.
5. http://www.ziyonet.uz – axborot-ta’lim resurslari portali.