IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
Yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi shakllanishida ajdodlarimiz qoldirgan
ilmiy merosning o‘rni
Toshov Muhiddin
Oriental universiteti
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi
kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston ilmiy merosining yoshlar ma’naviy
dunyoqarashini shakllantirishdagi muhim o‘rni yoritilgan. Unda ajdodlar qoldirgan
intellektual meros zamonaviy o‘zbek jamiyatida yoshlarning qadriyatlari, e’tiqodlari
va dunyoqarashiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Maqolada tarixiy, adabiy,
falsafiy va madaniy asarlarni o‘rganish orqali ushbu merosning yoshlarda o‘zlikni
anglash va madaniy ongni shakllantirishga ta’siri davomiy ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar: ilmiy meros, ajdodlar, ma’naviy dunyoqarash, yoshlar,
qadriyatlar.
Bugungi kunda, mamlakatimizda saqlanib turgan tinchlik va xotirjamlik
muhitida, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama puxta ta’lim-tarbiya asosida
voyaga yetkazish davr talablaridan biri desak, adashmagan bo‘lamiz. Bunga sabab XXI
asrda turli xildagi informatsiyalarning tezlik bilan tarqalish imkoniyatiga ega ekanligi
hamda axborot oqimining keng qamrovli ekanligidadir. Bunday sharoitda yoshlar va
umuman mamlakatimiz aholisini o‘zga yot g‘oyalardan himoya qila olish, buzg‘unchi
o‘y-fikrlarga berilmasligini ta’minlashda ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meros
namunalarini yana ham yaxshiroq o‘rganish, ularni turmush tarzimizga yanada
kengroq singdirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yaqin kunlarimizda yuqoridagi xatarlar bilan bir qatorda mamlakatimiz
aholisining aksariyati e’tiqod qiluvchi islom dini va ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy
merosga nisbatan ham tahdidlar bo‘lgani ma’lum. Ushbu tahdidlar mustaqilligimizning
dastlabki yillarida, ayniqsa, ko‘zga tashlangan edi. Buzg‘unchi g‘oyalar, birinchi
navbatda, hali diniy va dunyoviy bilimlarga yetarlicha ega bo‘lmagan hamda hali
hayotda o‘z yo‘lini topishga ulgurmagan ayrim yoshlarni o‘z yo‘llariga og‘dirib
olishga harakat qilishgan bo‘lsa, ikkinchidan, asrlar davomida yurtimiz aholisi
o‘rgangan va amal qilgan diniy manbalar, ya’ni aqida, kalom, fiqh, tasavvufiy
masalalarga nisbatan shubha keltirib chiqarish hamda o‘zlaridagi yot g‘oyalarni
singdirish va bu bilan mamlakatda ijtimoiy-siyosiy parokandalikni keltirib chiqarishga
bo‘lgan harakatlar ko‘zga tashlangan edi. Yaratganga beadad shukrlar bo‘lsinki,
mamlakatimizdan yetishib chiqqan yetuk olimlarimiz va mutasaddi xodimlar
yuqoridagi kabi holatlarga nisbatan o‘zlarining tegishli raddiyalarini bera olishdi va
berib kelishmoqda ham.
“Bugungi kunda dunyoning turli hududlarida, xususan, Yaqin Sharq mintaqasida
ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnashuvlarga teran qarash
hissini oshirish, har qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
61
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya
qilishda kishilik jamiyati oldida bir qator kompleks vazifalarni hal etish dolzarb vazifa
bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov 2013-yil
31-avgustda “Shahidlar xotirasi” xiyobonida o‘tkazilgan marosimda ulamolar,
jamoatchilik vakillari bilan suhbat chog‘ida ushbu masalaga alohida to‘xtalib shunday
degan edi: “Bunday g‘arazli kuchlarning asosiy niyati - hali hayotiy tajribasi, siyosiyijtimoiy saviyasi yetarli bo‘lmagan, sodda va g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan urish, o‘zining
qabih niyatlari yo‘lida foydalanish ekanini hech qachon unutmasligimiz kerak. Ularga
biz uchun muqaddas bo‘lgan islom dinining chinakam insoniy mohiyatini, uning
tinchlik, yaxshilik, mehr-shafqat, hamjihatlik dini ekanini to‘g‘ri tushuntirib berishimiz
kerak. Bizga yot va begona bo‘lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun
odamlarga bu boradagi bor haqiqatni yetkazish zarur. Ta’bir joiz bo‘lsa, bunday xavfxatarlardan odamlarni, avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan himoya qilish
kerak”[5;177]. Shu maqsadda, diniy mutaassiblik, ekstremizmning kelib chiqishi,
ularga moliyaviy, ruhiy ko‘mak beruvchi radikal diniy-siyosiy tashkilotlarning
faoliyati, g‘oyalari va g‘arazli maqsadlarining tahliliga bag‘ishlangan tizimli tadqiqot
yaratish hamda keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi ”[1; 4-5].
Barkamol avlodni tarbiyalashda diniy qadriyatlarimizdan foydalanishimiz bizga
faqatgina foyda beradi, xolos. Muqaddas dinimiz haqida Birinchi Prezidentimiz I.A.
Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday degan:
“Din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning ideallari, haq
va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni
barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning
mustahkam bir tizimidir” [2;176].
Shuningdek, muayyan tarixiy davrlarda xalq bilan yonma-yon turgan ulug‘
o‘tmishdoshlarimiz haqiqiy odamiylik timsoliga aylanib qolishgani sir emas. Misol,
Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur
kabi ajdodlarimiz mardlik, jasorat, rahbarlik borasida, Imom Buxoriy, Imom Termiziy,
Imom Moturidiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband singari azizavliyolarimiz hadis, aqoid, tasavvuf kabi ilmlar rivojiga, Muhammad Muso Xorazmiy,
Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy,
Boborahim Mashrab, Ogahiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov,
Behbudiy kabi bir qancha ulkan iste’dod egalari donishmandlik, ilm-ma’rifat borasida
barchamiz uchun o‘rnak timsoliga aylanib ulgurgan. Shu o‘rinda Abu Nasr
Forobiyning odamlar o‘zaro hamjihat bo‘lib, do‘stlik-birodarlikda yashashi ularning
asl maqsad-muddaolariga mos ekanini ta’kidlab: “Odamlarga nisbatan ularni
birlashtiruvchi boshlang‘ich asos – insoniylikdir. Binobarin, odamlar insoniyat
qavmiga mansubligi tufayli o‘zaro tinchlikda yashamog‘i zarur ”, - deydi [3;186].
Darhaqiqat, inson deb atalmish odamzodning har tomonlama mukammal shaxs
sifatida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topishida ta’lim-tarbiyaning o‘rni
beqiyosdir.
Xulosa o‘rnida Abdulla Avloniyning tarbiya xususidagi qarashlari keltirib
o‘tmoqchimiz. Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasi fani demakdir. Bolaning
62
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni
tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning
badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga
“yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta
qilmog‘i lozimdir. “Nazofat deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asbob-uskunalarimizni
pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida
e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning
qadrini bilgan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatligimiz, saodatimiz uchun eng kerakli
narsadur. Pok bo‘lmagan kishi Alloh hamda xalq qoshida sevimsizdur. Yirtiq, eski
kiyimlar kiymak ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib yurmak zo‘r ayb
va gunohdur ” [4; 19].
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.Hasanov. Diniy mutaassiblik: mohiyat, maqsadlar va oldini olish yo‘llari. –
Toshkent: “Movarounnahr” , 2013.
2. I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent:
“Ma’naviyat”, 2008.
3. Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shahri”. – Toshkent: G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993 yil.
4. Abdulla Avloniy. “Turkiy Guliston yohud axloq”. – Toshkent: “O‘qituvchi”
nashriyoti, 1992 yil.
5. Ajdodlar xotirasi muqaddas // “Toshkent oqshomi” gazetasi. 2013-yil 1-
sentabr, 177-son.
63