ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Mutafakkir ajdodlarimiz merosida barkamol inson tarbiyasi

Matnazarova K.

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

Mutafakkir ajdodlarimiz mеrosida barkamol inson tarbiyasi

Мatnazarova K.
Oriental universiteti,
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi
kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD)

Annotatsiya: Ushbu maqolada ajdodlarimizning bundan bir necha ming yillar
oldin yashaganligi, ularning yuksak va o‘ziga xos yashash tarzi, madaniyati va
ma’naviyati, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilishi va bu insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklari bisotida donishmandlarning
pand-nasihatlari va o‘gitlari, tarbiya haqidagi fikrlari bayon etilgan.

Tayanch so‘zlar: Ajdodlar, tarbiya, barkamol, meros, ta’lim, ma’naviyat,
madaniyat, axloq, odob, inson.

Аннотация: В этой статье то, что наши предки жили несколько тысяч лет
назад, их высокий и неповторимый образ жизни, культура и духовность
поднялись до уровня государственной политики восстановления бесценного
духовного и культурного наследия, а мудрость мудрецов основана на о духовных
богатствах, созданных человечеством, описаны его советы и поучения, его
мысли об образовании.

Ключевые слова: Предки, воспитание, совершенство, наследие,
образование, духовность, культура, мораль, нравы, человек.

Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi har tomonlama barkamol intellektual
salohiyatga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashga bog‘liq. XXI asr - odamzotning bu
buyuk orzusini ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi, tarixiy bosqich hisoblanadi. Yer
yuzi xalqlarining dinlararo, millatlararo, xalqlararo va shaxslararo totuvlikka
intilishlari esa mavjud imkoniyatni yanada kengaytiradi. Imkoniyat va sharoit bor ekan,
insoniyat o‘z maqsadiga yetadi.

O‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib,
ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli
yo‘lni bosib o‘tgan. Bugungi kunda ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida
yaratib kelingan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan muhim vazifa bo‘lib qoldi. Insoniyat yaratgan ma’naviy
boyliklari bisotida donishmandlarning pand-nasihatlari va o‘gitlari, tarbiya haqidagi
fikrlari alohida o‘rin egallaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, eng qadimgi tarbiya haqidagi
fikrlar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Bu fikrlar insonning shakllanishida moddiy
va ma’naviy madaniyatning yillar davomida rivojlanishi natijasidan dalolat beradi.
Shuning uchun ham har bir davrda yashab ijod etgan mutafakkir allomalarimiz tarbiya
so‘zini turlicha izohlaganlar.

Tarbiya arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilmoq, ta’lim bermoq,
o‘rganish, odob o‘rgatish, mehribonlik ko‘rsatish, himoya qilish singari ma’nolarni

MUAMMO VA YECHIMLAR

anglatadi. Bu o‘rinda tarbiyaviy manba sifatida Zardushtiylik dinining muqaddas
kitobi bo‘lmish “Avesto“ katta ahamiyatga ega.

“Avesto“da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri, ishi
birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab,
undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan, desak, xato qilmagan
bo‘lamiz.

Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har
bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u, avvalo, yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa
yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin va yana yaxshi
ovqatlanadigan xalqdan yaxshi nasl – sog‘lom avlod qoladi, deb ta’kidlanadi. Tarbiya
ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan,
taraqqiy etgan, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi.

Tarbiya xulqni boshqarish va belgilash, bir-birini talab etadigan va belgilaydigan
tarkibiy qismlar – axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab
yig‘indisidir. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun
uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va
tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan
bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni,
jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni ifodalaydi.

Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va
vijdoni, bilimi, malakasi, xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajribasi, davr talablari va
ehtiyojlarini istiqlol vazifalari bilan uyg‘unlashtirib shakllantirishga, rivojlantirishga
harakat qilganlar. O‘z oldiga inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin
bo‘lgan muayyan maqsadlarni qo‘ygan davlatlar ham ta’lim-tarbiya ishlariga befarq
qaramagan. Inson, barkamollik pilla poyalaridan, dunyodagi barcha narsalarga va
odamlarga bo‘lgan muhabbat his-tuyg‘usi bilan bilimlar egallash orqali o‘zini-o‘zi
tarbiyalashi va beriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ko‘tarilib boradi.

Barkamol insonni tarbiyalashda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining fikrlari, o‘gitlari
shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik urug‘larining unishiga, katta
hayot yo‘liga olib chiqishiga yordam beradi. Shu bois biz uchun qadrli bo‘lgan
allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib,
Kaykovus, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Devoniy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy va
boshqalarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish
bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib
hisoblanadi. Bahovuddin Naqshbandning ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-mulohazalari va
pand-u nasihatlari g‘oyat qimmatlidir. U barkamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan
boshlanishini ta’kidlab, shunday degan edi: “Adab xulqni chiroyli qilish, so‘z va fe’lni
soz qilishdir... Adab saqlash muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxtining urug‘i
hamdir. Agar adabdan ozgina nuqsonga yo‘l qo‘ysangiz ham, nimaiki qilsang,
beadablik ko‘rinadi. Odam o‘zini bir xil sifat va ko‘rinishda olib yurishi lozimki, toki
odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo‘lmasin”. Abu Nasr Forobiy
birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir. “Ta’lim so‘z va o‘rganish

MUAMMO VA YECHIMLAR

bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya esa, amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l
orqali amalga oshiriladi”, deydi u.

Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam bo‘lishi uchun unga
ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali
esa kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o‘rganadi.
Forobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida “qattiq” yoki “yumshoq”
usullardan foydalanish kerak, deb hisoblaydi:

1. Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida
yumshoq usul qo‘llanadi.

2. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanilishi
lozim, degan fikrni bildiradi. Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan
mehribonlikni birga olib borishni ta’kidlaydi: “Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan
o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul
sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil, muallimlarning tayog‘i bilan
qo‘rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o‘g‘lingning ko‘nglidagina
qolmasin”. Abu Rayhon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr yuritar ekan,
“Insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan.
Shuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim”, deydi.

Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga
ism qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi. “Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning
dastlabki oliyjanob vazifasi, bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi kerak”,
deydi.

Umar Xayyomning ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi “Sog‘lom fikr, ziyrak aql
va o‘tkir zehnga ega bo‘lgan insonni shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak”. Faqat
chuqur zehngina barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning yordami
bilan yuksak aql-idrok, farog‘atni hosil qilish mumkin, lekin shuning o‘zi kifoya
qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega bo‘lishi, yaqinlarini sevishi lozim.

Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug‘ullanish,
shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish
maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg‘u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o‘qituvchi
hamda ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar bilan
munosabatda bo‘lish chog‘ida ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf
etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo‘l
qo‘yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o‘rinda
ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi. Alisher Navoiy o‘qituvchining
talabchan bo‘lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning
shakllanishida muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan asoslari
yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o‘rganishga layoqatli, iste’dodli bolalarni
tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi,
qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o‘rinda
quyidagilarni bayon etadi: “Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyasizga
tarbiya hayf. Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik bilan uni nobud qilma”, degan fikrni
bildiradi. Abdulla Avloniyning fikricha, axloq bu xulqlar majmuyidir. Xulq esa,

MUAMMO VA YECHIMLAR

kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit,
tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishida yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar, ularni muayyan
sharoit yomon qiladi. Avloniyning ta’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy ish emas. Bu
tarbiya ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi
avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jamiyatimiz barkamol insonni tarbiyalashda,
uning ma’naviyatini shakllantirishda eng asosiy o‘rinni egallaydi. Barkamol inson
tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi hisoblanadi. Tarbiyaga jamiyat a’zolari
o‘rtasida qaror topgan munosabatlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni
uzluksiz egallash, deb qarash mumkin. Tarbiya ishida har bir kishining individual
qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilish bilan, ayni chog‘da, ularda
atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
2. Rustamov A. Adiblar odobidan adablar. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2003.
2. Aliqulov X. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar mutafakkirlar talqinida. – Andijon.
2003. – 260 b.
3. Umurzoqov O.P. Umuminsoniy qadriyatlar: milliy an’ana va urf-odatlar
takomillashmoqda. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1992, №2.
4. Y. Zikirovna. Ma’naviy qadriyatlar – sog ‘lom avlodni tarbiyalash vositasi
sifatida // Science and innovation, 2023. – B. 208–210.
5. Muratova, M. (2022). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim
tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning amaliyotdagi holati. Science and
innovation, 1(B7), – B. 1091-1096.