ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Boshlang‘ich sinflarda PIRLS tizimini qo‘llashning ahamiyati

Mamadiyorov Jamol Baxodirovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Boshlang‘ich sinflarda Pirls tizimini qo‘llashning ahamiyati

Mamadiyorov Jamol
Oriental universiteti
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish
savodxonligi, matnni o‘qib tushunish darajasini baholashga mo‘ljallangan PIRLS
dasturi haqida maʼlumotlar, ushbu dasturda ishtirok etish bo‘yicha xalqaro
tajribalardan misollar, o‘qish savodxonligini rivojlantirish omillari, unga erishishda
yetakchilik qilayotgan mamlakatlar tajribalari haqida fikrlar va maʼlumotlar
keltirilgan.

Kalit so‘zlar: xalqaro baholash dasturlari, PIRLS, o‘qish savodxonligi, matnni
o‘qib tushunish, xalqaro tajribalar.

Annotation: This article presents information about reading literacy of Primary
School students, the PIRLS program, which is intended to assess the level of reading
and understanding of the text, examples from international experiments on
participation in this program, factors for the development of Reading Literacy,
opinions and information about the experiences of the countries leading in achieving
it.

Keywords: international assessment programs, PIRLS, reading literacy, reading
comprehension of text, international experiences.

Kirish
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash
bo‘yicha PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish
ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro miqyosda
taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun taʼlim sohasidagi
davlat siyosatiga oid maʼlumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.

Asosiy qism
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study – xalqaro o‘qish
savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) - bu dunyoning turli davlatlarida boshlang‘ich
sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini
baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. PIRLS har besh yilda bir bora o‘tkaziladi.
2016-yilgi PIRLS xalqaro 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish
malakalarini baholash sinovlariga dunyoning 50 mamlakati qatnashdi. Har bir davlat
boshlang‘ich darajada matnni tushunishdan tortib mukammal darajada tushunish
borasida turli ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi. O‘rtacha hisobda, Rossiya Federatsiyasi va
Singapurlik 4-sinf o‘quvchilari o‘qish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon
etishdi. Shuningdek, bu ikki mamlakatlik o‘quvchilarning to‘rtdan bir qismi matnni
mukammal darajada tushuna olish malakasini ko‘rsatishdi. Bu darajada matnni
tushungan o‘quvchilar hikoya syujetlari va nisbatan murakkab matnlarda berilgan

73

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

ma’lumotlarni izohlash, birlashtirish, va baholash ko‘nikmalariga ega. Hong Kong,
Irlandiya, Finlandiya, Polsha va Shimoliy Irlandiyalik o‘quvchilarning beshdan bir
qismi matnini mukammal darajada tushuna olish malakasini ko‘rsatishdi. Quyidagi
jadvalda natijalar aniq raqamlarda aks ettirilgan:

Rossiya Federatsiyasi 581

Singapur 576

Hong Kong (SAR) 569

Irlandiya 567

Finlandiya 566

Polsha 565

Shimoliy Irlandiya 565

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 2030-yilga kelib
PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga
kirishiga erishish hamda xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi taʼlim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari
belgilangan.

Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash,
axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining
rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion
iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumtaʼlim dasturlari va yangi davlat taʼlim
standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA,
TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan [2,3,4].

Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli
ishtirok etish o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Boshlang‘ich o‘qish savodxonligi nuqtai nazaridan shuni ta’kidlash kerakki,
2020-yilgi PIRLSda a’zo mamlakatlarning yarmidan ko‘pida deyarli barcha
o‘quvchilar (95 foizdan ko‘prog‘i) fundamental o‘qish qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Bu o‘quvchilar matndan g‘oyalar va ma’lumotlarni topib takrorlashlari va to‘g‘ridanto‘g‘ri xulosa chiqarishlari kerak edi.

Qiziqarli tomoni PIRLS 2020 natijalariga ko‘ra 50 ta davlatdan 48 tasida qiz
bolalar o‘g‘il bolalarga ko‘ra yuqori natijalarni ko‘rsatgan. 2001-yildan beri qizlar va
o‘g‘il bolalar savodxonligi o‘rtasidagi farq qisqarmagan. Qiz bolalar 2001-yilda ham
o‘qish savodxonligi borasida o‘g‘il bolalardan o‘zib ketgan [1,5-6].

Shuni ta’kidlash lozimki, ota-onalarning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati
pasaygan. Buni 2011-yilda 31 mamlakatdan faqat 2 tasida o‘qish savodxonligida o‘sish
kuzatildi. 2020-yilda o‘rtacha hisobda atigi 32 foiz o‘quvchilarning ota-onalari
o‘qishni yoqtirishini va 17 foizi o‘qishni yoqtirmasliklarini aytishdi.

Tadqiqotning konseptual qoidalariga ko‘ra, talabalarning badiiy va ilmiyommabop matnlarni o‘qish qobiliyati quyidagi 4 mezon bo‘yicha baholanadi:

- matnda berilgan ma’lumotlarni aniqlash; (ilmiy-ommabop matnlarni tahlil qilish
misolida)

- ma’lumotlarni sharhlash va umumlashtirish (adabiy tahlil);

74

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

- matn mazmuni, til xususiyatlari va tuzilishini tahlil qilish (adabiy tahlil).
4-sinf o‘quvchilarini “O‘qish kitobi” darsligi asosida xalqaro PIRLS nazorati
ostida o‘qishga tayyorlash hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yordam berish
maqsadida “4-sinf o‘qish darslari” adabiy tahlil qilindi. “Ko‘nikmani shakllantirish”
uslubiy qo‘llanmasi yaratildi. Ushbu qo‘llanmada muammoning pedagogik xususiyati
va uning yechimi hisobga olingan. Shuningdek, o‘quvchilarga o‘qish savodxonligini,
ya’ni ilmiy-ommabop va badiiy asarlarni tahlil qilishni o‘rgatish uchun o‘quv
qo‘llanmalari tavsiya etildi. Xalqaro PIRLS talablari, eng avvalo, o‘qish va tahlil qilish
uchun tavsiya etilgan matnning adabiy-badiiy, ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy saviyasiga
bog‘liq. Darsliklarda o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga undaydigan asarlar
tanlanishi kerak. Talaba yaxshi asar o‘quvchida turli kechinmalar (qayg‘u, xavotir)
hosil qilishini, fikrlashga undashini, o‘z pozitsiyasini tanlash imkonini berishini his
qilishi kerak. Ish matni asosidagi topshiriqlar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
ta’minlashi kerak. Bu borada darsliklarimizda kamchiliklar mavjud.
O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining
matn tahlilidagi bilimiga, pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Singapurlik to‘rtinchi sinf o‘quvchilari ePIRLS bo‘yicha eng yuqori natijalarni
ko‘rsatishgan bo‘lsa-da, barcha ishtirokchilar ePIRLSda ham yaxshi o‘qiy olishlarini
isbotlashdi. O‘rtacha hisobda, o‘quvchilarning 50 foizi veb sahifalardan ma’lumotlarni
topish va ularni umumlashtirib, xulosa chiqarishda mukammal darajada bilimlarini
ko‘rsatishdi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘zbekistonlik o‘quvchilar PIRLSda yuqori
natijalarni qo‘lga kiritishlari uchun ularga barcha sharoitlar yaratilgan. Faqatgina
berilgan resurslardan unumli foydalanish va o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan
muhabbatini kuchaytirish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Дилoвa Н.Г. (2018). Вaжнocть coвмecтнoгo oбучeния в пoвышeнии
эффeктивнocти нaчaльнoгo oбрaзoвaния. International scientific review of the
problems and prospects of modern science and education. – C. 90-91.
2. Mahmudov M. Ne'matova F. (2020). Boshlang‘ich ta’limni loyihalash:
muammo va yechimlar.
3. Mahmudov M., Ne’matova F. (2020). Boshlang‘ich ta’limni loyihalash:
muammo va yechimlar. // Нaучнo-прaктичecкaя oнлaйн-кoнфeрeнция
«Coврeмeннaя нaукa и oбрaзoвaниe: прoблeмa, рeшeниe, рeзультaт». Т. 2. – №. 2.
4. Mahmudov M.H., Ne’matova F.B. (2021). Loyihalash – ta’limning sifat va
samaradorligini oshirishning muhim shartlardan biri // Нaучнo-прaктичecкaя
кoнфeрeнция. – C. 55-59.
5. Ne’matova F. (2021). Loyihalash – ta’lim berishning muhim shartlardan biri
// Цeнтр нaучныx публикaций (buxdu. uz). Т. 6. № 6.
6. Нeмaтoвa Ф. (2020). Problems of designing primary education. Мoлoдoй
учeный. №. 49. – C. 408-410.

75