ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Bo‘lajak logopedlarning kasbiy mahoratini oshirishda mustaqil ta’limning o‘rni

Sayfullayeva Ismigul

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Bo‘lajak logopedlarning kasbiy mahoratini oshirishda mustaqil ta’limning o‘rni

Sayfullayeva Ismigul
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti
Maxsus pedagogika fakulteti o‘qituvchisi, dotsent v.b.

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak logopedlarning kasbiy mahoratini
oshirishda mustaqil ta’limning o‘rni haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Bo‘lajak logoped, mustaqil ta’lim, amaliy va ma’ruza
mashg‘ulotlari, pedagogik jarayon.

Annotation: This article talks about the role of independent education in
improving the profestsional skills of future speech therapists.

Keywords: Future speech therapist, independent education, practical and lecture
classes, pedagogical process.

O‘zbekistonda uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oliy ta’lim mazmunini
xorijiy ilg‘or tendensiyalar asosida takomillashtirish, pedagogik jarayonga axborotkommunikatsion texnologiyalarni intensiv joriy etish, ta’lim oluvchilarda kasbiy
motivatsiyani rivojlantirishning samarali usullarini tatbiq etish masalasi milliy
pedagogikada dolzarb mavzuga aylangan. Xususan, turli sohalar bo‘yicha oliy
ta’limning o‘quv rejalarida modullarga tegishli soatlar tarkibida mustaqil ta’lim
soatlari alohida ajratib berilgan bo‘lib, aynan shu ta’lim jarayonida talabalarning
faoliyatini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish muammosiga ustuvorlik
berilmoqda. Bo‘lajak logopedlarda kasbiy faoliyat bilan bog‘liq hamda ijtimoiy
muhitda qulay harakatlanish imkonini beruvchi ko‘nikma va malakalarni ijtimoiy,
kommunikativ, informatsion kompetensiyalar tarzida mujassamlashtirgan holda
hamda kasbiy va shaxsiy sifatlar kabi turkumlarga ajratgan holda rivojlantirish zarurati
mavjudligi amaliyotdagi holatlarni kuzatganda aniqlandi. Bundan tashqari har qanday
kasbiy mahorat haqida gapirilganda, eng avvalo kasbiy bilimdonlikni unutmaslik
lozim. Ya’ni talabalarning mustaqil ta’lim davrida an’anaviy yondashuvmi, yoki
zamonaviy texnologiyalarmi, qaysi biridan foydalanilmasin, eng muhim talab bu
bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yiluvchi malaka talablarida ko‘zda tutilgan kasbga oid va
modullar mazmuniga mos bilimlarni talabalarga yetkazishning zarurligini oliy ta’lim
muassasasi o‘qituvchilari anglashlari maqsadga muvofiqdir.

Mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga asos bo‘luvchi bosqichlarni ajratib olish ehtiyoji tug‘ildi. Mustaqil
ta’limda pedagogik jarayonlarni tashkil etish, sifat va samaradorligini ta’minlashda
subyektlar (o‘qituvchi va talaba) faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish (darsda va
darsdan keyin), nazorat qilish (davriy olib boriladigan ish turlari: suhbat, konsultatsiya,
“Master klass”lar, “Ustoz-shogird” soatlari...) va obyektiv baholash (o‘z-o‘zini
baholash, boshqa talabalar faoliyati va ularning natijalarini namoyish qilish orqali
taqqoslash...), rag‘batlantirish (ma’naviy, motivatsion, stimullashtirish) asosida
talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini muvofiqlashtirishni ifodalaydi.

76

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Mustaqil ta’lim davrida talabalarning kasbga oid faoliyatlari natijalarini sifat
jihatdan baholash mezonlaridan biri ularning logopedik bilimi va korreksiyali ishlarni
tashkil etish malakasiga qarab belgilanadi. Shuning uchun talabalar mustaqil ta’lim
davrida o‘zining ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati orqali pedagogik, metodik mahoratini
rivojlantirishi, o‘z bilimlarini muntazam oshirib borishlari zarurdir.

Biz talabalarning bu jarayondagi faoliyatlarini samarali tashkil etishlariga
erishishni ta’minlaydigan oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari e’tiborlarini
qaratishlari lozim bo‘lgan quyidagi tavsiyalarni asosladik:

- mustaqil ta’lim davrida talabalar faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan ta’limtarbiya jarayonining muayyan maqsadga yo‘naltirilganligi, ilmiy-amaliy jihatdan
asoslanganligi, bundan tashqari, eng muhimi, ushbu ta’limning mazmunini to‘g‘ri
tanlash, o‘quv-topshiriqlarning murakkablik darajalarini aniqlash mexanizmlarini
muntazam o‘rganish orqali tegishli tuzatishlar kiritib borish;

- mustaqil ta’lim sifatini baholash, tashkil etilish bosqichlari va ularning taraqqiy
etib borishini ta’minlash, strategik va taktik yo‘llarni tanlash hamda belgilash;

- mustaqil ta’limda talabalarni o‘qitish va tarbiyalashning muqobil usullarini
ishlab chiqish, ularning kasbiy dunyoqarashini rivojlantirishga, turli jamoalar
(amaliyot o‘taydigan, ko‘chma mashg‘ulot (amaliy mashg‘ulotning boshqa
muassasada o‘tilishi) olib boriladigan muassasalar)ning barcha a’zolari orasida hurmat,
ishonch, “Ustoz-shogird”lik, do‘stlik va o‘zaro hamkorlikka asoslangan
munosabatlarni o‘rnatishga o‘rgatuvchi texnologiyalarni tatbiq etish.

Oliy ta’limda mustaqil ta’limning muhim jihati talabalarda ijodkorlikni, kasbiy
malakalarni, axborot bilan ishlash motivatsiyasini rivojlantirishga hamda bo‘lajak
mutaxassislarning kelajak faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish
yo‘llarini tanlashga o‘rgatishdir.

Bo‘lajak logopedlarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda mustaqil
ta’limga oid o‘quv jarayonini tayyorlashda loyiha texnologiyasini qo‘llash ham o‘z
ijobiy ta’sirini beradi. Talabalarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini
rag‘batlantirish, o‘rganilayotgan sohaga oid o‘quv materiallari bo‘yicha kasbiy
bilimlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirish, tanqidiy fikrlash faolligini oshirish,
shaxsiy, guruh shaklidagi mustaqil ishlarni tashkil etish, bevosita va bilvosita
interfaollik, refleksiya uchun metakognitiv tajriba hamda qobiliyatni shakllantirish, har
qanday ta’lim yo‘nalishi doirasida mavzusi yo‘naltirilgan ta’lim o‘zgaruvchanligini
ta’minlash, nazariy va amaliy tavsifdagi fanlararo vazifalarni hal etish; reseptiv,
produktiv faoliyatni rivojlantirish, mustaqil ta’lim jarayonida ijobiy munosabatni
shakllantirish, o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasining umumiy ko‘nikma va
malakalarini egallash imkonini beradi.

Pedagogik adabiyotlarda mustaqil ish, mustaqil ta’lim kabi tushunchalar alohida
mazmun va amaliy yo‘nalgan kontekstlarda berilgan. Aksariyat oliy ta’limga oid
izlanishlarda talabalarning mustaqil ishlarining faollashtirishga yo‘naltirilganligidadir.

Mustaqil ta’limning mohiyatan mustaqil mutolaa sifatida talqin etilishi hamda
uning shaxs shakllanishiga ijtimoiy ta’sir etishi sharq mutafakkirlarining qarashlarida
ham o‘z aksini topgan. Jumladan, Ibn Sino bolalarning aqliy salohiyatini rivojlantirish

77

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

g‘oyasini ko‘rib chiqib, “Bilim va rivojlanish hech bir insonga berilishi yoki ma’lum
qilinishi mumkin emas. Har kim bunga o‘z faoliyati orqali erishishi mumkin. Inson o‘z
mustaqil faoliyati orqali erishmagan narsa uniki emas” - deb ta’kidlagan.

Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va boshqa mutafakkirlarning pedagogik
qarashlarida ham mustaqil va ijodiy faoliyatning aqliy o‘sishga bog‘liqligi, aqliy
kamolot esa, tarbiya ta’siridan chetda emasligi e’tirof etilgan. Abdulla Avloniy va Qori
Niyoziy kabi pedagog olimlarning har bir pedagogik tavsiyalarida mustaqillik, ijod
erkinligi, erkin fikr kabi tushunchalarga ustuvorlik berilgan.

Pedagogik jarayonni tashkil etishning turli shakllarida ta’lim oluvchilarning
mustaqil ishini, asosan o‘qituvchi rahbarligisiz bajarish taqozo etiladigan harakatlar
ketma-ketligi sifatida tavsiflash mumkin. Pedagogik jarayonni obyekt-subyekt
munosabatlari miqyosida tahlil etilsa, ta’lim oluvchi - obyektning berilgan
topshiriqlarni subyektsiz (uning bevosita ishtirokisiz) bajarishini ta’kidlash mumkin.
Bunda ta’lim oluvchi ongli ravishda mustaqil ravishda o‘z oldiga maqsadlarni qo‘yib,
tegishli ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish kabi bosqichli faoliyatni amalga
oshiradi. Zamonaviy ta’limda rivojlantiruvchi o‘qitishning ilmiy konsepsiyasi shaxs
rivojlanishida bilim olish, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini
rivojlantirish kabi yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Asosan, oliy ta’limda auditoriya
soatlari tarkibidagi o‘quv yuklamalari ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar sifatida
bajariladi. Ushbu mashg‘ulotlar mazmunini to‘ldiruvchi mustaqil ta’lim, aslida
o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan nazariy ma’lumotlarning egallanganlik
darajalariga ham bog‘liqdir.

Xulosa o‘rni shuni aytish mumkinki, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda faol
metodlardan foydalanish ham talabalarda mustaqil faoliyat motivatsiyasini
kuchaytiradi. Aks holda faqat ma’ruzada berilgan ma’lumotni o‘zlashtirib, mustaqil ish
bilan shug‘ullanmaslikning kelib chiqishi sodir bo‘ladi. An’anaviy o‘qitish
jarayonining ko‘z o‘rganib qolgan va oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari moslashib
qolgan qolipini o‘zgartirish ham ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Abu Nasr Forobiy. Baxt-saodatga erishish yo‘llari haqida risola. – Toshkent,
1992, – 120 b.
3. Байлук В.В. Самостоятельная деятельность студентов как система
педагогическое образование в россии. 2016. № 8.
4. Беляева, А. Управление самостоятельной работой студентов // Высшее
образование в России, 2003. № 6. – C. 105-109.
5. Дмитриев М.Е. Самостоятельная работа как фактор саморазвития
информационно-технологической компетентности преподавателей высшей
школы в процессе переподготовки и повышения квалификации. - Казань, 2007.

78