ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishda mustaqil ta’limning o‘rni

Matnazarova K., Shihnazarova F.

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishda mustaqil
ta’limning o‘rni

Matnazarova K.
Oriental universiteti
Uzluksiz ta’lim kafedrasidotsenti v.b.

Shihnazarova F.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini
shakllantirishda mustaqil ta’limdan o‘rinli foydalanish maqsad qilingan.
Kompetensiya bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy
sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyatidir.

Tayanch so‘zlar: Ta’lim, tarbiya, o‘qituvchi, kompetensiya, bilim, ko‘nikma,
malaka, mustaqil ta’lim, mustaqil ish, kasbiy kompetensiya.

Аннотация: В данной статье предполагается использовать самостоятельное
обучение в формировании профессиональной компетентности будущего
учителя. Компетенция – это знания, умения, взгляды, ценности и личностные
качества личности, проявление квалификации или способности влиять.

Ключевые слова: Oбразование, воспитание, педагог, компетентность,
знания, умение, квалификация, самостоятельное образование,
самостоятельная работа, профессиональная компетентность.

Annotation: This article proposes to use independent learning in developing the
professional competence of a future teacher. Competence is the knowledge, skills,
attitudes, values and personal qualities of an individual, the manifestation of
qualifications or the ability to influence.

Keywords: Education, upbringing, teacher, competence, knowledge, skill,
qualification, independent education, independent work, professional competence.

Jahonda ro‘y berayotgan zamonaviy o‘zgarishlar, asosiy resursi mobil va yuqori
malakali “inson kapitali” bo‘lmish “bilimlar iqtisodiyoti”ning rivojlanishi kasbiy
ta’limni yangi sifat bosqichiga olib chiqishni taqozo etmoqda. Inson hayotiga kirib
keladigan har qanday yangilik unda sergaklikni, hattoki norozilikni uyg‘otadi. Shunga
ko‘ra uzoq yillar davomida an’anaviy usullar bilan ishlab kelgan pedagoglar, bugungi
kunning o‘zidayoq takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari asosida o‘qishlarni
talab darajasida tashkil eta olmaydilar. Eng avvalo ta’limda biror bir o‘zgarishlarni
amalga oshirish uchun, avval o‘qituvchining kasbiy ongini tubdan o‘zgartirish kerak.

Mamlakatimiz rahbarining ma’ruza va chiqishlarini diqqat bilan tahlil qilsak,
raqobatbardoshlikni oshirish masalasi Respublikasida milliy g‘oya darajasiga
ko‘tarilgani anglash mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi
modernizatsiya qilinayotgan ayni sharoitda bu jarayonning obyektiv metodologik
asoslarini aniqlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun bo‘lg‘usi

MUAMMO VA YECHIMLAR

o‘qituvchilar davlatimiz tomonidan qabul qilingan yangi takomillashtirilgan davlat
ta’lim standarti bo‘yicha ta’limdagi kompetensiyaviy yondashuv bilan yaxshi
tanishishlari kerak hamda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni
shakllantirishni ta’minlaydigan texnologiyalarni egallashlari zarur.

Yangi takomillashtirilgan DTS bo‘yicha o‘qituvchilar mustaqil ravishda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni tuza olishi, darsda
hamda darsdan tashqari faoliyatda qo‘llay olishga o‘rganishlari kerak.

Shu o‘rinda mustaqil ta’lim va mustaqil ishga izoh berib o‘tsak: mustaqil ta’lim –
o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan
topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va
mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi,
murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganligiga qarab,
bir-biridan farq qiladi. Mustaqil ta’lim deyilganda shaxsning har qanday ta’lim
muassasasidan tashqarida, o‘qituvchi yordamisiz o‘qib-o‘rganishi, izlanishi, o‘z ustida
ishlashi orqali zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi tushuniladi. Eng
asosiysi, inson o‘rganish va o‘zlashtirish natijasida nimani qanday qila olishi, nima
yoki kim bilan birgalikda bajarishi muhim emas, balki har qanday holat va masalada
tashabbus o‘zidan chiqishi kerakligi, ya’ni mavjud imkoniyatlaridan foydalana
olishidadir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib kompetensiya so‘ziga quyidagicha izoh
beramiz. Kompetensiya bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati va
shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish
qobiliyatidir. Kompetensiya turlari - kasbiy, shaxsiy, maxsus, umummadaniy.

Kasbiy kompetensiya:
- pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish;
- o‘z ustida ishlash;
- ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish;
- o‘quvchilar ehtiyojini anglay olishi;
- o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish;
- AKTni bilishi;
- ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
- o‘z fanini mukammal bilishi;
- xorijiy tillardan birini bilishi.
Shaxsiy kompetensiya:
- muloqotchanlik;
- bag‘rikenglik;
- yetakchilik;
- faollik, tashabbuskorlik;
- moslashuvchanlik;
- sog‘lom turmush tarzi;
- mas’uliyat;
- ishchanlik;
- insonparvarlik.

MUAMMO VA YECHIMLAR

Maxsus kompetensiya:
- o‘quvchilar ehtiyojini bilish;
- turli yosh xususiyatlarini bilish;
Umummadaniy kompetensiya:
- ma’lumotlilik;
- madaniyatlilik;
- umuminsoniy qadriyatlarga egalik;
- milliy madaniyatga ega bo‘lish;
- mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;
- boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilish.
Globallashuv jarayonida zamonaviy bilimlar va ma’lumotlarni o‘zlashtirmagan
o‘qituvchi raqobatbardosh mutaxassis, tan olingan o‘qituvchi, bolalar sevgan murabbiy
bo‘lishi mushkul. Rus pedagog olimi A.V. Xutorskiy “kompetentlik” va
“kompetensiya” tushunchalarini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi.
Kompetensiya - bilim, ko‘nikma, malaka, qadriyat, boshqa shaxsiy sifatlar, ijobiy
natijalarni faoliyatdagi ko‘rinishi. U o‘qituvchining kompetensiyasini quyidagi yettita
qismga bo‘lgan;
1. O‘z-o‘zini anglash kompetensiyasi - o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri
bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U pedagog sifatida atrof-muhitdagi voqeahodisalar mohiyatini ko‘radi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘naltiradi, o‘z fikrini asoslay
oladi, vaziyatga qarab muammo yechimini topa oladi. Bu kompetensiya -
o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z-o‘zini anglashini ta’minlaydi;
2. Umummadaniy – milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish
kompetensiyasi. Ya’ni, mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etishi, milliy urfodatlarga hurmat, ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, ilm-fan yangiliklarining inson
hayotidagi o‘rni va o‘quvchi yoshlarga bu ma’lumotlarni tushuntira olishdir;
3. O‘quv, biluv jarayoni kompetensiyasi - o‘qituvchining mustaqil bilish faoliyati,
mantiqiy fikrlashi, o‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko‘nikmalarni tahlil qila
olish;
4. Ma’lumotga ega bo‘lish kompetensiyasi - pedagogik faoliyat, o‘z faniga doir
ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi;
5. Muloqotchanlik kompetensiyasi - til bilish, turli xil insonlar bilan muloqotda
bo‘lish, jamoada o‘ziga xos o‘rin tutish;
6. Ijtimoiy-foydali mehnat kompetensiyasi - oilaviy munosabatlar va mas’uliyat,
jamiyat rivojidagi ishtirok, ijtimoiy foydali mehnat qilish, iqtisodiy va huquqiy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
7. O‘z ustida ishlash kompetensiyasi - jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan
o‘z-o‘zini rivojlantirib borish, hissiyotni boshqara olish.
Pedagogik faoliyat nuqtayi nazaridan oladigan bo‘lsak, kompetensiya – bilim va
vaziyat orasidagi aloqani o‘rnatish imkoniyati yoki keng ma’noda muammoni hal etish
uchun zarur bo‘lgan harakat va bilimlarni ko‘rsatish, topish qobiliyatidir.
Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikma, balki amaliy
masalalarni bajarish bilan ham bog‘liq tushunchadir. U o‘z ichiga nafaqat kognitiv

MUAMMO VA YECHIMLAR

tashkil etuvchini, balki motivatsion, etik, ijtimoiy va axloqiy tizimlarni ham oladi.
Bundan tashqari, kompetentlik tushunchasi ta’limning sifat muammolarini tadqiq
etishda metodologik asos sifatida namoyon bo‘ladi. Endilikda har bir bo‘lg‘usi
o‘qituvchi umumiy va kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishgina emas, pedagogik
nazariyani, konsepsiyani va innovatsion texnologiyalarni faol, ijodiy tarzda
o‘zlashtirishi lozim. Shundagina har bir o‘qituvchi kasbiy kompetentlikni egallab,
kasbiy malakani o‘zlashtirgan holda psixologik-pedagogik tayyorgarlik tajribasida
mustaqil ta’limning funksiyalarini hamda o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil loyihalash
usullarini tatbiq etib boradi. Pedagogik ta’lim muammolarini tadqiq etishdagi
kompetentli yondashuv kasbiy faoliyat davomida o‘qituvchi shaxsining ijodiy
salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalarni
o‘rganish hamda namoyon etish uchun kerakli shart-sharoit yaratishga qaratilgan
nazariy-metodologik qoidalar hamda tashkiliy pedagogik choralar yig‘indisidir.
Pedagogik kompetentlik shaxsning o‘qituvchi bo‘lib yetishishiga turtki beruvchi
omillardan biri unda kasbiy-pedagogik malakalarni shakllantirishdir.

O‘zbek pedagog olimlaridan N.A. Muslimov pedagogning kasbiy kompetensiyasi
mazmuniga o‘qituvchi, tarbiyachi, pedagogning, unga mustaqil ravishda va yetarli
darajada samarali tarzda pedagogik vazifalarni yechishga imkon beradigan shaxsiy
imkoniyatlarini kiritadi. U yoki bu pedagogik masalalarni yechish uchun pedagogik
nazariyani bilish, uning ko‘rsatmalarini amaliyotda qo‘llash mahorati zarurligini
taxmin qiladi. Olimlarning “kompetensiya”, “kasbiy kompetentlilik” tushunchalari
to‘g‘risidagi nuqtayi nazarlarini ko‘rib chiqib, biz shunday xulosaga keldikki, uning
asosiy elementlaridan biri o‘qituvchi o‘zining mustaqil bilim olish faoliyatini
faollashtirish hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, faqat bizning davlatimizdagina o‘qituvchilarga juda katta
e’tibor qaratilgan. Bugun o‘qituvchi e’tiborda va hurmatda. Ana shu hurmatni
yo‘qotmaslik o‘qituvchining o‘z qo‘lida. Kompetensiya ham, kompetentlik ham
mutaxassisning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi, sifatining integral
tavsiflari bo‘lib hisoblanadi. Kompetensiya o‘qituvchining mehnatga tayyorlik darajasi
me’yorini, kompetentlik esa mutaxassisda, avvaldanoq, shakllantirilgan, bilimlarga
asoslangan, maktabdagi haqiqiy ta’limiy va tarbiyaviy faoliyati va ish tajribasi bilan
mustahkamlangan, amaliy jihatdan tayyorgarligini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent: “Sharq”, 1999.
2. Ochilov M.. Yangi pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – Navoiy,
Nasaf, 2000.
3. Tolipov U., Usmonboyeva. M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. –
Toshkent: “Fan”, 2005.
4. Ziyomuhammedov B., Abdullayeva Sh. Ilg‘or pedagogik texnologiya: nazariya
va amaliyot. «Ma’naviyat asoslari» darsi asosida ishlangan uslubiy qo‘llanma. –
Toshkent, 2001.
5. Xujayev N. va boshqalar. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: “Fan”,
2002.