MUAMMO VA YECHIMLAR
Boshlang‘ich sinflarda sintaksisga doir birliklar ustida ishlash metodikasi
Karimova Shaxloxon
Oriental universiteti dotsenti, PhD
To‘laganova Shahnoza
“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi IV kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sintaksisga
doir bilimlari mukammallashuviga erishuvdagi pedagogik-psixologik imkoniyatlar va
ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan didaktik usullar haqida bahs yuritiladi.
O‘quvchilarning yozma nutq bobida olgan bilimlarini mustahkamlash va gap
yuzasidan bilim, malaka, ko‘nikmalarini chuqurlashtirishdan iborat. Shuningdek,
tavsiya etilayotgan usul va metodik ko‘rsatmalarni ish tajribasida qo‘llash o‘zbеk tili
imkoniyatlaridan o‘z o‘rnida foydalanishni ta’minlashda ham yordam berishi
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: kommunikativ yondashuv, sintaksis, gap, so‘z birikmasi, pedagogik
texnologiya, ta’lim jarayoni, og‘zaki va yozma nutq, dialogik nutq, tinglab tushunish,
bevosita yordam, mustaqil ta’lim, deduktiv yondashuv.
Аннотация: В данной статье рассматриваются дидактические методы,
направленные на развитие педагого-психологических возможностей и умений
учащихся младших классов по совершенствованию их знаний синтаксиса. Он
заключается в закреплении знаний, полученных учащимися в главе письменной
речи, и углублении их знаний, умений и навыков. Также поясняется, что
применение рекомендуемого метода и методических указаний в опыте работы
поможет обеспечить правильное использование возможностей узбекского языка.
Ключевые слова: коммуникативный подход, синтаксис, предложение,
фразеология, педагогическая технология, учебный процесс, устная и письменная
речь, диалогическая речь, понимание на слух, непосредственная помощь,
самостоятельное обучение, дедуктивный подход.
Annotation: This article discusses didactic methods aimed at developing
pedagogical-psychological possibilities and skills of elementary school students to
improve their knowledge of syntax. It consists of strengthening the knowledge acquired
by the students in the chapter of written speech and deepening their knowledge, skills
and abilities. It is also explained that the application of the recommended method and
methodical instructions in work experience will help to ensure proper use of Uzbek
language opportunities.
Key words: communicative approach, syntax, sentence, phraseology,
pedagogical technology, educational process, oral and written speech, dialogical
speech, listening comprehension, direct assistance, independent education, deductive
approach.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy
o‘rganiladigan hamda nazariy o‘rganiladigan turlarga bo‘linadi.
MUAMMO VA YECHIMLAR
Sintaksisga doir bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq
boshlanadi va to‘rtinchi sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda
o‘quvchilarda “So‘z birikmasi”, “Gap”, “Darak gap”, “His-hayajon gap”, “Sodda gap”,
“Qo‘shma gap”, “Gap bo‘laklari”, “Gapning uyushiq bo‘laklari”, “Undalma”
mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni
ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun
tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy
birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ularning muhim
kategoriyalarning tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar.
O‘quvchilar ona tili leksikasi ham gap negizida egallaydilar. So‘zning leksik
ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum bo‘ladi.
So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash mumkin).
Metodist olimlar boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh
yo‘nalishga bo‘ladi:
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning
muhim belgilarini o‘rgatish);
2. Gap strukturasini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida
ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining
xususiyatlari, yopiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash);
3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish;
4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish;
5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish, (uni bosh harf bilan boshlash, tinish
belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish.
Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim
tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi.
Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish
o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi.
O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji
tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi.
Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib
chiqadi. “Gap“ mavzusi yuzasidan beriladigan nazariy tushunchalar va amaliy ishlar
barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar sinfma-sinf,
bosqichma-bosqich chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligigap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda
so‘zlarning bog‘lanishi, gapning uyushiq bo‘laklarini o‘rganishga o‘tadilar.
Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri
keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi,
tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini
bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh
MUAMMO VA YECHIMLAR
bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Masalan,
4-sinf “Ona tili” darsidagi bir mashqni olaylik.
O‘quvchilar, 4-sinf o‘quvchilari bilim doirasida sintaksisga doir ma’lumotlarga
tayangan holda gapning kim yoki nima haqda ketayotgani va u haqda nima
deyilayotganini tushunishga qaratilgan savollar beriladi.
Ega va kesim gapning qurilishi va mazmuning asosini tashkil etadi. Shuning
uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida kuzatuv o‘tkazgan
ma’qul. Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq
ifodalashni o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Misol
uchun, 2-sinf “Ona tili” darslaridagi mashqlardan biriga e’tibor beraylik:
Mashq bajarish asnosida o‘quvchilar gap va uning tarkibiy qismlari haqida
nazariy tushunchalar vositasida qo‘shimcha topshiriqlarni bajaradilar. Ya’ni matnda
nechta gap bor. Har bir gap qanday harf bilan yozilyapti?
Gapni o‘rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan so‘z birikmasi
haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material
MUAMMO VA YECHIMLAR
kam bo‘lsa ham, butun o‘quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda,
gap ustida ishlab boriladi.
Til ta’limida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning sintaksisga doir bilimlarini
oshirishda turli didaktik usullaridan foydalanish va darslarni interfaol metodlarga
tayangan holda tashkil qilish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Xulosa
Yuqoridagi mulohazalardan xulosalarimiz quyidagicha:
1. Dars jarayonlarida grammatik bilim alohida emas, nutqiy vaziyat ichida
berilishi haqidagi qarash asos qilib olinishi, bunda til oʻqitishga kommunikativ
yondashuvdan samarali foydalanilishi o‘zlashtirishga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan
ekanligi oydinlashdi.
2. Kommunikativ yondashuvning mohiyati real vaziyatda o‘zgalar nutqini
tushunish va oʻz nutqini ravon, toʻgʻri ifodalashga oʻrgatishdir. Jumlalarning to‘g‘ri
bo‘lishi uning grammatik qurilishiga bog‘liq.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sintaksis, xususan, gapga doir nazariy va amaliy
ishlar natijasida o‘quvchilarning nutqida mazmun va grammatik jihatdan to‘g‘ri
tuzilgan gaplar yaratish malakasi shakllanadi. Buning uchun chinakam filologik ilmga
erishgan o‘qituvchilar qo‘lida ta’lim olishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturi (Boshlang‘ich
ta’lim). – Toshkent, 2017.
2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona
tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: “Nosir”, 2009.
3. Fuzailov S., Xudayberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun
darslik. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.
4. Ikromova R., G‘ulomova X. va boshqalar. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. –
Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
5. Maxmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 2005.
6. G‘ulomova X. Husnixatga o‘rgatish metodikasi. – Toshkent, 2007.
7. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish yo‘llari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.
8. Karimova Sh. Shodiyev I. Til ta’limida ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan
usullar // Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2022. № 12.
9. Karimova Sh. Toshxujayeva Sh. Lingvopoetikaning nazariy masalalari //
Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. 2022-11/4. Xiva.
10. Karimova Sh. Til ta’limida sintaktik birliklarni o‘qitish // O‘zbek tili
tadqiqi va ta’limi muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –
Тoshkent: Universitet, 2021.
11. U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –
Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
12. Kozimova N. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2009. – B. 213.