ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ekvivalentsiz leksikani mustaqil ish darslari orqali o‘qitish va uning amaliy ahamiyati

Avalboyeva Maftuna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Ekvivalentsiz leksikani mustaqil ish darslari orqali o‘qitish va uning amaliy
ahamiyati

Avalboyeva Maftuna
O‘zDJTU tayanch doktoranti

Annotatsiya: Maqolada yuqori sinf o‘quvchilariga ekvivalentsiz leksikani
mustaqil ish darslari orqali o‘qitish, ushbu jarayonda qo‘l keladigan metodlarni
qo‘llash va uning amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: loyihalash metodi, ekvivalentsiz leksika, mustaqil ish darsi,
madaniyat.

Annotation: The article discusses teaching non-equivalent lexicon to high school
students through self study classes, the application of techniques used in this process,
and its practical significance.

Key words: project based method, non-equivalent lexicon, self study lesson,
culture.

Chet tillarini o‘qitish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Dars
jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, o‘qituvchining bilim va tajribasi darsning mazmunini
ochib berishda ahamiyatli omillardandir. Hozirgi kungacha mutaxassislar darsliklar,
qo‘llanmalar va adabiyotlarning tarkibiy tuzilishi ustida ishlab, ularni takomillashtirib
bormoqdalar. Mamlakatimizning ta’lim siyosatida ham bu jihatlar e’tiborga olingan.
Shuningdek, darsdan tashqari vazifa va topshiriqlar ham e’tibordan chetda qolmagan.
Bu borada har bir malakali, chet tilidan ta’lim beradigan pedagog bosh qotiradi hamda
darsni mustahkamlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirishda
tashabbuskorlik ko‘rsatadi, o‘z ustida ishlaydi va izlanadi.

Bizga ma’lumki, o‘rta ta’lim maktablaridagi darsliklar o‘z ishining mutaxassislari
hamda chet ellik ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ulardagi mavzular keng va
qiziqarli bo‘lib o‘quvchilarning qiziqishi va e’tiborini tortmoqda. Shuningdek,
mavzulari ma’lum bosqichning darajasiga mos kelishi, oddiydan murakkabga qadar
tuzilgani, chet mamlakat va O‘zbekiston madaniyatini qamrab olgani bilan dolzarbdir.
Mana shu darsliklardagi mustaqil ish va topshiriqlar, shuningdek, ularni tashkil qilishni
bayon etish ushbu maqolamizning asosiy maqsadidir. Xususan, biz tadqiq qilayotgan
5-6-sinf o‘quvchilariga ekvivalentsiz leksikani o‘qitishda mustaqil ish darslarining
ahamiyati va ularni tashkillashtirish masalalari haqida qisqacha so‘z yuritamiz.

Bugungi kundagi darsliklarda mustaqil ish vazifalari puxta tashkil etilgan. Yuqori
sinflarda, ayniqsa project work ya’ni loyihalash metodiga asoslangan mustaqil ishlar
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu metod o‘quvchilar orasida mas’uliyatni shakllantiradi.
Loyihalash metodi asosida o‘quv sinfidagi o‘quvchilar o‘zlashtirish darajalariga ko‘ra
kichik guruhlarga bo‘linadi. Bunda kuchli guruhlar mustaqil shug‘ullanadi,
o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarga esa o‘qituvchi amaliy ko‘mak berib turadi.
Bunday mustaqil ishlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, jamoada ishlash

87

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

qobiliyatini o‘stiradi, mas’uliyatini oshiradi, bilimlari kengayadi. Bu metodni
qo‘llashda quyidagi bosqichlarni amalga oshirish muhim sanaladi:

 O‘qituvchi loyiha mazmuni haqida ma’lumot beradi. Uning topshirilish
muddatini belgilaydi;

 O‘qituvchi o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘ladi;
 O‘quvchilar loyiha tuzishga kirishadilar;
 O‘qituvchi o‘quvchilarni baholaydi. Xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi.
Darsni umumlashtiradi va yakunlaydi.
Masalan, mamlakatingizdagi hayvonlar (hasharotlar, qushlar) oilasi haqida
ma’lumot to‘plang. Buni devoriy gazetada rasmli hikoya tarzida ifodalang va
hayvonlar oilasi uyushgan holda qanday harakatlanishini ko‘rsatib bering. (Find out
about animal families in your country. Make a story poster and show how the animal
family works together.)
Yoki biron-bir qadimiy qirol saroyi haqida ma’lumot to‘plang va u haqida devoriy
gazeta tayyorlang. (Find out about a castle. Make a poster about it.)
Bu loyihani amalga oshirishda o‘quvchilar qadimiy saroy haqida internet, kitob,
gazeta yoki jurnallar orqali ma’lumot to‘playdilar. So‘ngra bu ma’lumotlarni rasmli
hikoya tarzida devoriy suratga chizish va yozish orqali aks ettiradilar va belgilangan
muddatda o‘qituvchiga sinf oldida taqdim etadilar. Bunda barcha o‘quvchilarning
birdek ishtirok etishlari ta’minlanishi kerak. Shuningdek, o‘qituvchi loyiha jarayonida
hamda taqdimot davomida ekvivalentsiz leksik birliklarning o‘quvchilar tomonidan
qay tarzda qo‘llanilayotganiga e’tibor qaratishi lozim. Jumladan, bunday leksikaning
yozilishi va talaffuzi o‘qituvchi tomonidan tuzatishlar kiritilishiga muhtoj bo‘ladi.
Bunday mavzudagi loyihalarda ekvivalentsiz leksikaning atoqli otlar turkumiga
kiruvchi leksik birliklari ko‘p uchraydi. Masalan, Spain, Baha (Ispaniyadagi
shaharcha), Alnwick Castle, King Baggot. Ularning tarjima tilida ekvivalenti
bo‘lmaganligi bois o‘quvchilarning bunday leksikani tushunishlarida qiyinchiliklar
paydo bo‘ladi. Ularni o‘qituvchi vaqti-vaqti bilan bartaraf qilishi, talaffuzidagi xato va
kamchiliklarini tuzatishi lozim. O‘qituvchi tomonidan bunday to‘siqlarning bartaraf
etilishi, umuman olganda, loyihalash metodi o‘quvchilarning yozish, o‘qish, tinglash
va gapirish malakalari, fonetik bilimlarini boyitishga amaliy ko‘mak beradi.
Yuqorida loyihalash metodi haqida batafsil so‘z yuritdik. Quyida esa
o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatadigan ba’zi metodlarni ham eslab o‘tamiz.
Ingliz tili samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlashi bilan
bog‘liq. O‘quvchilarning erkin yozishlarini rivojlantirish uchun o‘z madaniyatlari (o‘zi
yashayotgan mamlakat milliy taomi, kiyimlari, bayramlari) xususida qisqa hikoya,
ertak, she’r yozishlari vazifa qilib beriladi. Bu jarayonda ham o‘quvchilar o‘zlari
bilmagan holda ekvivalentsiz leksikaga murojaat qiladilar. Chunki madaniyat
ekvivalentsiz leksika paydo bo‘lishining asosiy omillaridan biridir. Bu xususida
L.S.Barxudarov quyidagi fikrlarni ta’kidlab o‘tgan: ekvivalentsiz leksika bu – boshqa
til leksik birliklari orasida na to‘liq, na qisman ekvivalentiga ega bo‘lgan bir tilning
leksik birliklaridir [4, 94]. U bunday leksika tarkibiga quyidagilarni kiritgan: realiyalar
– ma’lum tilda so‘zlovchi insonlarning kundalik hayotida mavjud bo‘lmagan boshqa

88

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

tilning moddiy va ma’naviy madaniyatidagi hodisa va predmetlarni tasvirlovchi so‘zlar
(milliy kiyim, milliy taomlar nomlari); atoqli otlar, gazeta nomlari, geografik nomlar,
tashkilot, muassasa nomlari; tasodifiy lakunalar – boshqa tilning leksik birliklariga mos
kelmaydigan bir tildagi leksemalar [3, 95].

Demak, yuqoridagi mustaqil ish topshirig‘ida ham o‘quvchilar ekvivalentsiz
leksik birliklarga duch keladilar, ularni chet tilida ifodalash, yozish yuzasidan
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarni nazorat qilib, yozma
va og‘zaki nutqlariga tuzatishlar kiritadi.

Mustaqil ish darsini tashkillashtirishda qo‘l keladigan metodlardan yana biri
o‘quvchilarning yozish malakasini oshirish maqsadida kundalik shaklida bir kunini
yozib ifodalashi yoki chet ellik do‘stiga xat yozishi talab etiladi. Bu topshiriq ham
yuqoridagilari kabi o‘quvchilarning dars jarayonida olgan bilimlarini
mustahkamlashga, qo‘shimcha bilimlarini oshirishga, yozuv malakasini hamda
leksikasini o‘stirishga yordam beradi.

Demak, nomi sanab o‘tilgan metodlar orqali mustaqil ish darslarida
o‘quvchilarning ekvivalentsiz leksikani yanada chuqurroq tushunishlari ta’minlanadi
va ularning dars jarayoniga qiziqishlariga tashqi motivatsiya beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Guess what! Students’ book 5. Susannah Kay Bentley. Cambridge university
press, 2022.
2. Guess what! Students’ book 6. Susannah Kay Bentley. Cambridge university
press, 2022.
3. Бархударов, Л.С. Язык и перевод. Вопросы общей и частной теории
перевода. / Л.С. Бархударов. – Москва: Международные отношения, 1975. – 95 с.
4. Бархударов Л.С. Язык и перевод. – Москва: Наука, 1989, – 94 с.

89