ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ta’limi tashkil etishda CMS texnologiyalaridan foydalanish

Umarov Ibrohim

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ta’limi tashkil etishda CMS
texnologiyalaridan foydalanish

Umarov Ibrohim
OTFIV huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, mustaqil tadqiqotchi

Annotatsiya: Maqolada kredit-modul tizimi ta’lim jarayonida talabalar mustaqil
ta’limini CMS texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: no code, cms, kredit-modul, mustaqil ta’lim, LMS, raqamli
texnologiyalar, dasturiy ta’minot, kontent.

Bugungi kunda zamonaviy dasturlash tillari ko‘payib, ularning soni 9000 dan
oshdi. Shunga qaramay hozirda dasturlash tillaridan kam foydalanib yoki umuman
foydalanmasdan kontentlar yaratish ommalashib bormoqda. Bunga onlayn ta’lim
platformalari, onlayn do‘konlarning no code texnologiyalaridan foydalangan holda
yaratilishini misol sifatida keltirish mumkin.

Zamonaviy kontentni boshqarish tizimlari takomillashib bormoqda, shu bilan
birga, dasturlash tillariga bo‘lgan ehtiyoj kamayib bormoqda. Kontentni boshqarish
tizimlarida oldindan minglab yaratilgan tayyor modulni va sinovdan o‘tganlarini
tanlash yetarli bo‘lmoqda. Tizimga integratsiya uzoq davom etmaydi, shuning uchun
barcha qo‘shimchalar yagona standart bo‘yicha amalga oshiriladi.

Shu sababdan, kontentni boshqarish tizimlari (CMS) ko‘payib bormoqda, bu esa
zamonaviy ta’lim resursini qisqa vaqt davomida yaratishga imkon bermoqda. CMS
(Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi) bu maxsus web
dastur bo‘lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so‘ng to‘la
kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bunday turdagi web
dastur, xuddi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan dasturlar singari, bir necha
bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ib oladi va
bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Dasturni o‘rnatish
jarayonining nihoyasida siz kiritgan ma’lumotlarga tayangan, o‘zingiz xohlagandek
sayt avtomatik tarzda yaratiladi. Barcha kontentni boshqarish tizimlari pullik va
bepulga bo‘linadi. Bepul kontentni boshqaruv tizimlari Wordpress, Joomla, Drupal va
boshqalarni o‘z ichiga oladi. Pullikdan keng tarqalgan CMS platformalaridan biri DLE
(Data Life Engine) bo‘lib, bu ko‘proq ko‘ngilochar saytlarga mos keladi [1]. Bepul
dasturlardan biri bo‘lmish Wordpressni kontent yaratishga misol sifatida keltirish
mumkin. Ushbu dastur ishlab chiqilganiga 20 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, u yildan-yilga
takomillashib bordi, hamda dasturlashda qiyinchilikka duch kelganlar, ammo
dasturlashga qiziqishi kuchli, ijodiy fikrlovchilar uchun alohida e’tiborga ega bo‘ldi.
Buning samarasi o‘laroq, hozirda internetda ishlab kelayotgan saytlarning qariyb 43%
ushbu platformadan foydalangan holda yaratilgan.

WordPress – foydalanish uchun juda oson, qulay va eng asosiysi 100% bepul
bo‘lgan dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti www.wordpress.org orqali yuklab

90

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

olish va foydalanish mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun
millionlab shablonlar (sayt ko‘rinishlari) va plaginlar (dastur ichida ishlovchi kichik
qo‘shimchalar) yaratilgan. Ushbu dasturda o‘zining LMS plagini mavjud bo‘lib, undan
dasturlashdan xabari yo‘q inson ham foydalanib, o‘quv kursi, sayt, portfolio sayti,
platforma yaratishi mumkin. Muhim jihatlaridan biri mazkur dasturda o‘zbek tilida
ham foydalanish imkoniyati mavjud.

Raqamli texnologiyalar rivojlangani sari ta’lim jarayonini boshqarish, tashkil
etish, nazorat qilishda qulayliklar yanada ko‘payib bormoqda. Kredit-modul tizimida
talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda raqamlashtirilgan ta’lim muhitini
yaratish uchun dasturlar ishlab chiqishda qo‘llaniladigan CMS texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mazkur imkoniyatdan foydalangan holda
talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonlarini tashkil etishda ta’lim platformasi katta
ahamiyat kasb etadi. Negaki mazkur jarayonlardagi pedagogik sharoitlarni tashkil
etish, takomillashtirish uchun raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish
yuqori samara beradi. Bunga misol sifatida Hemis, Moodle platformalarini keltirish
mumkin. Ushbu platformalar dasturlash tillari orqali yaratilgan. Ammo hozirda
shunday ta’lim platformalarini dasturlash tillaridan foydalanmagan holda ishlab
chiqish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, biz mazkur yo‘nalishda bir qator tadqiqotlar
olib bordik. Tadqiqot jarayonida kredit-modul tizimi o‘quv jarayonida talabalar
mustaqil ta’limni tashkil etishda CMS texnologiyasidan foydalangan holda ta’lim
platformasi yaratildi hamda mazkur platforma ta’lim jarayoniga tatbiq etildi. Platforma
mashhur no code platformalar yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlaridan biri bo‘lgan
Wordpressda ishlab chiqildi. Ushbu platforma talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish
uchun zarur vositalar bilan to‘ldirildi. Kontentdan internetga ulanish imkoniyati
mavjud bo‘lgan mobil vositalardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Undan
ko‘zlangan maqsad talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
hamda ularning ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish bo‘lib, tadqiqot
jarayonida tajriba va nazorat guruhlarida mazkur platformadan foydalangan talabalar
mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik sharoitlarini raqamlashtirish asosida
takomillashtirishga erishildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizova S.N. “CMS platformalaridan foydalanib ta’limiy resurslarni yaratish”.
Экономика и социум. № 11(90), 2021. www.iupr.ru.
2. Han, Y. (2004). Digital content management: The search for a content
management system. Library Hi Tech, v.22.
3. Garvin, P. (2011). Government information management in the 21st century:
International perspectives. Farnham/Surrey: Ashgate Pub.

91