ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Strategik boshqaruv fanidan mustaqil ish darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari

Kurbanova Shaxnoza Yuldashbayevna, Axatova Shahnoza Akram qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

Strategik boshqaruv fanidan mustaqil ish darslarini tashkil etishning dolzarb
masalalari

Kurbanova Shaxnoza
Oriental universiteti

Moliya va menejment kafedrasi o‘qituvchisi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi

Tel.: +998 99 789-73-38
shakhnozakurbanova88@gmail.com

Axatova Shaxnoza
Oriental universiteti
Moliya va menejment kafedrasi o‘qituvchisi
Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Tel.: +998 99 754-00-11
axatova0011@icloud.com

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy iqtisodiyotda talabalarning mustaqil ta’lim
olish jarayonini samarali tashkil etish masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotda talabalarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda
nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini oshirish jarayoni o‘rganilgan.
Talabalarning mustaqil ta’limida iqtisodiy masalalarni mustaqil tahlil qilish, murakkab
muammolarga yechim topish ko‘nikmalari shakllangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
talabalarning boshqaruv jarayonlari bilimlarini o‘zlashtirishda mustaqil ishlash
qobiliyatlari sezilarli darajada oshgani, ayniqsa keys-stadi va esse yozish kabi
topshiriqlar orqali nazariy bilimlarni real iqtisodiy vaziyatlarda qo‘llash imkoniyati
ta’minlanganligi qayd etilgan.

Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, strategik boshqaruv, iqtisodiy masalalar, tanqidiy
fikrlash, amaliyotga tatbiq etish.

Annotation: The article is devoted to the analysis of the issues of the effective
organization of the process of Independent Education of students in modern economics.
The study explores the process of developing students' creative and critical thinking
skills as well as enhancing their skills to put theoretical knowledge into practice. In the
Independent Education of students, the skills of independent analysis of economic
issues, finding solutions to complex problems are formed. According to the results of
the study, it was noted that students have significantly increased their ability to work
independently in mastering the knowledge of management processes, especially
through assignments such as writing keys-stadi and essay, providing the opportunity to
apply theoretical knowledge in real economic situations.

Keywords: Independent education, strategic management, economic issues,
critical thinking, implementation.

MUAMMO VA YECHIMLAR

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi
mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ta’lim dasturining o‘zgarishi jarayonida
fanlarning bir qator masala va muammolari mustaqil ta’lim orqali o‘rganilishi lozim [1].
Mazkur uslubiy tavsiyanoma “Strategik boshqaruv” fanidan kredit-modul.
tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilishga qaratilgan
bo‘lib, ularning mustaqil fikrlashlarini shakllantirish usul va uslublari ko‘rsatilgan.
Qo‘llanmada mustaqil ishlash mazmuni, shakli, metodlari hamda talabalarning
mustaqil ishlashlariga metodik tavsiyalar berilgan.
Talabaning mustaqil ta’lim yuklamasi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish
uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Talabaning mustaqil
ta’limi auditoriya va auditoriyadan tashqarida bevosita o‘qituvchi rahbarligida
mustaqil ish yoki talabaning fan (modul) bo‘yicha mavzularni mustaqil o‘qibo‘rganishi tarzida amalga oshiradigan o‘quv ishlari majmuini anglatadi.
Mustaqil ta’lim - o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi
turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan
tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat.
“Strategik boshqaruv” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish
ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni
shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi.
“Strategik boshqaruv” fanini mustaqil ishni bajarish asosida o‘qitish jarayonini
takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini yanada rivojlantirish
yo‘nalishida boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o‘qish, o‘rganish, ko‘nikma va
layoqatlari shakllanadi.
Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishdan asosiy maqsad fan (modul)
bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko‘nikma va
malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv,
kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir.
Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli
hal etishga xizmat qilishi lozim:
– talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion
faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash maqsadi bilan
bog‘liqlikda mustaqil o‘quv faoliyatini amalga oshirish;
– bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish
va uni hal etishning maqbul yo‘llarini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni
tarbiyalash;
– talabalarda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;
– ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish;
– talabalarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon
berish;

MUAMMO VA YECHIMLAR

– ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini
rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish1.

Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya
qilish maqsadga muvofiqdir:

1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko‘rinishda – auditoriyada va auditoriyadan
tashqarida tashkil etish;

2. Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich,
oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.

3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim
jihatlarga e’tibor qaratish:

- talabaning o‘qish bosqichi;
- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati, o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga;
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
- mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o‘tish bilan shakl va hajm
jihatidan o‘zgarib borishiga;
- mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasiga
va qobiliyatiga mos holda tashkil etish.
Fan (modul)ning auditoriya yuklamasini bajarish vaqtida talabalarning mustaqil
ishlari nazorat qilinmaydi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan fan
dastur (Sillabus)da ko‘rsatilgan kontakt soatida oflayn yoki onlayn tarzda bir yoki ikki
marotaba maslahat olishi mumkin.
Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya
etishi (plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, professor-o‘qituvchilar, talabalar bilan tolerant
munosabatda bo‘lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, mas’uliyatlilik) shart.
Mustaqil oʻqib-oʻrganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish
topshiriqlari va ularni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan fan
dasturi (sillabus)da oʻz aksini topishi lozim. Fan (modul) yuzasidan talabalar
bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi lozim. Mustaqil ish
topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash (kooperativlik)ga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish
topshiriqlari fan (modul)ga ajratilgan kreditlar soni hamda talabaning vaqt budjetini
inobatga olgan holda belgilanishi lozim.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik
darajasi semestrdan semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib,
oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi

1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 16 iyuldagi “Oliy ta’limning
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan “Oliy ta'lim
muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha
yo‘riqnoma”, 2.1 va 2.2-bandlar.

MUAMMO VA YECHIMLAR

darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy
yondashishga o‘rgatib borish kerak.

Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga
bo‘ysundirilganki, semestr davomida o‘quv jarayoni to‘laligicha talabalar tomonidan
faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‘zlashtirish va ularda iqtisodiy
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni
shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin
emas.

Professor-oʻqituvchi oʻzi mashgʻulot olib borayotgan fanning xususiyatlaridan
kelib chiqib, yuqorida keltirib oʻtilgan mustaqil ishlarning qaysi turini qoʻllash
xususida qaror qabul qilishi va shu fandan ishlab chiqiladigan talabalarning mustaqil
ta’limini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha uslubiy tavsiyanomada
ularni tayyorlash va baholash mezonlarini yoritib berishi maqsadga muvofiq.

Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida
amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli
yo‘llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil
qilinadi. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi fanning kalendar-tematik
rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. Maslahat darsi tegishli fanning professor-o‘qituvchisi
tomonidan o‘tkaziladi.

Xulosa
Fanning professor-o‘qituvchisi maslahat darsida quyidagi ishlarni amalga
oshiradi:
- talabalar mustaqil ishlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma
beradi.
- topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
- tegishli adabiyotlar axborot manbalarini tavsiya qiladi;
- talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat,
hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.
- Talabalar mustaqil ta’limini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan
fan (modul)lar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy
kengashida tasdiqlanadi. Har bir fan (modul) bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarining
baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilinadi.
- Mustaqil ta’lim natijalarini baholash fanning umumiy baholash (100 ballik)
tizimida aks ettiriladi va fan sillabusining baholash mezonlarida unga ajratilgan ball
aniq ko‘rsatib qo‘yiladi.
- Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qat’iy
belgilanadi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o‘tkazib yuborgan
talabaning o‘quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa
dekanat (registrator ofis) tomonidan o‘rganib chiqilishi, dekan ruxsati bilan inobatga
olinishi hamda topshiriq bajarilishi uchun yakuniy nazorat o‘tkazilishiga qadar qayta
topshirish muddati belgilanishi mumkin.
- Talabalarning fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan
muddatga muvofiq amalga oshiriladi. Talaba tomonidan elektron tizim (platforma)ga

MUAMMO VA YECHIMLAR

yuklangan mustaqil ish topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o‘qituvchi
tomonidan tekshirilishi va natijasi talabaga ma’lum qilinishi shart.

Adabiyotlar ro‘yxati:
1. L. Zaripov, N. Xayitov, Z. Tohirov. Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish.
Metodik qo‘llanma. – Toshkent: “Sano-Standart”, 2023.
2. O.A.Qo‘ysinov, N.A.Muslimov. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda
mustaqil ta’limni tashkil etishning nazariyasi va metodikasi. Monografiya. – Toshkent:
“Fan”, 2009. - 92 b.
3. O.A.Qo‘ysinov. Kasb ta’limi yo‘nalishi bakalavr o‘qituvchilarini tayyorlashda
mustaqil ta’limning ilmiy-metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. – Toshkent: TDPU,
2008. - 160 b.
4. Sh.I.Yo‘ldashev. Talabalarning mustaqil ta’limining zamonaviy o‘quv
jarayonida ahamiyati va o‘rni. Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zMU, 2022.
5. D.R.Karimova. Kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim. Uslubiy qo‘llanma. –
Toshkent: OOO “Complex Print”, 2021. 126 bet.
6. N.O.Jo‘raeva. Ta’lim jarayonida mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish
bo‘yicha ayrim ko‘rsatmalar // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. 2021. №3.
7. G.M.Musaxanova. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik
qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida // Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. 2020. № 6. – B. 222-224.
8. R.R.Xusainov. Oliy ta’limda fanlarni o‘qitish sifatini oshirishda mustaqil
ta’limning roli // Zamonaviy ta’lim. 2016. № 4. – B. 25-32.