ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishning innovatsion tizimi

Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna, Erkinxoʻjayeva Mohinaxon Baxtiyor qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishning innovatsion tizimi

Mirsagatova N.
Oriental universiteti,
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Erkinxo‘jayeva M.
Oriental universiteti,
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishning
innovatsion tizimi hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: uzluksiz ta’lim, ma’naviy tarbiya, innovatsion tizimi, maʼnaviymaʼrifiy ishlar.

Annotation: This article describes the innovative system of the organization of
continuous spiritual education and its peculiarities.

Keywords: continuous education, spiritual education, innovative system,
spiritual and educational work.

Ma’naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy
kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat
keng ma’noga ega bo‘lib, ma’rifat, madaniyat kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ 4307-sonli qarori
ijrosini taʼminlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qaroridan kelib chiqib,
masʼul vazirlik va idoralar oldida turgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab joriy yilda
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya – milliy yuksalish kafolati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi o‘zida dunyo pedagogik
tajribasi va yutuqlarini mujassam etganligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, Yevropa
Ittifoqining tarbiyaviy tavsiyalari, AQSh tajribasidan shaxs erkinligi, tadbirkorlik,
muvaffaqiyatga erishishga intilish, Janubiy Koreyada yoshlar ongiga urf-odatlar,
axloqiy ideallarni singdirish, Yaponiyaning “Xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan
taʼlim”, Xitoyning yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlarni
tarbiyalashga qaratilgan pedagogik tajribalari o‘rganilgan. Qolaversa, konsepsiya ijrosi
uchun masʼul vazirlik va idoralar:

- Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida uzluksiz maʼnaviy tarbiya
konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Maʼnaviy tarbiya”
respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish;

- “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va
o‘smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, media mahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini
yaratish;

116

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

- Davlat taʼlim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda
yoshiga mos tayanch maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, kompetensiyalarni shakllantirish;

- I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish;
- Umumtaʼlim muassasalarining “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda
amalga oshirish;
- Ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini axloqiy fazilatlar majmui bo‘lgan
milliy tarbiya anʼanalari, vositalari, shakllarini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz
hududlariga etno-pedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. To‘plangan tarbiyaviy
meros asosida kitob va qo‘llanmalar, ko‘p jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni
yaratish hamda chop etish;
- Jamiyatda milliy tarbiya anʼanalari, qadriyatlarini tiklashga qaratilgan
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal
etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish;
- yoshlarda turli maʼnaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta
Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha vazifalar
belgilab olindi.2
“... hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo
najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”, degan edi milliy
pedagogikamizning buyuk darg‘asi Abdulla Avloniy. Konsepsiya ana shu hikmatga
hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy yuksalishimiz uchun eng zarur
fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik,
masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash,
mehnatsevarlik bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Voyaga
yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu
fazilatlari ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qiladi.
Konsepsiyada O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiytexnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar,
fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila,
maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari,
mahallalarning ijtimoiy-pedagogik hamkorligi yangi darajaga ko‘tariladi.
Konsepsiya oldiga qo‘yilgan vazifalar:
- maʼnaviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab
chiqish;
- tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanadigan, tadrijiylik va uzluksizlik
tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;

2 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya”
konsepsiyasi

117

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

- uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or
yutuqlaridan samarali foydalanish;

- tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini
muntazam oshirib borish;

- oila, taʼlim muassasalari va mahalla, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va
boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;

- maʼnaviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga
asoslanishdan iborat. –

Shaxsning, insonning ma’naviy, ruhiy kamoloti ta’minlanmasa, jamiyatning
moddiy-texnik taraqqiyoti bir tomonlama bo‘ladi va kutilgan natijani bermaydi. Ruhiy
ibtido yoshlar qalbini yuksak madaniyat va axloqiy fazilatlar bilan boyitishga, ularning,
umuman, millatning ruhiy-ma’naviy rostlanishiga yordam berishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh. Mirziyoyev «Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib
yangi bosqichga ko‘taramiz» – Toshkent: "O‘zbekiston", 2017.
2. SH. Mirziyoev. “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ 4307-sonli qarori.
3. S. Otamurodov va boshqalar. «Ma’naviyat asoslari». Ma’ruzalar matni. –
Toshkent, 2000. O‘quv qo‘llanma. Abdulla Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31- dekabrdagi
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi”.
5. www.ma’naviyatgazetasi.uz

118