ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Kreativ fikrlash fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish va baholash usullari

Axatova Shahnoza Akram qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

Kreativ fikrlash fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish va baholash usullari

Axatova Shahnoza
Moliya menejment kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Tezisda iqtisodiy fan sifatida “Kreativ fikrlash” fanini o‘qitishda
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish samaradorligi haqida so‘z boradi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlashning ilmiy-texnik taraqqiyoti va iqtisodiyotning real
sektori talablari ta’sirida shakllangan zamonaviy usullari tavsiflangan.

Kalit so‘zlar: talaba, mustaqil ish, baholash, metodika, loyiha usuli

“Kreativ fikrlash” fani kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini
tashkil etish va nazorat qilishga qaratilgan. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda
quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:

1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko‘rinishda – auditoriyada va auditoriyadan
tashqarida tashkil etish;

2. Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich,
oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash;

3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim
jihatlarga e’tibor qaratish: Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va
etik talablarga rioya etishi (plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, professor-o‘qituvchilar,
talabalar bilan tolerant munosabatda bo‘lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash,
mas’uliyatlilik) shart.

Mustaqil oʻqib-oʻrganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish
topshiriqlari va ularni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan fan
dasturi (sillabus)da oʻz aksini topishi lozim. Fan (modul) yuzasidan talabalar
bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi lozim. Mustaqil ish
topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash (kooperativlik)ga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

Mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish
topshiriqlari fan (modul)ga ajratilgan kreditlar soni hamda talabaning vaqt budjetini
inobatga olgan holda belgilanishi.

1. Mustaqil ta’limni amalga oshirishga doir professor-o‘qituvchi hamda
talabalarning vazifa va majburiyatlari

Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda professor-o‘qituvchilar quyidagi
vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim:

A) Professor-o‘qituvchilar bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar:
– fan (modul) bo‘yicha fan dastur (sillabus)da o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan
kredit(soat)ga muvofiq mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun mavzular va mustaqil ish
topshiriqlarini aniq aks ettirish;
– mustaqil ishlar va topshiriqlarning aqliy faoliyat (tahlil, sintez, taqqoslash,
solishtirish, umumlashtirish)ni taqozo etishini ta’minlashi;

MUAMMO VA YECHIMLAR

– fan dastur (sillabus)da mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun tavsiya etilgan
mavzularni o‘zlashtirish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga doir metodik
ko‘rsatmalar, baholash mezonlari va muddati, maslahat olish uchun kontakt soatlarini
ko‘rsatib qo‘yishi;

B) Talabalar bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar:
– fan (modul)lar bo‘yicha mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun tavsiya etilgan
mavzularni to‘liq o‘zlashtirishi va mustaqil ish topshiriqlarini belgilangan muddatlarda
sifatli tarzda taqdim etishi;
– mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda plagiat (ko‘chirmakashlik)ga yo‘l
qo‘ymasligi;
– mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga kreativ yondashishi, mustaqil, tanqidiy
va innovatsion fikrlash, axborotlar bilan ishlash kompetentligiga ega bo‘lishi, o‘zo‘zini rivojlantirishga intilishi.
2. Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish shakllari va turlari
Mustaqil ish turi va shakli muayyan ta’lim yoʻnalishi (mutaxassislik) hamda fan
(modul)larning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Talabalarning mustaqil ta’limi quyidagi turlarda tashkil etilishi lozim:
– auditoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish;
– auditoriyadan tashqari vaqtda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish;
– fan (modul) bo‘yicha mavzularni mustaqil ravishda axborot-resurs markazlari,
uy(talabalar turar joylari)da o‘qib-o‘rganish.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik
darajasi semestrdan–semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda
o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va
ijodiy yondashishga o‘rganib borishi kerak.
Professor-oʻqituvchi oʻzi mashgʻulot olib borayotgan fanning xususiyatlaridan
kelib chiqib, yuqorida keltirib oʻtilgan mustaqil ishlarning qaysi turini qoʻllash
xususida qaror qabul qilishi va shu fandan ishlab chiqiladigan talabalarning mustaqil
ta’limini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha uslubiy tavsiyanomada
ularni tayyorlash va baholash mezonlarini yoritib berishi maqsadga muvofiq.
Quyida ayrim turdagi mustaqil ishlar mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1. Mavzularni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular
talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi.
2. Axborot-tahliliy materiallar va manbalar bilan ishlash asosida referat
tayyorlash – mazkur fan bo‘yicha o‘tiladigan seminar mashg‘ulotidagi chiqishga
qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqori bo‘lib, shubhasiz katta foyda keltiradi.
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Referat
tarkibiy jihatdan titul, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tashkil topadi.
3. Esse tayyorlash. Esse (fransuz tilidan essai “urinib ko‘rish, namuna, ocherk”,
lotin tilidan exagium “o‘lchash”) yozish talabalarga o‘z fikrini erkin bildirishga,

MUAMMO VA YECHIMLAR

mavzuga aloqador ma’lumotni ongli tushunishga, muammoning yechimini topishga
aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon
yaratadigan ijodiy mustaqil ishdir. Esse yozishdan asosiy maqsad - tadqiq etilayotgan
mavzuni fakt va dalillar hamda talabaning o‘z ijodiy yondashuvi asosida ochib berish.

Esse yozishda quyidagilarga e’tibor berish joiz:
- mavzu doirasida belgilab olingan muammoni nazariy va amaliy jihatdan ochib
berishda talabaning shaxsiy fikri va mustaqil yondashuvi mavjudligi;
- muammo yechimini belgilashda, ya’ni uni bartaraf etish yo‘llari va
mexanizmini asoslab berishda hayotiy, shaxsiy va kasbiy tajribalarga suyanib, aniq
faktli dalillarga (argumentlarga) asoslangan holda fikr yuritish;
- predmetlilik va mantiqiy izchilikka rioya etish (tanlangan muammoga
e’tiborni qaratib, barcha jarayonlarni mantiqiy bir-biriga bog‘liq holda, izchil ketmaketlikda bayon etish);
Essening tarkibiy tuzilishi. Esseni yozish jarayonida uning quyidagi tuzilishiga
rioya qilish joiz:
Kirish
Asosiy qism
1. Birinchi reja
2. Ikkinchi reja
3. Uchinchi reja
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish – essening mavzusiga oid umumiy tasavvurni shakllantiradi va uning
dolzarbligini aniqlab beradi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi, predmeti va
obyektini belgilaydi.
Esse mavzuni to‘liq ochib berishni kafolatlamaydi va uning hajmi 3-5 betdan (titul
varaqdan tashqari) iborat bo‘lishi mumkin
Keys-stadi (muammoli vaziyatlar tahlili) tayyorlash. Keys usuli (inglizcha
Case method – keys usuli, keys-stadi) aniq bir vaziyat yoki muammoli holat tahlili
sifatida ta’lim berish hamda o‘rganish texnikasini ifodalaydi. Keyslar asosan real
voqealar va vaziyatlarga asoslangan bo‘lishi hamda ishlab chiqarish amaliyotidan
olingan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Tayyorlangan keyslarning muvaffaqiyati quyidagi uchta mezonlarga mos
kelishiga bog‘liq:
a) boshlang‘ich ma’lumotlar bazasining (operativ, statistik, buxgalteriya, reja,
moliyaviy va boshqa) yetarli hajmda ekanligi;
b) keyslarni ishlab chiqishda amaliy tajribaga ega mutaxassislarning ishtiroki;
c) muammoning yechimini izlab topishda tahlilning turli usullarini qo‘llashga
imkon beruvchi biznes vaziyat yoki muammoli holatning mavjudligi.
5. Ko‘rgazmali vositalar (infografika, chizma-tasviriy modellar) tayyorlash
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam
beradigan axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida bajariladigan ko‘rgazmali
materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu professor-o‘qituvchi tomonidan

MUAMMO VA YECHIMLAR

tavsiya etilib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali
vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi.
Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga
topshirish ham mumkin.

6. Darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning metodik ishlanmalarini
(ma’ruzalar matni, munozarali savollar, glossariy, testlar va topshiriqlar)
tayyorlash. Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo‘yicha ma’ruzalar matni,
glossariy, testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar,
munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.

7. Ilmiy maqolalar va ilmiy ma’ruza tezislarini tayyorlash Talabaga biron-bir
mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis
yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiytadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot
manbalaridan mavzuga tegishli bo‘lgan materiallar to‘playdi va bular asosida ilmiy
maqola hamda ma’ruza tezislari tayyorlaydi.

Xulosa
Mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish
topshiriqlari va ularni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan fan
dastur (sillabus)da o‘z aksini topishi lozim. Mustaqil ish uchun taqdim etilgan o‘quv
topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi tavsiya etiladi. “Kreativ fikrlash” fani
bo‘yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari va mazmuni, ularni bajarish shakllari
quyidagi jadvalda keltirilgan. Mustaqil ta’lim bo‘yicha o‘quv faoliyati natijalarini
bajarmagan talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi yoki shartli ravishda topshirish
muddati belgilanadi.
Talabalarning fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan
muddatga muvofiq amalga oshiriladi. Talaba tomonidan elektron tizim (platforma)ga
yuklangan mustaqil ish topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o‘qituvchi
tomonidan tekshirilishi va natijasi talabaga ma’lum qilinishi shart.

Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-598
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-yanvardagi
4563-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarda investitsion dasturini
amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori.
3. Sh. Axatova “Kreativ fikrlash” fanidan talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish,
nazorat qilish va baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. Oriental universiteti O‘quvuslubiy kengashi tomonidan ma’qullangan va nashrga tavsiya etilgan. 2024-yil, 29-
Aprel.

Elektron manbalar:
1. www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari bazasi.
3. www.tradingeconomics.com