ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning samaradorligini oshirish

G‘ofurov Jamoliddin Xusniddinovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etishning samaradorligini oshirish

G‘ofurov Jamoliddin
Oriental universiteti,
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqola o‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tizimli
tashkil qilishga yordam beradi. Bu tushunchalar o‘quvchilarni matematika fanidan
masala yoki misollarni yechish jarayonida ulardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini
to‘g‘ri rivojlantirishga qaratilgan hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: matematik devoriy gazeta, matematik matbuot, matematik
viktorina, matematik olimpiadalar, mashgʻulot, sinfdan tashqari ishlar, matematik
oʻyinlar, toʻgaraklar, ekskursiyalar, matematik kechalar.

Annotation: This article aims to help students systematically organize their
extracurricular activities. These concepts focus on developing students’ skills in
effectively solving problems or examples in mathematics.

Keywords: mathematical wall newspaper, mathematical press, mathematical
quiz, mathematical olympiads, activities, extracurricular work, mathematical games,
clubs, excursions, mathematical evenings.

Kirish
Matematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o‘quvchilarning darsdan
tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida
ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlar
o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab
misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq
bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni
maqsad qilib oladi.

Matematika fanida sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari
Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish,
murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan
bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan
tanishtirishni maqsad qilib olishi lozim. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari
mavjud: Matematik to‘garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik
ekskursiyalar, matematik gazeta, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deganda o‘quvchilar darsdan tashqari vaqtda
tashkil qilingan dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga
asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga
oshiriladi: bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish;
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini
rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli bolalarni topish,

133

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va
insoniylikni tarbiyalash. Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan farq qiluvchi
xususiyatlarga ega:

- O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan
bilimlar o‘quvchilarning salohiyatiga mos bo‘lishi kerak.

- Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni qamrab olishi, ya’ni
qiziqarli bo‘lishi zarur. Sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish orqali faol
o‘quvchilarga aylanishi mumkin.

- Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin
qiziqishi lozim. Bu mashg‘ulot baholanmaydi, ammo faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi.

Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10–15 minutdan 1 soatgacha
mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.

- Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid
masalalar, qiziqarli masalalar, hazil masalalar, berilgan ma’lumotlari etishmaydigan
yoki berilgan ma’lumotlari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik
voqealar, arifmetik rebuslar, o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy ma’lumotlar
berish va boshqalar kirishi mumkin.
Amaliyotda hozir quyidagilar uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar,
matematika kechalar, matematika to‘garaklar, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar,
olimpiadalar va hokazolar.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish quyidagilarga asoslangan
bo‘lishi kerak bo‘ladi:
a) Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni inobatga olgan holda
tashkillashtiriladi.
b) Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishlari, ijodkorligi tamoyillariga
asoslanishi va ularning individual fikrlarini inobatga olish maqsadida tashkil etiladi.
c) Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish turlari darslardan farq qilib, qiziqarli jihatlari
kuchli bo‘ladi. Uning uchun zaruriy shart shundayki, o‘tkaziladigan ishning
rejalashtirilishi va davomiyligining murakkabligi.
Matematik matbuot: boshlang‘ich sinflarda chiqariladigan gazetalar va
o‘tkaziladigan viktorinalar ko‘proq topishmoq, boshqotirma, rebuslar va boshqa
turdagi qiziqarli va mazmunli materiallar orqali tashkil qilinadi va uning maqsadi
o‘quvchilarning matematikaga qiziqishlarini yanada orttirishdan iborat. Boshlang‘ich
sinflarning matematik gazetasi rangli qilib yaratiladi, masala va misollar grafikalar va
rasmlardan foydalanib beriladi va qiziqarli ko‘rinishda bo‘ladi.
Matematik viktorinalar gazetalardan farqli ko‘rinishda faqat o‘quvchilarga
yechish uchun beriladigan masalalar va savollardan tashkil topadi. Javoblar yozma
ko‘rinishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchiga yoki shu ish topshirilgan o‘quvchiga
topshiriladi. Muddat o‘tishi bilan olingan javoblar tekshiriladi, g‘olib o‘quvchilar
aniqlanadi va taqdirlanadi.

134

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Matematik konkurslar va olimpiadalar. Matematik konkurslar qiyin masalalar
yechish, o‘tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish
bo‘yicha o‘ziga xos musobaqa hisoblanadi. Matematik konkurslar asosan yaxshi
matematikni, tez tushuna oladigan, payqaydigan, ziyrak, yaxshi sinfni, guruhni aniqlab
olish maqsadida o‘tkaziladi. Konkurs mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan
aniqlashtiriladi va belgilanadi. Masalan, quyidagilar: masalalar yechish, og‘zaki va
yozma hisoblashlar, geometrik mazmunli topshiriqlar va hokazolar. Matematik
olimpiadalar matematik konkurslardan farqli ko‘rinishda yirikroq masshtabda,
maktabning bir sinfi emas, balki hamma sinflarini jalb qilgan holda tashkillashtiriladi.

Olimpiadalar yiliga bir marta matematik qobiliyati yuqori o‘quvchilarni aniqlash
maqsadida o‘tkaziladi. Maktab olimpiadasini maktab direktori tasdiqlagan komissiya
boshqaradi va tashkillashtiradi. Komissiya topshiriqlarning mazmunini,
qatnashchilarni tanlash shartlarini aniqlaydi, olimpiada o‘tkazilish vaqtini belgilaydi.
Olimpiadalarni o‘tkazishdan oldin unga tayyorgarlik ishlari bajariladi.

Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda, matematik burchak deb
nomlanuvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda bulardan tashqari matematikadan
ko‘rgazmali qurollar, har xil gazetalardan olingan, yurtimiz yutuqlarini ifodalovchi
sonli ma’lumotlar, har xil mashinalarning tezliklari va xususiyatlari haqidagi, bolalarga
ko‘proq tanish buyumlarning narxlari, oziq-ovqatlar narxlari ifodalangan materiallar,
«Bilasizmi?» nomi ostidagi qiziqarli matematik ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Matematik ekskursiyalar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bilan ekskursiyalar
o‘tkazishda ba’zi qiyinchiliklar mavjud va o‘qituvchidan puxta tayyorlanishni talab
qiladi: o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin borib, ko‘rib kelishi
ekskursovodga qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya vaqti haqida
ko‘rsatmalar berishi lozim bo‘ladi.

Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda
muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini
qanday tutishlari kerakligini tushunib oladilar.

Xulosa
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan
tashqari ishlarni, to‘garaklarni muntazam ravishda olib borish zarur deb hisoblaymiz
va maqolada ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari foydalanishlari maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. В. П. Труднев. Внеклассная работа по математике в начальных классах.
М, Просвещение 2015.
2. N. Boltayev, O. Qodirov. Boshlangʻich sinflarda matematikadan sinfdan
tashqari ishlar. – Toshkent: "Oʻqituvchi", 2012.
3. N. Bikbayeva. Boshlangʻich sinflarda matematikani oʻqitish metodikasi. –
Toshkent: "Oʻqituvchi", 1996.
4. Saydaliyeva L.M O‘quvchilarga qadimiy masalalarni yechtirish orqali mantiqiy
tafakkurni shakllantirish. – Chirchiq, 2022.
5. Saxaev M. Algebradan masalalar to‘plami. – Toshkent: «O‘qituvchi», 1987.

135