ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Talabalarda autizm sindromli bolalar bilan korreksion-metodik ish olib borishda mustaqil ta’limning o‘rni

Sayfullayeva Mashxura

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Talabalarda autizm sindromli bolalar bilan korreksion-metodik ish olib
borishda mustaqil ta’limning o‘rni

Sayfullayeva Mashxura
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak logoped-talabalarning, autizm sindromli
bolalar bilan korreksion-logopedik, metodik ish olib borishda mustaqil ta’limning o‘rni
haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Bo‘lajak logoped, mustaqil ta’lim, autizm sindromli bola,
korreksiya, metodik ish.

Annotation: This article talks about the role of independent education in
conducting correctional speech therapy and methodical work of future speech therapist
students with children with autism syndrome.

Keywords: Future speech therapist, independent education, child with autism
syndrome, correction, methodical work.

Oliy ta’lim shaxsning muayyan kasbga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni
egallashga imkon beruvchi ta’lim bosqichi bo‘lib, o‘zining pedagogik-psixologik,
tashkiliy-metodik xususiyatlariga hamda tamoyillariga egaligi nazariy manbalarda
keltirib o‘tilgan. Ushbu ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan umumdidaktik, pedagogik,
professional ma’lumotlarni o‘quv rejada belgilangan o‘qitishni tashkil etish shakllarida
talabalarga taqdim etadi. Biz tomondan tanlangan tadqiqiy masala talabalarning
mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash,
texnologiyalarini takomillashtirishni ko‘zda tutgani bois, ushbu masalani aynan kasbiy
kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon nuqtai nazaridan
yoritishni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Bo‘lajak logopedlarning mustaqil ta’limi
quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutishi lozim:

1. Talabalarning bilish imkoniyatlari va faolliklarini rivojlantirish.
2. O‘z-o‘zini namoyon qilish, rivojlantirishga imkon beruvchi mustaqil fikrlashni
shakllantirish;
3. Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini
mustahkamlash va tizimlashtirish;
4. Talabalardagi nazariy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
5. Maxsus adabiyotlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlardan foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
6. Talabalarda tadqiqotchilik malakalarini rivojlantirish;
7. Ta’lim oluvchilarda bilimlarni amaliyotda mustaqil qo‘llash ko‘nikma,
malakalarini shakllantirish;
8. Bilimlarni umumlashtirish va mustaqil izlash, egallash ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish.
Oliy ta’lim muassasasida o‘qish jarayonida, mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot
davrida yuzaga kelgan metodik, psixologik, pedagogik muammolarning sabablarini

140

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

aniqlaydilar va ularning yechimini izlaydilar, pirovardida ularda maqsad qo‘yish, ishni
rejalashtirish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bo‘lajak logoped autizm sindromli bolalar bilan
ishlashda, bolaning nuqsonidan kelib chiqqan holda ularga individual yondashib,
bolaga korreksion-metodik ishni o‘zi mustaqil holatda belgilay olishi kerak.

Logopedik yo‘nalishda talabalarning mustaqil ta’limini amalga oshirish
bosqichlarini quyidagicha ajratdik va darajalarini belgiladik:

Reproduktiv daraja: namuna asosida topshiriqlarni bajarish, masalan vaziyatni
tahlil qilish, jadval to‘ldirish, “Piramida”, “Kasbim kaftimda”, “Kamalak”
texnologiyalari orqali berilgan topshiriqlarni bajarish. Ushbu topshiriqlarning
murakkablik darajasi modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini
baholash uchun eng minimal chegara bo‘lib, talabalar uchun bajarish murakkablik
tug‘dirmaydi. Talabalarning bilish faoliyati ularning o‘rganishi, o‘quv materialini
anglashi va eslab qolishida namoyon bo‘ladi. Ushbu daraja topshiriqlari aksariyat
talabalar uchun qulayligi bilan amaliyotda o‘qituvchilar tomonidan keng qo‘llaniladi.

Loyihalash darajasi: ushbu darajada talabalarning faoliyati muammolarni hal etish
yo‘llarini qayta ko‘rishida, reja tuzishida, maqola, annotatsiya, referat va boshqa
ishlarni bajarishida namoyon bo‘ladi. Reproduktiv darajaga nisbatan ushbu daraja
topshiriqlarida o‘qituvchining nazorati kamayadi. Shu bilan bog‘liq ravishda ushbu
daraja topshiriqlarning bajarilishida talabalarning mustaqilligi o‘sib boradi. Demak,
reproduktiv o‘quv topshiriqlari talabalarni kasb olamiga kirishining boshlang‘ich davri
bo‘lsa, loyihalash davri kasbiy faoliyat uchun “ko‘prikdir”. Talabalarning ushbu daraja
bo‘yicha bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqdan namuna quyida keltiriladi.

Topshiriq: nuqsonlarini taqqoslang va Venn diagrammasida ifoda eting

Autizmning o‘ziga xos jihatlari Autizm vа daun sindromining Daun sindromining o‘ziga xos
umumiy jihatlari jihatlari

Ijodiy daraja: ushbu daraja topshiriqlari yangi ma’lumotlarni va muammoli
vaziyatni tahlil qilishni taqozo etadi. Talaba muammo yechimini topish usuli,
vositalarini mustaqil tanlaydi. Bu daraja o‘quv topshiriqlari talabalarda kasbiy faoliyat
elementlari bosqichma-bosqich shakllanishi evaziga kompetensiyalarning
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni talaba o‘zini kasbiy faoliyat makonida,
jarayonida, muloqot muhitida his qiladi. Ushbu darajaga oid talabalarga taqdim etilgan
topshiriq keltiriladi. Topshiriq: Autizmning moyillik va keltirib chiqaruvchi
sabablarini aniqlang.

141

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Duduqlanish sabablari

Moyillik Keltirib chiqaruvchi

“Logopediya” moduli bo‘yicha talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning
darajalari umumlashtirilgan holda quyida rasm asosida keltirildi:

Тalabalarning Reproduktiv
mustaqil ta'limini Loyihalash
amalga oshirish
Ijodiy
bosqichlari va
darajalari

1-rasm. Talabalarning mustaqil ta’limini amalga oshirish bosqichlari va darajalari
Muammoni asoslashga oid amaliyotni kuzatish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari
natijalari OTM o‘qituvchilarining talabalar mustaqil faoliyatini maqsadli
rejalashtirishga e’tibor qaratmayotganini namoyon qildi. Ushbu holat oqibatida
talabalarda mustaqil ta’lim davridagi mas’uliyati, motivatsiyasi yetarlicha
shakllanmagan. Shuning uchun biz oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun
talabalarning mustaqil ta’lim davridagi faoliyatlarini rejalashtirishga oid tavsiyalarni
ishlab chiqdik. Buning uchun mustaqil ta’lim davrida talabalar faoliyatini rejalashtirish
jarayoniga ta’rif berdik. Rejalashtirish bu talabalar mustaqil ta’limini boshqarish
tizimining muhim komponenti bo‘lib, u uzoq muddatga (semestrlar, kurslar)
mo‘ljallangan tarbiya, o‘qitish, rivojlantirish jarayonida barqaror natijalarga erishish
imkoniyatini beradi. Rejalashtirishning samaradorligi uning puxta va aniqligiga
bog‘liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xoliqov A.A. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik
mahoratini rivojlantirish. Monografiya – Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2015. – 420 b.
2. Xoliqov A.A. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning
pedagogik mahoratini rivojlantirish: Dis. Ped. fan. dok. – Toshkent, 2018. – 314 b.
3. Суханов П.В. Организация самостоятельной работы студентов в системе
непрерывного высшего профессионального образования. Теория и практика
общественного развития. (2012, № 8) – 168 c.

142