ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga ta’sir omillari

Mamadiyorov Jamol Baxodirovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

Bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini
rivojlantirishga ta’siri omillari

Mamadiyorov Jamol
Oriental universiteti Uzluksiz ta’lim
pedagogikasi kafedrasi dotsenti v.b., PhD.

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining
o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillari ko‘rib chiqilgan hamda
matematika fani misolida tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, o‘quv-bilish faoliyati,
matematika, shaxsiy-motivatsion.

Аннотация: В данной статье рассмотрены факторы, влияющие на развитие
учебно-познавательной деятельности будущих учителей начальных классов,
проанализированы на примере математической науки.

Ключевые слова: будущие учителя начальных классов, учебнопознавательная деятельность, математика, личностно-мотивационная.

Abstract: This article examines the factors influencing the development of
educational and cognitive activity of future primary school teachers, analyzed by the
example of mathematical science.

Key words: future primary school teachers, educational and cognitive activity,
mathematics, personal motivation.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual rivojlanishi o‘quv-bilish
faoliyati sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashqi va ichki omillarni tahlillar
asosida ko‘rsatish mumkin. Ichki omillar guruhiga psixologik xususiyatlar kiradi:
motivlar, hobbilar, shaxsiyat tarkibida yetakchi o‘rin tutadigan qiziqishlar,
orientatsiya, xarakter, his-tuyg‘ular, qobiliyatlar, intellektual jarayonlar va boshqalar.
Tashqi omillar guruhiga faoliyatning amalga oshadigan sharoitlari kiradi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini yetuk kadr bo‘lishi uchun aniq
maqsadga qaratilgan o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantiruvchi psixologik-pedagogik
muhit kerak. Ularning shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion ehtiyojlariga mos
kelishi uchun o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantiruvchi jarayonni tashkil etishda
pedagogik-psixologik muhit dinamik modellari bo‘yicha o‘quv maqsadlarini ta’lim
mazmuniga proportsional moslashtirish ko‘pyoqlama, motivatsiyaga boy, turli
imkoniyat va bilish faoliyatini intensiv rivojlanishiga rag‘batlantiradigan motivatsiya,
kuch, imkon bo‘lishi zarur.

O‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga asoslangan yondashuv quyidagi ta’lim
yo‘nalishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi: kognitiv, motivatsion, vazifalarni hal
qilishda olingan bilimlardan amalda foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; o‘quvbilish kompetensiyalarni shakllantirish, o‘quv jarayonida amaliy vaziyatlarni amalga
oshirish. Shuningdek, ma’lumot olish, qayta ishlash va uzatish usullari va vositalarga
ega bo‘lishini nazarda tutadi.

MUAMMO VA YECHIMLAR

Shu ma’noda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual
rivojlanishi, shuningdek, o‘quv-bilish faoliyat sifat va samaradorligini oshirishda
o‘quv-bilish faoliyat jarayonini yo‘lga solish uchun zarur bilim va mahorat, shaxsiyrefleksiv va shaxsiy-motivatsiya bo‘lishi kerak. O‘quv jarayoni bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchining ichki rivojlanishiga yordam berish uchun o‘quv materiali,
rivojlanishning faol darajasiga mos bo‘lishi va bu daraja murakkablik jihatida mavjud
bilimdan ortiq bo‘lishi kerak. Aks holda rivojlanishdan mahrum bo‘lib qoladi.

Agar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchiga tavsiya etilayotgan vazifalar bilish
kuchiga teng bo‘lsa, u holda uning bu kuchlarning bilish faoliyati rivojlanishi davom
etishiga turtki bo‘lmaydi. Buning uchun bilish va intellektual faoliyat kuchini ishlatish
orqali o‘quv vazifalarni va materiallarni o‘zlashtirishga qaratilgan savollardan
foydalaniladi. Mana shunda o‘quv vazifalari va o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga
qaratilgan savollardan o‘qituvchining vositachilik roli ham tushunarli bo‘ladi. Aynan
o‘qituvchi o‘rgatishi kerak bo‘lgan o‘quv materiallari tushunarli bo‘lishiga anglab
olishga bog‘liq usullar yordam beradi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan o‘quv materiallarini metodik ishlanmalarida foydalanib
o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish tizimi aniqlab olinadi. Bunda ichki kuchlarini
rivojlantiruvchi g‘oyalari, intilishlari, motivatsiyalari hisobga olinib mavzuga oid
yo‘naltirilgan savollar berilsa, u holda ular avvalgi mavjud bilimlarga tayangan holda
amalga oshiriladi.

Demak, keltirilgan ma’lumotlar o‘quv - bilishni faollashtirishda omillarning roli
muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy-psixologik
va pedagogik fanlarni rivojlanishida muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.

Matematika fani bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni malakaga asoslangan
yondashuvda o‘qitish uchun majburiy fan hisoblanadi. Ushbu mavzu mazmunining
xususiyatlari katta hajmlar, yuqori mehnat intensivligi, o‘zlashtirishning qiyinligi.
Biroq, matematikaning ahamiyatini bilish va yetarli shaxsiy-motivatsion
yo‘nalganlikga ega bo‘lish bu muammoni hal qilishga yordam beradi.

Shaxsiy-motivatsion yo‘nalganlik deganda “insonni faoliyatga undovchi, faoliyat
chegaralari va shakllarini belgilab beruvchi va bu faoliyatga ma’lum maqsadlarga
erishishga qaratilgan e’tiborni kuchaytiruvchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi
kuchlar majmui” tushuniladi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini shaxsiy-motivatsion komponent
muayyan faoliyatning paydo bo‘lishi, yo‘nalishi, amalga oshirish usullari va natijasini
belgilaydi. Shaxsiy-motivatsion tayyorgarlik deganda, o‘quv-bilish faoliyatiga,
ayniqsa uning bevosita ta’lim bilan bog‘liq tomonlariga ijobiy munosabatda namoyon
bo‘ladigan shaxsning motivlari va ehtiyojlari tizimi tushuniladi [1].

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini empirik va nazariy o‘qitish jarayonida
axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich tayyorlash ichki va tashqi
harakatlantiruvchi kuchlar yuqori darajada namoyish etmaydilar, buni amalga oshirish
uchun shaxsiy faoliyatga undovchi imkoniyatlarga ega bo‘lishi, o‘qitish sifat va
samaradorligini oshirish uchun psixologik va pedagogik vositalarga juda muhtoj.

MUAMMO VA YECHIMLAR

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash o‘quv dasturlarida pedagog
shaxsining har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan bilimlarning asosini
tashkil etuvchi kognitiv, affektiv va psixomotor o‘quv maqsadlarini ta’lim mazmuniga
proportsional moslashtirish imkoni mavjud. Shu bilan birga, bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari barcha qiyinchiliklarini yengishga qodir psixolog bo‘lishida zarur
bo‘lgan fazilatlarni shakllantirish uchun asosiy bilim va ko‘nikmalardan tashqari
shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘nalganlik trayektoriyasini ta’lim
maqsadlarining vektorli funksiyalariga integrativ muvofiqlashtirish asosida o‘quvbilish faoliyati rivojlantiriladi.

Hozirgi vaqtda matematikani o‘qitish usullarini qo‘llash va ta’lim jarayonida
pedagogik texnologiyalaridan foydalanishga bag‘ishlangan yetarli miqdordagi
tadqiqotlar mavjud, bu esa o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Ammo matematikani o‘qitishning ijodiy muloqoti natijadorligining psixologik
xususiyatlari masalalari yetarlicha o‘rganilmagan. Bundan matematikani o‘rganish
jarayonida o‘quv-bilish faoliyatlarga asoslangan yondashuv doirasida bosqichmabosqich tayyorlash hamda o‘zaro ta’sir subyektlari munosabatlarning konseptual
jihatlari rivojlantirishni o‘rganish zarurligini aniqladi.

Matematika fani tabiiy fanlar bo‘lib, uning maqsadi matematik ma’lumotlarni
yig‘ish, yangi imkoniyatlarni topish va taqdim etish usullarini singdirishdir. Bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika faniga oid mat-analiz asoslari, algebra va
geometriya, ehtimollar nazariyasi, matematik statistikani bilishi kerak, kasbiy faoliyatda
matematik til va belgilardan foydalana olish, matematik masalalarni yechish kerak.

O‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan psixologikpedagogik tahlil matematikani o‘rganish faol intellektual faoliyatga asoslanganligini
ko‘rsatdi. Ta’lim jarayonida nazariy fikrlash, turdosh fanlarni bilishning fikrlash
jarayonlari uchun asos yaratadigan intellektual faoliyat rivojlanadi [2].

Matematikani o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘naltirish orqali tarbiyalash, ularning
kognitiv, affektiv va psixomotor sohalarini shakllantirishdir. Ta’lim natijasi
matematikani o‘rganish davomida intellektual rivojlanishi o‘quv-bilish faoliyat sifat va
samaradorligini oshirishga qaratilganligi va ularning rivojlanishiga bog‘liq.

O‘quv-bilish faoliyati rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omil shaxsiy-refleksiv va
shaxsiy-motivatsion darajasiga bog‘liq. Bu masalani hal qilish axborot almashinish
faoliyatiga bosqichma-bosqich tayyorlashdagi rivojlantiruvchi ta’limdir. Uni amalga
oshirish uchun matematikadan o‘quv-bilish faoliyati mantiqiy rivojlantiruvchi
topshiriqlarning murakkablik va dinamik modellari bo‘yicha masalalarni shakllantirish
lozim. Ma’ruzada nazariy materialni taqdim etishda, amaliy mashg‘ulotlarda esa
o‘quv-bilish faoliyati rivojlanishiga ta’siri ta’lim maqsadlarining vektorli
funksiyalariga integrativ muvofiqlashtirish asosida kognitiv, affektiv va psixomotor
o‘quv maqsadlarini ta’lim mazmuniga proportsional moslashtirish masalalari hal
qilishda aniqlanadi. Masalalarni yechishda o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish ta’lim

MUAMMO VA YECHIMLAR

maqsadlarining vektorli funksiyalariga integrativ muvofiqlashtirish asosida matematik
qobiliyatlar kognitiv, intellektual qobiliyatlarga bog‘liq.

Ba’zi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari matematik qobiliyatlarni namoyish
eta olmaydi, shuning uchun o‘rganishda muhim omillari aloqa, o‘quv, kognitiv, kasbiy,
ijtimoiy motivlar, shuningdek, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish va o‘zini
anglashdan qochish motivlari hosil bo‘ladi. Matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvbilish faoliyatining ajralmas qismi bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni
tarbiyalash, ularning motivatsion sohasini shakllantirishdir.

O‘quv - bilish faoliyatini rivojlantirishiga ta’sir etuvchi omillarini aniqlash va
tahlil qilish matematikani o‘qitishning psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishga,
umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarga ajratishga imkon berdi. Umumiy xususiyatlar
matematik va og‘zaki qobiliyatlarning kombinatsiyasi, shuningdek motivlarni o‘quv
va bilish faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchining shaxsiy tajribasini samarali
rivojlantirish quyidagi pedagogik sharoitlarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchining hayotiy rejalari sohasidagi shaxsiy tajribasini
muntazam o‘rganish; o‘quv-bilish faoliyatida uning shaxsiy tajribasini rivojlantirish
uchun vaziyatlarni izchil tashkil etish; evristik o‘qitish usullaridan bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchining shaxsiy tajribasini rivojlantirishda vaziyatlarni
amalga oshirish vositasi sifatida foydalanish [3].

Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyati
komponentlari pedagogning shaxsiy-refleksiv, ya’ni shaxsiy fikrlash hissiy va
baholash faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Shaxsning ichki dunyosini
tushunishning ushbu shakli shaxsning muhim tarkibiy qismlarini: maqsadlar va
ideallarni, qobiliyat va imkoniyatlarni, motivlar va ehtiyojlarni tahlil qilishga
qaratilgan. Mantiqiy mulohaza kognitiv jarayonlarga qaratilgan va fikrlash, diqqat,
xotira xususiyatlarini tahlil qilish va baholash bilan bog‘liq bo‘lgan eng oqilona
shakldir. O‘quv-bilish faoliyati komponentlaridan biri shaxsiy-motivatsion. Bu
harakatga undaydigan impulsdir. Motivatsiya deganda, shuningdek, shaxsning o‘z
ehtiyojlarini samarali va faol ravishda qondirish qobiliyati tushuniladi. Psixologiyada
shaxsiy motivatsiya pedagogning xatti-harakatlarini boshqaradigan va uning
barqarorligi, yo‘nalishi, tashkil etilishi va faolligini belgilovchi psixofiziologik
mexanizmlarni o‘z ichiga olgan dinamik jarayondir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Raxmatova F.A. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematik
tafakkurini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2017.
2. Yunusova D.I. Interfaol metodlar asosida matematikani o‘qitish metodikasi.
– Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2011. – 200 b.
3. Abdullayeva B.S. Akademik lisey bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining matematik tafakkurlarini rivojlantirish (umumlashtiruvchi darslar
misolida): Dis....ped.fan.nom. – Toshkent: TDPU, 2002. – 146 b.