ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitishda mustaqil ish darslarini tashkil etish

Sayidrahimova Nasiba

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUAMMO VA YECHIMLAR

“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitishda mustaqil ish darslarini
tashkil etish

Sayidrahimova Nasiba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
Email: n.saidraximova@iiau.uz
Tel.: +998 99 440-74-18

Annotatsiya: Maqolada “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanining
asoslanishi, uning maqsad va vazifalari, “davlat tili”da ish yuritish masalalari, fanni
o‘qitishda mustaqil ish darslarini tashkil etish xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Kommunikativ sifat, nutqiy kompetensiya, davlat tili, umumxalq
tili, milliy til, adabiy til.

Ona tili – millat ruhi, davlat mustaqilligini ko‘rsatuvchi bosh unsur, vosita
sanaladi. Uni asrab-avaylash, nufuzini ko‘tarish va rivojlantirish esa shu davlatda
yashayotgan barcha uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois, “O‘zbek tilining
sohada qo‘llanilishi” fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-
oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni hamda “O‘zbek tilini 2020-2030-
yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
muhim o‘rin tutadi.

“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani talabalarni mamlakatimiz ijtimoiy
hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri
foydalanishga oid masalalar, вavlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun
mohiyati; o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari,
sohaviy leksika va uning xususiyatlari, o‘zbek tilida soha atamalarining qo‘llanilishi,
nutq uslublari, sohalarda rasmiy-idoraviy ish hujjatlarining yuritilishi, ularning turlari;
mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari hamda ilmiy tadqiqot olib borish
masalalari bo‘yicha zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi.

Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning o‘zbek tilida sohalar bo‘yicha nutqiy
kompetentligini oshirish; og‘zaki va yozma nutqida mutaxassislikka oid sohaviy
atamalarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarda o‘zbek tilida
yozma va og‘zaki ravishda aniq, to‘g‘ri va ravon nutq tuzish malakasini takomillashtirish;
ularning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirish, sohada nutq uslublari va
imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xususan, soha doirasida qo‘llaniladigan rasmiyidoraviy ish hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishga o‘rgatishdan iborat.

Fanning vazifasi talabalarni fanga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda
o‘zbek adabiy tili me’yorlariga mos tarzda nutq yaratish amaliy ko‘nikmalarini hosil
qilish; talabalarni mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining
imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

MUAMMO VA YECHIMLAR

Respublikamiz ijtimoiy hayoti va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida davlat
tilida jahon o‘lchovlariga mos tarzda ish yurita olish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni
puxta egallash, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay bilish kabi talablar barkamol
mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir. Shu maqsadda amaldagi o‘quv dasturi
asosida barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ilk marotaba mazkur fan alohida
kurs sifatida o‘qitilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek tilining
siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar
yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8-10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida
tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat
tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va
talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallashi, o‘z fikrini
yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishishi uchun hujjat
matnlarini tuzish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Jumladan, akademik litseylarda
“Davlat tilida ish yuritish” darslari joriy etildi. Bu fanning tadrijiy rivoji sifatida esa,
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani yuzaga kelib, undagi beriladigan nazariy va
amaliy bilimlar talabalarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiyidoraviy uslub me’yorlari asosida to‘g‘ri shakllantirishga, hujjatchilik, ya’ni munshaot
ishini puxta egallashlariga qaratilgan. Ushbu maqsadda adabiy til me’yorlari, matn
qurilishi, hujjat turlari va ularning tarkibiy qismlari, to‘g‘ri hujjatlashtirish yo‘llari kabi
masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berib
boriladi. Fanni o‘qitish davomida rejalashtirilgan mashq va topshiriqlar orqali rasmiyidoraviy uslubga xos turlicha qurilishdagi matnlar tuzish, uni ijodiy o‘zgartira olish,
ya’ni qisqartirish va kengaytirish, asosiy mazmunni saqlab qolish, to‘ldirish, yangilash
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratiladi. Nazariy mavzular sifatida ajratilgan nazariy
ma’lumotlar yagona uslubiyatga bo‘ysundirilgan tarzda talabalarning ham nazariy
bilimlarini oshirishga, ham nutqiy savodxonlik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini
mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Talabalarning davlat tilida ish yuritish
qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan nazariy-amaliy materialga turli shakl va
mazmundagi matnlar, ish qog‘ozlari, hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy
izchillikni ta’minlash hamda zarur leksik-sintaktik vositalardan o‘rinli foydalanish
usullarini o‘rgatishda fan o‘qituvchisi darslikdagi mashq va topshiriqlarni to‘liq
bajartirishi, ularni to‘ldirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tegishli matnni hujjat turiga va uning zaruriy qismlari mazmuniga mos tarzda
mustaqil ravishda tuza olish, jo‘natilgan hujjatga tashkilot munosabatini aniq
ifodalagan holda to‘g‘ri javob yozish, taklif yoki e’tiroz bildirish, o‘z fikrini dalillar
bilan asoslash, xulosalash, umumlashtirish va bunda kirish so‘zlardan, iqtibos,
ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana bilish ko‘nikmalarini o‘stirishga oid uslubiy
materiallarni talabaga qiziqarli tarzda yetkazish taqozo etiladi.

Respublikamizda milliy tilga munosabat tubdan o‘zgargan hozirgi davrda rasmiy
tashkilot, idoralarda davlat tilida ish yuritishga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi bejiz
emas. 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ilmiy asoslangan

MUAMMO VA YECHIMLAR

yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir
xilda qo‘llanishini ta’minlash kabi vazifalarning kun tartibiga qo‘yilishi ham bu
yo‘nalishda muayyan ishlarni amalga oshirish, idoraviy ish hujjatlari uslubi va tilini
yanada takomillashtirish lozimligini ko‘rsatadi. Zero, har bir davlatda ish yuritishga
doir hujjatlarni milliy til, uning qonun-qoidalari asosida yozish va rasmiylashtirish
ushbu davlat mustaqilligini kafolatlovchi mezonlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, rasmiy-idoraviy ish hujjatlari kishilarning mehnat faoliyatini tashkil
etishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan
boshlaboq rasmiy-idoraviy ish hujjatlarini takomillashtirish, uni tartibga solish
masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Sir emaski, uzoq yillar davomida yurtimizda idoraviy ish hujjatlari, asosan, rus
tilida yuritildi, juda kam turdagi ish hujjatlarigina o‘zbek tilida yozildi. Rus tilining
idoraviy ish hujjatlari andozasi asosida yozilgan rasmiy ish hujjatlarida shu tilning
terminologik birliklari, uning grammatik qoidalariga mos ifodalar o‘rin oldi. Buning
natijasida o‘zbek idoraviy ish hujjatlari takomillashmay qoldi, uning leksik tizimi
o‘zga til unsurlari bilan to‘ldirildi.

Fan bo‘yicha mustaqil ta’limlarni tashkil etishda talabalarga quyidagi
ko‘rinishdagi topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, “O‘zbek tilining leksik qatlami”
mavzusini o‘tishni quyidagi tarzda tashkil qilish tavsiya etilishi mumkin. Masalan:

1-topshiriq. Berilgan savollarga javob bering:
1. Atamaning so‘zdan nima farqi bor?
2. Leksikografiyaning tilshunoslikdagi o‘rni qanday?
3. O‘zbek lug‘atchiligiga asos bo‘lgan qanday asarlarni keltira olasiz?
4. O‘zbek terminologiyasi qaysi manbalar hisobiga shakllangan?
5. Leksemalarda sinonimiya hodisasini tushuntiring.
6. “Sohaviy leksikologiya” tushunchasini izohlang.
7. Sohaviy leksikada ma’nodoshlikni tushuntiring, misollar keltiring.
8. Sohaviy leksikada shakldoshlik masalasini tushuntiring, misollar keltiring.
9. Sohaviy leksikada ko‘p ma’nolilik munosabatlarining namoyon bo‘lishini
tushuntiring, misollar keltiring.
2-topshiriq. Berilgan nostandart testlarni yeching va bilimingizni sinab ko‘ring

1-test. Leksikologiyaning obyektini belgilang
1) lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari; 2) muayyan tilning
lug‘at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlari; 3) lisoniy va nolisoniy (lingvistik
va ekstralingvistik) omillarning ishtirokini o‘rganish; 4) lug‘at boyligidagi eskirgan,
yangi va zamonaviy qatlamlar; 5) tilning lug‘at boyligi

To‘g‘ri javob: 1 2 3 4 5

2-test. Leksikologiyaning predmetini belgilang
1) lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini o‘rganish; 2)
taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish; 3) tilning boshqa sathlari (fonetik sath,

MUAMMO VA YECHIMLAR

grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish; 4) lug‘at boyligidagi eskirgan, yangi va
zamonaviy qatlamlar; 5) tilning lug‘at boyligi.

To‘g‘ri javob: 1 2 3 4 5

3-test. Leksikologiyaning vazifalarini belgilang
1) muayyan tilning lug‘at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlari, bu
jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstralingvistik) omillarning ishtirokini
o‘rganish; 2) lug‘aviy birliklarning funksional-semantik tavsifini berish, ularning
lisoniy va uslubiy vositalar sifatidagi xususiyatlarini yoritish; 3) tilning boshqa sathlari
(fonetik sath, grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish; 4) lug‘at boyligidagi
eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarni, tematik guruhlar va mikrosistemalarni
aniqlash; 5) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda
leksik-semantik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish.

To‘g‘ri javob: 1 2 3 4 5

3-topshiriq. Tushunchalarning mosini tutashtirib, bilimingizni sinab ko‘ring

1. Terminlarning Leksemaning mazmun mundarijasida bor
mazmun tomonida bo‘lgan leksik ma’no.

2. Lisoniy ma’no so‘zga (hujayra, to‘qima) yoki turg‘un
birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi.

3. Terminlarning leksemaning tildagi ma’nosiga (yoki
ifoda plani (tashqi ma’nolariga) xos bo‘lmagan, ayrim shaxslarning
formasi) (mualliflarning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib,
shu leksema mazmuniga yangicha “tus” berish
maqsadida yuzaga keltirgan sun’iy ma’nosidir.

4. Okkazional ma’no muayyan soha tushunchalari ifodalangan
(nutqiy ma’no) bo‘ladi

4-topshiriq. Keltirilgan leksemalar nima uchun sinonim sanalishini izohlang.
Sinonimik qatorini keltiring. Dominantani aniqlang.

1. Arzimaganga, arzimasa, salga, saldan-salga, bo‘lar-bo‘lmasga, unar-unmasga.
2. Asil, sara, sarxil, xil, mumtoz, poshshaxon. 3. Ataylab, atay, atayin, ataydan,
jo‘rttaga, jo‘rtta, maxsus, azza-bazza. 4. Attang, afsus, esiz, taassuf, darig‘, (voy)
hasrato. 5. Ashqol-dashqol, lash-lush, laq-luq, qaqir-ququr, mayda-chuyda. 6. Badnom,
uyatli, sharmanda, sharmisor.

5-topshiriq. Keltirilgan so‘zlarning ko‘p ma’noliligini hisobga oling va har bir
leksemaning antonimik ma’nosini keltiring. Antonimlarning turli ma’nolari asosida
so‘z birikmalarini tuzing va semalarini ko‘rsating.

MUAMMO VA YECHIMLAR

Kuchsiz, yaqin, kasal, muhim, qattiqqo‘l, yetuk, qisqa, yengil, semiz, issiq,
ahmoq, jasur, toza, butun, azob, ajratmoq, ayyor, baxtli, bemaza, bo‘shatmoq, dangasa,
dushman, yer, yosh, zabardast, zarar, zotli, ilg‘or, iflos, yo‘q, kamgap, kamtar, katta,
sog‘, kasallanmoq, kech, kuchli, ko‘p, lapashang, muloyim, muhtojlik, notanish, obod,
ozod, savlatli, sadoqatli, sekinlashmoq, tez, chin, tajribali, to‘g‘ri, uzoq, uyatchan,
farosatli, xabardor, xafa, xunuk, chidamli, shafqatli, shodlik, lapashang, erinchoq.

Namuna:

XAFA XURSAND

G‘amgin Shod

G‘amli Xurram

G‘ussali Xushnud

Qayg‘uli Vaqti chog‘

Qovog‘idan qor yog‘adi Og‘zi qulog‘ida

Xulosa qilib aytganda, yuqorida qayd etilgan masalalarni qamragan holda
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanining o‘quv dasturlariga kiritilishi va
o‘qitilishi hozirgi kun til siyosati doirasidagi dolzarb masalalarni qamraydi va ijrosini
ta’minlaydi.