IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
Arab tili darslarida talabalarning gapirish mahoratini rivojlantirish: muammo
va yechimlar
Sotvoldiyev Sirojiddin
Oriental universiteti
Sharq tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada arab tili darslarida talabalarning gapirish
mahoratini rivojlantirishda kuzatiladigan muammolar va ularni qanday hal qilish
usullari va metodlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: arab tili, gapirish ko‘nikmasi, til kompetensiyalari, pedagog
mahorati.
Abstract: This report discusses the problems observed in developing students'
speaking skills in Arabic language classes and how to solve them.
Key words: Arabic language, speaking skills, language competencies,
pedagogical skills.
Kirish
Til egasi bo‘lmaganlarga arab tilini o‘qitishning murakkab tomonlari bilan birga
anchayin zavqli, o‘qituvchi-pedagogda qo‘shimcha izlanish, o‘zining yashirin
qobiliyatlarini kashf etishga turtki beruvchi jihatlari ham mavjud. Bu ayniqsa o‘quvchitalabalarning to‘rtta muhim til kompetensiyalari o‘qib tushunish, tinglab tushunish,
yozish va gapirish mahoratlarini rivojlantirish asnosida yaqqol yuzaga chiqadi. Odatda,
aksariyat arab tili o‘qituvchilari bitta darsning o‘zida barcha kompetensiyalar uchun
teng vaqt ajratadilar, talabaning barcha mahoratini baravar darajada rivojlantirish
harakatida bo‘ladilar. Afsuski, amaliyotda bu o‘zini ko‘p ham oqlamaydi.
Tadqiqot natijalari
Qayd etish kerakki, gapirish mahorati (مهارة المحادثة)nutqning boshqa
kompetensiyalari uchun “erituvchi qozon” )بوتقة انصهار(vazifasini bajarib bera oladi.
Shu sabab talabaning mazkur mahoratini rivojlantirishga birlamchi e’tibor
qaratish kerak. Boshqa tomondan, aksariyat chet tilini bilish darajasini aniqlovchi
imtihonlarda ham og‘zaki nutq amaliyoti eng muhim punkt hisoblanadi.
Ma’lumki, gapirish mahoratining rivojlanishi talaffuz, grammatika va so‘z boyligi
bilan bevosita bog‘liq. Mustaqil ta’lim darslarida vazifalarni belgilashda ayni shu
jihatlar hisobga olinishi muhimdir. Vazifalar mustaqil ish uchun kirish vazifasini
bajaradi va amalga oshirishning turli usullarini taklif etadi. Gapirish ko‘nikmalari
uchun vazifa va mashqlarning gapirishga tayyorlovchi, gapirishni mustahkamlovchi,
gapirishni yaratuvchi, gapirishni simulyatsiya qiluvchi kabi turlari ajratib ko‘rsatiladi.
Arab tili darslaridagi kuzatuvlarimizdan ma’lumki, talabalar quyidagi sabablar
tufayli gapirish mahoratini rivojlantirishda oqsaydilar:
1) xato qilib qo‘yishdan qo‘rqish va uyalish;
2) gapirish mahorati borasida o‘zini kursdoshlaridan ortda qolgan deb hisoblash;
174
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
3) gapirishdan oldin o‘z ona tilida fikrlab olishi, natijada nima demoqchi
bo‘layotganini avval xayolida tarjima qilishi;
4) ko‘pchilik oldida gapirishdan qo‘rqish;
5) talabaning har bir xatosiga yoki nutqidagi har bir qoidaga ortiqcha e’tibor
berish va boshqalar.
Muhokama
Bu oqibatlarni bartaraf etish uchun o‘qituvchi-pedagog quyidagilarga bosqichmabosqich rioya qilishi maqsadga muvofiq:
- darsni sinfga kirmasdan oldin arabcha muloqot bilan boshlash, talabalarga
kichikroq to‘p yoki shirinlik berib, hol-ahvol so‘rash
- talabalarga muayyan mavzuda nutq tayyorlash uchun fursat berish
- talabalarni juftliklarga yoki guruhlarga taqsimlashda “kuchli-kuchsiz”
tamoyiliga rioya qilish
- kuchsiz talabani doimo rag‘batlantirib turish
- talabalarning bilimiga mos mavzularni o‘rtaga tashlash
- kuchli talabalar o‘rtasida “xatolarni tuzatamiz” nomi ostida musobaqalar tashkil
etish
Talabalarda gapirish mahoratini rivojlantirishda quyidagi uslub va metodlar ham
juda qo‘l keladi:
1. Karikaturalardan foydalanish
2. Qisqa metrajli ovozsiz videolarni qo‘llash
3. Hikoyani davom ettirish uslubi
4. Yangi so‘zlar katalogini tuzib borish
5. Sahnalashtirish metodi (turli rollar ijro etish orqali)
6. Darsdan tashqari intervyular
7. Qisqa surat yoki lavhalarni tasvirlash
O‘quvchilar suhbatlar va munozaralarga odatlanib, uni tabiiy qabul qilishlari
uchun ma’lum tartib paydo bo‘lishiga erishish kerak. Chunki darslikdagi dialoglar
suhbatlarni sun’iy ko‘rinishga olib keladi. O‘qituvchi talabalardan xato qilmasdan
gapirishni talab qilmaslik kerak. Shuning uchun har doim ijobiy fikrlar bildirilishi va
o‘quvchilar rag‘batlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Fikr-mulohaza erkin bayon etish,
tarjima qilingan tilda uni qabul qilish guruhda haqiqiy muloqotni yaratadi.
Xulosa
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, guruhda muloqotni rivojlantirishda iloji
boricha tez-tez og‘zaki sinovlar o‘tkazilishi qo‘l keladi. Lug‘at va grammatika har
doim ham yozma ravishda tekshirilishi shart emas, aksincha ularni suhbat vazifasi
sifatida ham tekshirish mumkin. Nutq vositalarining doirasi keng va xilma-xil bo‘lishi,
o‘quvchilar doimo tayyor sintagmalarga ega bo‘lishlari kerak. Natijada ular yordamida
qiyin suhbat sharoitida ham yo‘l topa oladilar. Ilg‘or guruhlar uchun iloji boricha
simulyatsion, rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
175
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 2022 : رسم بياني. -الأردن100 .خالد حسين أبو عمشة
2. Sotvoldiev, S. (2023). Principles of composition of scientific-critical text of Ibn
Sayyid's dictionary "Al-musallas". The theory of recent scientific research in the field
of pedagogy, 1(7), 62-66.
3. Sotvoldiev, S. (2022). Principles of composition of scientific-critical text of Ibn
Sayyid's dictionary "Al-musallas". Thematics Journal of History, 8(1).
4. Maxammaddin o‘g‘li, S. S. (2023). Ibn Molik hayoti va uning arab
tilshunosligida tutgan o‘rni. Vol. 2 No. 11 (2023): Innovative Development in
Educational Activities (IDEA)
176