MUAMMO VA YECHIMLAR
Qur’oni Karimning ingliz tiliga tarjimalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Nizamova Salomat
Oriental universiteti,
G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchisi
salomat068@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqola Qur’oni Karimning ingliz tiliga tarjimalari va
ularning o‘ziga xos xususiyatlari, Qur’oni Karimning dastlabki XVII - XIX-asrlarda
musulmon bo‘lmagan fuqarolar tomonidan tarjima qilingan va XX – XXI-asrlarda
musulmon fuqarolar tomonidan tarjima qilingan eng yaxshi nusxalari haqida so‘z
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: “ ,إعجاز القرآنAlkoran Muhammed”, “The Al-Koran of
Mohammed”, “The Qurʻan”, “The Holy Qur’an”, “The Meaning of the Glorious
Qur’an”, “The Noble Qur'an in the English Language”, “The Clear Quran”.
Arab tilida yozilgan Qur’oni Karim VII asrdan boshlab Osiyo, Afrika va
Yevropaning aksariyat asosiy tillariga tarjima qilinib, bu an’ana hanuzgacha davom
etib kelmoqda.
Qur’onning ingliz tiliga birinchi tarjimalari XVII - XIX-asrlarda musulmon
bo‘lmagan fuqarolar tomonidan yaratilgan bo‘lsa-da, hozirgi vaqtda mavjud
tarjimalarning aksariyati musulmonlar tomonidan XX - XXI-asrlarda qilingan.
Qur’onni arab tilidan boshqa tillarga tarjima qilish islom ilohiyotida doimo qiyin
muammo bo‘lib kelgan. Musulmonlar Qur’onni mo‘jizaviy va noyob (إعجاز القرآن)deb
e’zozlashlari sababli, ular Qur’on matni hech bo‘lmaganda arabcha matnni saqlab
qolmasda, uning haqiqiy tilidan yoki yozma shaklidan ajratilmasligi kerak, deb
ta’kidlaydilar [2].
Qur’onni tarjima qilish vazifasi oson emas. Ba’zi arab tilida so‘zlashuvchilar
Qur’onning ba’zi qismlarini hatto asl arab yozuvida ham tushunish qiyinligini
tasdiqlaydilar. Bu qisman har qanday tarjimaning o‘ziga xos murakkabligi bilan
bog‘liq; arab tilida, boshqa tillarda bo‘lgani kabi, bir so‘z ko‘p ma’noga ega bo‘lishi
mumkin. Lekin bunday o‘ziga xos murakkabliklarga qaramasdan bir necha asrlar
davomida Qur’oni Karim dunyoning turli tillariga tarjima qilingan va hozirga qadar
o‘z dolzarbligini yo‘qotmay davom etib kelmoqda.
Biz mazkur maqolamizda Qur’oni Karimning ingliz tilidagi tarjimalari va
ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni uning dastlabki XVII - XIX-asrlarda musulmon
bo‘lmagan fuqarolar tomonidan tarjima qilingan va o‘z xususiyatlariga ko‘ra,
musulmon fuqarolar tomonidan XX - XXI-asrlarda tarjima qilingan eng yaxshi
nusxalari haqida so‘z yuritmoqchimiz. Chunki mavjud manbalardagi ma’lumotlarga
ko‘ra, bizning hisobimiz bo‘yicha XVII asrdan to shu kunga qadar Qur’oni Karimning
ingliz tiliga tarjimalari yuzdan oshadi va ularning har biri yuzasida to‘xtalib o‘tish katta
ilmiy ishni talab etadi.
MUAMMO VA YECHIMLAR
Qur’onning ingliz tiliga ma’lum bo‘lgan eng birinchi tarjimasi 1649-yilda qirol
Karl I ning (hukmronlik yillari 1625–1649) ruhoniysi Aleksandr Ross tomonidan
“Alcoran Mahomet” asari bo‘lgan. Biroq, arab tilini bilmagan Aleksandr Ross bu
tarjimani fransuz tiliga Dyu Rie (ba’zi manbalarda Rayer deb berilgan) tomonidan
tarjima qilingan “L'Alcoran de Mahomet” tarjimasi orqali amalga oshirgan [1].
1734-yilda Jorj Sayl (1697-1736), Qur’onning arab tilidan ingliz tiliga to‘g‘ridanto‘g‘ri birinchi tarjimasini amalga oshirdi. Uning fikriga ko‘ra, Dyu Rie tarjimasi
“...aniq tarjima bo‘lishdan yiroq; har bir sahifada tez-tez transpozitsiyalardan (bir til
so‘z turkumlaridan yoki shakllarida boshqa til so‘z turkumlari va shakllariga o‘tish)dan
tashqari, xatolar va qo‘shimchalar, nuqsonlar mavjud”.
XVII-XIX asrlardagi tarjimalarning aksariyati islom ilmidan kam tajribaga ega
mualliflar tomonidan amalga oshirilgan. Ular nasroniy bahs-munozaralariga javob
berish istagida bo‘lganliklari sababli, ularning bu asarlari hech qanday chuqur
intellektuallikni aks ettirmaydi va shuning uchun bunday nusxalar juda kam uchraydi.
Jorj Saylning fikr-mulohazalari eng muhim hisoblangan, chunki u avvalgi tarjimalarni
batafsil tanqid qilgan va uning ishi deyarli XIX-asr oxiriga qadar barcha ingliz
kitobxonlari uchun standart ma’lumotnomaga aylangan.
Hindistonning Aligarx universiteti ingliz tili professori Abdur Rahim Kidvayning
aytishicha, hind musulmonlari Qur’onni ingliz tiliga tarjima qilgan birinchi
qaldirg‘ochlardir. Ularning barchasi Britaniya mustamlakachiligi va qizg‘in
missionerlik faoliyati davrida qilingan.
Gap shundaki, ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra, Qur’onning ingliz tilidagi eng
yaxshi tarjimasi deyarli yo‘q. Nufuzli tarjimalarning har biri turli maqsadlar va
xususiyatlarga ega bo‘lib, ular har xil turdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan va turli
yo‘nalishdagi maqsadlarga moslashtirilgan. Shu bilan birga, shuni yodda tutish
kerakki, Qur’onning arab tilidagi asl manbasi nihoyatda chuqur, fasohat va ta’rifli,
shuning uchun tarjimada doimo qandaydir ma’no yo‘qoladi va har bir tarjimon turli
yo‘llar bilan buning o‘rnini qoplashga harakat qiladi. Tilning asl boyligini
tushunishning yagona yo‘li bu tilning o‘zini bilishdir.
Biz musulmon fuqarolar tomonidan tarjima qilingan va Qur’onning ingliz tilida
so‘zlashuvchilar jamoasiga katta ta’sir o‘tkazganlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak,
XX-asrda Qur’onning inglizcha tarjimasini asl arabcha matn bilan birga taqdim etgan
birinchi musulmon Sharqiy Bengaliya (hozirgi Bangladesh)dan bo‘lgan va keyinchalik
Hindistonning Allohobod shahriga ko‘chib o‘tgan Mirza Abul Fazl (1865—1956)
tomonidan yozilgan “The Qurʻan” (1910) kitobidir. Bu tarjimaning asosiy xususiyati
shundaki, unda zamonaviy musulmon olimlari orasida Abul Fazl birinchi bo‘lib
Qur’onning xronologik tartibini o‘rganishga qiziqqan va uning ahamiyatini musulmon
ulamolari e’tiboriga havola etgan kashshof edi.
XX -asr boshlarida ingliz tilida so‘zlashuvchi musulmon aholisining o‘sishi bilan
Qur’onning musulmonlar tomonidan ingliz tiliga tarjimasi birin-ketin paydo bo‘la
boshladi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi musulmonlarining keng jamoatchiligida eng
yaxshi qabul qilingan Qur’onning ingliz tilidagi eng birinchi tarjimasi Muhammad
MUAMMO VA YECHIMLAR
Marmadyuk Piktxollning (1875–1936) birinchi marta 1930-yilda nashr etilgan “The
Meaning of the Glorious Qur’an” (“Ulug‘vor Qur’onning ma’nosi”) asaridir.
Shundan so‘ng 1934-yilda Abdulloh Yusuf Alining “The Holy Qur’an” (“Qur’oni
Karim”) asari paydo bo‘ldi. Hindistonlik olimlar Isra Chima, Sharif Randxava va imam
Adam Jamallarning ta’kidlashlaricha, Muhammad Marmadyuk Piktxoll va Abdulloh
Yusuf Alilar “ham she’riy uslub va ba’zan arxaik tildan foydalanishsa ham, ular juda
aniq va Qur’onning eng mashhur va keng tarqalgan ingliz tilidagi tarjimalaridan
ikkitasi bo‘lib qolmoqda”. Bu ikki tarjimalarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki,
ular boshqa har qanday tarjimalarga nisbatan Qur’onning ingliz tilidagi yaxshi
tarjimasi qanday bo‘lishi kerakligini namoyon etib, ikkala nashrda ham tarjimonlar
tomonidan izohlar qisman bo‘lsa-da berilgan.
1980-yilda Muhammad Asad Qur’onning inglizcha tarjimasi va tafsiri bo‘lgan
“The Message of The Qur’an” (“Qur’on xabari”)ni nashr etdi. Ushbu tarjima Qur’on
ma’nosini arab tilining so‘zma-so‘z tarjimasi emas, balki nafis inglizcha uslubda
yetkazishga qaratilgan eng she’riy tarjimalardan biridir. Asadning muqaddimasi va
o‘qilishi oson, izohlari o‘quvchiga Qur’onni o‘rganishga, uni ingliz tilida
so‘zlashuvchi kitobxonlar orasida eng mashhur tarjimalardan biriga aylantirishga
yordam berdi.
1980-yillarda Muhammad Muhsinxon va Muhammad Taqiuddin al-Hiloliy
tomonidan “The Noble Qur'an in the English Language” (“Ingliz tilida Qur’oni Karim”
nashr etilgan. Ushbu tarjima an’anaviy sunna hadis manbalaridan yoki Qur’on
sharhlaridan ma’lumot beruvchi ko‘plab izohlari bilan o‘quvchilarni o‘ziga tortadi.
2004-yilda Oksford universiteti nashriyoti tomonidan Muhammad Abdul
Halimning ingliz tiliga o‘girilgan “The Qur’an” tarjimasi eng oson o‘qiladigan
Qur’onlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Abdul Halim Qur’on va klassik arab tili olimi
bo‘lib, bu tarjimada uning arab tilidagi mahorati aks ettirilgan. Uning yana bir o‘ziga
xos xususiyati shundaki, u Qur’onning arabcha ma’nosini berishdan ko‘ra, Qur’on
ma’nosini ravon ingliz tilida yetkazishga intilgan. Natijada, u Qur’onning ingliz tiliga
eng nufuzli zamonaviy tarjimalaridan biriga aylangan. Mazkur tarjimada ma’lumot
beruvchi kirish va qisqa izohlar mavjud bo‘lib, u foydalanuvchilarga qulay va turli
darajadagi o‘quvchilar uchun oson hisoblanadi.
Va nihoyat, doktor Mustafo Xattobning 2016-yilda nashr etilgan “The Clear
Quran” (“Ochiq Qur’on”) kitobi ham diqqatga sazovor tarjimadir. Ushbu tarjima
Qur’onning arab tilidagi to‘g‘ri tarjimasi va tushunarliligi, ravonligi bilan mashhurdir.
Uning xususiyatlaridan yana biri – foydali tushuntirish uchun eslatmalar mavjud.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha tarjimalar ingliz tilida so‘zlashuvchilar
va o‘quvchilar uchun Qur’onni musulmon yoki musulmon bo‘lmagan fuqarolarni
tushunishlari uchun qimmatli vositadir. Har bir tarjimon Qur’on ma’nosini turlicha
yetkazadi va o‘quvchilarning turli ehtiyojlari va xohishlariga murojaat qilib,
Qur’onning asl ma’nosini his qilishga chorlaydi.
MUAMMO VA YECHIMLAR
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdur Rahim Kidwai, "Translating the Untranslatable: A Survey of English
Translations of the Qur'an," Muslim World Book Review, Summer 1987. (Elektron
resurs)
2. Fatani, Afnan. "Translation and the Qur’an". In Leaman, Oliver (ed.). The
Qurʻan: an encyclopaedia. Great Britain: Routledge. 2006. (Elektron resurs).
3. Ruthven, Malise (2006). Islam in the World. Granta. p. 90. ISBN 978-1-
86207-906-9. (Elektron resurs).
4. https://www.getquranic.com/what-is-the-best-english-quran-translation