MUAMMO VA YECHIMLAR
Dinshunoslik va manbashunoslik fan sifatida: muammo va yechimlar
Axmedov Sanjar
Oriental universiteti dotsenti v.b., PhD
Nishanova Dildora
Oriental universiteti dotsenti v.b., PhD
Annotatsiya: Oliy taʼlim muassasalarida dinshunoslik fani barcha yoʻnalishlarda
1-kursning birinchi semestri davomida oʻtkazib kelinmoqda. Bundan maqsad diniy
bagʻrikenglikni shakllantirish, dinning asl mazmunini tushuntirib berish, turli radikal
oqimlar va yot gʻoyalar taʼsiridan yoshlarni asrash hisoblanadi. Bu fanni oʻqitishda
professor-oʻqituvchilar maʼlum bir muammolarga ham duch keladi. Maqolada sodir
boʻladigan muammolar va ularning yechimlari xususida fikr yuritiladi.
Manbashunoslik fani esa maxsus soha vakillari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar
uchun o‘tiladigan fan dasturi bo‘lib, mazkur yo‘nalish nafaqat fan doirasidagi
adabiyotlarni, balki qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni o‘qiy olish, tabdil qilish bilan
birgalikda tadqiq qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit soʻzlar: Dinshunoslik, manbashunoslik, islom, dinning funksiyalari,
ildizlari, taʼlim muammolari, yechim.
Abstract: In higher educational institutions, the science of religious studies is
taught during the first semester of the 1st year in all directions. The purpose of this is
to form religious tolerance, explain the true meaning of religion, and protect young
people from the influence of various radical movements and foreign ideas. Professors
and teachers face certain problems in teaching this subject. The article discusses the
problems that occur and their solutions. Science of source studies is a science program
that informs about obtaining skills and reading, interpreting not only literature within
the field of science, but also manuscripts and lithographic books.
Key words: Religious studies, source studies, Islam, functions of religion, roots,
educational problems, solution
Dinshunoslik fani oliy taʼlim muassasalarida maʼlum bir muddat tanaffusdan
soʻng qaytadan tashkil etila boshlandi. Bu mazkur fanga boʻlgan ehtiyoj, taʼlimdagi
zamonaviy tendensiyalar va jahonda roʻy berayotgan geosiyosiy jarayonlar bilan
bogʻliq, albatta. Dinshunoslik fani oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlariga oʻqitilar
ekan, professor-oʻqituvchilar maʼlum bir qiyinchilik va muammolarga duch keladi.
Mazkur fanni oʻqitishda yuzaga keladigan ayrim muammolar haqida toʻxtaladigan
boʻlsak, avvalambor sifatli va maʼlumotlarga boy boʻlgan oʻquv adabiyotlarining
yetishmasligini taʼkidlash joiz. Bu muammoni hal etish uchun ayrim chora-tadbirlarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Xususan, mazkur yoʻnalishda nashr etiladigan
davlat grantlarini eʼlon qilish yaxshi samara berishi mumkin. Zero, yaxshi ijod
namunasi uchun yaxshi mablagʻ talab etiladi. Moddiy taʼminlangan, yetarli boʻsh
vaqtga ega boʻlgan ilmiy izlanuvchi talab darajasidagi ishlanmani taklif eta oladi.
MUAMMO VA YECHIMLAR
Grantlar masalasi faqat davlat yoki oliy taʼlim muassasasi mablagʻlari bilan cheklanib
qolmasdan, balki yirik tadbirkorlar, ilm-fan homiylarini ham jalb etishi mumkin.
Shu bilan birga, tor doiradagi ilmiy seminarlar, amaliy treninglar, nufuzli
nashriyot vakillari ishtirokida uchrashuvlar ham uyushtirish kerak. Bunda mualliflar
kitob bosishdagi zamonaviy innovatsion tendensiyalardan xabardor boʻlish
imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Bu, oʻz navbatida, yaratilayotgan adabiyotning sifatli va
oʻqishli boʻlishini taʼminlaydi.
Dinshunoslik fanini oʻqitishda yuzaga keladigan muammolardan yana biri talabayoshlarning maʼlum bir din doirasidagi bilimlarni chuqurroq oʻrganish, maʼlum bir
dinlarni oʻrganishni inkor etish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Bunda professor-oʻqituvchi talabalarga dinshunoslik fanining mazmunmohiyatini yaxshi tushuntirib berishi lozim. "Dinshunoslikka kirish" deb nomlangan
mavzuni oʻtish jarayoni darslarning keyingi bosqichlari mazmunini belgilab beradi.
Mazkur darsda dinshunoslik fanini oʻqitishdan koʻzlangan maqsad, dinning
funksiyalari, ildizlari, yordamchi fanlar majmui va boshqa jihatlarini toʻliqroq ochib
berishi talab etiladi.
Albatta, aholisining aksar qismi musulmon boʻlgan Oʻzbekiston sharoitida va
oʻzbek tilli guruhlarda bu kabi muammolar yuzaga kelishi tabiiy hol hisoblanadi.
Dinshunoslikni oʻqitishdan koʻzlangan maqsadlardan biri bu diniy bagʻrikenglik
va boshqa din vakillariga nisbatan toqatlilikni shakllantirish, mustahkamlashdan iborat
bo‘lib, manbashunoslikda esa allomalarning ilmiy merosini o‘rganish hamda tadqiq
qilish orqali tarixiy ma’lumotlarni birlamchi manbalar asosida o‘rganish hisoblanadi.
Manbashunoslik fani esa fan sifatida XX asrning boshlarida kirib kelgan bo‘lsa-da,
mazkur fan doirasida kam sonli olimlar tadqiqot olib bormoqdalar. Chunonchi,
manbashunoslik tadqiqotchidan arab, fors, turk tillarini bilish bilan birgalikda husnixat
turlarini ham o‘rganishni talab qiladi. Shuningdek, manbalar kitoblar hamda hujjatlar
shaklida bo‘lishi e’tiboridan yozuv turlari bilan birgalikda qog‘oz turlari haqida ham
bilim va malakaga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu sababdan manbashunoslikdagi
muammolar yechimining eng asosiy yo‘li fanni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdan
iborat. Bugungi kunda qo‘lyozma va toshbosma asarlar, qozilik hujjatlari O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti Qo‘lyozmalar fondida, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar
xazinasi bo‘limida, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi Qo‘lyozmalar
fondida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida, O‘zbekiston Milliy
universiteti kutubxonasida, O‘zbekiston davlat arxivida, Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy
tadqiqot markazi Qo‘lyozmalar fondi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Qo‘lyozmalar fondi hamda yurtimizdagi bir qancha muzeylar fondlari va
kutubxonalarida saqlanib keladi. Mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikda talabalarga
manbalarni tanishtirish, manbadan foydalanish qoidalari, uni tadqiq etish uchun kerakli
bilim va ko‘nikmani hosil qilish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar keng yo‘lga qo‘yilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi talabalarda manbalarga muhabbatni oshira olib,
ularning qiziqishini uyg‘ota olsagina amaliyot jarayonida talabalar orasidan bir qancha
manbashunoslikka mehr qo‘ygan mutaxassislar yetishib chiqadi. Bugungi kunda
MUAMMO VA YECHIMLAR
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilayotgan mavzular doirasida manbashunoslik
yo‘nalishlarida faoliyat olib borilayotgan tadqiqotlarni ko‘paytirish darkor. Zero,
manbalar nafaqat tariximiz, balki fan tarmoqlarining turli yo‘nalishlarida ilmiy
yangiliklarni olib kiradi. Qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha
bugungi kunda yurtimizda Turkiya tajribasi keng o‘rganilmoqda va hamkorlikda turli
loyihalar amalga oshirilmoqda. Istanbul shahrida joylashgan “Kitob shifoxonasi”
direktori Nil Baydar xonim o‘z tajribalari bilan yurtimizda mavjud bo‘lgan fondlar
mutaxassislariga har yili o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida mahorat darslari
o‘tkazadilar. Shunday bo‘lsa-da, manbalarni saqlash, restavratsiya qilish ishlarida
mutaxassislar yetishmaydi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va
dizayn institutida ham restavratsiya yo‘nalishi talabalari asosan san’atga oid asarlar va
binolar restavratsiyasi mutaxassisi bo‘lib yetishadilar. Ammo bugungi kunda har bir
qo‘lyozma fondlari bor bo‘lgan tashkilot tarkibida kitoblarni saqlash va restavratsiya
qilish uchun maxsus sharoitlardan iborat restavratsiya xonasi mavjud bo‘lishi shart,
chunki ayrim manbalar nodir asarlar hisoblanib, ularning qadimiyligi bir necha asrni
tashkil qilgan bo‘lsa, ular ta’mirtalab holatga kelib qoladi. Yurtimizdagi ayrim yirik
muzeylarda qo‘lyozmalarni uzoq saqlash maqsadida ko‘rgazma uchun manbalarning
mulyaj nusxalari ishlab chiqilmoqda. Biroq, mulyaj nusxalarga talab katta bo‘lsa ham
uni yetkazib beruvchi mutaxassis kam. Shu sababdan manbashunoslik fanini o‘qitishda
bilimlarni yetkazish jarayonida amaliyot uzviy tarzda olib borilishi ijobiy natija beradi.
Shu bilan birga arab, fors, turk va turkiy tillarni yaxshi biluvchi talabalarni
manbashunoslikka jalb qilish va ulardan manbashunos mutaxassislar, restavratorlar
hamda mulyaj ustalari tayyorlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, dinshunoslik va manbashunoslik fani
oʻqituvchisi soha boʻyicha yaxshi bilimga ega boʻlishi bilan bir qatorda, yuksak insoniy
fazilatlarni ham oʻzida mujassam etgan boʻlishi, pedagogik mahoratga ham ega
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Zamonaviy ilm-fanda mazkur sohalarda amalga
oshirilayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib turish professor-oʻqituvchilarning
nufuzini oshiradi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalari, manfaatdor idora va
tashkilotlar hamkorligida davomli targʻibot tadbirlarini oʻtkazib turish koʻzlangan
maqsadlarga erishish uchun qoʻyilgan yana bir qadam boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Хиясова С. Г., Мустафаева М. Г., Мустафаев Ф. М. Проблемы
преподавания религиоведения в вузе (вопросы статуса, структуры и
методологии) // Экономические и гуманитарные исследования регионов. 2018. –
№. 3. – С. 51-56.
2. Касимова З. Х. Специфические особенности преподавания
религиоведческих дисциплин в светском вузе // Proceedings of International
Educators Conference. 2023. Т. 2. – №. 4. – С. 101-105.
3. Шубаева У. К. Проблемы преподавания религиоведения в университете //
Редакторлық алқа. 2016. – С. 79.
MUAMMO VA YECHIMLAR
4. Taira T. Categorizing “religion”: From case studies to methodology // Implicit
Religion. 2017. Т. 20. – №. 4. – С. 377-384.
5. Медушевская О. М. Источниковедческое научно-педагогическое
направление: гуманитарное знание как строгая наука // Научно-педагогическая
школа источниковедения Историко-архивного института. – Москва, 2001. – С. 8-32.
6. Шмидт С. О. О классификации исторических источников // Путь историка:
избранные труды по источниковедению и историографии. – Москва, 1997.