ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari tarixiy ahamiyati

Alijonova Gulnozaxon Muhammad qizi, Lutfullayeva Mohira Xayrullo qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari
tarixiy ahamiyati

Alijonova Gulnozaxon
Oriental universiteti

Tarix kafedrasi dotsent v.b.
Lutfullayeva Mohira
Oriental universiteti

Sharq tillari kafedrasi 2-bosqich talabasi

O‘zbekiston 130 yillik mustamlakachilik zulmidan so‘ng, o‘zining ma’naviy va
madaniy boyliklarini tiklash, tarixiy haqiqatni asl holiga qaytarish yo‘lida ko‘plab
islohotlar olib bordi. Jumladan, mazkur yo‘l davomida Movarounnahrdan yetishib
chiqqan buyuk qomusiy olimlarning asarlarini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etdi.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy kabi buyuk allomalarimizning qoldirgan boy merosi bugungi kunda turli xil
fan tarmoqlariga oid ma’lumotlarni jamlaganligi bilan ularni o‘rganish ijtimoiy ilmfan uchun dolzarbdir. Mana shunday olimlardan biri Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.

Sharqda ilk Uyg‘onish davrining qomusiy olimlaridan biri Abu Rayhon
Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973, 4-sentyabr – 1048, 11-dekabr) umumjahon
tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan buyuk aql-zakovat
sohibidir. Uning dunyoqarashi X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshida
Markaziy Osiyoda rivojlangan feodalizm qaror topayotgan g‘oyat murakkab, jo‘shqin
voqealarga boy tarixiy vaziyatda shakllandi. Birinchi ustozi bo‘lmish Abu Nasr
Mansur ibn Ali ibn Iroq uni Evklid geometriyasi va Ptolemey asarlari bilan tanishtiradi.
Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda va mashhur ustozlaridan
ta’lim olishga yaqindan yordam bergan. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniyning tabiiyilmiy va ma’rifiy-pedagogik hamda psixologik qarashlarining shakllanishida qomusiy
olimlardan Muhammad al-Xorazmiy (780-850), Abu Abbos Ahmad Farg‘oniy (IX
asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abul Vafo
Buzxoniy (840-938), Abu Said as-Sijiy (951-1024) hamda yunon olimlaridan Fales,
Pifagor, Arximed, Galen, Gippokrat, Evklid, Ptolemey, Platon, Aristotel, hind olimi
Bramagupta va boshqalarning asarlari ta’lim va tarbiya maktabi vazifasini o‘tadi.
Beruniy bu olimlarning asarlarini o‘qib bilish uchun yoshligidanoq arab, fors, yunon,
sanskrit, yahudiy tillarini puxta o‘rgandi.

Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, fizika, geodeziya, geologiya,
farmakognoziya, mineralogiya, tarix, adabiyotshunoslik, tarjimonlik, lug‘atshunoslik
kabi sohalarda tadqiqotlar olib borib, badiiy asarlar yaratib buyuk samaralarga erishdi.
Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li Mas’ud davrida Beruniy o‘zining falakiyot va fizikaga
oid mashhur “Qonuni Mas’udiy” asarini yozib, uni Mas’ud nomiga bag‘ishlaydi.
Shuningdek, olim ana shu davrda yaratilgan “Joylar chegaralarini aniqlash uchun turar
joylarning masofalarini belgilash” (“Geodeziya”) asarida Quyosh va Oyning tutilish

225

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

sabablarini, joylarning jo‘g‘rofik kengliklarini aniqlash yo‘llarini tushuntirib beradi.
“Javohirlarni bilish va umumiy kitob” (“Mineralogiya”) asarida qimmatbaho tosh va
minerallarni, ularning xossa va xususiyatlarini, solishtirma og‘irligi, qattiqlik darajasi,
rangi, tiniqligi va boshqa fizik xossalarni bayon qilgan. “Saydana”
(“Farmakognoziya”) asarida Beruniy qadimgi yunon va o‘rta asr sharqi, Markaziy
Osiyo, Eron, Hindiston va arab mamlakatlarining madaniyati tarixini tadqiq qilish
ishiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Olimning eng mashhur asarlaridan biri “Osoru-lboqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”)dir. Beruniy 150 dan ziyod
bebaho asarlar yozib qoldirdi. Ulardan bizgacha 30 dan ortig‘i yetib kelgan, xolos.

Olim “Osoru-l-boqiya an al-qurun al-xoliya” ya’ni “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar” asarini yozishni boshladi. Bu asarni u Jurjonda muhojirlik qilib yurgan
davrida yoza boshlagan va uni 1000-yilda go‘zal shaklda tamomlagan. “Osoru-lboqiya an al-qurun al-xoliya” asari Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning
hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim egasi ekanini namoyon etdi.

Bulardan tashqari, Xorazmning yangi hukmdori bo‘lmish Abu Abbos Ma’mun II
ibn Ma’mun tomonidan buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy mamlakatning
yangi poytaxti Urganchga chaqirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom
bilan qabul qilindi. Olim Urganchga jo‘naganidan so‘ng, poytaxt boshlig‘i
Ma’munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat
ko‘rsatdi. Hatto, u Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning
siyosiy ishlarida ham faol qatnashdi.

“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida tarixni o‘rganishga oid muhim
ma’lumotlarni uchratish mumkin. Xususan, Oʻrta Osiyo xalqlarining xorazmliklar,
soʻgdliklar, yahudiy, yunon va shu kabi xalqlarning yil hisoblari, bayramlari, mashhur
kunlari, ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashlari
hamda Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan zabt etilishi haqida, ko‘plab tarixga oid
toʻliq maʼlumotlar berilgan. Ushbu kitob O‘rta Osiyo xalqlari va ularning madaniyati
shuningdek, tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyatga egadir. Uning yozishicha,
yilning birinchi oyi farvardin moh hisoblanib, ushbu oyning birinchi kuni Navro‘z
bayrami nishonlanadi. Olim Navro‘z haqida yozar ekan eronliklar orasida ushbu kun
bilan bog‘liq turli afsonalar mavjudligini, u o‘z asarida faqat haqiqatga yaqin deb
bilganlarini keltirib o‘tayotganini ta’kidlaydi. Ma’lumot sifatida aytish mumkinki,
Beruniy rivoyat va afsonalarning haqiqiylarini ajratib va saralab olish uchun imkon
boricha harakat qiladi. Olimning bu tamoyili ham tarixiylik, ham haqqoniylikka
asoslanganini sezish uncha qiyin emas. Yolgʻon va soxta rivoyatlar qadimgi sharq
xalqlarining hisoblari haqidagi aniq ilmiy xulosalarga xalaqit berishi, ayniqsa, yolgʻon
xulosalarga olib kelishi haqida yozadi. Beruniyning asosiy maqsadi turli xalqlardagi
yil hisobiga aniqlik kiritish va ulardan ilgarigi tadqiqotchilar yoʻl qo‘ygan
kamchiliklarga tuzatish kiritish edi. Beruniy yil hisobi uchun rivoyat va afsonalar,
shuningdek, hikoyatlarning nihoyatda muhim dalil ekaniga ishonadi va ularga
suyanadi. Bundan tashqari ishonchsiz, shubhali rivoyatlar va afsonalarning barchasini
rad qiladi.

226

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Umuman olganda, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar”, “Mineralogiya” asarlarida keltirilgan afsonalar, rivoyatlar va hikoyatlar
XI asrdagi tarixiy voqea-hodisalar haqida to‘laqonli tasavvur beradi.

Beruniy har bir qismga alohida eʼtibor bilan toʻxtalib ham ilmiy, ham tarixiy asar
yaratishga erishadi. Qolaversa, ushbu asarni har gal qayta va qayta o‘qigan kitobxon
o‘zi uchun ko‘proq yangilik topib boraveradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, bugungi kunda Beruniy asarlari qadimgi
xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi, uning qadimgi madaniyati va etnografiyasini
o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Har bir shaxs o‘z tarixida
yuzaga kelgan muammolarning sabablarini chuqur o‘rganishi va shu ishlar qayta
yuzaga kelmasligi uchun mazkur asarga murojaat qilishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ahmadaliyev Y.I. (2009). Farg‘ona viloyati toponimlari // O‘quv uslubiy
qo‘llanma. (117-bet). – Farg‘ona: Farg‘ona nashriyoti.
2. Rajabov O.I., Boltayev A.H. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjoqal’alar xususida. // “Scientific progress” Scientific Journal, 1, – pp.1162-1168.
3. Abu Bakr Muhammad Narshaxiy. (1991). Buxoro tarixi / Fors tilidan
A.Rasulov tarjimasi. Mas’ul muharrir A.O‘rinboev. – Toshkent: Kamalak.
4. Abu Rayhon Beruniy (1968) Tanlangan asarlar. I tom. – Toshkent: Fan.

227