IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
Zamonaviy salafiylik rivojiga ijtimoiy-siyosiy vaziyat ta’siri
Boybotirov Shoxbek
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi
“Ziyo-Zukko NTM arab tili to‘garagi rahbari
Tel.: +998 90 903-98-95
Annotatsiya: Ushbu maqolada XVIII asr Arabiston yarimorolidagi ijtimoiysiyosiy vaziyat va zamonaviy salafiylik tarafdorlarining turli yo‘llar orqali hududdagi
hukmronlikni o‘z qo‘llariga olishlari haqida so‘z yuritiladi. Bunda mazkur davrdagi
ijtimoiy muhit atroflicha tasvirlab berilgan.
Kalit so‘zlar: Zamonaviy salafiylik, umaviylar, abbosiylar, saudlar,
mustamlakachilik.
Annotation: This article gives information about the socio-political situation in
the Arabian Peninsula in the 18th century and how the supporters of modern Salafism
took control of the region in different ways. The social environment of this period was
described in detail.
Keywords: Modern Salafism, Umayyads, Abbasids, Saudis, colonialism.
Asrlar mobaynida Saudiya Arabistoni aholisi asosan an’anaviy ravishda
ko‘chmanchilar, qishloq va shahar aholisidan iborat bo‘lgan. Ular Hind okeanining
savdo yo‘llarini O‘rtayer dengizi dunyosiga olib chiqqan yirik karvon savdo yo‘llari
bo‘ylab joylashgan. Jamiyatda qarindoshlik tamoyili keng tarqalgan va katta oila
kuchli ijtimoiy birlik hisoblangan.
Haj ehtiyoji tufayli Arabiston islom dunyosining qalbi sifatida o‘z ahamiyatini
yo‘qotmadi. Shunga qaramasdan, siyosiy jihatdan u uzoq davrlar davomida turli
xalifaliklar tomonidan nazorat ostida tutib turildi. Bunday jarayonlar Umaviylar,
Abbosiylar va Usmonlilar hukmronlik davrlariga to‘g‘ri keldi. Arabiston yarim oroli
hududlari VII asrda vujudga kelgan islom dini tufayli qoloqlikdan bosh ko‘tarib,
anchagina rivojlanishga erishdi. 661-750-yillarda Umaviylar davlati hukmronlik
qilgan bo‘lsa, 750-1258-yillarda Abbosiy xalifalar mamlakatni boshqardi. XV
asrgacha bo‘lgan davr alohida-alohida kichik musulmon davlatlarining barpo etilishi
davri bo‘ldi[1].
XVI asrdan boshlab Usmonli imperiyasi tomonidan Yaqin Sharqdagi yerlar
qatorida Arabiston yarimoroli ham bo‘ysundirildi va tartibga solindi. XVI asrda
Usmonlilar Qizil dengiz va Fors ko‘rfazi sohillarini imperiyaga qo‘shib, ichki hududlar
ustidan hukmronlikni daʼvo qildilar. Asosiy sabab Portugaliyaning Qizil dengizga
(asosan Hijoz) va Hind okeaniga hujum qilish urinishlariga qarshi turib berish edi.
1578-yildayoq Makka shariflari va Hijozdagi vohalar va qabilalarga bosqinlar
uyushtirgan najdiy qabilalarni jazolash uchun sahroga bostirib kirishdi.
XVIII asrga kelib markaziy Arabistonda vahhobiylik islohotchilari va Saud
sulolasi ittifoqi yangi davlat va jamiyatni tashkil etguncha mayda-mayda, tarqoq
davlatlardan iborat edi. Ular tashqi tarafdan qaralganda Usmonlilar imperiyasiga
235
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
bo‘ysungan bo‘lsalar-da, amalda Usmonlilarning zaiflashib qolganidan foydalangan
holda mustaqil faoliyatni boshlab yuborishgan edi[5:19].
Ta’kidlab o‘tganimizdek, XVIII asrda Arabiston yarim oroli Usmonli turklar
qo‘lida edi. Bu davrda musulmonlarning butun diqqat-e’tibori Arabiston yarimoroliga
qaratildi, chunki bungacha o‘tgan davrda mazkur mintaqa e’tiborsiz qolgan edi.
Endilikda barcha musulmonlarning bu muborak zaminga e’tibor qaratishiga sabab shu
ediki, portugaliyalik mustamlakachilar Arabiston ko‘rfaziga kirib kelib, yarimorolning
janubida joylashgan edi. Ular Madinai Munavvaraga tahdid solar edi. “Nabiy
sollallohu alayhi vasallamning qabrlarini kavlab, qoldiqlarini olgach, Baytul Maqdisni
musulmonlardan qaytarib olgandan keyingina ularni qaytarib beramiz”, deyishar edi
[4:332]. Usmoniylar davlati ularni mintaqadan batamom quvib chiqardi. Usmoniylar
ham, umuman, musulmon olami ham bu vaqtda zaiflik davrini boshidan kechirayotgan
edi. Yevropa misli ko‘rilmagan taraqqiyotga erishib, har bir sohada olg‘a ketayotgan
bir paytda musulmonlar zaiflashib, bir joyda qotib qolgan edilar. Arabiston
yarimorolining ichida esa hamma narsa tark qilingan edi.
Ana shu davrda Saudlar o‘zlarining davlatini tuzib olishdi. Usmoniylar ularni
Misr hokimi Muhammad Aliy orqaligina jilovlab turishga muvaffaq bo‘lishdi.
1744-yilda Arabistonda Saudlar oilasining asoschisi Muhammad ibn Saud va
Vahhobiylik oqimi yetakchisi Muhammad ibn Abdulvahhob o‘rtalarida siyosiy
maqsadlarda hamkorlik tuzildi. Ular hamjihatlikda harakat olib borgan holda Riyod
shahrida hokimiyatni to‘liq egallagan holda, Saudiya Arabistonining asosiy qismida
o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Shu yillardan boshlab Muhammad ibn Saud Muhammad
ibn Abdulvahhob bilan birlashgan holda, markaziy Arabistondagi Najd shahrida
targ‘ibotlarni boshlashgan. XVIII asrda tuzilgan bu ittifoq Saudiya ekspansiyasiga
mafkuraviy turtki berdi va bugungi kunda ham Saudiya Arabistoni sulolaviy
boshqaruvining asosi bo‘lib qolmoqda.
Birinchi Saudiya davlati 1744-yilda Ar-Riyod atrofidagi hududda tashkil etilgan
bo‘lib, tez kengaygan va Saudiya Arabistonining hozirgi hududining ko‘p qismini
qisqa muddatda nazorat qilgan. 1773-yilda Muhammad ibn Abdulvahhob imomlikdan
voz kechgach, Saudlar nazoratining janubiy va markaziy Najdga tarqalishi tugallandi.
1780-yillar oxirida shimoliy Najd Saudiya amirligiga qo‘shib olindi. 1792-yilda Al-
Hasa Saudlar qo‘liga o‘tdi. Saudiya amirligi 1802-yilda Toif, 1804-yilda esa Madina
ustidan nazorat o‘rnatdi[2].
Buning natijasida, o‘zaro munosabatlar Usmonli imperiyasiga qarshi 1811-1818-
yillarga qadar davom etgan Usmonli-Saudiya urushiga aylanib ketgan edi. Usmonlilar
fundamentalist vahhobiylikning diniy rahbarlariga qarshi juda qattiq qarshilik
ko‘rsatdilar, ularning ko‘plarini ekstremistik e’tiqodlari uchun jazolashdi.
Birinchi Saudiya davlati 1818-yilga kelib Usmonlilarning Misrdagi noibi
Muhammad Ali Posho tomonidan vayron qilingan. Asosan Najdda joylashgan ancha
kichikroq ikkinchi “Saudiya davlati” 1824-yilda tashkil etilgan. XIX asrning qolgan
qismida As-Saud Saudiya Arabistoni bo‘lishi kerak bo‘lgan hududning ichki qismini
nazorat qilish uchun boshqa arab hukmron oilasi Al Rashid bilan bahslashdi. 1902-
yilga kelib Saudlar Riyoz va Najd viloyatini nazorat qilishni boshlagan. 1891-yilga
236
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
kelib esa Saudlar oilasining asosiy raqibi Rashid oilasi Markaziy Arabiston
yarimorolini qo‘lga kiritish uchun bo‘lgan jangda g‘alaba qozondi. As-Saud oilasi
Quvaytda qisqa muddatli quvg‘unni boshdan o‘tkazdi. Al-Rashid bilan to‘qnashuvlar
esa davom etib turgan. Natijalarga ko‘ra, Rashid oilasi ustun keldi. Buning oqibatida,
Saudlar oilasi Quvayt tomon badarg‘a qilindi[2].
O‘sha davrda inglizlarning nufuzi sharqiy sohilga ham tarqalgan bo‘lib, u yerdagi
amir va shayxlar bilan bir qancha shartnomalar tuzishgan edi. Shuningdek, bu davrda
Arabiston yarim orolida turli xil amirliklar ko‘payib ketgan, ularning eng kattalari
Usmoniylar bilan xilofda edi [4:334].
Usmonlilar davrida Arabiston yarimorolidagi vaziyat qanday edi, degan savol
tug‘iladi. Ular arablarga nisbatan har bir Usmonli fuqarosi kabi muomala qilishgan.
Usmonlilar imperiyasi turk davlati emas edi, u arab sulolasi salaflari kabi islom
olamining aksariyat qismini boshqargan turk sulolasi edi. Arablar Usmonlilar
hukmronligi ostida bo‘lgan barcha millatlar (turklar, kurdlar, armanlar, yunonlar va
boshqalar) bilan bir xil taqdirga duchor bo‘lishdi[3].
Xulosa qilish mumkinki, arablar yevropaliklar mustamlakachiligi davrida bundan
ham yomonroq vaqtlarni ko‘rgan edilar va yevropaliklar o‘z hokimiyatlarini arablardan
bo‘lgan “qo‘g‘irchoq”lariga topshirganlariga tarix guvoh. Biroq tan olishimiz kerakki,
Usmonlilarning siyosiy tizimdagi islohotlarga urinishlari juda kech boshlangan bo‘lib,
ular hududlarining Yevropa ta’siriga tushib qolishini oldini ololmadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://www.britannica.com/place/Saudi-Arabia/Daily-life-and-social-customs
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Ottoman_Arabia
3. https://www.quora.com/How-was-the-life-for-Arabs-under-Ottoman-empire
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. 2-juz – Toshkent:
“Hilol Nashr”, 2017.
5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Din nasihatdir. – Toshkent:
Sharq, 2007.
237