MUAMMO VA YECHIMLAR
XI–XII asrlarda Termiz aholisining moddiy va madaniy ahvoli
Saydullayev Farrux
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 608-17-91
Gmail: Saydullaev1919@gmail.com
Annotatsiya: Janubi-sharqda Surxondaryo, janubi-gʻarbda Amudaryo
daryosining oʻrta oqimi bilan chegaralangan Termiz janubda va janubi-sharqda
Kuhitang togʻ tizmalari va Boysun togʻigacha choʻzilib, shimoli-gʻarbda esa
Tallashqon va Kattaqum choʻliga tutashib ketgan. Bu shahar tarixdan buyuk ipak
yo‘lining muhim manzillaridan biri bo‘lgan. Shu bilan birga, tarix davomida bir qancha
nomlar bilan maqtalgan shahardir. Arablar tomonidan “Madinatu-r-rijol” mardlar
shahri deb nomlanishi ham buning yaqqol isbotidir. Quruq va issiq tabiatli Termiz
shahrining iqlimi, mahalliy aholining kundalik turmush tarzi va urf-odat hamda
an’analarini tarixiy dalillar asosida yoritib beramiz.
Kalit so‘zlar: Termiz, Chag‘oniyon, Tohariston, urf-odat va an’analar, taomlar,
surxon vohasi, savdo-sotiq.
Annotation: Bounded by the Surkhandarya river in the southeast and the middle
reaches of the Amu Darya in the southwest, Termez extends to the Kuhitang and
Baysun mountain ranges in the south and southeast, and adjoins the Tallashkhan and
Kattakum deserts in the northwest. This city was historically one of the important
points of the Great Silk Road. At the same time, it is a city that has been glorified by
several names throughout history. A clear confirmation of this is the fact that the Arabs
called Madinat-ar-Rijal (the city of the brave). The climate of Termez, which is dry
and hot by nature, the daily life and traditions of the local population are highlighted
based on historical evidence.
Keywords: Termiz, Chaganiyan, Tokharistan, customs and traditions, food,
Surkhan oasis, trade.
Kirish
Surxon vohasi oʻzbek xalqining ilk ajdodlari yashagan qadimiy madaniyat
markazi boʻlib, Termiz, Xolchayon, va Dalvarzintepada olib borilgan arxeologik
qazishmalardan topilgan manbalarga asoslanib, miloddan avvalgi II mingyillik
oʻrtalaridan bu hudud aholisi oʻtroq holda yashaganligi ilmiy asosda isbotlangan[1:58].
Bu davrda qadimiy qabilalarga xos moddiy madaniyat yodgorliklari, turar joylar,
dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib kelganligiga oid manbalar topilib, ushbu
manbalar Termiz va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtroq mahalliy aholi yashaganligini
tasdiqlaydi.
Islom dini yoyilishi davrida Termiz va uning atrofidagi qishloqlar aholisi bir
qancha talafot koʻrib, shahar va qoʻrgʻonlar yakson qilindi. Movarounnahr hududida
mavjud boʻlgan Termiz va uning atrofidagi qishloqlar va Chagʻoniyon oʻzaro kurashlar
va ichki nizolar bilan ovora boʻlib zaiflashib qolgach, yerlarini bosqinchilardan himoya
qilishga ojizlik qilgan. [2].
MUAMMO VA YECHIMLAR
Oʻrta Osiyodagi yirik dashtlardan biri boʻlmish Termiz va uning atrofidagi
qishloqlar deyarli bir million gektarlik tekislikni (hozirgi Termiz shahri, Termiz
tumani, Angor, Boysun, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Bandixon, Jarqoʻrgʻonning
quruq dasht qismi) egallab, birmuncha quruq va keskin iqlim sharoiti bilan mintaqa
xalqlari tarixida oʻziga xos oʻrin egallagan. [3].
Tadqiqot metodologiyasi
Mavzu asosan tarixiylik, xronologik, geografik, tizimlilik, tarixiy-madaniy va
oʻzaro aloqadorlik jihatlariga ko‘ra qiyosiy tahlil etilib, dala tadqiqotlari (suhbat,
intervyu, kuzatuv) hamda anketa soʻrovnomasi amalga oshirildi.
Tahlil va natijalar
Oʻzining birmuncha keskin iqlimi va tabiiy shart-sharoitidagi bir qator
noqulayliklar tufayli Oʻrta Osiyoning nisbatan kam aholi hududlaridan biri sifatida
bilingan Termiz hududi qadimgi davr va oʻrta asrlarda muayyan bir siyosiy-iqtisodiy
va madaniy markaz boʻlishdan koʻra koʻproq koʻchmanchi chorvador aholi uchun
mavsumiy qoʻnalgʻa vazifasini bajarib kelgan. Shu bilan birga, oʻrta asrlarda ayrim
hukmdor sulolalar tomonidan bu yerni Surxondaryo orqali suv bilan ta’minlab,
dehqonchilikka mos hududga aylantirishga harakat qilingan hollar ham boʻlgan.
IX asr boshlarida Termiz va uning atrofida – Qoraqir, Angor, Tallashqon va Bugʻ
qishloqlarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi bilan birga tojiklarning ham otabobolari yashab kelishgan. IX-XII asr boshlarida Termiz va unga qoʻshni hududlarga
eftalitlar, qarluqlar kabi turkiy tilli xalqlarning koʻchib kelishi, IX asrning ikkinchi
yarmida yangi aholi maskanlarining barpo etilishi natijasida Termiz aholisi ham son
jihatdan, ham etnik tarkib jihatidan koʻpaya borgan. Ayniqsa, yangi tashkil etilgan
aholi maskanlariga asosan Uchqizil, Kaftarxona qishloqlari paydo bo‘lgan [4:458].
Termiz, Qoraqir, Angor va Bugʻ qishloqlarining qadimdan yashab kelayotgan
mahalliy aholisi va IX asrning oʻrtalaridan kelib joylashgan turkiylarning taom
madaniyatida ham oʻziga xos rang-baranglik borligi seziladi. Shu oʻrinda aytib oʻtish
kerakki, voha aholisining milliy taomlari, umuman olganda, ovqatlanish madaniyati
Oʻrta Osiyo xalqlari, xususan, boshqa hududlarda yashovchi turkiylarnikidan katta farq
qilmasa-da, ayrim oʻziga xosliklari borligi koʻrinadi. Shuningdek, Termiz va uning
atrofidagi qishloqlarga koʻchmanchi turkiy qavmlardan koʻchib kelgan aholi
turmushida birmuncha farqli taomlar tayyorlash bugungacha saqlanib kelayotganini
ham aytib oʻtish kerak [4:358].
Shuningdek, turkiy xalqlar ratsionida eng koʻp tarqalgan goʻshtli taomlar bilan
bogʻliq an’analar voha aholisi orasida ham ustuvorlik qiladi. Goʻshtning qaysi qismi
“hurmatli” yoki “faxrli” hisoblanishi borasida turkiy xalqlarda umumiy, shuningdek,
birmuncha farqli yondashuvlar ham mavjud bo‘lgan [5].
IX asrdan XII asr boshlarigacha yarim oʻtroq va yarim koʻchmanchi turkiy
qavmlarda, ayniqsa, qipchoq va qarluqlarda qoʻyning orqa oyoq qismidagi ilikli suyagi
hamda toʻshi va goʻshtli qovurgʻasi eng “faxrli” qismlar hisoblangan. Koʻpchilik
qirgʻiz urugʻlarida esa qoʻyning dumgʻazasi eng “faxrli” qism sanalgan.
Shimoliy Tohariston hududida IX–XII asrlarda bir necha tarixiy hududlar mavjud
boʻlib, eng nufuzlisi Termiz va Chagʻoniyon (Sagʻaniyon) hisoblangan. Uning
MUAMMO VA YECHIMLAR
markaziy shaharlari Termiz va Chagʻoniyon shaharlari boʻlib, arab geograflarining
asarlarida Termiz va Chagʻoniyon shaharlari shimoliy Tohariston oʻlkasidagi eng yirik
shahar hisoblangan. Ammo Chagʻoniyondagi aholi soni oʻsha davrdagi Termiz
aholisidan oz boʻlgan.
Oʻzbek elati shakllanishi jarayoni Movarounnahr va unga tutash mintaqalarga
oʻtadi. Uning tarkibiy qismi boʻlgan Termiz va uning atrofidagi qishloqlarda yashovchi
turkiy va forsiy xalqlarning madaniy-iqtisodiy aloqalari ancha rivojlanadi. Oʻtroq aholi
bilan yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroq chorvadorlar orasida oʻzaro iqtisodiy
munosabatlar o‘rnatilgan [6].
Savdo-sotiq tufayli dehqonchilik mahsulotlarining chorvachilik mahsulotlari
bilan ayirboshlanishi keng yoʻlga qoʻyiladi. Chorvadorlar bozorda qoʻy, ot, tuya, qora
mol, jun, teri va boshqa mahsulotlarni sotib, oʻrniga bugʻdoy, arpa, tariq, guruch va
boshqa narsalarni olganlar. Bozorlarda, xususan, Termiz shahri markazida qishloq
xoʻjalik (jumladan chorvachilik) mahsulotlari, hunarmandchilik tovarlari koʻplab
boʻlgan. Markaziy bozordan tovarlar aholi va savdogarlar tomonidan sotib olinib har
tomonga tarqalar edi. Shu tariqa Termizning nufuzi oshib boradi.
Termiz va uning atrofidagi qishloqlar hududida yashagan oʻtroq turkiy aholi
tojiklar bilan birga, ajdodlari yaratgan moddiy boylikning vorislari boʻlib, uni avaylab
saqlab, himoya qilib, oʻz hissalarini qoʻshib, uni boyitib kelar edilar. Tojiklarning ba’zi
guruhlari qarluq va boshqa urugʻlarga aralashib, qorishib ketgan. X–XII asrlarda
Termiz va uning atrofidagi qishloqlar hududlariga Movarounnahrning shimoliy qismi
– Toshkent va Fargʻona tarafdan Argʻin koʻchmanchi turkiy qabilalar kelib joylashib,
oʻtroq aholiga qoʻshilib ketdi. Termiz va uning atrofidagi qishloqlar aholisini kelib
chiqishi, lahjalari, antropologik tarkibi, turmush tarzi, xoʻjaligi, urf-odatlari va urugʻqarindoshchilik an’analarining oʻziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan uch guruhga
boʻlish mumkin: birinchisi qadimiy oʻtroq aholi boʻlib, ularni urugʻ-qabilachilik
an’analariga ega boʻlmagan xoʻjalar, chigʻatoylar, harduriylar va boshqalar tashkil
etgan. Yarim oʻtroqlashgan hamda urugʻ-qabilachilik tartiblarini saqlab qolgan,
mo‘gʻullar bosqinidan ilgari va undan keyingi davrlarda kelgan turkiy qabilalar;
bularga qarluqlar, barloslar, kaltatoylar, qatagʻonlar kiradi.
Etnolog va etnograf olimlarning juda koʻp ilmiy tadqiqot ishlari shuni
koʻrsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib oʻtgan
barcha pogʻonalarida kishilar oʻzligini anglashga, an’anaviy turmush tarzi, urf-odat va
ma’naviyatini tushunib olishga, qoʻshni elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini
oʻrganishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar.
Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida toʻplangan turli elatlar toʻgʻrisidagi
boy ma’lumotlar davlatlararo munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyishga, tinchlik sari
yoʻnalishga yordam berib kelmoqda.
Hatto, qadim zamonlarda ayrim kishilar juda koʻp empirik xarakterdagi
ma’lumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xoʻjalik va madaniy jihatdan
klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday fikrlar ilmiy asoslanmagan mavhum
xarakterda bo‘lgan [5:35].
MUAMMO VA YECHIMLAR
Har bir elat ma’lum tarixiy davrda shakllangan. Shu davr ichida bir hududda
yashovchi elatlar yoki ularning ayrim guruhlari bir-birlari bilan doimiy iqtisodiy va
madaniy jihatdan yaqinlashadilar. Ularning oʻzaro yaqinlashish jarayoni ko‘pincha bir
tilda gapiruvchi qavm-qarindoshlar, yurtdoshlar orasida mavjud boʻlgan. Etnik
jarayonga shu hududda avvaldan yashab kelgan yoki boshqa viloyat, mamlakatlardan
koʻchib kelgan (migrantlar) etnoslar yoki ayrim etnik guruhlar qo‘shilib ketgan. Etnik
jarayon nihoyasiga yetganda, aniq bir hududda joylashgan etnoslar ma’lum taraqqiyot
pogʻonalarini (iqtisodiy va madaniy jihatdan yaqinlashish) bosib oʻtib, bir-birlari bilan
qorishib, bir tilda (lahja bilan farq qilsalar-da) gaplashuvchi, umumiy elat nomiga
(etnonimiga) ega boʻlishi lozim edi. Albatta, nazariy jihatdan shunday. Lekin amalda
etnik jarayonda shakllanayotgan elatning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlishi
mumkin [5:35].
Xulosa
Oʻtroq mahalliy aholining yarim koʻchmanchi va koʻchmanchi turkiy qavmlar
bilan aralashuvi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy hayotga keskin oʻz ta’sirini
oʻtkazib, aholining etnik qiyofasida aks etib, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va
marosimlarda ma’lum oʻziga xos lokal xususiyatlar paydo boʻlishiga olib keldi.
Tarixchilar, etnograflar, tilshunoslar va ijtimoiy fanning boshqa sohalaridagi
mutaxassis olimlar oʻz ishlarida oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, vaqti, davri
haqida juda koʻp qimmatli fikrlar yuritganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Иноятова С. Сурхондарё вилояти тарихи ва маданияти давлат музейи –
мозий кўзгуси. – Термиз: Сурхон-нашр, 2019.
2. Дала ёзувлари. Имом Бухорий халқаро илмий тадқиқот маркази.
Самарқанд, Пайариқ тумани, 2019-2023 йиллар. Кутубхона ходими
Ю.Жониевдан ёзиб олинди.
3. Дала ёзувлари, 2020-2021 йиллар. Сариосиё, Бойсун, Денов туманлари
қишлоқлари.
4. Дала ёзувлари. 2020-2023 йил. Узун тумани Маландиён қишлоғи.
5. Дала ёзувлари, 2019-2023 йиллар. Имом Термизий халқаро илмийтадқиқот маркази. Манбалар хазинасидан ёзиб олинди.
6. Турсунов С., Турсунов А., Тоғаева М. Шеробод тарихидан лавҳалар. –
Тошкент: “Yangi nashr”, 2014.
7. Турсунов С., Эшбоев Қ. Шўрчи тарихидан лавҳалар. – Тошкент: “Fan va
texnologiya”, 2014.