IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
“Buxgalteriya hisobi” mavzusida mustaqil ish bajarishni tashkil etishning
dolzarb masalalari
Shernayev A.
Oriental universiteti
Moliya va menejment kafedrasi professori v.b., i.f.n.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida
iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishishdek dolzarb vazifa
qo‘yilgan. Bu esa, o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida buxgalteriya
hisobini to‘g‘ri yuritilishi natijasida iste’molchilarini ishonchli axborot bilan
ta’minlashga olib keladi.
Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat
buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish
jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan
mahsulot vujudga keltiriladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tilishi mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko‘plab
vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to‘lashning shakllari,
tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag‘batlantirishni korxonalar mustaqil
o‘zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan
vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o‘z
ichiga oladi.
Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini
hisobga olgan holda, uning qo‘shgan hissasi bilan aniqlanadi, soliq bilan tartibga
solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi
miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni yuridik
asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va
boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Mustaqil ishda masalaning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
korxonadagi ishchi va xodimlar mehnatiga haq to‘lash tartibining to‘g‘ri
shakllanganligini ko‘rib chiqa oladi;
mehnatga haq to‘lash yuzasidan ular bo‘yicha ushlanmalarni hisoblashni va
ular to‘g‘ri hisoblanishini biladi;
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob siyosati va soliqqa tortish tartibini
aniqlaydi;
xodimlar mehnatiga haq to‘lash tartibini buxgalteriya hisobining dastlabki va
yig‘ma hujjatlarida aks ettira oladi.
Misol sifatida bir korxonaning buxgalteriya hisobini quyida ko‘rib chiqamiz:
250
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
“Afruz” MChJ korxonasida mehnat va ish haqi bo‘yicha ishchi va
xodimlardan vujudga keladigan qarzdorliklarni boshqarish tartibi
Korxona faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Korxona qarzdorliklarini, shu jumladan, mehnat va ish haqi bo‘yicha ishchi va
xodimlardan vujudga kelgan qarzdorliklarini samarali boshqarish korxona ish
ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda o‘rganishni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish
faoliyatini moliyaviy tahlil qilish jarayonida ko‘rsatkichlar o‘rganiladi va baholanadi.
Ular bir tomondan natija, foyda va tovar aylanishi bilan boshqa tomondan esa resurslar
va xarajatlar moddiy-texnik baza, aylanma sarmoyalar, mehnat resurslari va ishlab
chiqarish xarajatlari bilan ta’riflanadi.
Muammo: Mehnat va ish haqini hisoblash va to‘lash, ish haqiga nisbatan
ushlanadigan ushlanmalarni, ish haqidan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlarni
hisoblash va to‘lash tartibi bo‘yicha maqsadli tadbirlarni belgilash va ishlab chiqish.
Vazifa: “Afruz” MChJ korxonasida mehnat va ish haqi hisobini hisoblash va
to‘lanishining holati va tuzilishini tahlil qilish asosida korxonaning bu ishchi va
xodimlardan bo‘lgan qarzdorliklarini boshqarishning samaradorligini oshirish
bo‘yicha maqsadli tadbirlar tizimini ishlab chiqish va asoslash. Ushbu vazifalardan
kelib chiqqan xolda quyidagilarni bajarish lozim:
- buxgalteriya-moliya bo‘limi xodimlarining korxona ish haqi qarzdorliklarini
boshqarish bo‘yicha faoliyatini tahlil qilish;
- ish haqi qarzdorliklarini korxona balansi tuzilishini muvofiqlashishiga ta’sirini
tahlil qilish;
- ish haqi qarzdorliklarining tarkibi va tuzilishini tahlil qilish;
- ish haqi qarzdorliklarining aylana olishligini tahlil qilish;
- ish haqi qarzdorliklarining qiyosiy tahlili;
- korxonada ish haqi qarzdorliklarini boshqarish bo‘yicha maqsadli tadbirlar
tizimini tanlash va asoslash.
Yechish ketma-ketligi
1. Berilgan vaziyatni o‘rganish va masalani yechish uchun zarur ma’lumotlarni
aniqlash? Mustaqil ishdagi holatlarni oydinlashtirish;
2. Berilgan vaziyatni tahlil qiling, muammoni yechish ketma-ketligidan
ko‘zlangan maqsad bayon qilinadi;
3. Tavsiya qilingan jadvallarni berilgan ma’lumotlar asosida to‘ldirib, xulosa
berishga tayyorlanadi;
4. Oxirgi xulosalar beriladi.
Pirovardida korxonadagi mehnat va unga haq to‘lash bo‘yicha qarzdorliklarni
boshqarish bo‘yicha mavjud vaziyatni tahlil qilish yakunlari bo‘yicha yakuniy
xulosalarni chiqarish yo‘li bilan moliyaviy strategiyani tanlashning to‘g‘riligini
asoslashni taqdim etish. Mehnat va unga haq to‘lash bo‘yicha qarzdorliklarni
boshqarish bo‘yicha maqsadli tadbirlar tizimi variantini tanlash prezentatsiya
ko‘rinishida asoslash.
251
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:
MUAMMO VA YECHIMLAR
Taqdimotning o‘zini rag‘batlantiruvchi baholash tizimi
1. Har bir guruh so‘zga chiqqan guruhning prezentatsiyasini baholaydi. Har bir
mezon bo‘yicha guruh 10 ball maksimum 50 ball olish imkoniyatiga ega.
2. Barcha olingan ballar o‘rtacha ball hisoblab chiqiladi va yakunida
prezentatsiyani tayyorlagan eng yaxshi mini guruh aniqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni,
1996-yil 30-avgust.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni.
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi 2000-yil 3-iyun.
3. «Mahsulot (ish xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 54-sonli Qarori 05.02.1999-y.
4. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 21-son
BHMS.
252