ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Iqtisodiyotda mustaqil ta’limni tashkil etishning asosiy masalalari

Axatova Shahnoza Akram qizi, Kurbanova Shaxnoza Yuldashbayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Iqtisodiyotda mustaqil ta’limni tashkil etishning asosiy masalalari

Axatova Shaxnoza
Oriental universiteti,
Moliya va menejment kafedrasi o‘qituvchisi
Oriental universiteti mustaqil izlanuvchisi
Tel.: +998 99 754-00-11
axatova0011@icloud.com

Kurbanova Shaxnoza
Oriental universiteti

Moliya va menejment kafedrasi o‘qituvchisi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi

Tel.:+998 99 789-73-38
shakhnozakurbanova88@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyotda talabalarning mustaqil
ta’lim olish jarayonini samarali tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda
talabalarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda nazariy
bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini oshirish jarayoni o‘rganilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, talabalarning kreativ fikrlash va mustaqil ishlash
qobiliyatlari sezilarli darajada oshgani, ayniqsa keys-stadi va esse yozish kabi
topshiriqlar orqali nazariy bilimlarni real iqtisodiy vaziyatlarda qo‘llash imkoniyati
ta’minlanganligi qayd etilgan. Tadqiqot davomida iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavr
va magistratura talabalari tomonidan bajarilgan topshiriqlar o‘rganilib, ular ijodiy
yondashuv va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari baholandi. Natijalarga ko‘ra, talabalarning
mustaqil ta’lim orqali o‘z bilimlarini mustahkamlash qobiliyati va amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalari kuchaygan. Ushbu maqola, shuningdek, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar yordamida mustaqil ta’lim jarayonini takomillashtirish istiqbollari
haqida ham ma’lumot beradi.

Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, kreativ fikrlash, iqtisodiy masalalar, tanqidiy
fikrlash, keys-stadi, amaliyotga tatbiq etish.

Kirish
Zamonaviy iqtisodiyotda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini
shakllantirishdir. Iqtisodiy jarayonlar murakkablashib borar ekan, bozor talablariga
moslashgan, tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatlariga ega mutaxassislarga ehtiyoj
ortib bormoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun oliy ta’lim muassasalarida
mustaqil ta’limni kengaytirish va takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi "Oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" hamda 2020-yil 31-dekabrdagi Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga asosan, talabalarning mustaqil ta’lim ulushi auditoriya

253

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA
TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

mashg‘ulotlariga nisbatan oshirilib, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarni joriy qilish muhim vazifalardan biri sifatida
belgilangan.

Iqtisodiyot yo‘nalishida talabalarning mustaqil ta’limi nafaqat nazariy bilimlarni
o‘zlashtirishni, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni ham ko‘zda tutadi.
Talabalar mustaqil ishlar orqali iqtisodiy masalalarni mustaqil o‘rganish, murakkab
muammolarni tahlil qilish va ularning yechimlarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini
rivojlantiradilar. Shu bilan birga, mustaqil ta’lim iqtisodiy bilimlarni chuqurlashtirish,
ijodiy va innovatsion yondashuvlarni shakllantirish hamda global tendensiyalarni
o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.

Mazkur tezisda iqtisodiyotda mustaqil ta’limni tashkil etishning asosiy
masalalari, bu jarayondagi dolzarb muammolar va ularning samarali yechimlari ko‘rib
chiqiladi.

Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur tadqiqotning metodologik asosi sifatida talabalarning iqtisodiyot fanlari
bo‘yicha mustaqil ta’limni o‘zlashtirish jarayonini tahlil qilish va uning
samaradorligini oshirishga qaratilgan usullar qo‘llanildi. Bunda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish"
haqidagi qaroriga muvofiq talabalarning mustaqil ta’limini rivojlantirish bo‘yicha
tavsiyalar asos qilib olindi.
Tadqiqotda miqdoriy va sifat jihatdan talabalarning mustaqil ta’lim olish
ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasi baholandi. Talabalar tomonidan ishlab chiqilgan
topshiriqlarni bajarish shakllari: keys-stadi, esse yozish, masala yechish va taqdimot
tayyorlash kabi metodlar asosida baholandi. Maqsadli auditoriya sifatida iqtisodiyot
sohasidagi bakalavr va magistratura talabalari o‘rganildi. Ular tomonidan nazariy
bilimlarni amaliyotga tatbiq etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va o‘quv
jarayonida kreativ fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi kuzatildi.

Natijalar
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalarning mustaqil ta’lim orqali iqtisodiy
bilimlarini mustahkamlashlari va ularni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatlari sezilarli
darajada oshdi. Maxsus tayyorlangan topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar
o‘zlarining ijodiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etganliklari kuzatildi. Ayniqsa,
keys-stadi va esse yozish jarayonlari talabalar uchun nazariy bilimlarni real iqtisodiy
vaziyatlarda qo‘llash imkonini berdi.
Natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan:

№ Mustaqil ta’lim mavzulari Topshiriq turi Topshiriq Soatlar
shakli hajmi

Kreativ fikrlash kursining Individual yoki Konspekt
1 dolzarbligi qilish, esse 4 soat
hamkorlikda
yozish

254

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA

TALABALAR MUSTAQIL ISH DARSLARINI TASHKIL ETISH:

MUAMMO VA YECHIMLAR

2 Innovatsion fikrlashni Individual Ilmiy maqola 3 soat
rivojlantirish usullari tayyorlash

3 Muammolarni kreativ hal Hamkorlikda Keys-stadi 5 soat
qilishning texnikalari yaratish

4 Fikrlashning turli turlari va Individual Munozara, esse 2 soat
ularni solishtirish yozish

Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalarning "Kreativ fikrlash"
fanidan mustaqil ta’lim jarayonidagi faoliyati sezilarli darajada rivojlangan. Talabalar
mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish orqali o‘z ijodiy va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini oshirishdi. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarga konspekt yozish, esse
tayyorlash, ilmiy maqola yozish va keys-stadilar yaratish kabi vazifalar berildi. Ushbu
topshiriqlar ularning nafaqat bilim darajasini oshirishga, balki ijodiy yondashuv va
mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qildi.

Misol sifatida talabalar tomonidan bajarilgan vazifalar bo‘yicha quyidagi natijalar
qayd etildi: kreativ fikrlash kursining dolzarbligi bo‘yicha 4 soat davomida konspekt
yozish va esse tayyorlash topshiriqlari bajarildi. Innovatsion fikrlashni rivojlantirish
mavzusi bo‘yicha ilmiy maqola yozish topshirig‘i 3 soat davomida bajarildi.
Muammolarni kreativ hal qilish texnikalari bo‘yicha keys-stadi tayyorlash jarayoni
guruhda amalga oshirilib, 5 soat davom etdi. Fikrlashning har xil turlarini solishtirish
bo‘yicha esa talabalar 2 soat davomida esse va munozaralar tayyorladilar.

Talabalar faoliyati natijalari
Yuqorida ko‘rsatilgan jadvaldagi mustaqil ishlar natijalari tahlili shuni
ko‘rsatdiki, talabalar kreativ fikrlashga yo‘naltirilgan vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarishdi. Xususan, 80% talaba o‘zining ijodiy qobiliyatini namoyish etib, keysstadilarni muvaffaqiyatli himoya qildi. Talabalarning mustaqil ishlarni bajarish
bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Natija kategoriyalari Foiz ko‘rsatkichi

Ijodiy qobiliyat va kreativ fikrlash 80%

Mustaqil ishlash qobiliyati 85%

Guruhda ishlash qobiliyati 75%

Muammolarni kreativ yechish usullari 78%

Jadvaldagi tahlillar shuni ko‘rsatdiki, talabalar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon
qilib, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirdilar. Natijalar tahliliga ko‘ra,
talabalar ijodiy qobiliyatlari bo‘yicha 80 foiz muvaffaqiyatga erishgan, mustaqil
ishlash qobiliyati esa 85 foizni tashkil etdi. Guruhda ishlash ko‘nikmalari 75 foizni

255