ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Turk tilida qora va oq rang bildiruvchi leksemalarning metaforik qo‘llanilishi

Selma Ozan Yujel

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TURK TILIDA QORA VA OQ RANG BILDIRUVCHI LEKSEMALARNING
METAFORIK QOʻLLANILISHI

Selma Ozan Yujel,
Oriental universiteti, Tillar-2 kafedrasi oʻqituvchisi

https://zenodo.org/records/17339435

Annotatsiya. Ushbu maqolada turk tilida oq va qora rang bildiruvchi
leksemalarning jumlada metaforik vazifani oʻtashi tahlili olib borilgan. Turk tilida
mazkur rang leksemalarining adabiy va kundalik nutqda turlicha maʼno qatlamlarini
hosil qilishi, ijtimoiy hamda madaniy diskursda ijobiy va salbiy semantik yuklamalarni
kasb etishi, shuningdek, ularning metaforik qoʻllanishi milliy dunyoqarash bilan
chambarchas bogʻliq ekani aniqlangan.

Kalit soʻzlar: qora, oq, metafora, leksema, ijobiy, salbiy.

Abstract. This article analyzes the metaphorical function of the Turkish lexemes
denoting white and black colors in sentences. It is found that in Turkish, these color
lexemes create different layers of meaning in literary and everyday speech, acquire
positive and negative semantic loads in social and cultural discourse, and their
metaphorical use is closely related to the national worldview.

Key words: black, white, metaphor, lexeme, positive, negative.

Metafora jumlada obrazlilikni, asosan his-tuygʻularni ifodalashda qoʻllaniladi.
Metaforaning mohiyati bir turdagi narsani boshqasi nuqtai nazaridan tushunish va
boshdan kechirishdir1.

Aytmoqchi boʻlgan soʻzingizni metaforasiz toʻgʻridan-toʻgʻri bayon qilishingiz
mumkin biroq metaforani tanlagan boʻlsangiz u qandaydir sheʼriy (poetik) yoki ritorik
maqsad, shuningdek nafislik hamda tejamkorlik uchundir biroq oddiy nutq yoki oddiy fikr
bildirish uchun emasdir2 .

Metaforik iboralar maʼlum bir tilda rang va hissiyotlar oʻrtasidagi munosabatlarni
ifodalash xususiyatiga ega. Rang bildiruvchi soʻzlar orqali hosil qilingan metaforik
birikmalar oʻzida ijobiy (baxt, uyalish, sevgi) hamda salbiy (qoʻrquv, gʻam, gʻazab)
ottenkalarni hosil qilishi mumkin.

Qora leksemasi oʻzi birikib kelgan soʻz bilan salbiy hamda ijobiy maʼnolarni keltirib
chiqaradi.Turk tilida qora leksemasi kara hamda siyah soʻzlari bilan ifodalanadi. Biroq
kara3 leksemasi haqiqiy turkcha soʻz boʻlib siyah leksemasi fors tilidagi ‫ سیاح‬soʻzidan4
oʻzlashgandir.

1 Lakoff G and Johnson M. The metaphorical structure of the human conceptual system. – Chicago:
The University of Chicago press, 1980a. – P. 5.
2 Lakoff G. Afigure of thought. Metaphor and Symbolic activity / Nanyang Technological University.
– 1986. – №1 (3). – P. 215.
3 Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007. Cilt. 2. – S. 2408.
4 Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007. Cilt. 4. – S. 4269.

Qora leksemasi turli soʻzlar bilan jumladan kara gün (qora kun), kara haber

(qora xabar), kara canavar (qora mahluq) singari metaforik birikma hosil qilib oʻzida

salbiy ottenkalarni ifodalaydi. Misol tarzida quyidagi jumlani havola qilamiz:

Kara haber en uzak köylere kadar ulaşmış, yakın köylerin ağıtçı kadınlarının bir

kısmı çoktan gelmişler, işlerine başlamışlardı bile1.

(Muallif tarjimasi) Qora xabar uzoqdagi qishloqlargacha yetib borgan, yaqin

qishloqdagi marsiyachi ayollarning ayrimlari allaqachon kelgan hatto oʻz ishlarini

boshlagan edi.

Ushbu misolda qora rang bildiruvchi leksema oʻz maʼnosida emas balki kara haber

birikmasi tarzida metafora hosil qilgan boʻlib, “qora” leksemasidan habarning aynan

gʻamli va qaygʻuli ekanligiga , motamga ishora qilish maqsadida foydalanilgan.

Darhaqiqat, kara leksemasi turk tilida juda koʻplab soʻzlar bilan birikib kelib, (kara

bayram, kara dam, kara çıkın, kara toprak kara orun, kara gün, karalar giymek)

motam, qabr hamda oʻlimni ifodalaydi shuningdek metafora vazifasini bajaradi.

Shuningdek, kara toprak birikmasi kontekstga koʻra ham ijobiy ham salbiy

maʼnolarni ifodalashi mumkin.

Bir kulaç, kara toprak içinde filizimi sürmek, dal ve budaklarımı aydınlığa doğru

uzatmak, meyvemi vermek için Allahʼın rahmetini bekliyorum2.

(Muallif tarjimasi) Bir qarich qora tuproq qarida unib chiqib, shoxlarimni koʻkka

qarab uzatish, meva hosil berish uchun Allohning rahmatini (karamini) kutmoqdaman.

Ushbu jumlada qora leksemasi oʻz maʼnosida emas balki tuproq soʻzi bilan birikkan

holda ijobiy metafora hosil qilgan boʻlib unumli, serhosil yer maynonini anglatgan.

Ben şu gözlerimi yummadan, üstümü kara topraklar örtmeden gelecek.3.

(Muallif tarjimasi) Men koʻzlarimni yummasdan, ustimni qora tuproq qoplamasdan

keladi.

Ushbu misolda esa qora leksemasi tuproq leksemasi bilan birikkan holda qabr, oʻlim

maʼnolarini oʻzida aks ettirib, salbiy metafora hosil qilgan.

1-jadval.

Qora leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning salbiy maʼnolari

Kara bayram Motam , aza

Kara cahil Uquvsiz

Kara gün Musibat

Kara ağızlı Shumxabar

2-jadval.

Qora leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning ijobiy maʼnolari

Kara toprak Serhosil yer

Kara yağ yoqilgʻi, moy

Kara cüppeli Ilm sohasiga mansub kimsa

Kara gün dostu Qora kun doʻsti

1 Kemal Y. Ince Memed (3). – Istanbul:Yapı kredi yayınları, 1954. – S. 16.
2 Karaosmanoğlu Y. K.Yaban .– Istanbul: İletişim yayınları, 2007. – S. 67.
3 Kemal Y. İnce Memed (2). – Istanbul: Yapı kredi yayınları, 1954. – S. 206.

Kara leksemasining fors tilidan oʻzlashgan siyah soʻzi ham xuddi qora leksemasidek

jumla ichida metafora vazifasini bajaradi. Siyah leksemasi siyah baht, siyah dil, siyah

ırk1 shakllarida qoʻllaniladi.

Turk tilida oq rangni bildiruvchi ak2 leksemasi eski turk tilida ağ shaklida

qoʻllanilgan boʻlib, sinonimi hisoblangan beyaz leksemasi esa arabchadan (beyâz / beyâd

‫(بیاض‬3 oʻzlashgan. Shuning uchun ham beyaz leksemasiga nisbatan ak leksemasi koʻproq

qoʻllaniladi.

Türlü türlü arılar, binlerce, ak sıcaklarda uğuldayarak, ak sıcaklar demek Memedin

hoşuna gidiyordu, çiriş çiçeklerinin yörelerinde dolaşıyorlardı4.

(Muallif tarjimasi) Turfa xilli arilar, minglab, oq issiqlarda (jazirama issiqda)

vizillab, oq issiq deyish Memedga yoqar edi, piyoz gullarining atrofida kezayotgan edi.

Yuqorida keltirilgan ushbu jumlaning soʻzma soʻz maʼnosiga qaraydigan boʻlsak,

“ak” oq, “sıcak” issiq maʼnolarini anglatib, ak yaʼni oq leksemasi sıcaklar soʻzi bilan

birikib kelib jazirama issiq hamda yondiruvchi quyoshni ifodalab metafora vazifasini

oʻtagan.

Ak, uzun bir sakal gözlerinin önünden bir su gibi aktı: Ne oldu sana böyle yavrum?

dedi ak sakal5.

(Muallif tarjimasi) Oq, uzun soqol hayolidan suvdek oqib oʻtdi: Nima boʻldi senga

bolaginam? dedi oq soqol.

Yuqorida keltirilgan jumlada ak sakal metafora hisoblanib oq va sakal

leksemalarining birikuvidan hosil boʻlgan. Shuningdek koʻpni koʻrgan, keksa maʼnolarini

anglatgan. Qolaversa ak pürçekli, ak saçlı birikmalari ham jumlada ijobiy maʼnoda

metafora vazifani bajarib oq soqol, qariya maʼnolarini anglatadi.

Salbiy metafora hosil qilgan oq leksemasiga misol keltiradigan boʻlsak:

Söz konusu yarar olunca, bu tip beyaz yalanlar onun vicdanında yaralar açmazdı6.

(Muallif tarjimasi) Foyda haqida gap ketar ekan, bunday oq yolgʻonlar uning

vijdonini yaralamas edi.

Ushbu jumladagi beyaz yalan birikmasi aslida salbiy metafora hisoblanadi. Chunki

“beyaz” leksemasi odatda soflik, masʼumiyat va poklini anglatsada “yalan” leksemasi

bilan birikkan holda zarar keltirmaydigan yolgʻon sifatida qoʻllaniladi. Biroq har ikki

holatda ham haqiqat yashirilganligi uchun salbiy ottenkani yuzaga keltiradi.

3-jadval.

Oq leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning ijobiy maʼnolari

Ak gün Baxtli kun

Ak sakal Koʻpni koʻrgan, qariya

Ak süt emmiş Oq sut emgan

Ak yüzlü Pok, durust kimsa

4-jadval.

Oq leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning salbiy maʼnolari

1 Ayverdi I. Misali büyük türkçe sözlük. – Istanbul: Kubbealtı yayınları, 2010. – S. 1116.
2 Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007. Cilt. 1.– S. 162.
3 Ayverdi I. Misali büyük türkçe sözlük. – Istanbul: Kubbealtı yayınları, 2010. – S. 140.
4 Kemal Y. İnce Memed (2). – Istanbul: Yapı kredi yayınları,1954. – S. 110.
5 O‘sha asar. – S. 157.
6 Betts H. Çevir.: Samanlı Z. Seviyor sevmiyor. – Istanbul: Deniz Ofset, 2012. – S. 6.

Aktan karadan haberi yok Johil kimsa, dunyodan bexabar
Ak kaya bülbülü (sheva) Qoʻpol, beadab kimsa
Ak yavan (sheva) Nooʻrin gapiradigan kimsa
Ak cinni /cinli (sheva) Aroq

ADABIYOTLAR
1. Lakoff G., Johnson M. Metaphors we live by. – Chicago and London: The
University of Chicago press, 1980. – 308 p.
2. Lakoff G. Afigure of thought. Metaphor and Symbolic activity / Nanyang
Technological University. – 1986. – №1 (3). – P. 215-225.
3. Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007.
–5744 s.
4. Kemal Y. Ince Memed (3). – Istanbul: Yapı kredi yayınları,1954. – 517 s.
5. Kemal Y. İnce Memed (2). – Istanbul: Yapı kredi yayınları, 1954. – 357 s.
6. Karaosmanoğlu Y. K. Yaban . – Istanbul: İletişim yayınları, 2007. – 220 s.
7. Ayverdi I. Misali büyük türkçe sözlük. – Istanbul: Kubbealtı yayınları, 2010. –
1412 s.
8. Betts H. Çevir.: Samanlı Z. Seviyor sevmiyor. – Istanbul: Deniz Ofset, 2012. –
320 s.

BIRINCHI KENGASH.
TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING “ASOSU-L-BALOGʻA” LUGʻATI
XUSUSIYATLARI

Salima Rustamiy,
Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi professori,

filologiya fanlari doktori
https://zenodo.org/records/17339397

Annotatsiya. Maqolada Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balogʻa” asarida
qoʻllangan tilshunoslik va balogʻat ilmiga doir ayrim jihatlar tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar: omonim, sinonim, balogʻat, ishtiqoq, majoz.

Abstract. The article analyzes some aspects of linguistics and the science of
balagah used in the work of Mahmud Zamakhshari “Asas al-balagah”.

Keywords: homonym, synonym, science of balagah, derivation, metaphor.

Oʻzining beqiyos ilmi va maʼrifati bilan dunyoga tanilgan mashhur olim
Abulqosim Mahmud bin Umar bin Ahmad Zamaxshariy (1075-1144) “Al-mufassal fin-nahv”, “Muqaddamatu-l-adab”, “Asosu-l-balogʻa”, “Ad-durru-d-doiru-l-muntahab
min kinoya va istiora va tashbihati-l-arab”, “Risola fi-l-majoz va-l-istiora” kabi asarlari
bilan arab tilshunosligi va balogʻat ilmi rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlardan
hisoblanadi.

Maʼlumki, Mahmud Zamaxshariy oʻzining “Asosu-l-balogʻa” asari bilan arab
lugʻatshunosligini yangi bosqichga koʻtardi. Olim lugʻatni tuzishda va soʻzlarni
izohlashda oʻziga xos yoʻl tutdi. Makur asar arabcha soʻzlarning izohli lugʻatidir. Bu
asar oʻzining lugʻatlik jihati bilan arab tilshunosligi va soʻzlarning majoziy maʼnolariga
oʻrin berilgani bilan balogʻat ilmiga dahldor manba hisoblanadi.

Asar haqida tadqiqotchilardan biri doktor Fozil Solih Samaroiy shunday deydi:
“Asosu-l-balogʻa” boshqa lugʻatlardan ajralib turadi. Undan avval ham, keyin ham
lugʻatshunoslik ilmida bunday uslubda lugʻat tuzilmagan. Bu lugʻat soʻzlarning
joylashtirilish tartibiga koʻra ajralib turadi, boshqa lugʻatlar uning oʻrnini bosa
olmaydi. Agar boshqa lugʻatlar kuchini yoʻqotsa ham, “Asosu-l-balogʻa” oʻz kuchida
qolsa kerak” [4:147]. Bu lugʻat haqida adib Jurji Zaydon shunday fikr bildiradi: “Bu
lugʻat arab uslubiyati boʻyicha oʻxshashi yoʻq lugʻatdir, chunki u soʻzlarni ularning
asl va majoziy maʼnolariga koʻra qoʻllanish usullarini koʻrsatadi, bu uning afzal
jihatlaridandir” [4:147]. Yana bir olim Toha Roviy bu lugʻatga quyidagicha taʼrif
beradi: “U oʻz bobida tuzilgan lugʻatlarning eng yaxshisidir, unda soʻzlarning haqiqiy
maʼnosidan majoziy maʼnosi ajratib koʻrsatiladi. Sen undan foydalanishing kerak,
chunki u eng asl manbadir” [4:147].

Olimlar Zamaxshariy lugʻatdagi soʻz sirasiga undan foydalanishni
osonlashtiradigan yangi tartibni joriy qilgan deb hisoblaydilar. Bu muallifning