BIRINCHI KENGASH.
TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
MAHMUD ZAMAXSHARIYNING “ASOSU-L-BALOGʻA” LUGʻATI
XUSUSIYATLARI
Salima Rustamiy,
Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi professori,
filologiya fanlari doktori
https://zenodo.org/records/17339397
Annotatsiya. Maqolada Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balogʻa” asarida
qoʻllangan tilshunoslik va balogʻat ilmiga doir ayrim jihatlar tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: omonim, sinonim, balogʻat, ishtiqoq, majoz.
Abstract. The article analyzes some aspects of linguistics and the science of
balagah used in the work of Mahmud Zamakhshari “Asas al-balagah”.
Keywords: homonym, synonym, science of balagah, derivation, metaphor.
Oʻzining beqiyos ilmi va maʼrifati bilan dunyoga tanilgan mashhur olim
Abulqosim Mahmud bin Umar bin Ahmad Zamaxshariy (1075-1144) “Al-mufassal fin-nahv”, “Muqaddamatu-l-adab”, “Asosu-l-balogʻa”, “Ad-durru-d-doiru-l-muntahab
min kinoya va istiora va tashbihati-l-arab”, “Risola fi-l-majoz va-l-istiora” kabi asarlari
bilan arab tilshunosligi va balogʻat ilmi rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlardan
hisoblanadi.
Maʼlumki, Mahmud Zamaxshariy oʻzining “Asosu-l-balogʻa” asari bilan arab
lugʻatshunosligini yangi bosqichga koʻtardi. Olim lugʻatni tuzishda va soʻzlarni
izohlashda oʻziga xos yoʻl tutdi. Makur asar arabcha soʻzlarning izohli lugʻatidir. Bu
asar oʻzining lugʻatlik jihati bilan arab tilshunosligi va soʻzlarning majoziy maʼnolariga
oʻrin berilgani bilan balogʻat ilmiga dahldor manba hisoblanadi.
Asar haqida tadqiqotchilardan biri doktor Fozil Solih Samaroiy shunday deydi:
“Asosu-l-balogʻa” boshqa lugʻatlardan ajralib turadi. Undan avval ham, keyin ham
lugʻatshunoslik ilmida bunday uslubda lugʻat tuzilmagan. Bu lugʻat soʻzlarning
joylashtirilish tartibiga koʻra ajralib turadi, boshqa lugʻatlar uning oʻrnini bosa
olmaydi. Agar boshqa lugʻatlar kuchini yoʻqotsa ham, “Asosu-l-balogʻa” oʻz kuchida
qolsa kerak” [4:147]. Bu lugʻat haqida adib Jurji Zaydon shunday fikr bildiradi: “Bu
lugʻat arab uslubiyati boʻyicha oʻxshashi yoʻq lugʻatdir, chunki u soʻzlarni ularning
asl va majoziy maʼnolariga koʻra qoʻllanish usullarini koʻrsatadi, bu uning afzal
jihatlaridandir” [4:147]. Yana bir olim Toha Roviy bu lugʻatga quyidagicha taʼrif
beradi: “U oʻz bobida tuzilgan lugʻatlarning eng yaxshisidir, unda soʻzlarning haqiqiy
maʼnosidan majoziy maʼnosi ajratib koʻrsatiladi. Sen undan foydalanishing kerak,
chunki u eng asl manbadir” [4:147].
Olimlar Zamaxshariy lugʻatdagi soʻz sirasiga undan foydalanishni
osonlashtiradigan yangi tartibni joriy qilgan deb hisoblaydilar. Bu muallifning
soʻzlarni birinchi va undan keyingi oʻzak harflarni eʼtiborga olgan holda arab alifbosi
tartibida joylashtirganidandir. Asarning shu xususiyatidan kelib chiqqan Husayn
Nassor Zamaxshariyni arab lugʻatnavisligida yangi maktab asoschisi deb eʼtirof etadi.
Biroq Zamaxshariy “Asosu-l-balogʻa”ning [2:16] kirish qismida ushbu lugʻat tuzish
uslubi unga qadar ham maʼlum boʻlganini yozadi.
Shuningdek, u lugʻatning undan keyingi olimlar taʼkidlab oʻtgan uchta
xususiyatini koʻrsatadi: asarda tilni buzmaydigan, aksincha goʻzallashtiradigan soʻz va
iboralar tanlangan; ibora va jumlalarni tuzish usullari bilan tanishtirilgan; jumlalarda
soʻzlarning haqiqiy maʼnosi majoziysidan ajratib berilgan.
Lugʻat arab tili alifbosiga muvofiq tarzda yigirma sakkiz bobdan iborat.
Zamaxshariy har bir harf uchun alohida bob ajratadi, bu boblar oʻz navbatida fasllarga
boʻlinadi. Lugʻat maqolasi, asosan, feʼl yoki ismdan boshlanadi. Masalan, feʼldan
boshlangan lugʻat maqolasida shu feʼlning sifatdosh va hosila feʼl shakllari beriladi.
Agar mavjud boʻlsa, berilgan feʼlning sinonimi, omonim yoki antonimlari, feʼlni
jumlada qoʻllash holatlari uchun misollar keltiriladi. Bu misollar oddiy jumlalar,
shuningdek, Qurʼon, hadislar yoki arab sheʼriyatidan olingan boʻlishi mumkin. Maqola
oxirida oʻsha feʼlning majoziy maʼnosi ham misollar bilan keltiriladi.
“Asosu-l-balogʻa”da soʻzlarning morfologik va leksik xususiyatlari koʻrsatilgan.
“Asosu-l-balogʻa”da soʻzlar tasrifi (ismlarning turlanishi, feʼllarning tuslanishi),
oʻzakdosh soʻzlar, soʻzlarning koʻplik shakllari, hosila feʼllar oʻrin olgan boʻlib, bu
soʻzlarning maʼnolari oʻz oʻrnida tartib bilan yoritilgan. Maʼnolarni ifodalashda asl va
majoziy maʼnoni ochib beruvchi va zarur hollarda bu maʼnolarni farqlashga xizmat
qiluvchi bir nechta ibora misol qilingan. Asarda, zarurat boʻlmasa, soʻzning maʼno
beruvchi shakllarini keltirish bilan kifoyalangan. Masalan, “َ“ – ” َحصَدyigʻmoq, termoq”
maqolasida maʼnoda farq qiluvchi bir nechta soʻz bor, lekin misollar har bir soʻzga
emas, ayrimlariga keltirilgan. Bu maqolada soʻz maʼnosi, jumladan, shunday
ifodalangan:
...): ¸ َحصَدَ الزرع: جزّه فهو حصيد، وجَمْعُه حصائد، وهذا زمان الحصاد: )وآتوا حقه يوم حصاده)َ) َحصَد
[2:192]
Bu yerda " "حصدoʻzagidan yasalgan tub feʼl “َ ” َحصَدva uning maʼnosini yoritish
uchun ““ – ” َحصَدَ الزرعekinni yigʻdi” misoli va maʼnodosh soʻz “ّ“ – ”جزuzmoq,
termoq”, harakat nomi ““ – ”حصيدhosil”, koʻplik ““ – ”حصائدhosillar”, zamonni
bildiruvchi ““ – ”حصادterim vaqti” shakllari koʻrsatilgan, oxirgi soʻz uchun misol
tariqasida “al-Anʼam” surasining 141-oyati ““ – ”وآتوا حقه يوم حصادهHosil yigʻish kunida
(muhtojlarga) haqqini (ushri va xirojini) beringlar” [1:146] ilova qilingan.
Lugʻatdagi maʼnodosh soʻzlar orqali izohlangan maqolalarga quyidagilarni misol
qilish mumkin:
.[2:504] شرق – شرقت الشمس شروقا: طلعت و أشرقت: أضاءت
Yaʼni, (quyosh) chiqdi va koʻtarildi: yoritdi. Bu misolda quyoshga nisbatan “”شرق
feʼliga “ ”طلعva “ ”أضاءfeʼllari sinonim qilingan.
.[4:192] متع – َجب ٌَل مات ٌِع : َطويلٌ مرتفع. و نخلة ماتعة
Yaʼni, ““ – ”متعbaland boʻlmoq” feʼlidan olingan “ٌ ”ماتعsoʻziga sinonim “ٌ” َطويل
berilgan.
.[3:358]ً وهل – رجلٌ وَجِلٌ وَهِلٌ: ف َِزع ٌ, و قد وَهِلتُ وَهَلا ًَشديدا
Misoldagi “َ“ – ” َوهِلqoʻrqmoq” soʻzining masdari “ٌ ” َوهِلning sinonimi “ٌ”ف َِزع
soʻzidir.
.[3:146] كمد – َرجلٌ كَمِدٌ: َحزين, و به أسفٌ و كَمدٌ, و أكْمَدَهُ الهمُّ: َغم
“َ“ – ” َكمِدhafa boʻlmoq” feʼliga ““ – ”رجل كمدhafa odam” misol qilingan, uning
sinonimi “ٌ ”حزينsoʻzidir.
“Asosu-l-balogʻa”da bir qancha soʻzlarning maʼnolarini yoritishda ularning
antonimlaridan ham foydalanilgan. Masalan:
نحس – س ُِعدَ فلانٌ على قومه و ن َُحسَ، فهو مسعود و منحوسٌ، و ن ُِحسَ يومه و ن َِحسَ فهو نَحسٌ ون َِحسٌ و
.[3:602] منحوسٌ، و هو يوم نَحٍس و نُحوس و مناحسَ، و إنت ََحسَ فلانٌ و إنت ََكسَ، و إنت ََحسَ جَدّه
“َ“ – ”ن َُحسbaxtsiz boʻlmoq” feʼliga antonim sifatida “َ“ – ” َسعِدbaxtli boʻlmoq” feʼli
berilgan: “َ“ – ”س ُِعدَ فُلانٌ على ق َْومِهِ و ن َُحسfalonchi oʻz qavmida baxtli boʻldi, baxtsiz boʻldi”
.
Shuningdek, bu misolda boshqa koʻpgina maqolalardagi kabi feʼlning
sifatdoshlari, feʼl masdarining birlik va koʻplik shakllari va hosila boblarni koʻrish
mumkin: ““ – ”هو مسعود و منحوسu baxtli va baxtsiz”; ““ – ”ون ُِحسَ يومهuning kuni baxtsiz,
omadsiz boʻldi”; ““ – ”هو يوم نَحٍسu baxtsiz kun”; “ ”نحس“ – ”نُحوس و مناحسsoʻzinig
koʻpligi “ ”نُحوسsoʻzidir. “ ”مناحسsoʻzi “baxtsizlik, omadsizlik keltiruvchi narsalar ”
maʼnosini anglatadi. ““ – ”إنت ََحسَ فلانٌ و إنت ََكسَ، وإنت ََحسَ جَدّهfalonchi baxtsiz, omadsiz boʻlib,
orqaga ketdi”.
Lugʻatda bir nechta maʼnoga ega boʻlgan shakldosh soʻzlarning har bir maʼnosi
yoritilgan va koʻp hollarda oʻsha maʼnolarga maʼnodosh boʻlgan soʻzlar koʻrsatib
oʻtilgan. Masalan, شمط[2:521] – “sochi oqarmoq” maʼnosini anglatuvchi feʼlni
quyidagicha beradi:
““ – ”رجل أشمط و إمرأة شمطاءsochi oqargan kishi va ayol”.
Muallif ushbu soʻzning sinonimi borligi, ammo u qoʻllanmasligini aytib oʻtadi:
ٌلا يقالُ: أشيب, شيباء, شيب
Zamaxshariy bu soʻzning “aralashtirmoq” maʼnosi borligini taʼkidlaydi va
misollar keltiradi:
““ – ”إنه لشميط الذنابى: فيها سواد و بياضu (qush)ning dumi qora va oq (ranglar) aralash”
yoki ““ – ”شمط ماله: خلط حلاله بحرامهu pulini aralashtirib yubordi, halol harom bilan
aralashib ketdi”. Keyingi misoldan “ ”شمطsoʻzining bu maʼnosiga “”خلط
(“aralashtirmoq”) soʻzi maʼnodosh ekani koʻrinadi.
Lugʻatning “ ”بذر[2:51] maqolasida bu feʼlning “sepmoq, sochmoq” maʼnosidan
tashqari “tarqatmoq” maʼnosi ham mavjud ekani koʻrsatilgan:
““ – ”بذر الحب في الارضyerga urugʻ sepdi” misolida “sepmoq” maʼnosida boʻlsa,
“ْ“ – ”بَذ ََر الله الخَلْقَ في الارْضِ: فَرق َُهمAlloh xalqni yer yuziga tarqatti” va “ُ– ” َرجُلٌ ب َِذرٌ: يُب َِذ ُّر مالُه
“molini tarqatuvchi odam” misollarida “tarqatmoq” maʼnosini koʻrish mumkin.
Shuningdek, mazkur soʻzning bu maʼnosiga sinonim sifatida “َ ”فَرقfeʼli ham beriladi.
Bu kabi misollarni koʻplab keltirish mumkin.
“Asosu-l-balogʻa”ning diqqatga sazovor jihatlaridan biri unda soʻzlarning
majoziy maʼnosiga ham eʼtibor qaratilganidir. Maʼlum boʻlganidek, Mahmud
Zamaxshariy bu asarida soʻzning, avval asl, soʻngra majoziy maʼnolarini bayon qiladi.
Masalan: “ ”ثقب[2:110] oʻzakli maqolani undan yasalgan tub soʻz ““ – ”ثَق ََبteshmoq,
yormoq” bilan boshlab, ““ – ”ثَق ََب الشيء بالمثقبbiror narsani burgʻi bilan teshdi” tarzida
bu soʻzning asl maʼnosini keltiradi. Soʻngra “ ”ثقبoʻzagidan “faʼʼala” vaznida yasalgan
feʼl va bu feʼlning sifatdosh shakllarini va ularning asl maʼnolarini “ وثقّب اللآلُ الدر، ود ٌُّر
“ – ”مثقّبdurfurush durni teshdi, teshilgan dur” misollari orqali ifodalaydi. Bulardan
soʻng ““ – ”ومن المجازmajozda” taʼkidi bilan uning “porlamoq, charaqlamoq” kabi
majoziy maʼnosiga “ٌّ“ – ”كوكب ثاقب ودريcharaqlagan yulduz, porlagan dur” misollarini
keltiradi va buni ““ – ”شديد الإضاءة والتلألؤ، كأنّه يثقُب الظلمة فينفذ فيها ويدرؤهاyorugʻlik va
yogʻduning koʻpligi, goʻyo u qorongʻilikni yorib, unga kirib borishi va (zulmatni)
yoʻqotishi kabi” tarzida izohlaydi.
Maʼjoz maʼnoli soʻzlarga koʻplab misollar keltirish mumkin, jumladan, “”سجن
[2:440] – “qamamoq” feʼli:
“”سجن لسانه، و أسجن لسانك. و فى الحديث " ليس شئ أحق بطول من لسان" و سجن الهم: أضمره
Bu yerda ““ – ”سجن لسانه، و أسجن لسانكtilini tiydi, tilingni tiy”, yaʼni “tiymoq”
maʼnosiga ““ – ”ليس شيء أحق بطول سجن من لسانtilni tiyishdan ortiq qaxramonlikka loyiq
boʻladigan narsa yoʻq” hadisi misol qilinadi.
Mahmud Zamaxshariy lugʻatning “ ”شمس[2:521] – maqolasida bu feʼlning
“yorugʻ boʻlmoq” maʼnosidan tashqari birov dushmanlik qilganda qoʻllanadigan
majoziy maʼnosi ham borligini ““ – ”شمس لى فلأنfalonchi menga dushmanlik qildi”
misolida, shu oʻzakdan yasalgan “ ”شموسsoʻzi esa “ – ”رجل شموس الأخلاقoʻjar, qaysar
xulqli odamga nisbatan ham aytilishini taʼkidlaydi.
Shuningdek, “َ ” َجعُدfeʼli aslida “sochning jingalak boʻlishi” maʼnosiga ega ekanini
koʻrsatib shunday deydi:
.[2:141] جعد – َشعْرٌ جَعْدٌ و قَد َْجعُد َُجعُودة, و رَجُلٌ جَعْدُ الشعر و قومٌ جِعادٌ, و شعره تجْعيدا
(Yaʼni: jingalak soch; jingalak boʻldi; jingalak; jingalak sochli kishi; jingalak
sochli qavm; uning sochi jingalak qilingan).
Soʻngra “ ”جعدsoʻzi “ ”الاصابعyoki “ ”البنانbilan birga “baxil” majoziy maʼnoni
anglatishini taʼkidlaydi: .ومن المجاز: .... رجل جعد الأصابع و جعد البنان: للبخيل
“Asosu-l-balogʻa” asarida soʻz maʼnolarining sinonim, antonim va omonimlar
orqali yoritilishi, ularning majoziy maʼnolariga ham eʼtibor berilgani hamda
foydalanish uchun qulay boʻlgan alifbo tartibida joylashtirilgani, misollarning asl
manbalardan tanlangani asar muallifi boʻlgan Mahmud Zamaxshariyning yuksak ilmiy
salohiyati va nozik dididan darak beradi va asarning arab tilshunosligi va balogʻat ilmi
rivojida tutgan yuqori mavqeini belgilaydi.
ADABIYOTLAR
1. Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjimasi. –T.: Toshkent
islom universiteti, 2001.
1998 . أبو القاسم محمود بن عمرو بن أحمد، الزمخشري. أساس البلاغة. الجزء الأول. بيروت-لبنان.2
(https://ia600904.us.archive.org/10/items/FP76215/assb1.pdf).
1998 . أبو القاسم محمود بن عمرو بن أحمد، الزمخشري. أساس البلاغة. الجزء الثاني. بيروت-لبنان.3
(https://ia800904.us.archive.org/10/items/FP76215/assb2.pdf).
.1970 . فاضل صالح السمرائي. الدراسات النحوية و اللغوية عند الزمخشري. بغداد.4