FORS TILIDA PAYT ERGASH GAPLI QOʻSHMA GAPLARNING
SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
Axmedova Dilfuza,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eronshunoslik
va afgʻonshunoslik oliy maktabi professori v.b., DSc
dilakhmedova@mail.ru
ORCID: 0000-0002-6248-6136
Azimbayeva Nargiza,
Oriental universitetti Tillar-1 kafedrasi katta oʻqituvchisi
nazimbaeva@icloud.com
https://zenodo.org/records/17339473
Annotatsiya. Maqolada fors tilida payt ergash gapli qoʻshma gaplarning sintaktik
xususiyatlari tahlil etiladi. Avvalo, qoʻshma gaplarning umumiy grammatik tabiati va
ergash gaplarning bosh gapga nisbatan sintaktik munosabatlari yoritiladi. Shundan
soʻng, payt ergash gaplarning shakllanishida qoʻllaniladigan asosiy bogʻlovchilar
tizimi, ularning semantik vazifalari hamda qoʻllanish doirasi izohlanadi. Tadqiqot
jarayonida murakkab ergash gaplarda payt ergash gaplarning oʻrni, bosh gap bilan
bogʻlanish usullari hamda kesim feʼllarining zamon va mayl xususiyatlari tahlil
qilinadi. Shuningdek, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, piš az ān-ke kabi murakkab
bogʻlovchilarning sintaktik vazifalari hamda ular gapning mazmuniy yaxlitligini
taʼminlashdagi oʻrni ochib beriladi. Maqolada fors tilidagi payt ergash gaplarning
boshqa ergash gap turlaridan farqlanuvchi jihatlari ham koʻrsatib oʻtiladi. Tadqiqot
natijalari fors tilining sintaktik tizimini chuqurroq oʻrganishga xizmat qilishi bilan
birga, qoʻshma gaplarning ilmiy tasnifida muhim manba sifatida qoʻllanishi mumkin.
Kalit soʻzlar: fors tili, qoʻshma gap, ergash gap, payt ergash gap, sintaktik
xususiyat, bogʻlovchilar, zamon va mayl, murakkab gap, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e
ān-ke, piš az ān-ke.
Abstract. This article analyzes the syntactic features of complex sentences with
temporal subordinate clauses in Persian. First, the general grammatical nature of
complex sentences and the syntactic relations of subordinate clauses to the main clause
are discussed. Then, the system of main conjunctions used in the formation of temporal
subordinate clauses, their semantic functions, and their scope of usage are explained.
The study also examines the position of temporal subordinate clauses within complex
sentences, the ways they are connected to the main clause, and the tense–mood
characteristics of their predicate verbs. Furthermore, the syntactic functions of complex
conjunctions such as ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, and piš az ān-ke, as well as their
role in ensuring semantic coherence of the sentence, are revealed. The article also
highlights the distinctive aspects of temporal subordinate clauses compared to other
types of subordinate clauses in Persian. The findings of the research contribute to a
deeper understanding of the syntactic system of the Persian language and may serve as
an important source for the scientific classification of complex sentences.
Keywords: Persian language, complex sentence, subordinate clause, temporal
subordinate clause, syntactic features, conjunctions, tense and mood, compound
sentence, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, piš az ān-ke.
Til insoniyat madaniyati va fikrlash faoliyatining eng asosiy vositalaridan biri
hisoblanadi. Grammatik tuzilmalarning turli shakllari, xususan qoʻshma gaplar, tilda
murakkab fikrlarni ifodalash va ularga aniq semantik aloqalarni oʻrnatishda muhim rol
oʻynaydi. Qoʻshma gaplar tarkibida, ayniqsa, payt ergash gaplar ( حاليه / زمانيه / وابسته به
(زمانbosh gapga bogʻlanib, hodisa yoki harakatning vaqt jihatini koʻrsatadi.
Fors tilida qoʻshma gaplar sintaksisi va ularning turli ergash gap turlari
tilshunoslikda alohida eʼtiborni talab qiladigan mavzudir. Payt ergash gaplar bosh gap
bilan vaqt, shart yoki sabab-oqibat aloqalarini oʻrnatadi va shu bilan birga matnning
stilistik rang-barangligini oshiradi. Shu bois, ularni oʻrganish tilning semantik,
morfologik va sintaktik jihatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
Qoʻshma gap ikki yoki undan ortiq predikativ birliklarning bir butun
kommunikativ birlik sifatida birikishidan hosil boʻladi. Qoʻshma gap tarkibiy qismlari
oddiy gapning shakliy va semantik xususiyatlariga ega boʻlsa-da, ular mustaqil maʼno
tugallanganligi va alohida xabar intonatsiyasi bilan ajralib turmaydi. Aynan shu
xususiyatlar qoʻshma gapning grammatik tabiatini turlicha talqin etish imkoniyatini
yuzaga keltiradi.
Payt ergash gaplar bosh gapda ifodalangan harakatning amalga oshish vaqtini
koʻrsatadi. Fors tilida bu turdagi ergash gaplar koʻplab tobe bogʻlovchilar yordamida
shakllanadi. Ular orasida quyidagi payt ergash bogʻlovchilarini keltirish mumkin:
« موقعیکه ,هنگامیکه ,زمانیکه ,وقتیکهqachonki»
« بمجرد آنکه )اينکه( ,به محض آنکه )اينکه( ,همينکهdarhol», «zudlik bilan», «edaroq»
« تا, تااينکهto», «...gacha»
« مادامیکهqancha vaqtki», «...davomida»
« چونqachon», «...paytda»
)...« قبل از آنکه ,پيش از آنکه )اينکهdan oldin»
...« بعد از آنکه , پس از آنکهdan keyin» va boshqalar.
Payt ergash gaplar ayrim hollarda faqat bitta tobe bogʻlovchi yordamida ham
kiritilishi mumkin.
حالا هم که اين نوشته ها را می خوانی دلت هوايش کرده است اشک دور چشمهايت حلقه زده است
“Hozir, sen bu yozilganlarni oʻqiyotganingda, yuraging unga intilmoqda,
koʻzlaring esa yoshga toʻlib ketmoqda.”
Murakkab ergash gaplarning ushbu turida qoʻllanadigan bogʻlovchi ularning
sintaktik tuzilishiga, shuningdek, ergash gap kesimida feʼllarning maʼlum zamon va
mayllarda qoʻllanish zaruratiga taʼsir koʻrsatadi. Payt ergash gaplar bosh gapdagi
kesimni izohlaydi yoki vaqt holi bilan bogʻliq komponentning aniq maʼnosini ochib
beradi. Ularning joylashuvi ham turlicha boʻlishi mumkin: ular bosh gapdan oldin,
keyin yoki ayrim hollarda, kesim bilan bevosita bogʻliq boʻlganda, bosh gapning
oʻrtasida ham kelishi mumkin.
عوايد او حتی آن وقتيکه در شيراز بازپرس ساده ای بيش نبود زياد بود
“Uning daromadlari hattoki u Shirozda oddiy tergovchi boʻlgan paytda ham
yuqori edi.”
Keltirilgan murakkab gapda payt ergash gap murakkab bogʻlovchi ān vaqt-i-ke
yordamida kiritilgan boʻlib, u bosh gapga nisbatan interpozitsion holatda joylashgan.
Payt ergash gaplar bilan mos keluvchi koʻrsatish olmoshlari sifatida odatda ,وقت
“ موقع ,زمان ,هنگامvaqt” soʻzlari taʼkidlovchi qoʻshimcha bilan birga qoʻllanadi: vaqti, hangām-i, mowqeʼ-i.
کهbogʻlovchisi bilan kelgan payt ergash gaplari koʻpincha bosh gapdan keyin
keladi:
غروب بود که نعش زن بيست و دو ساله را به خانه آوردند
“22 yoshli ayolning jasadini uyga olib kelishganda, kech kirgan edi”.
Agar کهbilan kelgan payt ergash gaplari bosh gapdan oldin kelsa, unda bu
bogʻlovchi gapning boshida emas, balki ergash gapning biror ot aʼzosidan keyin keladi:
به ميدان که برگشت بوی خوراکيهای جور بجوربه مشامش رسيد
“U maydonga qaytganida, turli xil taomlarning hidi dimogʻiga urildi”.
کهbilan kelgan payt ergash gaplarini aniqlovchi ergash gaplardan farqlash lozim.
Chunki aniqlovchi ergash gaplar artiklsiz qoʻllanib, toʻgʻridan-toʻgʻri aniqlanayotgan
ot ortidan joylashadi. Bunday holatlarda qoʻshma gapning umumiy mazmuni va
fikrning yoʻnalishi asosiy hamda ergash gap oʻrtasidagi mantiqiy-grammatik
bogʻlanishni toʻgʻri aniqlash imkonini beradi
Harakatlarning bir vaqtda sodir boʻlishi. Bir vaqtda sodir boʻlish harakatlarning
toʻliq yoki qisman vaqt jihatidan mos kelishini bildiradi. Uni ifodalash uchun vaqt-ike, mowqeʼ-i-ke, hangām-i-ke, zamān-i-ke (qachonki), darhāl-i-ke, darzemn-e ān-ke
(in-ke) (shu paytda, shu vaqt ichida), tā (…gacha, …paytida), harvaqt-ke (har safar,
qachonki) va boshqa bogʻlovchilar qoʻllaniladi. Harakatlarning bir vaqtda sodir
boʻlishi hozirgi, kelasi va oʻtgan zamonning istalgan tabiiy yoki grammatik shaklida
kuzatiladi.
Qisman mos kelish holatida bosh gapdagi harakat ergash gapdagidan oldin
boshlanadi va uning davomiyligi ergash gapdagi harakat tugashi bilan cheklanadi.
Bunday vaqt ergash gaplari tāvaqt-i-ke, tāān-ke (in-ke) (to shu paytgacha, …gacha), tā
(…gacha) va tarkibida tā (to, gacha) predlogi mavjud boʻlgan boshqa bogʻlovchilar
bilan kiritiladi.
Harakatlarning vaqt jihatidan toʻliq mos kelishi har doim shunday ergash gapli
qoʻshma gaplarda kuzatiladiki, bunda ergash gap har koʻrsatish olmoshi ishtirokidagi
murakkab bogʻlovchi yordamida kiritiladi. Bunday hollarda bosh va ergash gaplarda
vaqt jihatidan takrorlanuvchi, bir vaqtda yuz beruvchi harakatlar ifodalanadi.
Harakatlarning ketma-ketligi (turli zamon munosabatlari). Turli zamon
munosabatlarini bildiruvchi qoʻshma gaplar orasida eng koʻp tarqalgani shunday
ergash gapli qoʻshma gaplardirki, unda bosh gapdagi harakat vaqt ergash gapdagi
harakatdan keyin yuz beradi. Bunday gaplarda ergash gap odatda quyidagi
bogʻlovchilar yordamida kiritiladi: vaqt-i-ke, mowqeʼ-i-ke, zamān-i-ke, hangām-i-ke,
baʼdazān-ke (in-ke), pasazān-ke, hamin-ke, bemahz-e ān-ke (in-ke), azzamān-i-ke,
azvaqt-i-ke va boshqalar.
Soʻnggi misolda turli zamon munosabatlari feʼl-kesimlarning turli zamon
shakllarida qoʻllanishi orqali ham ifodalanadi.
Agar bayon kelajak zamonga taalluqli boʻlib, unda taxmin yoki ehtimollik ohangi
mavjud boʻlsa, ergash gap feʼl-kesimi koʻpincha aorist (baʼzan boshqa subjunktiv
shakl)da, bosh gap feʼl-kesimi esa hozirgi-kelasi yoki qatʼiy kelasi zamonda qoʻllanadi.
Bunday ergash gapli qoʻshma gaplar oʻz maʼnosi va feʼl shakllarining qoʻllanilishiga
koʻra shart ergash gapli qoʻshma gaplarga yaqinlashadi. Shu sababli vaqt ergash
gaplarida, xuddi shart ergash gaplarida boʻlgani kabi, aorist oʻrniga koʻpincha oddiy
oʻtgan zamon shakli qoʻllanadi.
Bosh gapdagi harakatning ergash gapdagi harakatdan keyin kelishi eng ravshan
holda pasazān-ke (in-ke), baʼdazān-ke (in-ke) (shundan keyin, undan keyin)
bogʻlovchilari mavjud boʻlganda namoyon boʻladi. Bu bogʻlovchilar bilan kiritilgan
vaqt ergash gaplari odatda bosh gapdan oldin joylashadi.
hamin-ke, bemahz-e ān-ke (in-ke), bemojarrad-e ān-ke (in-ke) - «bilanoq»,
«darhol», «edar», «faqatgina» kabi bogʻlovchilar bilan tuzilgan qoʻshma ergash gaplar
doimo shunday boʻladiki, unda bosh gapdagi harakat vaqt ergash gapdagi harakatdan
keyin yuz beradi. Bu bogʻlovchilar ergash gapdagi harakatdan soʻng bosh gapdagi
harakatning tez sodir boʻlishini bildiradi. Odatda bunday bogʻlovchilar yordamida
kiritilgan ergash gaplar murakkab qoʻshma gapning boshida joylashadi.
Ergash gapdagi harakatning bosh gapdagi harakatdan oldin kelishini ifodalash
uchun shuningdek ке (qachon), tā (…paytgacha), tāān-ke (in-ke), tāvaqt-i-ke (to shu
paytgacha, …gacha) kabi bogʻlovchilar ham qoʻllanadi.
Agar bosh gapdagi harakat vaqt jihatidan ergash gapdagi harakatdan oldin sodir
boʻlsa, bunday murakkab qoʻshma gaplarda pišazān-ke (in-ke), qablazān-ke (in-ke)
(…dan oldin) kabi murakkab bogʻlovchilar ishlatiladi.
Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, payt ergash gaplar bosh gap bilan turli sintaktik
aloqalar orqali bogʻlanib, hodisalar va harakatlarning vaqtiy munosabatlarini aniq va
izchil tarzda ifodalaydi. Ularning shakllanishida bogʻlovchilar, zamon koʻrsatkichlari
va morfologik vositalar asosiy rol oʻynaydi. Tadqiqot davomida payt ergash gaplarning
bosh gapga bogʻlanish mexanizmlari, ular oʻrnatadigan semantik aloqalar, shuningdek,
gap ichidagi erkin va qisman erkin joylashuv imkoniyatlari batafsil tahlil qilindi.
Maqola natijalari shuni koʻrsatdiki, fors tilida payt ergash gaplar nafaqat grammatik,
balki stilistik jihatdan ham matnga boylik va aniqlik qoʻshadi.
ADABIYOTLAR
1. Akhmedova D., Tillashaykhova X. Stylistic features of verbs of speech in
persian newspapers. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. –
№ 10. -2019. P.46-50.
2. Пейсиков Л.С. Вопросы синтаксиса персидского языка. – М.: Изд. ИМО,
1959.
3. Рубинчик Ю.А. Грамматический очерк современного персидского языка.
Приложение к Персидско-русскому словарю в 2-х томах под ред.
Ю.А.Рубинчика. Изд. 3-е, стереотипное. – М.: Русский язык, 1985.
4. Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного
языка. – М.: Восточная литература РАН, 2001