ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekistonda alifbo o‘zgarishi va lotin yozuvini o‘qitishda metodologik yondashuvlar

İbrahim Kuş

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OʻZBEKISTONDA ALIFBO OʻZGARISHI VA LOTIN YOZUVINI
OʻQITISHDA METODOLOGIK YONDASHUVLAR

İbrahim Kuş,
sanʼatshunoslik fanlari doktori,
Süleyman Demirel universiteti dotsenti,

Turkiya
https://zenodo.org/records/17339485

Annonatsiya. Ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda lotin alifbosiga oʻtish jarayoni va
bu oʻzgarishning sanʼat taʼlimi hamda kaligrafiya oʻqitishidagi ahamiyatini oʻrganadi.
Tarixan arab va kirill alifbolari qoʻllanilgan Oʻzbekistonda lotin asosidagi yozuvni
qabul qilish til, madaniyat va milliy oʻzlikni shakllantirishda mühim rol oʻynagan.
Tadqiqotda lotin alifbosining estetik qoidalari va kaligrafiya usullarini taʼlim tizimiga
integratsiyalash boʻyicha tavsiyalar taqdim etilgan. Boshlangʻich taʼlimdan
universitetgacha, oʻqituvchilarni tayyorlashdan kattalar kurslarigacha tatbiq etilishi
mumkin boʻlgan metodologiyalar muhokama qilingan. Natijada, lotin yozuvini toʻgʻri,
estetik va tizimli oʻqitish Oʻzbek yozuv madaniyatini mustahkamlashga va sanʼat
taʼlimiga doimiy hissa qoʻshishga xizmat qiladi.

Kalit soʻzlar: lotin alifbosi, oʻzbek alifbosi, alifbo oʻzgarishi, badiiy taʼlim,
kaligrafiya, xattotlik, yozuv madaniyati.

Abstract. This study examines the transition to the Latin alphabet in Uzbekistan
and its significance for art education and calligraphy instruction. Historically,
Uzbekistan used the Arabic and Cyrillic alphabets, and the adoption of a Latin-based
script played a critical role in language, culture, and identity. The study presents
recommendations for integrating the aesthetic principles of the Latin alphabet and
calligraphy methods into the education system. Methodologies applicable to areas from
primary school to university, from teacher training to adult education are discussed.
Ultimately, the artistically accurate, aesthetic, and systematic teaching of Latin script
will strengthen the culture of Uzbek letter design and make lasting contributions to art
education.

Keywords: latin alphabet, uzbek alphabet, alphabet change, art education,
calligraphy, script culture.

Oʻzbek xalqı qadim tarixi bilan joylashgan hududda asrlar davomida yashab
kelgan turkiy xalqlardan biridir. Asrlar davomida Islom harflari (arab alifbosi)
qoʻllanilgan. Shu bilan birga, ushbu alifbo bilan yozilgan qoʻlyozmalarning bugungi
kungacha yetib kelgan namunalari ilm va madaniyat sohalarida muhim iz qoldirgan.

Oʻzbekistonda alifbo oʻzgarish jarayonlari jamiyat va madaniy oʻzgarishlar bilan
bevosita bogʻliq boʻlgan. Arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtish dastlab 1920-yillarda
til va milliy oʻzlik masalalari bilan bogʻliq bahs-munozaralar orqali boshlangan, 1940-
yillarda esa Sovetlar taʼsiri ostida kirill alifbosiga qaytilgan, 1990-yillarning boshida
mustaqillikdan soʻng esa lotin asosidagi alifbo yana qayta joriy etilgan.

1926-yilning iyun oyida Oʻzbekiston Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi tomonidan lotin
alifbosiga asoslangan yangi alifboni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. 34
harfdan iborat ushbu alifboga oʻtish 1930-yilning birinchi yarmida toʻliq amalga
oshirilgan, biroq ushbu alifbo uzoq muddat davomida qoʻllanilmagan (Gʻulomova va
boshq., 2007:7).

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini eʼlon qilishgacha boʻlgan davrda rasmiy
alifbo sifatida kirill alifbosi ishlatilgan. Mustaqillik eʼlon qilingach, lotin alifbosiga
asoslangan oʻzbek alifbosi bilan bogʻliq ishlar yana kun tartibiga chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2–3 sentyabr kunlari
oʻtkazilgan 12-davri 13-yigʻilishida "Lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek alifbosini
qabul qilish toʻgʻrisida" qaror qabul qilingan. "Oʻzbek tili asosiy imlo qoidalari"ni
yangilash jarayonida alifbodagi baʼzi harflarning shakllari boʻyicha fikrlar bildirildi.
Shu asosda "Lotin alifbosiga asoslangan Oʻzbek alifbosini qabul qilish toʻgʻrisida"
qarorda oʻzgartirish kiritishga qaror qilingan (Gʻulomova va boshq., 2007:7).

Qabul qilingan ushbu qonun bilan yangi oʻzbek alifbosini 1995-yildan boshlab
boshlangʻich maktablarda joriy etish va keyinchalik bosqichma barcha taʼlim
darajalariga kengaytirish rejalashtirilgan. 1996-yil 1-sentyabrdan boshlab boshlangʻich
maktablarning birinchi sinflarida ushbu yangi alifbo yordamida oʻqish va yozish
boshlangan. Shu bilan birga yangi darsliklar chop etilgan va 2005-yilda universitet
bitiruvchilarining diplomlari ilk bor ushbu alifboga muvofiq tayyorlangan. 2005-yil 1-
sentyabrdan boshlab esa butun Oʻzbekistonda alifbo qoʻllanilishi maqsad qilingan
(Yeshmetova: 2020).

Shunga oʻxshash holat Turkiyada ham yuz bergan. Usmonli davlati inqirozidan
soʻng tashkil etilgan Turkiya Respublikasi 1928-yil 1-noyabrda qabul qilingan “1353-
sonli Turk harflarini qabul qilish va tatbiq etish toʻgʻrisidagi qonun” orqali lotin
alifbosiga oʻtgan (Kuş, 2018:44). Yangi alifboning yozilishi va oʻqitilishi bilan bogʻliq
ehtiyojlar sababli Emin Barın va Sait Yada Germaniyaga yuborilgan, kaligrafiya
sanʼati boʻyicha taʼlim olganlar (Sarıkavak, 2005:133). Keyinchalik ular Istanbul va
Ankara shaharlaridagi universitetlarda ushbu yozuvni oʻqitish bilan shugʻullanganlar.

Oʻzbekistonda ham shunga oʻxshash holat yuzaga kelgan boʻlib, lotin alifbosiga
asoslangan yangi alifbo tizimiga oʻtish bilan bir qancha muammolar paydo boʻlgan.
Oʻzbekistonda kirill alifbosi qoʻllanilgan davrlarda boshqa lotin kelib chiqishli chet
tillarning taʼlimida lotin alifbosi ishlatilgan. Garchi ushbu yozuv tizimiga odatlangan
deb hisoblansa ham, qoʻlyozma asosida bu yozuvning sanʼatkorona shakllarini oʻqitish
bilan bogʻliq ayrim metodlarning belgilanishi katta ahamiyatga ega.

Lotin alifbosi ham boshqa alifbo tizimlaridek ichida maʼlum qoidalarni oʻz ichiga
olgan tizimdir. Har qanday yozuv tizimida boʻlgani kabi, lotin yozuv tizimida ham nafaqat
oʻqilishi, balki chiroyli yozilishi muhimdir. Anatomik va kompozitsiya qoidalari hamda
estetik talablar sifatida ataladigan ushbu qoidalar kaligrafiya deb nomlangan chiroyli
yozuv sanʼatining asosini tashkil etadi. Matbaa kashf etilishidan oldin va keyin
qoʻllanilgan ushbu yozuv asrlar davomida rivojlanib, oʻz ichida mukammallashgan deb
aytish mumkin. Shu nuqtai nazardan, lotin yozuvini tashkil etuvchi anatomik va
kompozitsiya qoidalari, estetik talablar kabi koʻplab jihatlar boʻyicha qoidalar Yevropada
ishlab chiqilgan va lotin yozuv tizimidan foydalangan barcha mamlakatlarda ushbu
metodlar tatbiq etilgan. Shuning uchun Oʻzbekistonda oʻzbek alifbosiga yangi kiritilgan

harflar bilan birga ushbu qoidalarni oʻqitish zarur. Bu jarayon uzoq vaqt talab qiladigan
masala boʻlgani hisobga olinsa, toʻgʻri metodologiya qoʻllanilsa, ushbu muddatni
qisqartirish imkoniyati mavjud.

Oʻzbekistonda kaligrafiya taʼlimini kengaytirish va tizimli metodologiyaga asoslash
boʻyicha tavsiyalar quyidagilardan iborat:

1. Avvalo, lotin alifbosidan foydalanuvchi mamlakatlardagi mutaxassislar bilan
hamkorlikda kaligrafiya taʼlimi qanday boʻlishi kerakligi boʻyicha metodologiya ishlab
chiqilishi zarur.

2. Tasviriy sanʼatlar fakultetlarining grafik dizayn kabi tegishli yoʻnalishlaridagi
akademiklar lotin kaligrafiyasi boʻyicha nazariy va amaliy taʼlimdan oʻtkazilishi lozim.

3. Tasviriy sanʼatlar fakultetlarining oʻquv rejasiga kaligrafiya darslari kiritilib,
malakali yozuvchilar yetishtirilishi kerak.

4. Dunyo kaligrafiya adabiyotlari asosida oʻzbek tilida kaligrafiya tarixi, qoidalari,
material va yozuv texnikalarini oʻz ichiga olgan darsliklar tayyorlanishi zarur.

5. Taʼlim sohasida foydalaniladigan kaligrafiya va qoʻlyozma materiallarini chop
etish va tarqatish uchun davlat idoralari bilan xususiy nashriyotlar hamkorlik qilishi kerak.

6. Boshlangʻich va oʻrta taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar Oʻzbekistonda
taʼlim olgan akademiklar tomonidan tayyorlanishi lozim.

7. Boshlangʻich maktablar oʻquv dasturiga chiroyli yozuv darsi kiritilishi,
bolalarning darajasiga mos chiroyli yozuvni oʻrgatishga doir kitoblar chop etilishi zarur.

8. Kaligrafiya taʼlimi dasturlarining samaradorligini oʻlchash uchun muntazam
soʻrovnomalar, imtihonlar va natijalarni baholash oʻtkazilishi, natijalarga koʻra oʻquv
dasturi yangilanib turishi kerak.

9. Kaligrafiya taʼlimida foydalaniladigan qogʻoz, ruchka, siyoh kabi
materiallarning standartlari belgilanishi, talabalarga ushbu vositalarni yetkazish
osonlashtirilishi lozim.

10. Universitetlar tarkibida lotin alifbosida kaligrafiya tadqiqotlari olib boradigan
markazlar tashkil etilishi, fanlararo loyihalar qoʻllab-quvvatlanishi kerak.

11. Lotin kaligrafiyasi boʻyicha akademik maqola, dissertatsiya va tadqiqotlar
ragʻbatlantirilishi, adabiyot boyitilishi zarur.

12. Kattalar uchun tegishli muassasalar tomonidan bepul chiroyli yozuv va
kaligrafiya kurslari tashkil etilishi lozim.

13. Oʻqituvchilar va sanʼatkorlar uchun rasmiy eʼtirof etilgan kaligrafiya
mutaxassisligi sertifikatini beradigan dasturlar tashkil qilinishi zarur.

14. Xalqaro kaligrafiya assotsiatsiyalari va institutlari bilan hamkorlik yoʻlga
qoʻyilib, Oʻzbekiston tajribalari dunyo bilan oʻrtoqlashilishi, shuningdek yangi
yondashuvlar mamlakat mutaxassislariga yetkazilishi lozim.

15. Lotin alifbosida kaligrafiya va chiroyli yozuv taʼlimini ragʻbatlantirish
maqsadida televideniye, radio va internet asosidagi taʼlim va targʻibot dasturlari ishlab
chiqilishi, keng jamoatchilikka yetkazilishi kerak.

Oʻzbekistonda lotin alifbosiga oʻtish jarayoni faqat yozuv tizimining oʻzgarishi
emas; shu bilan birga milliy oʻzlikni qayta tiklash, madaniy xotirani saqlash va zamonaviy
dunyoga integratsiya jarayonining bir qismi sifatida qaralishi lozim. Tarix davomida arab,
lotin va kirill alifbolarining navbatma-navbat ishlatilishi, yozuv tizimi jamiyat va siyosiy
kontekstdan ajralmaganligini koʻrsatadi. Lotin asosidagi oʻzbek alifbosining qabul

qilinishi taʼlim, ilm-fan va sanʼat sohalarida uzoq muddatli taʼsirlarni keltirib chiqaradigan
muhim qadam hisoblanadi.

Alifbo oʻzgarishlarining eng muhim jihatlaridan biri yozuvning estetik va
sanʼatkorona tomonidir. Lotin alifbosi nafaqat oʻqish-va-yozish taʼlimida, balki chiroyli
yozuv va kaligrafiya kabi sanʼat tarmoqlarida ham qoʻllanilishi orqali jamiyat
madaniyatining chuqurlashishiga hissa qoʻshadi. Estetik qoidalar bilan birga
oʻrgatilganda, yozuv faqat aloqa vositasi boʻlib qolmay, balki sanʼatkorona ifoda shakliga
aylanishi mumkin. Oʻzbekistonning lotin alifbosi asosida olib borayotgan bu oʻzgarishi
shuningdek xalqaro yozuv madaniyatlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratadi.

Ushbu tadqiqotda taqdim etilgan tavsiyalar, kaligrafiya taʼlimini turli darajalar va
turli maqsadli auditoriyalarga mos ravishda rejalashtirish mumkinligini koʻrsatadi.
Boshlangʻich maktabdan universitetgacha, oʻqituvchilar tayyorlashdan kattalar
kurslarigacha keng doirada tatbiq etiladigan dasturlar orqali lotin alifbosining estetik qismi
jamiyat uchun foydali natijaga aylanishi mumkin. Shuningdek, akademik tadqiqotlarni
ragʻbatlantirish, ilmiy markazlar tashkil etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali
Oʻzbekiston ushbu sohada mintaqaviy yetakchi maqomiga erishishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, lotin alifbosining oʻzbek alifbosi asosida qabul qilinishi
jarayonida kaligrafiya taʼlimi faqat pedagogik zarurat emas; balki madaniy oʻzlikni
saqlash, sanʼatkorlik salohiyatini rivojlantirish va global yozuv madaniyatlari bilan
integratsiya yoʻlidir. Tavsiya etilgan metodologik qadamlarning amalga oshirilishi
nafaqat taʼlim sifatini oshiradi, balki Oʻzbek yozuv madaniyatining kelajagini
kafolatlaydi. Shu orqali Oʻzbekiston oʻtgan bilan kelajak oʻrtasida koʻprik quruvchi,
estetik jihatdan boy va oʻzlikka asoslangan yozuv tizimini institutsionalizatsiya qilish
imkoniyatiga ega boʻladi.

ADABIYOTLAR
1. X.GʻuIomova, Sh.Yoʻldosheva, G.Mamatova, H.Boqiyeva, N.Sobirova,
Husnixat va Unı Oʻqitish Metodikasi, Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta
Maxsus Taʼlim Vazirligi, 2007, 75.
2. Balzhan Yeshmetova, Özbekistanʼın Latin Alfabesine Geçiş Süreci Ve Alınacak
Dersler, Avrasya Araştırma Enstitüsü, Kazakistan, 2020, https://eurasianresearch.org/wp-content/uploads/2020/11/Haftalik-e-bulten-26.10.2020-01.11.2020-No-
278.pdf
3. İbrahim Kuş, Hat Sanatındaki Makıli ve Kufi Yazıların Latin Yazı ve
Tasarımlarındaki Yansımaları, Yayınlanmamış Yüksek Lisans Tezi, SDÜ Güzel Sanatlar
Enstitüsü, Isparta, 2018.
4. Namık Kemal Sarıkavak, Sayısal Tipografi: 2 Batıʼda ve Ülkemizde Sayısal Harf
ve Font Tasarımcıları, Başkent Üniversitesi Yayınları, Ankara, 2005.