ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Turli tizimdagi tillarda taqlid so‘zlar yordamida olamning lisoniy manzarasini ifodalanishi

Umurzakova Gulchexra Egamberdiyevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TURLI TIZIMDAGI TILLARDA TAQLID SOʻZLAR YORDAMIDA
OLAMNING LISONIY MANZARASINI IFODALANISHI

Gulchexra Umurzakova,
Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi katta oʻqituvchisi, PhD

gulidil425@gmail.com
https://zenodo.org/records/17339636

Annotatsiya. Taqlid soʻzlardan misollar turli tizimdagi tillarda farqlanishiga
olamning lisoniy manzarasini obrazli metaforik soʻzlar, oʻxshatishlar, konnotativ
soʻzlar, stereotiplar, ramzalar vositasida yaratiladi. Har qanday til oʻzida mazkur til
egasining dunyoqarashini belgilaydigan va olam manzarasini shakllantiradigan milliy,
oʻziga xos xususiyatlar tizimini mujassamlashtiradi.

Kalit soʻzlar: turli tizimdagi tillarda, taqlid soʻzlar, olamning lisoniy manzarasi,
metaforik soʻzlar, stereotiplar.

Abstract. The article analyzes the division of onomatopoeia as a separate part of
speech, lexical and semantic features, communicative-pragmatic characteristics, their
derivations; general study of imitative words in the Uzbek and English linguistics;
pragmatically, semantic, syntactic peculiarities; capacities to build new words, a role
in a sentence, the ways to combine with other members of the sentence.

Keywords: imitative words, phenomenon, onomatopoeia, sound, morphological,
pragmatical.

Turli tizimdagi tillar, xususan, oʻzbek, ingliz va rus tillarida taqlid soʻzlar
muayyan tovush yoki obrazga taqlidni anglatishiga koʻra umumiy xususiyatga ega
boʻlsa-da, bu tillarda ular fonetik, struktur jihatdan farqlanadi. Bunga oʻzbek, ingliz,
rus xalqlarining tovushlarni idrok etishi va uni tilda aks ettirishda foydalangan milliy
tilining ichki xususiyatlari taʼsir koʻrsatadi.

Quyidagi jadvalda oʻzbek, ingliz va rus tillarida taqlid soʻzlar qiyosi keltirilgan:
1-jadval
Oʻzbek, ingliz va rus tillarida taqlid soʻzlar qiyosi

Rus tilida Oʻzbek tilida Ingliz tilida Izoh
taqlid taqlid
Inga-inga Bola yigʻisi
1 Уа-уа Vov-vov /wah-wah/ It akillashi
2 Гав-гав Shuv-sh-sh /wu:f / Shamol hurishi
3 Ш-ш-ш-ш Chir-chir /ʃ ʃ/ /S S/ swish Qush sayrashi
4 Чик-чирик /tʃrip tʃrip/ /tʃip
Vish-vush tʃip/ Noaniq tovushlar
5 Виш-виш Chiy-chiy /bʊzz bʊzz/ Joʻja chiyillashi
6 Чирк-чирк Chiq-chiq /klak-klak/ Soat tovushi
7 Тик-так /click-clock/

8 Kу-ка-ре-ку Qu-qu-ru-qu /cock-a-doodle- Xoʻroz qichqirigʻi

doo/

9 Mу-му Moʻ -moʻ /moo moo/ Sigir maʼrashi

10 Треск, шик Buh, tirs / bæng/ / boom/ Sinish, portlash

11 Кар-кар Qaq-qaq /kaʊ kaʊ/ Qargʻa tovushi

12 Ах, Ох Oh-voy /oʊtʃ/ /ah/ Ogʻriqdan ingrash

13 Иа-иа Yo-yo /hi: haʊ/ Eshak hangrashi

14 Зинг-зинг Jiring-jiring /di:ng dʊng/ Eshik jiringlashi

15 Кап-кап Tin-ting /dri:p drap/ Suv tomchisi

16 Кря-кря Gʻaq-gʻaq /kʊæk kʊæk/ Oʻrdak ovozi

17 Ням-ням Ham-ham /yum yum/ Ovqat yeganda

chapillash

18 Тук-тук Duk-duk /ba bʊmp/ Yurak urushi

19 Муах-муах Choʻlp-choʻlp /mwah/ /Smu:tʃ/ Oʻpish

20 Тук-тук Taq-taq /nʌk nʌk/ Eshik taqillatishi

21 Ха-ха-ха Хе-хе /ha ha/ Kulish

22 Мяу-мяу Миёв-миёв /miju miju/ Mushuk ovozi

23 Апчи Apchu /æti:shoo/ /ætʃoo/ Aksirish

24 Хр-хр Xur-xur /zzz…/ Xurrak otish

25 Бе-бе Ba-ba /bææ… bææ/ Qoʻy baʼrashi

E.Dofs fikricha, hayvonlarning tovushlari, masalan, barcha mamlakatlarda bir xil,

ammo turli tizimdagi tillarda ifodalash usuli farqli1.

Hayvonlarning turli xil tovushlari, tillarning turli fonologik yoki morfologik

tizimlari tufayli boʻlishi mumkin. Koʻrinadiki, turli tizimdagi tillardagi fonemalar har

xil fonologik tizim tufayli jadvalga nisbatan turli xil maʼnolarga ega boʻlsa-da,

undoshlarda ham, unlilarda ham farq bor koʻrinadi. Ikki tilda maʼno ozmi-koʻpmi bir

xil. Tadqiqot doirasida biz turli tizimdagi tillarning baʼzi onomatopoeik harakatlari,

ayniqsa, hayvonlarning turlari, har bir tilning turli fonologik yoki morfologik tizimlari

bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan hayvonlarning ovozlariga nisbatan bir-biridan

farq qiladi degan xulosaga keldik. Ushbu tadqiqotga koʻra, biz nafaqat onomatopeya

va alliteratsiyadan, balki tovush imkoniyatlaridan ham foydalanishimiz mumkin.

Har bir xalq oʻzicha koʻradi, eshitadi, zavqlanadi. Misol uchun chittak degan qush

nomini olaylik. Bu qushni nomlashda oʻzbek xalqi uning harakatini asos qilib olgan.

Bu qush tez harakat qiladi (“chit-chit”), oʻzbek shu harakatni dastlab koʻrgan boʻlsa,

rus kishisi bu qushning rangini dastlab koʻrgan. U ana shu rangni nomga asos qilib

olib, ayni qushni “ sinitsa” deb nomlagan. Yoki oʻzbek tovuqning bolasi chiqaradigan

tovushni “jip-jip” tarzida eshitadi, shuning uchun uni joʻja deb ataydi. Rus esa “sip-

sip” deb eshitgani uchun uni “siplyonok” soʻzi bilan ataydi. Bu juda oddiy misollar,

aslida har bir xalqning dunyoni oʻzicha koʻrishi va eshitishi, idrok etishi behad

murakkab tarzda kechadi2.

1 Dofs E, 2008. Onomatopoeia and Iconicity (A Comparative Study of English and Swedish Animal
Sounds). MA Thesis, Karstads University. Falk JS, 1978. – 28 р.
2 Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент, 2012.– Б. 13.

1-Jadvalda berilgan taqlid soʻzlardan misollar turli tizimdagi tillarda farqlanishiga
olamning lisoniy manzarasini obrazli metaforik soʻzlar , oʻxshatishlar , konnotativ
soʻzlar, stereotiplar, ramzalar va h.k. vositasida yaratiladi. Har qanday til oʻzida
mazkur til egasining dunyoqarashini belgilaydigan va olam manzarasini
shakllantiradigan milliy, oʻziga xos xususiyatlar tizimini mujassamlashtiradi .

Turli tizimdagi tillar, xususan, oʻzbek, ingliz va rus tillariga mansub bu kabi taqlid
soʻzlar nutq egasining kommunikativ maqsadi bilan bogʻliq holda turli pragmatik
maʼnolarga ega boʻladi. Bu holat ularni pragmalingvistik aspektda oʻrganish
lozimligini koʻrsatadi.

Darhaqiqat, taqlid soʻzlarning nutq vaziyati, kontekstda reallashuvchi pragmatik
xususiyatlari soʻzlovchining kommunikativ maqsadi asosida yuzaga chiqadi.
Soʻzlovchi nutqida taqlid soʻzlardan foydalanar ekan, ularga kommunikativ maqsadi
asosida muayyan pragmatik vazifa yuklaydi. Natijada taqlid soʻzlar turli pragmatik
maʼnolarga ega boʻladi.

D.Lutfullayeva va L.Boboxonovlar oʻzbek tilidagi ayrim taqlid soʻzlarning
pragmatik xususiyatini tekshirib, ularning quyidagi vaziyatlarda pragmatik vazifa
bajarishini qayd etishgan: “… oʻzbek tilida taqlid soʻzlar: a) deyktik (ishoraviy)
xususiyati asosida nutqda pragmatik vazifa bajaradi: b) nutq subyektining voqelikka
baho munosabatini ifoda etganda pragmatik vazifa bajaradi; с) nutqiy muloqot
jarayonida nutq subyektining kommunikativ niyatiga bogʻliq holda yashirin
propozitsiyaga ishora qilish vazifasi yuklatilganda pragmatik vazifa bajaradi”1.

Anglashiladiki, taqlid soʻzlarning pragmatik vazifaga ega boʻlishi asosiy hollarda
inson omili bilan bogʻliq. Taqlid soʻzlar deyktik xususiyatli birliklar boʻlganligi uchun
ular oʻzi bogʻlangan predmetlarga bevosita ishora qila oladi. Bu oʻrinda taqlid soʻzlar
toʻgʻridan-toʻgʻri pragmatik xususiyatini namoyon qiladi.

Taqlid soʻzlarning qayd etilgan pragmatik vazifalari boshqa tillar, xususan, ingliz,
rus tillaridagi taqlid soʻzlar uchun ham xos. Biroq taqlid soʻzlar boshqa til birliklari
kabi til egalarining milliy-madaniy xususiyatlari, ruhiy holati, kommunikativ niyati
bilan bogʻlanishi sababli turli tillarda taqlid soʻzlarning pragmatik maʼnolarida farqli
jihatlar kuzatiladi.

Taqlid soʻzlarning pragmatik xususiyatlaridan biri nutq egasining baho
munosabatini ifodalashda qoʻllanishida namoyon boʻladi. Nutq egasining muayyan
nutq vaziyatida taqlid soʻzlar orqali voqelikka salbiy yoki ijobiy bahosining
ifodalanishi koʻplab taqlid soʻzlar uchun xarakterli pragmatik belgi hisoblanadi.
Ammo barcha taqlid soʻzlar ham nutq egasining subyektiv munosabatini ifoda
etavermaydi. Shunga qaramay, har bir tildagi taqlid soʻzlar shu til egalarining tovush
yoki koʻrinish (obraz)ni qanday idrok etishi haqida toʻliq maʼlumot bera oladi.
Boshqacha aytganda, taqlid soʻzlarda til egalarining borliqdagi tovush yoki koʻrinish
(obraz)ni fahmiy idrok etishi lisonda oʻz milliy manzarasiga ega boʻladi.

1. Kelin uzatildi. Kelin yigʻi boshladi: – Uvv-uvvv-uvvv... (Т.Мurod. “Оydinda
yurgan odamlar”)

2. Jiyani belidan qoʻshqoʻllab quchoqlab olmish kelin eshitilar-eshitilmas yigʻlab
bordi: – Uvv-uvv-uvv... (Т.Мurod. “Оydinda yurgan odamlar”)

1 Лутфуллаева Д., Бобохонов Л. Ko‘rsatilgan maqola. – B. 29.

Misollarda berilgan Uvv-uvvv-uvvv... taqlid soʻzi yigʻiga ishora boʻlib, oʻzbek
milliy lingvomadaniyatida qizbolaning ota uyidan uzatilib sevgan yoriga turmushga
chiqsa ham, yigʻilab uzatilib ketishi koʻrsatiladi. Bu holat ingliz yoki rus madaniyatiga
xos emas. Yozuvchi taqlid soʻzlarning redublikatsiya (takror) qoʻllashi orqali matnda
vaziyatga emotsional bahoni kuchaytirgan.

Turli tizimdagi tillar, xususan, oʻzbek, ingliz va rus tillarida taqlid soʻzlarning
nutq egasining voqelikka munosabatini ifodalashida 2 holat kuzatiladi:

1) ayrim taqlid soʻzlar hosil qilinishining oʻzidayoq til egalarining subyektiv
munosabatini ham qamrab oladi;

2) taqlid soʻzlarga nutq jarayonida subyektiv munosabat yuklanadi.
Birinchi turga mansub taqlid soʻzlar tabiiy asosda til egalarining subyektiv baho
munosabatini ham aks ettiradi. Bunday turdagi taqlid soʻzlarning hosil boʻlishida
quyidagi omillarni farqlash mumkin:
1. Baʼzan insonning begona tovush yoki biror koʻrinish (obraz)ga taqlid qilishi
unga maʼqul boʻlmasligi yoki, aksincha, juda xush kelishi mumkin. Inson bunday
tovush va koʻrinish (obraz)ni tilda voqelantirar ekan, unga nisbatan subyektiv
munosabatini ham ifoda etadi. Masalan, choʻchqa yoki eshak tovushiga taqlid bu
tovushni xushlamaydigan til egalarida salbiy munosabatni hosil qilishi mumkin.
2. Til egalari tomonidan salbiy assotsiatsiyalarni hosil qiluvchi narsa-predmetlar
tovushiga nisbatan hosil qilingan taqlid soʻzlarda salbiy baho, oʻz navbatida, insonda
ijobiy assotsiatsiyalarni hosil qiluvchi narsa-predmetlar tovushi, koʻrinish (obraz)iga
nisbatan hosil qilingan taqlid soʻzlarda ijobiy munosabat aks etadi. Masalan, oʻzbek
lingvomadaniyatida qargʻa, ilon salbiy assotsiatsiyalarni hosil qiladi. Ularning
tovushiga nisbatan hosil qilingan qarr-qarr, vish-vish taqlid soʻzlari ham salbiy baho
munosabatini ifoda etadi. Yoki mingʻir-mingʻir, choʻlp-choʻlp, bigʻ-bigʻ, tars-turs kabi
taqlid soʻzlar ham bevosita salbiy munosabatni aks ettiradi. Bu taqlid soʻzlar hosil
boʻlishidayoq ularga baho munosabati qoʻshiladi.
Ingliz tilida ham bu tipdagi taqlid soʻzlar mavjud. Masalan, posh! taqlid soʻzi
narsaga, insonga nisbatan nafratni ifodalashda ishlatiladigan tovushga taqlid soʻz
sanaladi. Xuddi shunday, pish! taqlid soʻzi ham nafrat semasiga ega tovushga nisbatan
hosil qilingan taqlid soʻz hisoblanadi. Bu soʻzlar bevosita salbiy munosabatni
ifodalovchi taqlid soʻzlardir.
Ingliz tilidagi to sniff (burnini tortganda chiqadigan tovushga taqlid), to champ
(ovqat chaynaganda chiqadigan tovushga taqlid), to gulp (ovqat yutganda, suv
hoʻplaganda chiqadigan tovushga taqlid), to splutter (boʻgʻilib qolganda chiqadigan
tovushga taqlid), to spit (tuflaganda chiqadigan tovushga taqlid), ugh yoʻtalganda
chiqadigan tovushga taqlid), pas (chaynash tovushiga taqlid), to sneeze (aksirganda
chiqadigan tovushga taqlid), to bark (yoʻtalganda chiqadigan qoʻpol boʻgʻiq tovushga
tadlid), to sibilate (shivirlaganda chiqadigan tovushga taqlid) soʻzlar ham mavjudki,
ular qanday hodisaga nisbatan hosil qilinganligi yoki nutq egasining ulardan
foydalanishda koʻzlagan maqsadi asosida salbiy yoki ijobiy munosabatni ifodalashda
qoʻllana oladi.
Oʻzbeklar tomonidan ijobiy hodisa sifatida qabul qilinuvchi, asosan, bolalar
uyqusi vaqtida hosil boʻladigan pish-pish tovushiga taqlidni bildiruvchi soʻz yoki
kulish jarayoniga xos qah-qah taqlid soʻzlari esa bevosita ijobiy munosabatni ifoda

etadi. Rus tilidagi ха-ха-ха, хи-хи-хи, уф soʻzlari ham tovushni ifoda etish bilan birga,
subyektiv munosabatni ham qamrab oladi. Bu soʻzlar anglatgan tovushlar inson hissiy
kechinmasi (kulgisi, iztirobi) jarayonida hosil boʻlishi sababli ularni ifoda etuvchi
taqlid soʻzlarda bevosita subyektiv munosabat ham aks etadi. Shu bois rus
tilshunosligidagi ayrim manbalarda bu tipdagi taqlid soʻzlar undov soʻzlarga ham
kiritiladi1.

Anglashiladiki, ayrim taqlid soʻzlar tovush yoki koʻrinish (obraz)ni anglatish
bilan birga, til egasining bu tovushga salbiy yoki ijobiy munosabatini ham aks ettiradi.

Xullas, taqlid soʻzlarga xos boʻlgan yuqorida qayd etilgan pragmatik vazifalar
ingliz va rus tillaridagi taqlid soʻzlarga ham tegishlidir. Biroq turli tizimdagi tillarga
mansub undov soʻzlar presuppozitsiya hisobiga matnni semantik jihatdan boshqa til
birliklari kabi, taqlid soʻzlar ham til egalarining milliy-madaniy xususiyatlari, ruhiy
holati va kommunikativ niyati bilan chambarchas bogʻliq boʻlgani sababli, turli tillarda
ularning pragmatik maʼnolari orasida muayyan farqlar yuzaga keladi.

ADABIYOTLAR
1. Arutyunova N.D. Tipi yazikovix znacheniy. Otsenka. Sobitie. Fakt. − M.,
1988. −248.
2. Baranov A.G. Funksionalno−pragmaticheskaya konsepsiya teksta. − Rostov na
Donu, 1993. −324.
3. Belyaeva I. V. Pragmaticheskoe soderjanie kolichestvennoy otsenki: Diss. ...
kand. filol. nauk. − Rostov na Donu, 2005. −148.
4. Bogdanov V.V. Lingvisticheskaya pragmatika i yee prikladnie aspekti//
Prikladnoe yazыkoznanie. Spb.: Izd−vo SPbGU, 1996. −276.
5. Boldirev N.N. Kognitivnaya semantika. Tambov: Izd−vo TGU im. Derjavina
G.R., 2000. − 110.
6. Dofs E. 2008. Onomatopoeia and Iconicity (A Comparative Study of English
and Swedish Animal Sounds). MA Thesis, Karstads University. Falk JS, 1978. – 28.
7. Lutfullayeva D.E. Oʻrniga koʻmakchili konstruktsialar presuppozitsiyasi //
Oʻzbek tili va adabiyoti.– Тоshkent. 1996. – №5. – Б. 46-48.
8. Маhmudov X.N. Tilimizning tilla sandigʻi.– Тоshkent, 2012.– 13.
9. Volek B. Tipologiya emotivnix znakov // Yazik i emotsii / Otv. red. V.I.
Shaxovskiy. Volgograd: Peremena, 1995.−24.
10. Van Sinsin. Мejdometiya I zvukopodrajaniya russkogo yazika (v
funktsionalnom sootnesenii s kitayskim): Diss.kan.fil.nauk.– Belgorod, 2016. –174.

1 Ван Синсинь. Междометия и звукоподражания русского языка (в функциональном
соотнесении с китайскими): Дисс. … канд. филол. наук. – Белгород, 2016. – С. 174.