ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Mubtado va xabar sintaktik birlik sifatida: arab tilshunosligida tahlil

Ikromjonov Akmaljon Makhmudjonovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUBTADO VA XABAR SINTAKTIK BIRLIK SIFATIDA: ARAB
TILSHUNOSLIGIDA TAHLIL

Akmaljon Ikromjonov,
Oriental universisteti Tillar-1 kafedrasi dotsenti

https://zenodo.org/records/17339646

Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tili sintaksisining markaziy masalalaridan
biri boʻlgan jumlah ismiyya tarkibidagi mubtado va xabar unsurlarining nazariy hamda
amaliy xususiyatlari tahlil qilingan. Mubtado va xabarning taʼrifi, grammatik jihatlari,
oʻzaro moslashuv qoidalari, hazf qilinadigan holatlari va istisno jihatlari keng
yoritilgan. Shuningdek, ular bilan bogʻliq boʻlgan afʼоl-i noqisa qoʻllanishi ham koʻrib
chiqilgan. Maqolada nahv ilmi manbalariga asoslanilgan holda qoidalar izohlangan va
turli misollar orqali amaliy koʻrinishi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot arab tili
sintaksisini chuqurroq oʻrganish, mubtado va xabarning mazkur tizimdagi oʻrnini
anglashga xizmat qiladi.

Kalit soʻzlar: oʻzbek tilida: arab tili sintaksisi, jumla ismiyya, mubtado, xabar,
nahv qoidalari, grammatik tahlil.

Abstract. This article analyzes the theoretical and practical aspects of mubtadā
and khabar, the central components of the jumlah ismiyya in Arabic syntax. The study
discusses their definitions, grammatical features, agreement rules, cases of omission,
and exceptional usages. The application of defective verbs (afʼāl nāqiṣa) in relation to
these elements is also examined. Based on classical sources of Arabic grammar (nahw),
the article provides explanations supported by examples to illustrate their practical
functions. This research contributes to a deeper understanding of Arabic syntax and the
role of mubtadа and khabar within it.

Key words: arabic syntax, nominal sentence (jumla ismiyya), mubtada (subject),
khabar (predicate), nahw rules, grammatical analysis.

Arab tili sintaksisi (an-nahw) oʻzining mukammal va qatʼiy tizimi bilan ajralib
turadi. Ushbu tizimda jumlah ismiyya asosiy oʻrinni egallaydi. Jumlah ismiyyalarning
markaziy unsurlari esa mubtadā ‫ (مبتدأ)‬va xabar ‫ (خبر)‬sanaladi. Mubtado va xabar
atamalari jumla tuzilishining asosiy tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu ikki unsur
nomaʼlum maʼlumotni bayon qilishda, fikrni aniq va toʻliq ifoda etishda muhim rol
oʻynaydi.

Oʻzbek tilida gapning ismiy yoki feʼli deb atalishini kesimdan kelib chiqib
farqlanadi. Agar kesim feʼl bilan ifodalangan boʻlsa, gap feʼliy deb ataladi. Arab tili
grammatikasida esa gapning feʼli yoki ismiy deb atalishi kesimning feʼl bilan ifoda
etilishiga emas, balki gapning ism bilan boshlanganiga bogʻliqdir. Shunga koʻra,
gapning boshida kelgan ism mubtado deb ataladi, undan keyin keladigan kesim esa,
xabar deb nomlanadi.

Mubtado va xabardan “jumla mufiyda” (ُ‫ (الْجُمْلَةُ الْمُفِيدَة‬deb ataluvchi tugal maʼno
ifoda etadigan gap hosil boʻladi1. Masalan: ٌ‫ – الب ُْستَانُ مُث ِْمر‬bogʻ meva bermoqda.

Mubtadо – bu ega boʻlib, uning haqida maʼlumot beriladi, xabar esa shu mubtadо
haqidagi maʼlumotni ifodalaydi. Bu ikki tarkibiy qism birgalikda soʻzlar orasidagi
maʼno munosabatini belgilaydi va fikrning asosiy mazmunini ochib beradi. Ushbu
faslda mubtado va xabarning taʼrifi, grammatik xususiyatlari, oʻzaro munosabati va
afʼоl noqisa bilan bogʻliq holatlari tahlil qilinadi.

Mubtado soʻzi lugʻaviy jihatdan “boshlanish”, “kirish” degan maʼnoni bildiradi.
Nahviy istilohda esa bu – gapda maʼlumot berilayotgan asosiy shaxs yoki narsa boʻlib,
“kim?”, “nima?” savollariga javob beradi.

Mubtado beshta xususiyatlarga ega:
I. Mubtado doim bosh kelishikda (raf holatida) turadi. Nahv kitoblarida uning raf
holatida turishining “omili” haqida quyidagi fikrlar bayon qilingan.

.ُ‫ُحكْمُهُ: الرفْع بالْابتداءِ، فعامل الرفع في المبتدأ عامل معنويّ وليس لفظيًّا، وهو الابتداء‬
Mubtadoning hukmi: u gapning boshida kelgani sababli raf holatida turadi.
Uning raf holatida turishiga esa lafziy omil emas, maʼnaviy omil taʼsir qilgan” 2.
II. Mubtado doim aniq holatda (maʼrifa) boʻladi. Maʼrifa ismlarga: kishilik
olmoshlari ‫ ,(الضمَائ ُِر)‬koʻrsatish olmoshlari (ِ‫ ,(أ َْسمَاءُ الْإِشَارَة‬nisbiy olmoshlar ( ُ‫الأ َْسمَاء‬
ُ‫ ,(الْمَوْصُولَة‬atoqli otlar ‫ (الْعَل َُم)‬va “‫ ”ال‬aniqlik artiklini olgan ‫ (»الْمُعَرفُ بـ»ال)‬ismlar kiradi.
Lekin mubtado “mufiyda” (ٌ‫ ( ُمفِيدَة‬boʻlib kelsa, noaniq holatda turishi mumkin.
Masalan:ً ‫ َمجْلِسُ عِلْمٍ ي ُْنتَف َُع ب ِِه خَيْرٌ مِنْ عِبَادَة َِسبعِينَ سَنَة‬maʼnosi: “Istifoda olinadigan ilm majlisi
yetmish yillik ibodatdan yaxshiroqdir”. Ushbu misolda “ُ‫ ” َمجْلِس‬soʻzi nakira boʻlganiga
qaramasdan mubtado sanaladi. Chunki uning ortiqdan uni aniqlab kelayotgan “ِ‫ ” ِعلْم‬va
“‫ ”ي َْنتَف َُع ب ِِه‬soʻzlari kelgan. Ushbu soʻzlar sababli ُ‫ َمجْلِس‬soʻzi “mufiydalik”, yaʼni
xoslanganlik sifatini kasb etgan va mubtado vazifasini oʻtay boshlagan3.
III. Mubtado odatda gap boshida keladi, lekin uslubiy sabablarga koʻra keyinga
surilishi ham mumkin.
IV. Mubtado toʻrt oʻrinda hazf qilinishi shart boʻladi:
1. Qasamga berilgan javob mubtadoga dalolat qilayotgan boʻlsa, mubtado tushirib
qoldiriladi. Masalan: ‫ فِي ذِمتِي لَأ َْفعَلَن كَذَا‬ushbu jumlada mubtado tushirib qoldirilgan.
Jumlaning asli: ‫ فِي ذِمتِي عَهْد ٌَلأ َْفعَلَن كَذَا‬maʼnosi: “Zimmamda ahdlashuv bor. Men albatta
shunday qilaman”. Ushbu gapda mubtado boʻlmish “ٌ‫ ” َعهْد‬soʻzi tushirib qoldirilgan,
chunki unga “‫ ” َلأ َْفعَلَن كَذَا‬iborasi dalolat qilmoqda4.
2. Agar xabar feʼlning oʻrniga kelgan masdar boʻlsa, mubtadoning hazf qilinishi
shart boʻladi. Masalan: ٌ‫ َصبْرٌ جَمِيل‬jumlasining asli ٌ‫ َصبْرِي صَبْرٌ جَمِيل‬maʼnosi: “Mening
sabrim goʻzal sabr qilishdan iboratdir”. Ushbu gapda mubtado boʻlmish “‫ ” َصبرِي‬soʻzi
tushirib qoldirilgan, chunki unga “ٌ‫ ” َصبْرٌ جَمِيل‬iborasi dalolat qilmoqda.
3. Agar xabar maqtov va tahqir maʼnosini ifoda etadigan feʼllardan keyin kelib,
ular bilan xoslangan boʻlsa, mubtado hazf qilinishi shart boʻladi. Masalan: ‫ن ِْعمَ الرجُلُ أَبُو‬
ٍ‫ َطالِب‬jumlasida mubtado vazifasini bajaruvchi “‫ ”ه َُو‬soʻzi hazf qilingan. Jumla aslida َ‫ن ِْعم‬

253 .‫ – ص‬2.‫ م. – ج‬1994 ،‫ مصطفى الغلاييني. جامع الدروس العربية. – بيروت: المكتبة العصرية‬1
.314 .‫ م. – ص‬2018 ،‫ خالد عبد العزيز. النحو التطبيقي. – دار اللؤلؤة: المنصورة‬2

.99 .‫ م. – ص‬2001 ،‫ ابن هشام. شرح شذور الذهب. – بيروت: دار الإحياء التراث العربي‬3
258 .‫ – ص‬2.‫ م. – ج‬1994 ،‫ مصطفى الغلاييني. جامع الدروس العربية. – بيروت: المكتبة العصرية‬4

ٍ‫ الرجُلُ ه َُو أَبُو طَالِب‬shaklida boʻlishi kerak. Shunda ٍ‫ أَبُو طَالِب‬soʻzi ‫ ه َُو‬soʻziga xabar boʻladi.
Lekin ٍ‫ أَبُو طَالِب‬soʻzi َ‫ ن ِْعم‬feʼli bilan xoslangani sababli mubtado tushirib qoldirilgan1.

4. Agar xabar aslida sifat boʻlib, maqtov va tahqir obyekti boʻlganida sifatlik
vazifasidan ajratilgan boʻlsa, uning mubtadosini hazf qilish shart boʻladi. Masalan:ْ ‫ُخذ‬
ُ‫ بِي َِد زُهَيْرٍ الْكَرِيم‬maʼnosi: “Zuhayrning qoʻlidan tut. U saxiydir”. Ushbu jumlada ُ‫ الْكَرِيم‬soʻzi
xabar boʻlib, uning mubtadosi tushirib qoldirilgan َ‫ ُهو‬olmoshidir. Jumlada ُ‫ الْكَرِيم‬soʻzi
maqtalish obyekti boʻlib qolgan, shuning uchun uning mubtadosini tushirib qoldirish
shart boʻlgan.

Jumla ismiyyaning qoidasiga koʻra, mubtado doim gapning boshida, xabar esa
undan keyin kelishi kerak. Lekin quyidagi olti oʻrinda mubtado xabardan oldin kelishi
shart boʻladi2:

1) Mubtado odatda gapning boshida keladigan “shart ismlari”, “soʻroq
olmoshlari” va “‫ َما‬taʼajjubiyya” singari soʻzlar bilan ifodalangan boʻlsa, gapning
boshida kelishi shart boʻladi3. Masalan:ْ ‫ َمنْ ي َْبحَثْ ي َِجد‬Kim qidirsa, topadi; َ‫ َمنْ جَاء‬Kim
keldi? ‫ ! َما أ َْحسَنَ الْف َِضيل ََة‬Fazilat naqadar goʻzal!

Ushbu jumlalardagi ْ‫ َمن‬shart soʻzi, ْ‫ َمن‬soʻroq olmoshi va ‫ َما‬soʻzi mubtado
vazifasini bajarayotgan soʻzlardir.

2) Mubtado “shart ismlari”ga maʼnoda oʻxshash boʻlib kelsa, gapning boshida
kelishi shart boʻladi. Masalan:ٌ ‫ الذِي ي َْجت َِهدُ فَلَه َُجائ َِزة‬Harakat qilgan kishiga mukofot bor!
‫ ك ُُّل ت ِْلمِيذٍ ي َْجت َِهدُ ف َُهوَ عَلَى هُدًى‬Harakat qilgan har bir oʻquvchi toʻgʻri yoʻldadir.

Ushbu jumlalarda kelgan “‫ ”الذِي‬va “ٍ‫ ”ك ُُّل ت ِْلمِيذ‬soʻzlari “shart ismlariga” oʻxshab
qolgan. Ulardan keyin kelgan feʼllar ushbu maʼnoni kuchaytirgan. Shu sababli ushbu
jumlalarٌ ‫ َمنْ ي َْجت َِهدْ فَلَه َُجائ َِزة‬maʼnosiga yaqinlashgan. Shuning uchun mazkur ikki
jumladagi egalarni gapning boshida kelishi shartdir.

3. Agar mubtado odatda gapning boshida keladigan soʻzga mudof boʻlib kelsa
ham u gapning boshida kelishi shart boʻladi. Masalan: ‫ ت ِْلمِيذ َُمنْ مُجْت َِهدُ؟‬Kimning
oʻquvchisi tirishqoqdir? ‫ ِزمَامُ كَمْ أ َْمرٍ فِي ي َِدكَ؟‬Qoʻlingda nechta ishning tizgini bor?

4. Agar mubtadoga “taʼkid lomi”ga birikib kelgan boʻlsa, u gapning boshida
kelishi shart boʻladi. Masalan: ٍ‫ لَع َْبد ٌُمؤْمِنُ خَيْرٌ مِنْ مُشْرِك‬Inongan abd mushrikdan
xayrliroqdir.

5. Agar mubtado va xabarning ikkisi ham aniq holatdagi yoki noaniq holatdagi
ismlar bilan ifodalanishsa va qaysi birining mubtado ekaniga ishora qiladigan belgi
boʻlmasa, mubtadoni gapning boshida kelishi shart boʻladi. Masalan: ٌّ‫ أ ُُخوكَ عَلِي‬Sening
akang Aliydir (َ‫ أ َُخوك‬mubtado); َ‫ َعلِيٌّ أ َُخوك‬Aliy sening akang (ٌّ‫ َعلِي‬mubtado).

6. Agar mubtado xabar ifoda etgan maʼno doirasida cheklansa. Bunda egadan
oldin ‫ إِنمَا‬cheklov yuklamasi keladi yoki xabar ‫ إِلا‬istisno yuklamasi bilan birga keladi4.
Masalan: ‫ َما عَمْرٌو إِلا مُدْب ٌِر‬Amr ortga chekinuvchi xolos;ٌ ‫ إِنمَا عَلِيٌّ ش َُجاع‬Alyigina dovyurak.

Mubtadoning ifoda etilish shakllari. Mubtado uch xil shaklda ifoda etilishi
mumkin:

.181 .‫ – ص‬3.‫ م. – ج‬2006 ،‫ حفني ناصف، مصطفى طموم. الدروس النحوية. – الكويت: دار الإيلاف الدولية‬1
.39 .‫ م. – ص‬2008 ،‫ ابن حاجب. كافية. – كراتشي: مكتبة البشرى‬2

.351 .‫ – ص‬4.‫ م. – ج‬2006 ،‫ حفني ناصف، مصطفى طموم. الدروس النحوية. – الكويت: دار الإيلاف الدولية‬3
.352 .‫ – ص‬4.‫ م. – ج‬2006 ،‫ حفني ناصف، مصطفى طموم. الدروس النحوية. – الكويت: دار الإيلاف الدولية‬4

1. Mubtado soʻz birikmasi shaklida emas, balki bitta ism boʻlib kelishi mumkin.
Bunda holatda uni “ٌ‫ ”ا ِْسمٌ صَرِيح‬deb ataladi. Masalan: ٌ‫ الْكَرِيمُ مَحْبُوب‬Saxiy inson suyuklidir.
Ushbu misolda ُ‫ الْكَرِيم‬soʻzi mubtadodir.

2. Kishilik olmoshi boʻlib kelishi mumkin. Masalan:ٌ ‫ أ َْنتَ مُجْت َِهد‬Sen tirishqoqsan.
3. Taʼvil qilingan masdar boʻlib (ُ‫ .(الْمَصْد َُر الْمُؤَول‬Bunday holatda hozirgi-kelasi
zamon feʼli oʻzidan oldin kelgan ‫ أ َْن‬masdariyya yordamida masdar deb taʼvil qilinadi
va shu birikma gapda mubtado sanaladi. Masalan: “‫ ” َوأ َْن ت َُصومُوا خَيْرٌ لَك ُْم‬misolida kelgan
“‫ ”ت َُصومُوا‬feʼli ‫ أَن‬masdariya harfidan keyin kelgani sababli masdar maʼnosini kasb etgan
uning maʼnosi “‫ ” ِصيَامُك ُْم‬degan maʼnoga taʼvil qilingan. Jumlaning “‫ ”خيرٌ لَكم‬qismi esa
xabar vazifasini bajaradi1.
Mubtadoning sifat boʻlib kelishi. Baʼzida bir sifat mubtado boʻlgani sababli bosh
kelishikka qoʻyiladi2. Bunda mubtadodan oldin boʻlishsiz shakl yuklamasi yoki soʻroq
olmoshi oʻtgan boʻladi, mubtadodan keyin esa bir ism kelib, u mubtadoga ega (ٌ‫(فَاعِل‬
yoki noibul-foil (ِ‫ (نَائ ُِب الْفَاعِل‬boʻlib keladi va xabarning oʻrnini egallaydi. Masalan: ‫أَقَائ ٌِم‬
‫ أ ََخوَاكَ؟‬Sening ikki akang tushiribdimi?; َ‫ ! َومَا مَخْذُولٌ تَابِعُوك‬Senga tobe boʻlgan kishi
yordamsioʻ qolmas! Ushbu ikki jumla taribida kelgan ‫ قَائ ُِم‬va ٌ‫ َمخْذُول‬soʻzlari sifat
maʼnosini anglatuvchi soʻzlardir. Ular gapda mubtado boʻlib kelishgan va ulardan
oldin soʻroq yuklamasi va inkor yuklamasi kelgan. Birinchi jumladagi ‫ قَائ ُِم‬soʻzidan
keyin uning foili (egasi) kelgan va xabarning oʻrnini egallagan. Ikkinchi jumladagi
ٌ‫ َمخْذُول‬soʻzidan keyin esa, uning noibul-foili kelib, xabarning oʻrnini egallagan.
Xabar – mubtado haqida xabar beruvchi, uni tavsiflovchi yoki unga bogʻliq
boʻlgan harakatni bildiruvchi gap boʻlagi. “Nima?”, “Qanday?”, “Qayerda?” kabi
savollarga javob beradi. Xabar – bu gapning asosiy boʻlagi boʻlib, unda xabar yoki
hukm ifodalanadi. Arab tili nahv kitoblarida xabarga quyidagicha taʼrif berilgan:
“ُ‫”الْخَب َُر: هُوَ الْمُسْنَدُ الذِي تَت ُِّم ب ِِه الْفَائِدَةُ. ُحكْمُهُ: الرفْعُ بِالْمُبْتَدَإِ، فَعَامِلُ الرفْعِ فِي الْخَب َِر عَامِلٌ ل َْفظِيٌّ وَه َُو الْمُبْتَدَأ‬
maʼnosi: Xabar bu musnad (kesim) boʻlib, mubtado bilan birgalikda uning vositasida
tugal maʼno hosil boʻladi. Habarning hukmi: uning mubtado sababli bosh kelishikka
qoʻyilishdir. Xabar bosh kelishikka qoʻyilishining omili lafziy (shakliy) omil boʻlib, u
mubtadodir”3.
Xulosa. Arab tili nahv ilmi oʻzining murakkab va mukammal tizimi bilan ajralib
turadi. Ushbu tizimda jumla ismiyya gap tuzilishining asosiy oʻrniga ega boʻlib, uning
tayanch unsurlari sifatida mubtado va xabar eʼtirof etiladi. Maqolada mazkur ikki
birlikning taʼrifi, grammatik xususiyatlari, qoʻllanish doiralari va istisno holatlari
nazariy hamda amaliy jihatdan keng yoritildi. Mubtado va xabarning oʻzaro
munosabati, ular orasidagi sintaktik bogʻlanish, hamda gapning mazmunini toʻliq ifoda
etishdagi oʻrni misollar asosida koʻrsatildi.
Mubtado gapning boshida keluvchi asosiy unsur sifatida doimo bosh kelishikda
turadi va koʻpincha maʼrifa ismlar bilan ifodalanadi. Shu bilan birga, u ayrim uslubiy
yoki grammatik sabablar taʼsirida nakira shaklda ham qoʻllanishi mumkinligi koʻrsatib
oʻtildi. Mubtadoning hazf qilinishi shart boʻlgan toʻrt holat misollar bilan izohlandi,
jumladan qasamga berilgan javob, maqtov va tahqir ifodalovchi feʼllardan keyingi

.201 .‫ م. – ص‬1994 ،‫ محمد محي الدين. شرح قطر الندى وبل الصدى. – بيروت: المكتبة العصرية‬1
.353 .‫ – ص‬4.‫ م. – ج‬2006 ،‫ حفني ناصف، مصطفى طموم. الدروس النحوية. – الكويت: دار الإيلاف الدولية‬2

.286 .‫ م. – ص‬2018 ،‫ خالد عبد العزيز. النحو التطبيقي. – دار اللؤلؤة: المنصورة‬3

qoʻllanish, hamda xoslangan sifatlarga taalluqli vaziyatlar. Bu qoidalar arab tili
sintaktik tizimining naqadar nozik va qatʼiy ekanini koʻrsatadi.

Mubtado va xabarning qoʻllanishidagi qoidalar faqat nazariy jihatdan emas, balki
amaliy misollar orqali ham yoritildi. Misollar orqali koʻrindiki, arab tili grammatikasi
oʻzining qatʼiy qoidalari bilan birga, istisnolarni ham oʻz ichiga oladi va bu tilni
oʻrganishda chuqur tahlilni talab etadi. Jumla ismiyya tarkibida mubtado va xabar
oʻzaro uygʻunlashib, gapning tugal maʼnoga ega boʻlishini taʼminlaydi.

Mazkur tadqiqotdan kelib chiqadigan xulosa shuki, mubtado va xabar arab tilida
faqat grammatik birliklar emas, balki maʼno va mazmunning markaziy ustunlaridir.
Ularning oʻzaro uygʻunligi tilning mantiqiy tizimini yaratadi, nutqning aniqligi va
taʼsirchanligini taʼminlaydi.

ADABIYOTLAR
.‫ م‬2008 ،‫ ابن حاجب. كافية. – كراتشي: مكتبة البشرى‬.1

.‫ م‬2001 ،‫ ابن هشام. شرح شذور الذهب. – بيروت: دار الإحياء التراث العربي‬.2
3.‫ م. – ج‬2006 ،‫ حفني ناصف، مصطفى طموم. الدروس النحوية. – الكويت: دار الإيلاف الدولية‬.3
4.‫ م. – ج‬2006 ،‫ حفني ناصف، مصطفى طموم. الدروس النحوية. – الكويت: دار الإيلاف الدولية‬.4

.‫ م‬2018 ،‫ خالد عبد العزيز. النحو التطبيقي. – دار اللؤلؤة: المنصورة‬.5
.‫ م‬1994 ،‫ محمد محي الدين. شرح قطر الندى وبل الصدى. – بيروت: المكتبة العصرية‬.6
2.‫ م. – ج‬1994 ،‫ مصطفى الغلاييني. جامع الدروس العربية. – بيروت: المكتبة العصرية‬.7
4.‫ م. – ج‬2006 ،‫ حفني ناصف، مصطفى طموم. الدروس النحوية. – الكويت: دار الإيلاف الدولية‬.8

.‫ م‬2018 ،‫ خالد عبد العزيز. النحو التطبيقي. – دار اللؤلؤة: المنصورة‬.9