IKKINCHI KENGASH.
ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIK MASALALARI
BADIIY ADABIYOTLAR TARJIMASI VA MADANIYATLARARO
TAFOVUTLAR
Oydin Turdiyeva,
filologiya fanlari doktori, Toshket davlat sharqshunoslik universiteti,
Eronshunoslik va afgʻonshunoslik oliy maktabi dotsenti
oydinturdiyeva21@gmail.com
https://zenodo.org/records/17339764
Annotatsiya. Mazkur maqola fors va oʻzbek adabiy aloqalari tarixi, ushbu
aloqalar rivojida badiiy tarjimaning ahamiyati hamda bugungi kuniga oid masalalarga
bagʻishlangan. Shuningdek maqolada fors adabiyotining oʻzbek tiliga tarjima
jarayonidagi muammolariga ham toʻxtalib oʻtilgan.
Kalit soʻzlar: adabiy aloqalar, badiiy tarjima, oʻzbek adabiyoti, adabiy-nazariy
tafakkuri, badiiy did.
Abstract. This article is dedicated to the history of the literary relations between
Persian and Uzbek literature, the importance of artistic translation in the development
of these relations, and contemporary issues related to them. The article also addresses
the challenges encountered in the process of translating Persian literature into Uzbek.
Keywords: Literary connections, literary translation, Western literature, literary
theoretical thinking, artistic taste.
Tarjima adabiy aloqa va oʻzaro taʼsirning eng faol, eng ommalashgan va eng
mahsuldor formasidir. Tarjima doʻstlik ilmidir, tarjima uzoqni yaqin qiladi, tarjima
oʻzgani birodar, tanishni qadrdon, doʻstni qarindosh kiladi, shuningdek tarjjima
madaniyatlararo muloqotning muhim vositasidir. Xorijiy asarlarning tarjimasi orqali
xalqaro madaniy aloqalar va adabiyotlar oʻrtasidagi muloqotning oʻsadi. Tarjima
qilingan asarlarning mahalliy oʻquvchilar uchun yangi gʻoyalar va fikrlarni yaralishiga
olib kelishi.
Tarjima asarlar orqali mumtoz fors adabiyoti na faqat gʻarb, balki butun jahon
adabiyot ixlosmandlari orasida shuhrat topdi. Shuningdek, aynan tarjima sanʼati orqali
eronliklar gʻarb dunyosi va madaniyati bilan tanishdilar. Mumtoz fors adabiyotining
butun jahon adabiyotiga koʻrsatgan taʼsiri shu kungacha olimlar va tadqiqotchilar
tomonidan koʻp oʻrganilgan boʻlib, zamonaviy fors adabiyotining tarjimalariga
nisbatan kamroq eʼtirbor berilmoqda. Mazkur maqolada zamonaviy fors adabiyoti
tarjimalari, xususan ushbu jarayonning muammolari haqida soʻz boradi.
1851-yilda Tehronda “Dorulfunun”, yaʼni zamonaviy oliy oʻquv yurtining
ochilishi katta tarjima adabiyoti rivojida katta voqea boʻlgan edi. Aynan shu yerda –
dorulfununda avval ilmiy, keyinroq badiiy asarlar tarjima qilina boshlandi. Yevropa
adabiyotining koʻplab asarlari bilan tanishish Eron adabiyoti rivojiga katta hissa
qoʻshdi. Gʻarb yozuvchilarining asarlari fors tiliga tarjima qilindi. Alixon
Nozimuddavla tomonidan tarjima qilingan fransuz yozuvchisi Fransua Fenelonning
“Telemakning sarguzashtlari” asari, Muhammad Tohir Mirza Iskandariy tomonidan
tarjima qilingan Aleksandr Dyumaning “Uch mushketyor”, “Lui oʻn toʻrtinchi” va
“Lui oʻn beshinchi” asarlari, Mirza Habib Isfahoniy tomonidan tarjima qilingan Daniel
Defoning “Robinzon Kruzo”, Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari”,
Nosirulmulk tomonidan tarjima qilingan Shekspirning “Otello” asarlari shular
jumlasidandir.
Tarjima asarlar xalqni gʻarb jamiyati bilan tanishtirishdan tashqari, badiiy tilning
soddalashuviga olib keldi. Tarjimonlar asarlarni fors tiliga tarjima qilar ekanlar, nasrda
azaldan anʼanaga aylangan jimjimadorlik, sertakalluflik, dabdabadorlikdan holi
boʻlgan sodda va ravonlikka erishdilar. Bundan tashqari, keyingi davr Eron
yozuvchilarining ijodiy uslubi shakllanishida tarjima adabiyotining ahamiyati katta
boʻldi. Juda koʻplab fors nasri namunalari XX asrga kelib oʻzbek tiliga tarjima qilindi
va kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Albatta, tarjimon adiblar fors adabiyoti
namunalarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qildilar va fors- oʻzbek adabiy
aloqalarini yangi bosqichga olib chiqdilar.
Biroq tarjimonlar oldida oddiy kitobxonlarning koʻziga koʻrinmaydigan,
ilgʻamas qiyinchiliklari borligi mutaxassilarga sir emas. Mumtoz fors adabiyoti,
shuningdek, XX asr fors adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilishda bir
qancha yutuqlar va muammolar mavjud. Fors adabiyoti oʻzining boy va qadimiy
tarixiga ega, shu bilan birga oʻzbek tiliga tarjima qilinishi bir qancha qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi. Quyida ushbu masalada yuzasidan baʼzi asosiy yutuqlar va
muammolarni koʻrib chiqamiz. Yutuqlar:
1. Madaniy va adabiy aloqalar rivojlanishi: Fors mumtoz adabiyotini oʻzbek
tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek oʻquvchilari fors madaniyati, tarixi va adabiyoti bilan
tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Misol uchun, “Shahnoma”, Xayyomning
ruboiylari yoki Nizomiyning “Xamsa” kabi asarlari oʻzbek adabiyotiga jahon
adabiyotining qiymatli durdona asarlari sifatida kirib keldi. Oʻzbek tarjimonlari fors
adabiyotining yirik namoyandalari – Firdavsiy, Saʼdiy, Xusrav Dehlaviy, Umar
Xayyom va boshqalar ijodi, gʻoyalari va qadriyatlari bilan yaqindan tanishdi.
2. Tilni boyitish: Fors tilida ishlatiladigan juda goʻzal va betakror iboralar, sheʼriy
obrazlar oʻzbek tiliga tarjima qilinishi, oʻzbek tilining lugʻat boyligini oshirishga
yordam berdi. Tarjimonlar fors adabiyotining poetik uslubini oʻzbek tilida saqlab,
yangi leksik va stilistik yondashuvlarni kiritishga muvaffaq boʻlishdi.
3. Oʻzbek adabiyotining universalizatsiyasi: Fors adabiyoti namunalarini tarjima
qilish oʻzbek adabiyotini kengroq xalqaro maydonga olib chiqdi. Oʻzbek tarjimonlari
fors adabiyoti bilan bogʻliq asarlarni dunyo miqyosida tanitib, oʻzbek adabiyoti va
madaniyatining xalqaro sahnadagi obroʻsini oshirishga yordam berdi.
Shu bilan birga, tarjimonlar duch kelishi mumkin boʻlgan ayrim muammolarni
ham sanab o ʼtish lozim.
1. Madaniy va tarixiy kontekstni saqlash: Fors adabiyotida mavjud boʻlgan
madaniy, tarixiy va ijtimoiy kontekstlarni oʻzbek tilida toʻgʻri ifodalash juda
murakkab. Masalan, fors tilidagi diniy, falsafiy va siyosiy atamalarni oʻzbek tilida
izohlamasdan yetkazish murakkablik tugʻdirishi mumkin. Fors adabiyotida koʻplab
oʻziga xos atamalar mavjud boʻlib, ularni toʻgʻri tarjima qilish uchun chuqur bilim
kerak.
2. Poetik uslub va ritmning saqlanishi: Fors adabiyoti, ayniqsa sheʼriyatida
ishlatiladigan ritmik tuzilmalar, metaforalar, musiqiy leksikani oʻzbek tilida aynan
tarjima qilish imkonsiz. Shuning uchun, tarjimonlar fors sheʼriyatidagi ritm va musiqiy
ohangni oʻzgacha tuzilmalarga ega boʻlgan iboralarni oʻzbek tiliga moslashtirishda
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu esa asarning estetik jihatlarini toʻliq saqlab qolishni
talab qiladi.
3. Sinonimlar va leksik muammolar: Fors tilida koʻplab sinonimlar va leksik
boyliklar mavjud boʻlib, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilishda toʻgʻri ekvivalentni topish
muammo tugʻdiradi. Ayrim fors soʻzlari oʻzbek tilida toʻliq oʻxshash ekvivalentlarga
ega emas. Bu tarjimonning mahorati va ijodiy yondashuviga bogʻliq boʻladi.
4. Tarjimonning shaxsiy talqini: Fors adabiyotidagi murakkab gʻoyalar va sheʼriy
tuzilmalarni oʻzbek tilida toʻgʻri ifodalashda tarjimonning shaxsiy talqini muhim
ahamiyatga ega. Biroq, baʼzida tarjimonning talqini oʻzbek oʻquvchilari tomonidan
tushunilishi yoki qabul qilinishi oson boʻlmasligi mumkin. Bunday noaniqliklar va
farqlar, asarlarning original mazmunini toʻliq aks ettirishda qiyinchiliklar yaratadi.
5. Diniy va falsafiy elementlar: Fors adabiyotida koʻplab diniy va falsafiy
tushunchalar, gʻoyalar mavjud. Bu, oʻzbek oʻquvchilari uchun yangilik boʻlishi
mumkin, chunki Oʻzbekistondagi diniy va falsafiy kontekstlar fors madaniyatidan farq
qiladi. Bunday asarlarda diniy motivlar va falsafiy mushohadalar oʻzbek madaniyatiga
moslashtirilishi kerak, bu esa oʻz navbatida tarjimonga qoʻshimcha murakkabliklar
yaratadi.
Fors adabiyotida ilk ijtimoiy roman hisoblangan, Gʻofur Gʻulom tomonidan
oʻzbek tiliga tarjima qilingan Mushfiq Kozimiyning "Qoʻrqinchli Tehron" romani
misol tariqasida koʻrib chiqish natijasida bir qancha murakkabliklarni sanab oʻtish
mumkin. Romanning oʻzbek tiliga tarjima qilinishi juda qiziqarli va oʻziga xos bir
jarayon boʻlgan. Bu asar, shubhasiz, XX asar boshlaridagi Tehron shahrining
murakkab va asosan qorongʻu obrazini oʻzida aks ettiradi. Oʻzbek tiliga tarjima
qilishda bir qancha muammolar va imkoniyatlarni sanab o ʼtish mumkin:
1. Madaniy farqlar va tilning muammolari: "Qoʻrqinchli Tehron" romani asosan
Tehron shahrining ijtimoiy va siyosiy muhitini tasvirlaydi. Bunday asarlarda,
koʻpincha, milliy va mahalliy madaniyatga oid juda nozik nyuanslar mavjud. Ushbu
koloritni, shu muhitni oʻzbek tilida oʻquvchiga yetkazish uchun juda ehtiyotkorlik talab
qilinadi. Ayrim forscha iboralar oʻzbek oʻquvchisiga toʻliq tushunarli boʻlishi uchun
qoʻshimcha izohlar va izohlovchi tushuntirishlar kiritilishi mumkin.
2. Til va leksika oʻzgarishlari: "Qoʻrqinchli Tehron"dagi ayrim soʻzlar yoki
iboralarning oʻzbek tiliga tarjimasi aynan mos kelmasligi mumkin. Bu romanda fors
tiliga xos shaxsiy va xususiy leksikalar mavjud, masalan, Shahar koʻchalari, tarixiy joy
nomlari yoki qahramonlarining oʻziga xos tasvirlari. Bunday joylarda tarjimon juda
ehtiyotkorlik bilan ishlashi kerak, chunki oʻzbek tilidagi sinonimlar oʻrtasidagi nozik
farqlar asar mazmunining toʻliq tushunilishi uchun muhimdir.
3. Tarjimonning roli va shaxsiy talqini: Tarjimada tarjimonning talqini muhim
rol oʻynaydi. Mushfiq Kozimiyning asarida insoniy tuygʻular, ijtimoiy muammolar va
siyosiy ziddiyatlar batafsil bayon etilgan. Tarjimon bu tuygʻularni va gʻoyalarni oʻzbek
tilida ayni holatda saqlab qolish, lekin shu bilan birga oʻzbek oʻquvchisiga tushunarli
qilib yetkazish uchun oʻz mahoratini namoyon qilishi kerak. Aynan shu nuqtada
tarjimonning shaxsiy yondashuvi koʻp narsani hal qilishi mumkin.
4. Tanqidiy nuqtai nazar: "Qoʻrqinchli Tehron" romanining oʻzbekcha tarjimasi
tahlil qilinsa, uning haqiqatan ham original asar bilan qanchalik mos kelishi, oʻzbek
tilida qanday qabul qilinishi va oʻquvchilarga qanchalik taʼsir qilishi muhim savollarni
keltirib chiqaradi. Tarjimaning sifati, uning adabiy jihatlari va original asarning
mohiyatini qanday aks ettirishi haqida tanqidiy fikrlarni oʻrtaga qoʻyish foydali
boʻlishi mumkin.
Bu asar, shubhasiz, oʻzbek adabiyotidagi xorijiy tildan qilingan tarjimalar orasida
oʻziga xos egallaydi, chunki u oʻzbek oʻquvchilariga XX asr fors adabiyoti va
madaniyatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. asarni Tarjimaning muvaffaqiyati
esa uning asar mazmunini, ruhini va gʻoyalarini qanday saqlab qolishiga bogʻliq.
Tarjimon bu vazifalarning uddasidan chiqqan.
Xulosa qilib shuni taʼkidlash mumkinki, fors adabiyotini oʻzbek tiliga tarjima
qilish oʻzining boy imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, oʻziga yarasha
qiyinchiliklar ham tugʻdiradi. Tarjimada madaniyatlararo aloqalar, til va uslubiy
farqlar, diniy va falsafiy tushunchalar kabi omillarni inobatga olish zarur. Biroq,
tarjimaga boʻlgan ehtiyoj va bu asarlarning oʻzbek tili va adabiyoti rivojiga qoʻshgan
qoʻshgan hissasi, bu jarayonning har qancha murakkab boʻlsa-da, davom ettirishni
taqozo etadi. Tarjimon adabiy asarni oʻzbek tiliga faqat tarjima qilibgina qolmay, balki
uning estetik va madaniy maʼnosini ham saqlab qolishi kerak.
ADABIYOTLAR
2000 . دکتار حميد عبد اللاهيان. کارنامه نثر معاصر. تهران.1
2. Сотиболдиева С. Ёзувчи услубининг шаклланишида таржима
адабиётининг ўрни масаласига оид баъзи мулоҳазалар. // Бадиий таржима ва
адабий алоқалар. Самарқанд-2014.
3. Турдиева О. Ҳозирги замон Эрон ҳикоячилиги: Монография. – Т.: Sharq,
2015.