TARIXNI OʻRGANISHDA DINIY BAGʻRIKENGLIKNING AHAMIYATI
Dildora Nishanova,
Oriental universiteti dotsenti v.b., t.f.f.d. (PhD)
dnishanova@yahoo.com
Zamira Nosirova,
Oriental universiteti talabasi,
zamiranosirova306@gmail.com
https://zenodo.org/records/17339980
Annotatsiya. Ushbu maqolada jahon dinlari eʼtiqodchilari oʻrtasida bagʻrikenglik
munosabatlari tadqiq qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli dinlarning
bagʻrikenglik tamoyillarini tahlil qilish, ularning tarixiy rivoji va zamonaviy
kontekstda qanday namoyon boʻlishini oʻrganishdir. Maqolada bagʻrikenglik
tushunchasi nazariy va empirik metodlar orqali oʻrganilib, diniy bagʻrikenglikning
ijtimoiy barqarorlik va tinchlikni taʼminlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek,
bagʻrikenglikni rivojlantirish boʻyicha amaliy takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari
dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash va ekstremizmga qarshi kurashishda
bagʻrikenglikning muhimligini koʻrsatadi.
Kalit soʻzlar: bagʻrikenglik, jahon dinlari, diniy bagʻrikenglik, dinlararo
munosabatlar, diniy hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlik, ekstremizm, tinchlik
Abstract. This article examines the relationship of tolerance between adherents
of world religions. The main goal of the study is to analyze the principles of tolerance
of different religions, study their historical development and how they are manifested
in the modern context. The article studies the concept of tolerance through theoretical
and empirical methods, highlighting the role of religious tolerance in ensuring social
stability and peace. It also provides practical suggestions for developing tolerance. The
results of the study indicate the importance of tolerance in strengthening interfaith
harmony and combating extremism.
Keywords: tolerance, world religions, religious tolerance, interfaith relations,
religious harmony, social stability, extremism, peace
Kirish. Diniy bagʻrikenglik insoniyat tarixida eng muhim ijtimoiy-madaniy
qadriyatlardan biri sanaladi. Turli eʼtiqoddagi insonlarning bir jamiyatda totuv
yashashi uchun diniy sabr-toqat, oʻzaro hurmat va muloqot muhim rol oʻynaydi.
Bugungi kunda diniy xilma-xillik global hodisaga aylangan boʻlib, bu holat nafaqat
davlatlararo, balki shaxslararo munosabatlarda ham bagʻrikenglikka ehtiyojni
kuchaytirmoqda. Ayniqsa, zamonaviy dunyoda diniy ekstremizm, ksenofobiya,
radikalizm kuchayib borayotgan bir paytda, diniy bagʻrikenglik masalasi yanada
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda dunyo xalqlari oʻrtasida diniy
bagʻrikenglik masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Globalizatsiya
jarayonlari, madaniyatlararo muloqotning rivojlanishi, shuningdek, turli dinlarga
mansub odamlar orasidagi oʻzaro anglashuv va hurmat muhim ijtimoiy masalaga
aylangan. Dinlararo bagʻrikenglik faqat diniy qarashlarni emas, balki ijtimoiy
barqarorlik, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga ham xizmat qiladi.
Mazkur tadqiqotning maqsadi — jahon dinlari eʼtiqodchilari oʻrtasida
bagʻrikenglik munosabatlarini oʻrganish, ularning nazariy asoslari, tarixiy rivoji va
zamonaviy shakllarini tahlil qilishdir. Tadqiqot davomida bagʻrikenglik
tushunchasining turli dinlarda qanday talqin qilinishi, ularning oʻzaro aloqalari va
munosabatlari oʻrganiladi.
Ishning ahamiyati shundaki, jahon xalqlari oʻrtasidagi tinchlik va hamjihatlikni
taʼminlashda diniy bagʻrikenglikning roli beqiyosdir. Shuningdek, radikalizm va
ekstremizm xavfiga qarshi samarali choralar ishlab chiqishda ham bagʻrikenglik
tamoyillari asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Jahon dinlari eʼtiqodchilari oʻrtasida
bagʻrikenglik munosabatlarini oʻrganishda bir qancha taniqli olimlar va mutafakkirlar
oʻz ilmiy qarashlari bilan muhim hissa qoʻshganlar. Ular dinlararo hamjihatlik, oʻzaro
hurmat, diniy bagʻrikenglik va tinchlik masalalarini falsafiy, diniy va ijtimoiy nuqtai
nazardan chuqur oʻrganib chiqqanlar. Quyida ushbu sohada alohida ajralib turgan bir
nechta olimlarning fikrlari keltiriladi:
1. Imom Abu Hanifa – Islom dinida bagʻrikenglik tamoyillarini asoslab bergan
yirik faqih va mutakallimlardan biridir. Uning fikricha, dinlararo muloqotda asosiy
mezon – adolat va insoniylikdir. U boshqa eʼtiqod vakillariga nisbatan zoʻravonlik
emas, sabr va tushunishni tavsiya etgan.
2. Maqdisiy (al-Muqaddasiy) – U oʻz asarlarida turli madaniyat va dinlarning bir
hududda qanday tinch-totuv yashashi mumkinligini tarixiy misollar orqali koʻrsatgan.
Uning qarashlarida bagʻrikenglik ijtimoiy barqarorlikning asosi sifatida talqin etiladi.
3. Abul Fazl Allomiy – Hindistonda Boburiylar davrida yashagan bu olim va
davlat arbobi Akbarshohning diniy bagʻrikenglik siyosatini nazariy jihatdan asoslab
bergan. U "Sulh-i kul" (yaʼni "umumiy tinchlik") gʻoyasini ilgari surgan va barcha
dinlarga hurmat bilan qarashni targʻib qilgan.
4. Hans Küng – Zamonaviy Gʻarbiy faylasuf va katolik dinshunosi boʻlib, u
“World Ethos” (Umumjahon axloqiy asoslar) gʻoyasini ilgari surgan. Unga koʻra,
barcha dinlar umumiy axloqiy tamoyillarga ega boʻlib, bagʻrikenglik, kechirimlilik va
tinchlik bu dinlarning yuragi hisoblanadi.
5. Karen Armstrong – Britaniyalik dinshunos olima boʻlib, u jahon dinlarining
tarixiy rivoji, ularning umumiy gumanistik tamoyillari va bir-biriga yaqin jihatlarini
chuqur tahlil qilgan. Uning fikricha, dinlararo bagʻrikenglik faqat muloqot orqali
rivojlanadi, radikal qarashlar esa diniy tamoyillarga zid hisoblanadi.
Ushbu olimlar va mutafakkirlarning diniy bagʻrikenglikka oid fikr-mulohazalari,
jahon dinlari oʻrtasida oʻzaro hurmat, tinchlik, sabr-toqat va tushunishni
shakllantirishga xizmat qiladi. Ular oʻz qarashlari orqali dinlararo munosabatlarda
ziddiyat emas, balki muloqot va mushtarak qadriyatlar asosida hamjihatlikni
taʼminlash mumkinligini koʻrsatib beradilar. Bu adabiyotlar orqali shuni anglash
mumkinki, bagʻrikenglik tushunchasi faqat bir din doirasidagina emas, balki butun
insoniyat taraqqiyoti, tinchligi va madaniy yuksalishining asosiy shartlaridan biri
sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, zamonaviy globallashuv jarayonida turli din vakillari
oʻrtasida anglashuvga erishish, radikalizm va diniy murosasizlikni oldini olish
masalalarida bu ilmiy qarashlar katta amaliy ahamiyatga ega.
Shuningdek, mazkur adabiyotlar bagʻrikenglikning psixologik, ijtimoiy va
axloqiy omillar bilan bogʻliqligini ham yoritadi. Bu esa mavzuni chuqur oʻrganish,
nazariy asoslarini kengaytirish va dinlararo aloqalarni sogʻlom yoʻlga qoʻyishda oʻziga
xos ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Jahon dinlari eʼtiqodchilari oʻrtasida bagʻrikenglik munosabatlarini oʻrganishda
turli ilmiy metodlar qoʻllaniladi. Tadqiqot samarali boʻlishi uchun quyidagi asosiy
metodlardan foydalaniladi:
Tadqiqot metodologiyasi. Bagʻrikenglik masalalarini oʻrganish murakkab va
koʻp qirrali jarayon boʻlib, u turli fan sohalarining tadqiqot usullarini qoʻllashni talab
qiladi. Jahon dinlari eʼtiqodchilari oʻrtasida bagʻrikenglik munosabatlarini chuqur va
toʻliq oʻrganish uchun bir necha tadqiqot metodlari majmuasi qoʻllaniladi. Bu metodlar
bagʻrikenglik tushunchasining nazariy asoslarini shakllantirish, uni tarixiy va
zamonaviy kontekstlarda yoritish hamda real hayotiy holatlardagi ifodasini aniqlashga
xizmat qiladi.
Din psixologiyasi metodologiyasi – bu dinshunoslik va psixologiyadagi ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirish usullarini oʻz ichiga oluvchi bilim sohasidir. Din
psixologiyasining nazariy va amaliy jihatlari bir qator metodologik yondashuvlardan
foydalanishni talab qiladi. Eng asosiy metodologik usullar quyidagilar:
1. “Komparativ-tahliliy metod”: — turli dinlarning bagʻrikenglik tushunchalari,
ularning taʼlimotlari va eʼtiqodlari solishtiriladi. Ushbu metod orqali diniy
qarashlarning oʻxshashliklari va farqlari aniqlanib, bagʻrikenglik tamoyillari ilmiy
asosda yoritiladi.
2. “Empirik metod”: — suhbatlar, soʻrovnomalar va intervyular orqali jahon
dinlari vakillarining bagʻrikenglik haqidagi fikrlari, his-tuygʻulari va amaliy
munosabatlari oʻrganiladi. Bu metod tadqiqotga real hayotiy maʼlumotlar kiritadi.
3. “Tarixiy-metodik yondashuv”:— diniy bagʻrikenglik tushunchasining tarixiy
rivoji, madaniy kontekstlaridagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Bu yondashuv
tadqiqotning nazariy asoslarini mustahkamlaydi.
4. “Sistemali tahlil metodi”: — bagʻrikenglik munosabatlari ijtimoiy, madaniy va
dini tizimlarning bir qismi sifatida koʻrib chiqilib, ularning oʻzaro taʼsiri va rivojlanish
omillari tahlil qilinadi.
5. “Fenomenologik metod”: — dinlararo bagʻrikenglik munosabatlarining
shaxsiy tajribalari va subʼektiv qarashlari oʻrganiladi. Bu metod yordamida
eʼtiqodchilarning ichki dunyosi va bagʻrikenglikni qabul qilish jarayoni chuqur tahlil
qilinadi.
6. “Kualitativ (sifatli) tadqiqot metodlari”: — guruh muhokamalari, fokus
guruhlar va ochiq intervyular orqali bagʻrikenglik masalalariga oid sifatli maʼlumotlar
yigʻiladi. Bu usul ijtimoiy jarayonlarning murakkabligini va eʼtiqodchilar
munosabatlarining nozik jihatlarini aniqlashda qoʻllaniladi.
Ushbu metodlar majmuasi tadqiqotning chuqur, keng qamrovli va ilmiy
asoslangan boʻlishini taʼminlaydi hamda jahon dinlari oʻrtasidagi bagʻrikenglik
munosabatlarini mukammal yoritishga imkon beradi.
Tahlil va natijalar. Bugungi kunda yurtimizda turli millat va elat vakillari
yonma-yon istiqomat qilib kelmoqda. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligida diniy
bagʻrikenglik va tolerantlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyilishida albatta inson
psixologiyasidagi diniy omillarni tartibga solishda din psixologiyasi yordamga keladi.
Tadqiqot davomida olingan maʼlumotlar asosida jahon dinlari eʼtiqodchilari oʻrtasida
bagʻrikenglik munosabatlari koʻplab ijobiy tomonlarga ega ekanligi aniqlanadi.
1. “Komparativ-tahliliy metod” yordamida oʻrganilganda, barcha asosiy dinlarda
bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat tamoyillari mavjudligi, biroq ularning ifoda shakllari
va amaliyotdagi koʻrinishlari farq qilishi kuzatiladi.
2. “Empirik tadqiqotlar natijalari” Suni koʻrsatadiki, eʼtiqodchilar orasida
dinlararo muloqot va tushunish darajasi oshgani sari, diniy nizolar va ziddiyatlarning
kamayishi kuzatiladi. Shuningdek, shaxsiy suhbatlar va intervyular orqali
bagʻrikenglikning shaxsiy va ijtimoiy darajalardagi ahamiyati yanada aniqroq
tasdiqlanadi.
3. “Tarixiy-metodik tahlil” esa, bagʻrikenglik tushunchasining vaqt oʻtishi bilan
rivojlanib, turli madaniyat va ijtimoiy muhitlarda moslashib borishini koʻrsatdi. Bu esa
bugungi kunda ham dinlararo tinchlik va hamjihatlik uchun zamin yaratadi.
4. “Sistemali tahlil” natijalariga koʻra, bagʻrikenglik munosabatlari nafaqat diniy,
balki siyosiy, ijtimoiy va madaniy tizimlarning barqarorligiga taʼsir qiladi.
5. “Fenomenologik va kualitativ metodlar” yordamida olingan maʼlumotlar esa,
eʼtiqodchilarning bagʻrikenglik tushunchasini qanday qabul qilishi va kundalik
hayotda qanday namoyon etishi haqida kengroq tasavvur beradi.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqot natijalari jahon dinlari vakillari oʻrtasida
bagʻrikenglik munosabatlarini rivojlantirish uchun:
taʼlim va muloqotni kengaytirish,
diniy liderlar oʻrtasida doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish,
madaniy almashinuvlarni ragʻbatlantirish kabi amaliy choralarni amalga
oshirish muhimligini koʻrsatadi.
Ushbu choralar orqali bagʻrikenglik nafaqat nazariy tushuncha, balki ijtimoiy
hayotning ajralmas qismiga aylanishi mumkin.
Xulosa va takliflar. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, jahon dinlari
eʼtiqodchilari oʻrtasida bagʻrikenglik munosabatlari tinchlik va ijtimoiy barqarorlikni
taʼminlashda muhim omil hisoblanadi. Turli dinlarning bagʻrikenglik tamoyillariga
asoslanib, ularning oʻzaro hurmat va tushunishga asoslangan munosabatlari
shakllanadi. Tadqiqot jarayonida bagʻrikenglik tushunchasi nafaqat diniy doirada,
balki keng ijtimoiy va madaniy kontekstda ham ahamiyat kasb etishi aniqlanmoqda.
Bundan kelib chiqib, quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1. “Taʼlim tizimida bagʻrikenglik masalalarini kuchaytirish”: — maktab va oliy
taʼlim muassasalarida dinlararo hamjihatlik va bagʻrikenglik mavzulariga koʻproq
eʼtibor qaratish lozim.
2. “Diniy va madaniy tashkilotlar oʻrtasida doimiy muloqot va hamkorlikni yoʻlga
qoʻyish”: — bagʻrikenglikni mustahkamlash uchun diniy yetakchilar va madaniy
faoliyatlar vakillari muntazam uchrashuvlar oʻtkazishi kerak.
3. “Ommaviy axborot vositalarida bagʻrikenglikni targʻib qilish”: — diniy
bagʻrikenglik mavzusida ijtimoiy reklama, koʻrsatuv va maqolalarni koʻpaytirish
muhimdir.
4. “Ijtimoiy tadbirlar va madaniy almashinuvlarni rivojlantirish”; — turli din
vakillari ishtirokida madaniy va ijtimoiy tadbirlar tashkil qilish orqali oʻzaro
tushunishni kuchaytirish mumkin
5. “Radikalizm va ekstremizmga qarshi ilmiy va ijtimoiy choralarni
kuchaytirish”: — diniy bagʻrikenglikni rivojlantirish radikal qarashlar tarqalishining
oldini olishda muhim vosita hisoblanadi.
Ushbu takliflar amalga oshirilganda, jahon dinlari vakillari oʻrtasidagi
bagʻrikenglik munosabatlari yanada mustahkamlanadi, natijada global tinchlik va
barqarorlikka sezilarli hissa qoʻshiladi.
ADABIYOTLAR
1. Abduqodirov, A. (2018). “Dinshunoslik asoslari”. Toshkent: Oʻzbekiston
Milliy Ensiklopediyasi. scientific-jl.com
2. Rahimov, A. (2020). “Dinlar tarixi va zamonaviy diniy oqimlar”. Toshkent:
Maʼnaviyat. scientific-jl.com
3. Qobiljonov, M. M. (2025). Milliy va jahon dinlari. “TADQIQOTLAR”, 58(1),
27–30.
4. Ibodullayev, S. (2022). Millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik –
Oʻzbekiston yuksalishining poydevori. “Ilmiy tadqiqot va innovatsiya”, 132–137.
5. Togʻaymurodov, J. (2024). Oʻzbekiston sharoitida diniy bagʻrikenglikni
mustahkamlash imkoniyatlari. “Scienceweb”.
6. Yovqochev, S. (2023). Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik – global tahdidlarga
qarshi samarali vosita. “Yuz.uz”.
7. Kendjaeva, Z. A. (2024). Ilk, jahon dinlari va falsafiy qarashlarda
shukronalikka munosabat. “Fargʻona davlat universiteti”.
8. Maxsudov, D., va Qurbonov, R. (2023). Millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik
– samarali hamkorlikning muhim omili. “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi”.
9. Karimov O. (2018). “Dinlararo bagʻrikenglik va uning zamonaviy ahamiyati”.
Toshkent: Fan va Texnologiya.
TOʻRTINCHI KENGASH.
UZLUKSIZ TAʼLIM MUAMMOLARI (MAKTABGACHA TAʼLIM,
BOSHLANGʻICH TAʼLIM, INKLYUZIV TAʼLIM, PEDAGOGIKA,
PSIXOLOGIYA VA SPORT TAʼLIMI)
“ONA TILI – OʻQISH SAVODXONLIGI VA UNI OʻQITISH METODIKASI”
DARSLARIDA TALABALARDA INTERDISIPLINAR YONDASHUV
ORQALI KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
TAMOYILLARI
Nargiza Quchqorova,
Oriental universiteti “Uzluksiz taʼlim pedagogikasi” kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori
kuchqarova06071979@gmail.com
Goʻzal Jumaniyazova,
Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti
gozaljumniyazova@gmail.com
https://zenodo.org/records/17339984
Annotatsiya. Ushbu maqolada “Ona tili - oʻqish savodxonligi va uni oʻqitish
metodikasi” fanini oʻqitishda interdisiplinar yondashuv asosida talabalarda kreativ
kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishni taʼminlovchi asosiy tamoyillar tahlil
qilingan. Maqolada kredit-modul tizimi doirasida har bir boʻlim va mavzu oʻzaro
bogʻliq holda, aniq maqsad va natijalar asosida tuzilishi, bu esa taʼlim jarayonida
samarali kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi taʼkidlanadi. Tamoyil
tushunchasi pedagogik lugʻatlar asosida ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan yoritilib,
uning faoliyatni boshqarish, yoʻnaltirish va samarali tashkil etishdagi oʻrni ochib
beriladi. Shuningdek, maqolada tamoyillar orqali talabalarning kreativ fikrlashi,
mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va interaktiv ishtirokini kuchaytirish
imkoniyatlari koʻrsatib oʻtiladi. Interdisiplinar yondashuv orqali fanlararo bogʻliqlik
asosida kreativ kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari yoritiladi
hamda oʻqitish metodikasi kontekstida amaliy tavsiyalar beriladi.
Kalit soʻzlar: Ona tili-oʻqish savodxonligi, interdisiplinar yondashuv, kreativ
kompetentlik, tamoyillar, kredit-modul tizimi, oʻqitish metodikasi, taʼlim
samaradorligi, integratsiyalashgan yondashuv.
Abstract. This article analyzes the key principles that ensure the development and
enhancement of creative competence in students through an interdisciplinary approach
in teaching the subject "Mother Tongue and Reading Literacy." It emphasizes that,
within the credit-module system, each section and topic should be structured in an
interconnected manner based on specific goals and outcomes, thereby contributing to
the formation of effective competencies in the educational process. The concept of
"principle" is explained from both scientific and practical perspectives based on
pedagogical dictionaries, highlighting its role in guiding, managing, and organizing