TOʻRTINCHI KENGASH.
UZLUKSIZ TAʼLIM MUAMMOLARI (MAKTABGACHA TAʼLIM,
BOSHLANGʻICH TAʼLIM, INKLYUZIV TAʼLIM, PEDAGOGIKA,
PSIXOLOGIYA VA SPORT TAʼLIMI)
“ONA TILI – OʻQISH SAVODXONLIGI VA UNI OʻQITISH METODIKASI”
DARSLARIDA TALABALARDA INTERDISIPLINAR YONDASHUV
ORQALI KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
TAMOYILLARI
Nargiza Quchqorova,
Oriental universiteti “Uzluksiz taʼlim pedagogikasi” kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori
kuchqarova06071979@gmail.com
Goʻzal Jumaniyazova,
Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti
gozaljumniyazova@gmail.com
https://zenodo.org/records/17339984
Annotatsiya. Ushbu maqolada “Ona tili - oʻqish savodxonligi va uni oʻqitish
metodikasi” fanini oʻqitishda interdisiplinar yondashuv asosida talabalarda kreativ
kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishni taʼminlovchi asosiy tamoyillar tahlil
qilingan. Maqolada kredit-modul tizimi doirasida har bir boʻlim va mavzu oʻzaro
bogʻliq holda, aniq maqsad va natijalar asosida tuzilishi, bu esa taʼlim jarayonida
samarali kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi taʼkidlanadi. Tamoyil
tushunchasi pedagogik lugʻatlar asosida ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan yoritilib,
uning faoliyatni boshqarish, yoʻnaltirish va samarali tashkil etishdagi oʻrni ochib
beriladi. Shuningdek, maqolada tamoyillar orqali talabalarning kreativ fikrlashi,
mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va interaktiv ishtirokini kuchaytirish
imkoniyatlari koʻrsatib oʻtiladi. Interdisiplinar yondashuv orqali fanlararo bogʻliqlik
asosida kreativ kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari yoritiladi
hamda oʻqitish metodikasi kontekstida amaliy tavsiyalar beriladi.
Kalit soʻzlar: Ona tili-oʻqish savodxonligi, interdisiplinar yondashuv, kreativ
kompetentlik, tamoyillar, kredit-modul tizimi, oʻqitish metodikasi, taʼlim
samaradorligi, integratsiyalashgan yondashuv.
Abstract. This article analyzes the key principles that ensure the development and
enhancement of creative competence in students through an interdisciplinary approach
in teaching the subject "Mother Tongue and Reading Literacy." It emphasizes that,
within the credit-module system, each section and topic should be structured in an
interconnected manner based on specific goals and outcomes, thereby contributing to
the formation of effective competencies in the educational process. The concept of
"principle" is explained from both scientific and practical perspectives based on
pedagogical dictionaries, highlighting its role in guiding, managing, and organizing
activities effectively. Furthermore, the article explores the opportunities to enhance
studentsʼ creative thinking, independent decision-making skills, and interactive
participation through the application of these principles. The scientific-theoretical
foundations of developing creative competence through interdisciplinary connections
are examined, and practical recommendations are provided in the context of teaching
methodology.
Keywords: Mother tongue – reading literacy, interdisciplinary approach,
creative competence, principles, credit-module system, teaching methodology,
educational effectiveness, integrated approach.
Mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, zamonaviy pedagogik
yondashuvlarni joriy etish orqali yosh avlodning bilim va kompetensiyalarini
rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
quyidagi soʻzlari bu borada chuqur maʼno kasb etadi: “Eng katta boylik — bu aqlzakovat va ilm. Eng katta meros — bu yaxshi tarbiya. Eng katta qashshoqlik —
bu bilimsizlikdir.” Ushbu fikrlar bugungi taʼlim jarayonida har bir oʻqituvchi va
pedagog oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab beradi.
Xususan, Ona tili va oʻqish savodxonligi darslari nafaqat til madaniyatini, balki
oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashi, tafakkur doirasini kengaytirish va ularni
zamonaviy ijtimoiy hayotga tayyorlashda muhim oʻrin tutadi. Bu yoʻlda
interdisiplinar yondashuv asosida tashkil etilgan taʼlim jarayoni talabalarda kreativ
kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda samarali vosita boʻlib xizmat qiladi.
Har bir fan boʻyicha oʻquv dasturining maqsadli va natijaviy yondashuvda tuzilishi,
dars mazmunini zamonaviy metodik tamoyillar asosida tashkil etish zaruriyatini
yuzaga keltiradi. Oʻquv reja va dasturga muvofiq Ona tili – oʻqish savodxonligi va uni
oʻqitish metodikasi fani 5 ta boʻlimni oʻz ichiga olar ekan, fanni oʻqitishda kredit
modul tizimi har bir boʻlim interdisiplinar yondashuvga asoslanadi hamda taʼlimni
oʻzaro bogʻlangan elementlar sifatida koʻrib chiqadi. Har bir oʻquv kursi va modul va
mavzu aniq maqsadlar va natijalar bilan oʻzaro bogʻliq holda fanda belgilangan
maqsadga erishish uchun zarur bilimlar va koʻnikmalarni oʻz ichiga oladi. Har bir soha
uchun muayyan yetakchi gʻoyalarga asoslanib faoliyatni toʻgʻri yoʻnaltirish va uni
muvaffaqiyatli amalga oshirishda tamoyillar faoliyatni boshqarishdava aniq
komponentlarni belgilashga xizmat qiladi. Загвязинский В.И., Закировой А.Ф.
“Педагогический словарь” lugʻatida “Tamoyil – majburiy talab, ilmiy tadqiqot
faoliyatini tartibga soluvchi, taʼlim va tarbiya qonuniyatlarining ifodasi” 1– degan taʼrif
berilgan. Tamoyillar ilmiy yoki amaliy jarayonlarni boshqarish va ularni samarali
amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asosiy qoʻllanma hisoblanadi.
A.Abdulazizov, Z.Djumanazarovalarning “Русско–узбекско–английский
социально–педагогический словарь терминов” lugʻatida tamoyilga quyidagi taʼrif
berilgan. Tamoyil – (lat. Principium – boshlanish, asos) – har qanday nazariya,
taʼlimot, dunyoqarash, siyosiy tashkilotning asosiy boshlangʻich pozitsiyasi boʻlib,
insonning voqelikka munosabati, xulq-atvori va faoliyatining meʼyorlarini
1 Загвязинский В.И., Закировой А.Ф. Педагогический словарь. Издательский центр
«Академия», 2008.50-c.
belgilaydigan ichki ishonchdir. Har qanday qurilma, mashina va boshqalarning
qurilmasi yoki ishlashining asosi sanaladi. Oʻzlashtirilgan, singdirilgan, umumiy qabul
qilingan faoliyatning asosiy qoidalari – tamoyildir.1 Tamoyil har bir soha uchun
muayyan yetakchi gʻoyalarga asoslanib faoliyatni toʻgʻri yoʻnaltirishni taʼminlaydi, bu
esa oʻz navbatida faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi.
Tamoyil tizim yoki jarayonning samarali ishlashini taʼminlash uchun asosiy gʻoyalar
va qoidalar boʻlib, u faoliyatni boshqarishda aniq yoʻnalishlarni belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni 2019-
yil 29-oktabrda tasdiqlangan. Qonunning 3-moddasi ilm-fan va ilmiy faoliyat
sohasining asosiy prinsiplari deb nomlanadi va unda prinsplar quyidagicha keltirilgan:
ilmiy ijod va axborot erkinligi;
samaradorlik va ijodiy raqobat;
manfaatdorlik va ragʻbatlantirish;
ilmiy ekspertizaning xolisligi;
inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar keltirmaslik2
K.D.Ushinskiy boshlangʻich maktab oʻquv predmetlari tizimida ona tiliga katta
ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. “Ajoyib oʻqituvchi boʻlgan
ona tili bolaga koʻp narsani oʻrgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha koʻp narsa
oʻrganadiki, koʻp narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda toʻgʻri
oʻqiganda ham uning yarmicha oʻrgana olmaydi. Ona tilining ulugʻ pedagogligi ham ana
shundadir”3, - deydi u. Ona tili boshqa fanlarni oʻqitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham,
tabiiy fanlar ham ona tili yordamida oʻrganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol
topishida ham, bilim va mehnatga havasini uygʻotishda ham alohida oʻrin tutadi. Til muhim
tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni oʻqigan bola oʻzida eng yaxshi
xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlangʻich
sinflarda asosiy oʻrinni egallar ekan, har bir oʻquvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni
tarbiyalab borish zarur. Boshlangʻich sinflarda ona tili mashgʻulotlari turi va mazmuni
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1. Oʻqish, yozuv, grammatik materialni oʻrganish, kuzatishlar hamda oʻquvchilarning
ijtimoiy faoliyatlari bilan bogʻliq holda, ularning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod oʻrgatish, yaʼni ularni elementar oʻqish va
yozishga oʻrgatish, bu koʻnikmalarni malakaga aylantirish.
3. Adabiy til meʼyorlarini, yaʼni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli va
husnixat bilan yozuvni, toʻgʻri talaffuzni oʻrganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash.
4. Fonetika, leksikologiya, soʻzning morfemik tarkibi, grammatikadan elementar
nazariy maʼlumotlarni matn tahlili orqali egallash va ulardan nutqiy faoliyatda foydalanish
koʻnikma va malakalarni egallashlariga erishish.
5. Oʻqish va ona tili darslarida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar tahlili orqali
oʻquvchilarning badiiy-estetik didini rivojlantirish, Ona tili va oʻqish darslarida
1 Абдуллазизов А., Джуманазарова З. Русско–узбекско–английский социально–
педагогический словарь терминов. Наманган, 2021. С-119.
2 O’zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida” gi Qonun 2019-yil 29-oktabr
3 Ушинский К. Д. Танланган педагогик асарлар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1959.- 49-бет.
oʻquvchilarda soʻzga qiziqish va eʼtibor hisini muntazam surʼatda oshirib borish, ularga
soʻzning ahamiyatini va turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan iborat.
Bu vazifalarning hammasini boshlangʻich sinf ona tili dasturida aks etadi. Dastur
davlat hujjati boʻlib, unda oʻquv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu
predmetdan bilim, koʻnikma va malakalar darajasiga qoʻyilgan asosiy talablar belgilab
beriladi. Oʻqituvchi va oʻquvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar.1
Metodistlar S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.Gʻulomova, Sh. Yoʻldosheva
G.Xolboyevalar ona tili oʻqitish tamoyillarini quyidagicha izohlashadi:
1. Til materiyasiga, nutq organlarining oʻsishiga, nutq malakalarining toʻgʻri
rivojlanishiga eʼtibor berish tamoyili; 2. Til maʼnolarini (leksik, grammatik, morfemik,
sintaktik maʼnolarini) tushunish tamoyili; 3. Tilga sezgirlikni oʻstirish tamoyili; 4. Nutqning
ifodaliligiga baho berish tamoyili; 5. Ogʻzaki nutqni yozma nutqdan oldin oʻzlashtirish
tamoyili
Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, oʻqituvchi bilan oʻquvchining
maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yoʻnalishni
tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri
boʻlib xizmat qiladi.2
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishda
interdisiplinar yondashuv muhim metodologik asos boʻlib xizmat qiladi. Zamonaviy taʼlim
nazariyotchilari bu yondashuvning mazmuni va tamoyillarini chuqur tahlil qilganlar.
Oʻquv faoliyati mobaynida yuqorida taʼkidlangan tamoyillar asosida dars olib borilsa
talabaning pozitsiyasi ham anʼanaviy tizimdan farq qiladi – intiluvchan ijrochi rolining
oldingi ahamiyati yoʻqoladi, talaba faol ijodkorga aylanadi, unda natijalarga qaratilgan
refleksiv fikrlash rivojlanadi.
ADABIYOTLAR
1. Загвязинский В.И.,Закировой А.Ф.Педагогический словарь.Издательский
центр «Академия», 2008.50-c.
2. Абдуллазизов А., Джуманазарова З. Русско–узбекско–английский
социально–педагогический словарь терминов. Наманган, 2021. С.-119.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida” gi Qonun
2019-yil 29-oktabr
4. К.Д. Ушинский. Танланган педагогик асарлар. – Тошкент: Ўздавнашр,
1959.- 49-бет.
5. S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.Gʻulomova, Sh.Yoʻldosheva, G.Xolboyeva
Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent.: “Ishonchli hamkor” –
2021. 31-b.
1 Matchonov S., Bakiyeva H., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Xolboyeva G. Boshlang’ich sinflarda
ona tili o’qitish metodikasi. – Toshkent.: “Ishonchli hamkor” – 2021. 31-b.
2 O‘sha manba, 18-bet.