ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Kinoning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati

Egamberdiyeva Farida Oktamovna, Komilova Ominabonu

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

KINONING TAʼLIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Farida Egamberdiyeva,
Oriental universiteti professori

Ominabonu Komilova,
Oriental universiteti talabasi
https://zenodo.org/records/17339994

Annotatsiya. Ushbu maqolada kino-pedagogikaning nazariy asoslari, taʼlim
jarayonida qoʻllanilish imkoniyatlari hamda uning samaradorligi tahlil qilinadi. Kino
vositalaridan foydalanishning taʼlim samaradorligini oshirishdagi afzalliklari
yoritiladi.

Kalit soʻzlar: Kino pedagogika, taʼlim, tarbiya, tanqidiy fikirlash, ijodkorlik,
estetik did, innavotsion taʼlim, maʼnaviyat, oʻquv jarayoni samaradorligi.

Abstract. This article analyzes the theoretical foundations of film pedagogy, its
potential applications in the educational process, and its effectiveness. The advantages
of using cinematic tools in enhancing the efficacy of education are highlighted.

Keywords: Film pedagogy, education, upbringing, critical thinking, creativity,
aesthetic taste, innovative education, spirituality, effectiveness of the learning process.

Kinopedagogika - bu kinofilmlar, multimedia mahsulotlari, video-materiallar va
ekran sanʼati orqali shaxsning maʼnaviy-axloqiy, intellektual va estetik tarbiyasini
amalga oshiruvchi pedagogik yoʻnalish.

XXI asr taʼlim jarayonida yangi pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ulardan biri - kinopedagogika, yaʼni kino sanʼati vositalaridan foydalanib
taʼlim-tarbiya berish metodologiyasi. Kino oʻzining emotsional, vizual va badiiy
xususiyatlari bilan anʼanaviy taʼlim vositalaridan tubdan farq qiladi. Shu bois,
kinopedagogika pedagogika va sanʼatshunoslik kesishgan nuqtasida shakllanayotgan
yangi ilmiy yoʻnalish sifatida dolzarbdir. Zamonaviy jamiyatda taʼlim jarayoni nafaqat
bilim berish, balki oʻquvchilarning estetik, madaniy va ijtimoiy rivojlanishini ham
taʼminlashi zarur. Shu nuqtai nazardan, kino pedagogika yaʼni kino sanʼatidan
pedagogik vosita sifatida foydalanishini taʼminlaydi. Bugungi kunda taʼlimning
muhim yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda. Kino orqali bilimni jonli, koʻrgazmali va
emotsional tarzda yetkazish, oʻquvchilarda chuqurroq tushuncha va mustahkam
xotirani shakllantiradi. Shu bois, ular tahlil qilinadi va ularning taʼsirini, yaʼni
tomoshabin qanday qabul qilishi boʻyicha tadqiqotlar olib boriladi.

Maʼnaviy tarbiya Kino pedagogikaning asosiy maqsadi:
Estetik tarbiya –kino orqali insonparvarlik, ezgulik, insoniy qadriyatlarni
singdirish.
– ekran sanʼati vositalari orqali goʻzallikni his qilish, badiiy
didni shakllantirish

Ijodiy fikrlash – kinoni tahlil qilish, syujet va obrazlar orqali yangi
gʻoyalar uygʻotish.
Axborot
madaniyati –yoshlarda media savodxonlik va ekran mahsulotlarini
tanlash, baholash madaniyatini rivojlantirish.

Kino sanʼati taʼlim jarayonida samarali vosita hisoblanadi. U quyidagi
imkoniyatlarni yaratadi:

1.Bilimlarni vizual shaklda yetkazish - kino orqali taʼlimiy maʼlumotlar obrazli
va ravshan tarzda beriladi. Kino filmlar oʻquvchi va talabalarga muayyan davr
voqealarini koʻz oldiga keltirib, ularni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Masalan
“Shum bola” filmi Gʻafur Gʻulomning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan boʻlib,
1977 yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan ekranlashtirilgan. Ushbu asar
oʻzbek bolalar kinosining eng yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. Filmning badiiy
qadri shundaki, u nafaqat bolalar uchun moʻljallangan, balki kattalar uchun ham chuqur
tarbiyaviy va psixologik mazmunni oʻz ichiga oladi. Asosiy gʻoyasi va tarbiyaviy
ahamiyati shundaki, filmda bosh qahramon — oʻta shoʻx, qaysar va oʻziga xos
xarakterga ega bolaning turmush tarzi, oila va jamiyatdagi oʻrni tasvirlanadi. Shu orqali
rejissyor bola ruhiyati va xarakter shakllanishida: oila muhiti, bolaning xarakter
shakllanishi va jamiyat bilan munosabatlari kabi omillarning naqadar muhim ekanini
koʻrsatadi. “Shum bola”dagi qahramonning shoʻxligi oddiy xulqiy buzilish emas, balki
bolaning dunyoni oʻzicha anglashga boʻlgan ichki ehtiyoji sifatida tasvirlanadi. U
koʻpincha kattalarning qoidalari bilan toʻqnash keladi, biroq aynan shu holat
bolalarning erkin fikrlashi va shaxsiy mustaqillikka intilishini yoritadi. Shuningdek,
“Shum bola” filmi nafaqat bir avlodning bolalik xotiralari ramzi, balki oila, tarbiya va
jamiyat oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni yorituvchi, bolalar psixologiyasini chuqur ochib
beruvchi kino asardir. “Mahallada duv-duv gap” kinofilmi (1983 yil) - oʻzbek
kinosining eng mashhur komedik filmlaridan biri hisoblanadi. Film rejissyori Melis
Abzalov tomonidan Said Ahmadning shu nomli qissasi asosida Oʻzbekfilm
kinostudiyasida suratga olingan. Filmda mahalla hayoti, oddiy xalqning orzu-umidlari
va turmush tarzi kulgili, ammo teran mazmunli voqealar orqali tasvirlanadi. Asosiy
syujet – oddiy odamlarning shaxsiy hayoti va jamiyatdagi oʻzaro munosabatlarini
yumoristik ohangda koʻrsatish, insoniy fazilatlarni madh etishdir. Mahallaning oʻziga
xos urf-odatlari, mehr-oqibat, qoʻshnichilik munosabatlari filmning asosiy gʻoyaviy
qatlamini tashkil etadi. Filmda milliy qadriyatlar, mahalla hayoti va jamoaviy
hamjihatlikni jonli koʻrsatilgan boʻlib, film yoshlar uchun juda kattantaʼlimiy
ahamiyat kasb etadi.

2.Muammoli vaziyatlarni koʻrsatish - pedagogik jarayonda kino yordamida
turli ijtimoiy, axloqiy yoki ilmiy muammolar koʻrsatilib, ularning yechimini
muhokama qilish mumkin. Masalan, Iymon filmi (1993 yil) - insonni axloq va iymon
doirasida teran mulohaza qilishga undaydi, yoshlarga hayotdagi toʻgʻri va notoʻgʻri
yoʻllarni farqlash imkonini beradi. Bu film rejissyor Zulfiqor Musoqovning maʼnaviytarbiyaviy ruhdagi eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi. Filmda insonning iymoneʼtiqodi, halollik va adolat yoʻlidan chetga chiqmaslik, har qanday sinovda ham pokiza
niyatni saqlash gʻoyasi ilgari suriladi. Asarda bosh qahramonning hayotiy sinovlari,
iymonini himoya qilishi va jamiyatdagi murakkab vaziyatlarga qaramay, oʻz insoniy

qadrini yoʻqotmasligi dramatik voqealar orqali yoritiladi. Filmning taʼlimiy va
tarbiyaviy ahamiyati shundaki, maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat
qiladi. Tomoshabinni vijdon, halollik va iymon yoʻlida sobit turishga undaydi.
Jamiyatda axloqiy tarbiya masalasini koʻtaradi, yoshlar ongiga halollik va sabrning
muhimligini singdiradi. Inson qanchalik qiyinchilikka duch kelmasin, iymon uni
yoʻldan adashishdan asraydi. “Iymon” filmi oʻzbek kinosida maʼnaviy-tarbiyaviy
yoʻnalishdagi eng muhim asarlardan biri boʻlib, nafaqat oʻz davrida, balki bugun
ham yoshlar uchun halollik, eʼtiqod va insoniylik darsini beruvchi kino hisoblanadi.

3.Ilmiy bilimlarni berish - hujjatli filmlar, ilmiy-ommabop kinotasmalar fan va
texnologiya sohasidagi yutuqlarni sodda va qiziqarli uslubda yetkazib beradi. “Ilm
izlab” — bu Oʻzbekiston milliy televideniyesi hamda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi
hamkorligida yaratilgan ilmiy-maʼrifiy hujjatli filmlar turkumi boʻlib, u ilm-fan
yutuqlari, buyuk allomalar, zamonaviy tadqiqotlar va yosh olimlarning faoliyatini keng
jamoatchilikka tanishtirishga qaratilgan. Hujjatli filmning maqsadi va unig bosh
gʻoyasi tomoshabinlarda ilm-fanga qiziqish uygʻotish, uni qadrlashni targʻib qilish,
oʻzbek va jahon ilm-fanidagi buyuk siymolar hayoti va merosi haqida maʼlumot berish,
zamonaviy tadqiqot yoʻnalishlari bo ʼyicha, masalan, biologiya, tibbiyot, texnika,
tilshunoslik, tarixshunoslik kabi sohalardagi yangiliklarni ommalashtirishdan
iboratdir. Film maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan, yoshlarni ilm yoʻlida intilishga, bilim
olishga undaydi, ilmiy targʻibot sifatida esa fan va texnologiyaning hayotdagi
ahamiyatini koʻrsatadi, yoshlar ongida “ilm izlash” orzusi va masʼuliyatini uygʻotadi,
milliy allomalarimiz – Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Zamaxshariy singari buyuk
siymolar merosini targʻib qiladi. “Ilm izlab” turkumidagi hujjatli filmlar oʻzbek
yoshlarini ilmga muhabbat, intilish va izlanishga chorlaydi. Bu filmlar nafaqat hujjatli
manba, balki ilm-fanning tarbiyaviy kuchini koʻrsatadigan maʼnaviy maktab
sifatida ham qadrli.

Kino pedagogika orqali oʻquvchilarning fikrlash doirasi kengayadi va boshqa
davlatlarning madaniyati, urf-odati, anʼanalarini, tarixini va hozirgi rivojlanayotgan
bosqichlarini koʻrib toʻgʻri tahlil qilishni oʻrganadi.

Turk pedagoglari Derelioğlu oʻzining boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun
olib borgan tadqiqotida, filmlardan tarix fanini oʻqitishda foydalanishning afzalliklari
va kamchiliklarini sanab oʻtadi. Talabalar tanqidiy tahlil qilish koʻnikmalariga ega
boʻlishlari va uni kelajakda samarali qoʻllay olishlari zarurligini taʼkidlashadi. Shu
bilan birga, filmlardan qoʻshimcha vosita sifatida oqilona foydalanish hamda notoʻgʻri
foydalanishning salbiy taʼsiridan himoyalash kerakligini koʻrsatadilar. Shuning uchun,
avvalo, oʻqituvchilar filmdan taʼlim vositasi sifatida samarali foydalanish boʻyicha
maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishlari zarur.

Agar imkon boʻlsa, bir xil tarixiy mavzuni turli nuqtai nazardan yorituvchi
filmlardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar mavzu boʻyicha faqat bitta film mavjud
boʻlsa, oʻqituvchilar oʻquvchilarga qoʻshimcha manbalar taqdim etishlari va film
namoyish etilgandan keyin, talabalardan turli qarashlarni tanqidiy tarzda solishtirish va
taqqoslash talab qilinishi lozim. Oʻsmirlar koʻproq mashhur tarixiy filmlardan
oʻrganadilar, biroq, ular keng qamrovli va amaliy oʻquv dasturlarida ishtirok etishlari
zarur (Derelioğlu. 2010, 2018–2019 betlar).

Kino - taʼlim va tarbiyani uygʻunlashtiruvchi samarali vosita hisoblanadi. U fan,
madaniyat va hayot voqeligini integratsiya qilib, oʻquvchi va tomoshabinning bilimini
oshirish, maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirishga
xizmat qiladi. Shu bois, kino taʼlim tizimida ham, umumiy maʼnaviy tarbiyada ham
muhim ahamiyat kasb etadi.

Demak, kino-pedagogika oʻquvchilarda nafaqat bilimni mustahkamlash, balki
hayotiy qadriyatlarga yoʻnaltirish, estetik didni rivojlantirish va jamiyatga
moslashishda samarali vosita ekanini tasdiqlaydi. Kelajakda raqamli texnologiyalar va
global media imkoniyatlaridan foydalanish orqali kino-pedagogikaning imkoniyatlari
yanada kengayib, u taʼlimning innovatsion va zamonaviy yondashuvlaridan biri
sifatida yanada rivojlanib boradi.

ADABIYOTLAR
1. Abidi, S. H., Madhani, S., Pasha, A., & Ali, S. (2017). Use of Cinematic Films
as a Teaching/Learning Tool for Adult Education. Canadian Journal for the Study of
Adult Education, 29(1), 37–48.
2. Çalıșkan, E. (2020). Avrupa Konseyiʼnin “Shared Histories for Europe Without
Dividing Lines” Adlı Proje Kitabında Osmanlı ve Türk İmajı. Education Journal, 9(1),
284–299.
3. SchulKinoWochen NRW 2023 | Bildungsportal NRW. (2023).