ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ergashgan qo‘shma gaplarni turli metodlar asosida o‘rgatilinishi

Voxidova Muqaddas Rasuljon qizi, Badriddinova Hilola

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ERGASHGAN QOʻSHMA GAPLARNI TURLI METODLAR ASOSIDA
OʻRGATILINISHI

Muqaddas Voxidova,
Oriental universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi kafedrasi dotsenti v.b.,

muqaddasfarangiz91@gmail.com

Hilola Badriddinova,
Oriental unversiteti talabasi
https://zenodo.org/records/17341038

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili oʻqitish metodikasi doirasida ergashgan
qoʻshma gaplarni oʻquvchilarga samarali oʻrgatish masalalari yoritiladi. Maqolada
mazkur gap turining grammatik tuzilishi, mantiqiy-sintaktik bogʻlanishi va uslubiy
xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi hamda bu bilimlarni oʻquvchilarga yetkazishda
qoʻllaniladigan metodik yondashuvlar — anʼanaviy, interfaol, muammoli taʼlim,
kommunikativ metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oʻrganiladi.
Maqolada ergashgan qoʻshma gaplarni oʻzlashtirishda oʻquvchilarning til
kompetensiyasini rivojlantirish, mantiqiy fikrlashini shakllantirish va yozma-nutq
malakasini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimi, didaktik vositalar va metodik
tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xususan, dars jarayonida klaster, insert, “aqliy hujum” kabi
usullardan foydalanish samaradorligi amaliy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot
natijalari ergashgan qoʻshma gaplarni ona tili darslarida zamonaviy metodik
yondashuvlar asosida oʻrgatish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat
qiladi.

Kalit soʻzlar: Ergashgan qoʻshma gap, metodika, ona tili, interfaol metodlar,
muammoli taʼlim, klaster, insert, til kompetensiyasi, yozma nutq, sintaksis.

Abstract. This article explores effective methods for teaching complex sentences
with subordinate clauses within the framework of native language teaching
methodology. The study provides a detailed analysis of the grammatical structure,
logical-syntactic relationships, and stylistic features of such sentences, and examines
methodological approaches to their instruction — including traditional methods,
interactive techniques, problem-based learning, communicative approaches, and
information and communication technologies (ICT). The article proposes a system of
exercises, methodological recommendations, and didactic tools aimed at developing
studentsʼ language competence, enhancing their logical thinking, and strengthening
their written language skills in the process of learning subordinate complex sentences.
In particular, the effectiveness of using methods such as clustering, INSERT, and
brainstorming in the classroom is substantiated. The findings of the research serve as a
foundation for developing practical recommendations for teaching subordinate
complex sentences in native language classes based on modern methodological
approaches.

Keywords: Subordinate complex sentences, methodology, native language,
interactive methods, problem-based learning, clustering, INSERT, language
competence, written speech, syntax.

Har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb,
davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz,

shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak.
Shavkat Mirziyoyev

Ergashgan qoʻshma gaplar teng boʻlmagan qismlarning tobelanish orqali
birikuvidan tuziladi. Bu qismlar orasida fikriy, grammatik va intonation butunlik
mavjud boʻladi. Ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi har bir sodda gap mazmunan
nisbiy mustaqildir. Bu predikativ qismlar, bosh gap, ergash gap deb yuritilishidan qatʼi
nazar, bir-biriga mazmunan bogʻlanadi, bir-birini ifodalaydi, aniqlaydi, toʻldiradi.
Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gap esa, mustaqilday koʻrinsa ham, ergash gap
tomonidan ifodalanadi. Shuning tufayli ularni alohida-alohida mustaqil gap deb
boʻlmaydi. Ergashgan qoʻshma gaplardagi soda gaplarning bogʻlanishida nisbiy
soʻzlarning roli ahamiyatlidir.

Qismlari ergashtiruvchi bogʻlovchilar yoki shunday bogʻlovchilar vazifasidagi
soʻzlar yordamida bogʻlangan qoʻshma gaplar ergashgan qoʻshma gaplar hisoblanadi:

Olim boʻlsang, olam seniki.
Ildiz oziq bersa, novda koʻkarar.
Ergashgan qoʻshma gaplar tarkibida nechta gap boʻlishidan qatʼiy nazar, doimo
ikki qismdan tashkil topadi:
1 Bosh gap (hokim) mazmuni izohlayotgan gap.
2 Ergashgan gap (tobe) bosh gapning mazmunini izohlab, toʻldirib, aniqlab
keladigan gapdir. Endi bu qoidani mustahkamlash uchun shu asosida misollar
keltiramiz:
Singlim kelgandan keyin, mashgʻulotni boshlaymiz.
Guruh sardori kirgach, hamma tinchlandi.
Kamtar boʻl, chunki kamtarlik insoni kamolotga boshlaydi.
Aziza darsga kirolmadi chunki kech qolib keldi.
Kesim tarkibida -ki, tarkibida shuning uchun bogʻlovchisi qatnashgan gaplar
bosh gap hisoblanadi. Kesim tarkibida –sa, -sa ham -gach, -ganda, - guncha, bogʻlovchi
vositalar hamda koʻmakchilar, chunki, goʻyo (ki) toki bogʻlovchilari qatnashgan gaplar
esa har doim ergash gap hisoblanadi 1.Endi soʻzli tasavvur metod asosida bolalar bilan
birgalikda yuqoridagi bogʻlovchi, koʻmakchilar asosida ergash gaplar tuzamiz.
Inson nimagaki erisholmasa, oʻsha aziz tuyuladi.
Yaxshilab taʼzirini berish kerak, toki boshqalarga namuna boʻlsin.
Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland boʻladi.
Quyosh bugun chiqsa, bogʻimizda gullar ochiladi.
Nodira darsga kelmadi chunki, kasal boʻlib qoldi.

1 Hamrayev M. Ona tili qo‘llanma va mashqlar to‘plami. Sharq nashriyoti – matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2014. 330-bet.

Ergash gaplar tuzilishiga boʻyicha soʻz birikmalariga oʻxshaydi. Soʻz birikmasi
tarkibidagi soʻz nechta boʻlishidan qatʼiy nazar, doimo ikki qismdan iborat boʻlib tobe
va hokim soʻzdan tashkil topadi.

Eslatma. Yozma nutqda bosh gapning tagiga toʻgʻri chiziq va ergashgan gapning
tagiga toʻlqinli chiziq chiziladi.

Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalar
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bogʻlanadi:
Bunda oson usulda tushuntirish uchun chiroyli olti qirrali gul tasvirini chizamiz
va har bir yaprogʻiga bogʻlovchi vositalarni yozib chiqamiz.
1 Ergashtiruvchi bogʻlovchilar
2 Koʻmakchili qurilmalar ( shuning uchun, shu sababli, shu tufayli )
3 Yuklamalar ( ki)
4 Nisbiy soʻzlar ( kim - oʻsha, nima – shu )
5 Deb soʻzi
6 Shart mayli.
1. Ergashtiruvchi bogʻlovchili ergashgan qoʻshma gaplar
Bosh gapda ifodalangan mazmuni sababi, maqsadi, sharti, kabilarni bildirgan
ergash gaplar bosh gapda sabab ( chunki, negaki )
Maqsad (toki), shart ( agar, agarda, basharti, mabodo ) ergashtiruvchi
bogʻlovchilar yordamida bir biriga bogʻlanadi.
Bugun men mabodo kelmay qolsam ustozga aytib qoʻy.
Agar Akmalning yoniga yuboradigan boʻlishsa, sira oʻylanib oʻtirmasdim.
Hamma joy xoʻl boʻldi, chunki yomgʻir yogʻdi.
Bu muammoni guruhda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin.
Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir.
Charos gapira olmadi, negaki u aybdor edi.
Quyidagi gaplarni doskaga yozib ergashtiruvchi bogʻlovchilarning qanday
mazmuni ifodalanganini oʻquvchilar bilan birga tahlil qilamiz.
2. Koʻmakchili qurilmali ergashgan qoʻshma gaplar
Bosh gapda ifodalangan mazmuning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh
gapga shuning uchun, shu sababli, shu bois, shu tufayli, kabi koʻmakchili qurilmalar
yordamida bogʻlanadi:
Muhabbatning ishi shoshilinch emas, shu bois ikkinchi hukm unga nasib etdi.
Shifokorlikka menda havas uygʻondi, shu sababli uning sirlarni oʻrganishga bel
bogʻladim.
Salima bugun darsga kelmadi, shuning uchun uning bahosi pasaydi.
Koʻngil chiroqlari mustaqil Oʻzbekiston mehridan nurlanib turar ekan, shu tufayli
istiqlol yoʻllari tobora ravshanlashib boradi.
Har bir maʼlumotlar berilganda ularga mos qilib gaplar tuzish, gaplarda
oʻquvchilarning ham ismi ishtirok etishi yodda saqlab qolishga. Darsni yanada
mustahkam boʻlishga yordam beradi.
3. Aniqlovchi ergash gap (ki) yuklamasi
Bosh gapda aniqlovchi boʻlib kelgan olmosh va ayrim sifatlarni ifodalab kelgan
ergash gapdir. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli

qoʻshma gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan -ki bogʻlovchisi yoki shart
mayli qoʻshimchasi –sa yordamida bogʻlanadi:

Kimning koʻngli toʻgʻri boʻlsa, uning yoʻli ham toʻgʻri.
Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.
Kim yalqov boʻlsa, qoʻlida obod yer ham xarob boʻladi.
SHunday odamlar borki, kelajakni oldindan ayta oladilar.
Odam borki, odamlarning naqshidir.
4. Nisbiy soʻzli ergashgan qoʻshma gaplar
Bosh va ergash gaplar tarkibida savol – javob juftligini hosil qilib bir –biriga
nisbatan qoʻllanuvchi kim –u, nima-oʻsha, qanday –shunday, qayerda-oʻsha, qanday –
shunday, kabi nisbiy soʻzlarga –sa qoʻshimchasi yordamida oʻzaro bogʻlanadi:
Kim harakat qilsa, u baraka topadi.
Kimki boshqalar hayotiga oʻz hayotidek, boshqalar quvonchi va qaygʻusiga oʻz
quvonchi va qaygʻusidek qarar ekan, u chinakam odamdir.
Eslatma nisbiy soʻzli va koʻrsatish olmoshli ergashgan qoʻshma gaplar havola
boʻlakli qoʻshma gaplar ham deb ataladi:
Kimniki qoʻlidan yaxshilik kelmasa, u yomonlik qilishdan saqlansin.
5. Deb soʻzi yordamida ergashgan qoʻshma gaplar
Bosh gapda ifodalangan mazmuning sababini, maqsadini bildiruvchi ergash
gaplar bosh gapga koʻpincha deb soʻzi yordamida bogʻlanadi. Ergash gap yozuvda
bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Dildora ham shunday oʻylamasin deb,hanuz gapirganim yoʻq.
Deb bogʻlovchisi 3 shaxs buyruq mayli va shart mayli kelasi zamon feʼlidan keyin
kelsa, asosan, maqsad maʼnosini ifodalaydi:
Singillarim bezovta boʻlmasin deb, Kenja botir toʻqayning chekkasiga qochdi.
Bunday gaplar tarkibidagi deb soʻzi uchun koʻmakchisi bilan maʼnodosh
hisoblanadi,shuning uchun bir –biri bilan erkin almashina oladi:
Yovlar yakson boʻlsin uchun,yigitlar jang boshladi.
Deb bogʻlovchisi oʻtgan zamon feʼlidan keyin kelsa koʻproq sabab maʼnosini
ifodalaydi:
Odamlar koʻradi deb, koʻchaga chiqmadi.
6. Shart mayli yordamida ergashgan qoʻshma gaplar.
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi feʼllar orqali ifodalanganda, shart
mayli qoʻshimchasi ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositasi hisoblanadi. Qismlari
ergash gap kesimi tarkibida keladigan –sa qoʻshimchasi yordamida bogʻlanadi:
Bola oʻqisa, foydasi oʻziga, keyin ota-onasiga tegadi.
Ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmuning yuzaga chiqish yoki
chiqmaslik shartini, paytini ifodalaydi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul
yordamida ajratiladi:
Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Orfografik oʻyin” metodini qoʻllaymiz. Bunda
darsda oʻtilgan mavzuni soʻrash qismida bu oʻyin turidan foydalanishimiz maqsadga
muvofiq boʻladi. Mavzuga doir soʻzlar yozib qoʻyiladi, oʻquvchilar ularni ikki
ustunlarga toʻgʻrilab yozib chiqadilar va imlo savodxonligi ham tekshiriladi.
Darslardagi samarali metodlarni qoʻllay olish oʻquvchilarning bilim salohiyatni

oshiradi. Xulosa qilib aytganda ushbu uslublarni turli tuman qilib qoʻllash bolalarning
darsga boʻlgan qiziqishini oshirib oʻqib oʻrganishga undaydi. Ushbu mavzuyimiz
murakkab boʻlish mumkin uni chiroyli nutq,hamda qiziqarli qilib yetkazib berish bu
ustozning mahoratiga bogʻliqdir. Buning uchun kuchli bilim va kasbga boʻlgan mehr
boʻlish kerak.

Mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplarni turli metodlar yordamida oʻrgatish
Sinfi: 9-sinf (yoki xohlagan sinf)
Vaqti: 45 daqiqa
Fan: Ona tili (metodikasi)
Dars maqsadi:
Ergashgan qoʻshma gaplarni tushunish va tuzish koʻnikmalarini shakllantirish.
Til kompetensiyasini va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
Klaster, INSERT va brainstorming usullaridan foydalanib faol oʻquvchi
ishtirokini taʼminlash.
Dars vazifalari:
Ergashgan qoʻshma gaplarning asosiy tuzilishini tushuntirish.
Oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undash.
Oʻquvchilarni guruhlarda hamda yakka tartibda samarali faoliyatga jalb qilish.
Kerakli jihozlar:
Doska va markerlar
Matn namunasi (INSERT uchun)
Ish varaqalari
Slaydlar (agar imkoniyat boʻlsa)
Dars bosqichlari:
1. Tashkiliy qism (5 daqiqa)
Salomlashish, dars mavzusini eʼlon qilish.
Oʻquvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotish uchun qisqa savollar berish.
2. Nazariy qism (10 daqiqa)
Ergashgan qoʻshma gap tushunchasi, tuzilishi va grammatik xususiyatlari haqida
tushuntirish.
Oddiy misollar keltirish, gap qismlarini ajratish.
3. Klaster usuli bilan mashq (10 daqiqa)
Doskada “Ergashgan qoʻshma gap” markazida yoziladi.
Oʻquvchilardan asosiy tushunchalar, bogʻlovchi soʻzlar, tuzilish turlari,
maʼnolarni doskaga klaster shaklida yozishni soʻrash.
Har bir guruh yoki oʻquvchi oʻz klasterini qisqacha taqdim etadi.
4. INSERT usuli bilan matn oʻqish (8 daqiqa)
Oʻquvchilarga ergashgan qoʻshma gaplardan iborat qisqa matn taqdim etiladi.
Matnni oʻqib, har bir oʻquvchi quyidagi belgilar bilan yozadi:

✔ – yangi maʼlumot,
? – tushunarsiz joy,
– – oldin bilgan maʼlumot,
! – qiziqarli yoki hayratlanarli fakt.
Belgilangan joylar boʻyicha qisqa muhokama.
5. “Aqliy hujum” (brainstorming) (7 daqiqa)

Oʻquvchilardan ergashgan qoʻshma gaplarni bogʻlovchi soʻzlar va ularning
ishlatilish imkoniyatlari haqida fikrlar yigʻish.

Olingan gʻoyalar doskada yozib boriladi, guruhlash va qisqacha tahlil qilinadi.
6. Amaliy ish va yakuniy mustahkamlash (5 daqiqa)
Oʻquvchilardan ergashgan qoʻshma gaplardan foydalanib 2-3 gap tuzish soʻraladi
(ogʻzaki yoki yozma).
Dars haqida qisqacha xulosa, savol-javob.
7. Uyga vazifa berish
Ergashgan qoʻshma gaplarni topish va tahlil qilish boʻyicha matn oʻqish yoki
mustaqil mashqlar bajarish.

ADABIYOTLAR
1 Hamrayev M. Ona tili qoʻllanma va mashqlar toʻplami. Sharq nashriyoti –
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2014.
2 Qoʻshma gaplarni oʻrgatish metodikasi / T.X.Rahimova. – Toshkent:
Oʻqituvchi, 2018. – 112 b.
3 Oʻzbek tilining grammatikasi / O.Qodirov, N.Mamatqulov. – Toshkent: Fan,
2015. – 360 b.
4 Ona tili oʻqitish metodikasi: nazariya va amaliyot / Sh. Ismoilov. — Toshkent:
Oʻqituvchi, 2020. – 240 b.
5 Til oʻqitishning interfaol metodlari / A.Tursunov. – Toshkent: Movarounnahr,
2017. — 190 b.
6 Muammoli taʼlim metodologiyasi / R. Karimov. – Toshkent: Universitet
nashriyoti, 2019. – 150 b.
7 Richards, J.C., & Rodgers, T.S. (2014). Approaches and Methods in Language
Teaching. Cambridge University Press.
8 Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching (4th ed.).
Pearson Longman.
9 Celce-Murcia, M. (2001). Teaching English as a Second or Foreign Language
(3rd ed.). Heinle & Heinle Publishers.
10 Ellis, R. (2003). Task-based Language Learning and Teaching. Oxford
University Press.
11 Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ona tili
oʻqitish dasturlari, 2022.
12 https://kompy.info/2-mavzu ergashgan qoʻshma-gaplar