OʻQUV JARAYONIDA FASILITATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING
KREATIV USULLARI
Nargiza Quchqorova,
Oriental universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori
kuchkarova06071979@gmail.com
Shaxloxon Yoʻlchiyeva,
Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti
yolchiyevashahloxon@gmail.com
ORCID: 0009-0003-3441-3145
https://zenodo.org/records/17341040
Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlar va zamonaviy maktablarda oʻquv jarayonining shakllanishi
hamda rivojlanish yoʻnalishlari ilmiy va nazariy asosda yoritiladi. Boshlangʻich
taʼlimda kreativ yondashuvni joriy etish, taʼlimni ilgʻor pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil qilish, oʻquvchilarning erkin fikrlash va mustaqil ishlash koʻnikmalarini
shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi avlod darsliklarining
qiyosiy oʻrganilishi, ularning afzallik va kamchiliklari, taʼlim samaradorligini
oshirishdagi oʻrni koʻrib chiqiladi. Maqolada tinglab tushunish, oʻqib anglash va
yozma nutq kompetensiyalarini rivojlantirish, fasilitatsion yondashuvning uzluksiz
taʼlim tizimidagi ahamiyati hamda taʼlimni nazariy va amaliy jihatdan yanada
takomillashtirish imkoniyatlari keng yoritilgan. Mazkur tadqiqot kelgusida taʼlim
jarayonini innovatsion yondashuvlar bilan boyitadi.
Kalit soʻzlar: Fasilitatsiya, estetik tarbiya, “Ona tili soʻzlari” zamonaviy taʼlim
“Biz-sotuvchi, biz-xaridor”, taʼlim jarayoni, tushuntirish, tushunish, oʻrgatish,
oʻrganish.
Abstract. This article analyzes the large-scale reforms carried out in the education
system of Uzbekistan and the development trends observed in modern schools. It
examines the introduction of creative approaches in primary education, the
organization of the learning process on the basis of advanced pedagogical technologies,
and the development of studentsʼ independent thinking and problem-solving skills. In
addition, a comparative study of the new generation of textbooks, their strengths and
weaknesses, and their role in improving learning efficiency is presented. The article
also highlights the formation of competencies such as listening comprehension, reading
comprehension, and written speech, the significance of the facilitation approach in the
system of continuous education, as well as theoretical and practical opportunities for
further improvement of teaching. This research enriches the educational process with
innovative approaches in the future.
Keywords: Facilitation, aesthetic education, “Mother tongue words”, modern
education “We are the seller, we are the buyer”, educational process, explanation,
understanding, teaching, learning.
Taʼlim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar oʻtishi bilan
kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormoqda.
Taʼlimni texnologiyalashtirish – bu keng koʻlamdagi mutaxassislarning nazariy va
amaliy toʻplamlarini tadqiqot qiluvchi va taʼminlovchi pedagogika fanining yangi
yoʻnalishi hisoblanadi. Uning ilmiy imkoniyatlari mamlakatimiz olimlarining ilmiy
ishlarida kundan-kunga ortib bormoqda. Pedagogik amaliyotda taʼlimning yangi
yoʻllari va vositalarini tez suratlarda yoʻlga qoʻyish kuzatilmoqda. Shubhasiz bunda
faol taʼlimning ayrim shakl va usullari oʻrniga bir butun oʻqitish texnologiyalari kelishi
lozim. Taʼlim jarayonini texnologik loyixalashtirish va rejalashtirishni faqatgina
texnologik bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻlgan pedagoggina qilishi mumkin.
Shu asosda taʼlim-tarbiya sohasida soʻnggi davrda yangi pedagogik texnologiya
amal qila boshladi.
Fasilitatsiya tushunchasi esa bugungi rivojlanayotgan zamonnig ilgʻor
qarashlarining maxsuli hisoblanadi.Fasilitatsiya taʼlim jarayonini osonlashtiruvchi
soddalashtiruvchi jarayonlardan biri sifatida tushuniladi.
Oʻquv jarayonini oʻrganishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha
bosqichlarda tushunish mumkin.:
—tushuntirish
— axborotning maʼno-mazmunini, undan foydalanish tartibini turli vosita va
usullarni qoʻllab, tushuntiruvchining oʻzi tushungan darajada boshqalarga yetka-zish
faoliyatidan iborat jarayon;
—tushunish — axborotning maʼnomazmunini idrok qilish, undan koʻrsatilgan
tartibda mustaqil foydalana olish;
—oʻrgatish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish
koʻnikmalarini oʻrgatuvchining oʻzi oʻrgangan darajada boshqalarning takrorlay
olishini turli vosita va usullarni qoʻllab amalga oshirish faoliyatidan iborat jarayon;
—oʻrganish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni koʻrsatilgan tartibda
mustaqil bajarish koʻnikmalarini egallash;
—oʻzlashtirish — tushunish, oʻrganish orqali axborotning maʼno-mazmuni,
undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalar
hosil boʻlishi. Oʻzlashtirish shartli ravishda quyidagi uchta darajaga ajratiladi:
“1) oʻrgatilgan bilim, koʻnikmalarni toʻgʻri takrorlash.
2) ularni amaliy faoliyatda qoʻllash; ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish
imkoniyatiga ega boʻlish;
3) ularni ijodiy taxlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish
asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega.”1
Ushbu qoʻllaniladigan jarayonlar bilan birga kreativ yondashuv asosida ish
yuritilsa koʻzlangan natijaga erishish yoʻli yanada yaqinlashadi.
Masalan qilib boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan matematika darsligidagi
iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi masalalar topshiriqlarga
hayotiy munosabatlar ,oilaviy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maʼlumot berish va
1 Ochildiyeva Mushtariy ” boshlang‘ich ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuvlar” ta’lim sifati -yangi
o‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili. https://www.kokanduni.uz/uz
ularni amalda qoʻllashni oʻrgatuvchi “Biz- sotuvchi, biz-xaridor” metodini qoʻllash
ham katta samara keltiradi.
Mashqlar oʻqish, yozish, soʻzlash, fikrlash, xisoblash, turli harakatlar bajarish,
qurish-yasash, chizish, boʻyash, musiqa chalish, qoʻshiq aytish, misol, masala, testlar
yechish, kompyuter bilan ishlash, asboblar, stanoklar, boshqa texnika vositalari bilan
ishlash, jismoniy va sport mashqlari, ishchanlik oʻyinlari, musobaqa, koʻrik, tanlov va
boshqalardan iborat. Mashgʻulot vaqtining koʻproq qismi mashqlar bajarishga
sarflanishi albatta yaxshi natijalar beradi.
Boshlangʻich maktab oʻquvchining umumiy taʼlim jarayonidagi eng muhim
bosqichdir. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisining masʼuliyati doimo eksklyuziv boʻlgan.
Boshlangʻich maktabda olingan taʼlim keyingi taʼlim uchun asos, poydevor boʻlib
xizmat qiladi. Boshlangʻich taʼlim boshlangʻich maktabning sifat jihatidan yangi
shaxsga yoʻnaltirilgan rivojlanish modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga
erishish uchun moʻljallangan:
oʻquvchi shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, oʻqishga qiziqish,
oʻrganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish;
maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiya;
turli tadbirlarni amalga oshirishda bilim, koʻnikma, tajriba tizimini oʻzlashtirish;
bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash;
bolaning individualligini saqlash va qoʻllab-quvvatlash.
Psixolingvistik tadqiqotlardan maʼlumki, insonning til qobilyati 4 xil kognitiv
malakaning oʻzaro bogʻliqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrni ogʻzaki bayon
qilish, oʻqib tushunish, fikrini yozma bayon qilish. Eshitib tushunish va gapirish
ogʻzaki nutq shakli bilan bogʻliq, oʻqib tushunish va yozish esa tilning yozma shakli
bilan, eshitib tushunish va oʻqib tushunish psixologik tomondan nutqni qabul qilish
jarayoni, gapirish va yozish esa nutq jarayonidir.
K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaga taʼlim va tarbiya berishda tilning qimmati
dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan
belgilanadi. U “tilda chuqur maʼnoli koʻpdan koʻp falsafiy fikrlar, chinakam nafis histuygʻular, nihoyatda toʻgʻri, koʻrkam did, fikrni bir yerga toʻplab, zoʻr diqqat bilan
qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni
gʻoyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zoʻr mantiqiylik ... bor”, deb
taʼriflaydi. K.D.Ushinskiy oʻzining “Ona tili soʻzlari” maqolasida bolani ona tili, ona
tilidagi soʻzlar orqali tarbiyalash masalasini qoʻydi. Chunki xalqchillik dastlab ona
tilida oʻz ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, maʼnaviy qiyofasi ana
shu til taʼsirida shakllanadi. Zamonaviy boshlangʻich taʼlim uchun istiqbolli, ustuvor
yoʻnalishlardan biri bu – oʻquvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda milliy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir.
Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki zamonaviy taʼlim Oʻzbekiston
yoshlarini istibolli kelajakka eltadi. Taʼlim tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayotmamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq.
Qanchalik murakkab boʻlmasin, maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam
qoʻyishimiz kerak.
ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning
Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat mirziyeevningituv-30-09-2020 (Speech by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev at the solemn ceremony dedicated to the Day of Teachers
and Mentors)rose or morality. – Tashkent: 2008. )
2. A.Hakimov “yoshlar-tarbiyasi-jamiyatdagi-muhim-masala.” Nomli
maqolasidan (A. Khakimov from his article “Youth-education-is-an-important-issuein-society.”)
3. Abu Ali ibn Sino “Tadbiri manzil” risola (Abu Ali ibn Sino “Tadbiri Manzil”
treatise)
4. Musaev. M “Oʻqituvchining maqomi konstitutsiyada kafolatlanadi” Marifat
gazetasi 2023-yil 26-aprel. № 17(9446). b-11. ( Musaev. M “The status of a teacher is
guaranteed in the constitution” Marifat newspaper, April 26, 2023. № 17 (9446). b-
11.)
5. Kulchayeva D. Boshlangʻich sinflarda “Tarbiya” fanini oʻqitishning ilmiymetodik asoslari // Academic research in educational sciences. 2021. №11
(Kulchayeva D. Scientific and methodological foundations of teaching the subject
“Education” in primary grades // Academic research in educational sciences. 2021. No.
11)
6. Olimov.Sh.SH “Maʼnaviy-axloqiy tarbiya asoslari” (Monografiya) Т.:“Fan
va texnologiya”.(Olimov.Sh.SH “Fundamentals of spiritual and moral education”
(Monography) T.: “Science and technology”.)
7. Саврасова, А.И. Оценка образовательных результатов в условиях
модернизации образования. : учеб.-метод. пособие / Федер. агентство по
образованию, Мурм. гос. пед. ун-т ; А. И. Саврасова. - Мурманск: МГПУ, 2008.
- 168 с.
8. Quchqorova N.M, Otayeva.S.S, AmangaldiyevaA.R “PEDAGOGIK
MAHORAT” “Bookmany print”nashriyoti, № 537233 2024-yil 11-mart.
(Kuchqorova N.M, Otayeva.S.S, AmangaldiyevaA.R “PEDAGOGICAL SKILLS”
“Bookmany print” publishing house, No. 537233 March 11, 2024.)
9. Yoʻlchiyeva Sh.O.“THE CONCEPT OF FACILITATION AND ITS
SIGNIFICANCE IN PRIMARY CLASSES” “Sciens and innovation”,2024-yil 5-son,
№ MG-2024-05-7267, 168-171 bet. (Yoʻlchiyeva Sh.O. “THE CONCEPT OF
FACILITATION AND ITS SIGNIFICANCE IN PRIMARY CLASSES” “Sciences
and innovation”, 2024, No. 5, No. MG-2024-05-7267, pp. 168-171.)
10. Djumanov J.X., Miryusupov Z.Z. Kompyuter tarmoqlari: Oʻquv qoʻllanma,
Muhammad Al-Xorazmiy nom. TATU. - T. : Aloqachi, 2020.