ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sportning erkin kurash turida mashg‘ulotlar samaradorligi va jismoniy tayyorgarlikni oshirish uslubiyati

Abdullayev Ilhom Xushnudovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SPORTNING ERKIN KURASH TURIDA MASHGʻULOTLAR
SAMARADORLIGI VA JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH

USLUBIYATI

Ilhom Abdullayev,
Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b., p.f.f.d (Phd)

abdullayevilhom45@gmail.com
https://zenodo.org/records/17341057

Annotatsiya. Mazkur maqolada xozirgu kunda mashgʻulotlarni yuqori savida
tashkil etish va erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga
qaratilgan uslubni tahlili keltirilgan.

Kalit soʻz: maxsus, tayyorgarlik, mashgʻulot, uslub, texnika.

Abstract. This article presents an analysis of the style, which is currently aimed
at organizing high-level training and improving the special physical training of
freestyle wrestlers.

Keywords: specialty, training, education, style, technique.

Maqolaning dolzarbligi. Dunyoning turli mamlakatlarida olimpiya dasturiga
kiritilgan erkin kurash sportchilarni tayyorlash tizimida kuchayib borayotgan global
raqobat sharoitlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishning yangicha
uslublarini izlab topish muammosi sport boʻyicha mutaxassislarning diqqat markazida
boʻlib kelmoqda. Hozirgi kunda erkin kurash sport turida nufuzli musobaqalarda
natijalarni qoʻlga kiritish, sportchining mashgʻulot faoliyatida maksimal yuqori
darajaga erishish uchun intilishiga sabab boʻlmoqda. Taʼkidlash joizki, jahonda erkin
kurash sport turiga iqtidorli yoshlarni jalb etish, ularning maxsus jismoniy
tayyorgarligini takomillashtirish, oʻquv-mashgʻulot jarayonlarida zamonaviy tarzda
tashkil etish hamda samarali vosita va usullar asosida tashkil qilishni taqozo etmoqda.

Adabiyotlar tahlili (Literature review). Oʻzbekistonda erkin kurashida
sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yangi texnologiyalarni
amaliyotga joriy etish boʻyicha yetarli darajada ahamiyat berilmagan. Olib borilgan
tadqiqotlarning barchasi yuqori malakali erkin kurashchilarning texnik tayyorgarligiga
qaratilgan boʻlib sport kurashi boʻyicha olimlar А.N.Аbdiyev, F.А.Kerimov,
N.А.Kerimov, N.А.Tastanov, Sh.А.Mirzakulov, Sh.S.Mirzanov, А.А.Ruziev,
Z.А.Bakiyevlar oʻzlarining ilmiy-uslubiy ishlarida kurashchilarning jismoniy
tayyorgarligini optimallashtirish va rejalashtirish uslubiyatini ochib turli takliflar
berishgan.

Erkin kurashchilarning mashgʻulot tayyorgarligi sportchilarning jismoniy va
psixologik holatini oshirish, texnik va taktika koʻnikmalarini rivojlantirish uchun
muhim bosqichdir. Bunday tayyorgarlik quyidagi asosiy yoʻnalishlarga boʻlinadi:

Jismoniy tayyorgarlik - erkin kurashchilarining kuchli jismoniy tayyorgarligi
ularning muvaffaqiyatli kurashishida asosiy omil hisoblanadi. Bunga quyidagi
mashqlar kiradi:

Kuch mashqlari: Ogʻirlik koʻtarish, dumbbell va barbell mashqlari, plank, pushup, squat, deadlift kabi mashqlarni bajarish.

Chidamlilik mashqlari: Kardio mashqlar (yugurish, velosipedda yurish, suzish)
orqali yurakni va nafas olish tizimini kuchaytirish.

Moslashuvchanlik mashqlari: Elastiklikni oshirish uchun choʻzish va yoga
mashqlari, shuningdek, barqarorlikni oshirish uchun balans mashqlari.

Texnik tayyorgarlik - erkin kurashda texnik koʻnikmalar juda muhim.
Sportchilarga turli usullarni oʻrganish va toʻgʻri bajarishni rivojlantirish uchun maxsus
mashgʻulotlar oʻtkaziladi:

Uzoq va qisqa masofada kurashish texnikalari: Usullarni yaxshi oʻzlashtirish
va ular orqali raqibni nazorat qilish.

Pozitsiyalarni oʻzgartirish: Turli pozitsiyalarda kurashish, xususan, yuqori va
pastki pozitsiyalarni egallash.

Xatoliklarni tuzatish: Qayta-qayta mashq qilish orqali texnik xatoliklarni
kamaytirish.

Taktik tayyorgarlik - Kurashchilar faqat texnik bilimlarga ega boʻlishi yetarli
emas. Ular raqibning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, shunga mos taktika ishlab
chiqishlari kerak. Bu yerda quyidagi elementlar oʻrganiladi:

Psixologik tayyorgarlik: - erkin kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun
psixologik jihatlar ham muhim ahamiyatga ega. Kurashchining ruhiy holati uning
performansiga taʼsir qiladi.

Motivatsiya va qaror qabul qilish: Kurashchining oʻziga boʻlgan ishonchi, kuchli
iroda va qaror qabul qilish qobiliyati.

Stressni boshqarish: Kurashlarda hissiy holatni boshqarish, misol uchun, finalga
yoki musobaqaga tayyorlanish paytida asabiylikni nazorat qilish.

Uyushgan va maxsus mashgʻulotlar:
Sparring: Amaliy janglar, yaʼni boshqa kurashchilar bilan mashgʻulotlar
oʻtkazish.
Videolar orqali tahlil - Kurashchilarning janglarini koʻrib, xatoliklarni aniqlash va
yaxshilanish yoʻllarini topish.
Soʻnggi tayyorgarlik - Musobaqalar oldidan tizimli va malakali tayyorgarlikni
davom ettirish.
Yuqori darajadagi tiklanish - Jismoniy yuklamalar va mashgʻulotlardan keyin
tiklanish juda muhim. Bu sportchilarga zarur boʻlgan kuchni qayta tiklashga yordam
beradi. Bunga quyidagilar kiradi:
Massaj va fizioterapiya
Tayyorlov mashqlaridan soʻng choʻzish
Uyqu va ovqatlanish
Erkin kurashchining tayyorgarligi koʻp jihatdan individual boʻlib, ularning kuchli
va zaif tomonlariga qarab moslashtiriladi. Yaxshi tayyorgarlik sportchi uchun
musobaqalarda gʻalaba qozonishning muhim shartidir.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Hozirgi kunda yangi
mashgʻulot rejalari, yangi yoʻnalishni koʻrsatmoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri sportchilarni
jismoniy, texnik va taktik harakatlarga oʻrgatishda ulaning imkoniyatlariga mos
ravshda yuklamalar berish orqali mashgʻulotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Natijada musobaqa faoliyati asosiy texnik usullarni oson bajara olish imkoniyatlari

kengaymoqda.

Shunga koʻra, sportchilarni mashgʻulot vaqtida musobaqa holatiga yaqin

sharoitda tayyorlash maqsadida mashgʻulotlar oʻtkazish uslubini ishlab chiqish

maqsadi, katta amplitudali murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyatlarini

shakllantirishga yoʻnaltirilgan mashqlar, tadqiqot davomida qoʻllanilgan maxsus

mashqlar samarasi, musobaqa faoliyatida asosiy qoʻllaniladigan texnik-taktik

harakatlar majmuasi hamda yunon-rum kurashchilarining maxsus jismoniy

tayyorgarligi samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv mashgʻulot jarayonlariga

tadbiq etish asosida olib borildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, kurashchilardan maxsus jismoniy tayyorgarligi

turli darajada namoyon qilishni talab etadigan mashqlar toʻplamini ishlab chiqishga

urunishlar boʻldi.

Tajriba va nazorat guruhlariga kurashchilar saralab olish dastlabki testlash

natijalariga koʻra oʻtkazildi. Tajriba boshida tajriba guruhi qatnashchilarining 8 ta

maxsus mashqlardan 6 tasida ishonchlilik darajasi (P<0,05) tashkil qildi.

Maxsus jismoniy tayyorgarlikning bu bosqichida kurashchilarning asosiy maxsus

harakatlari sifati rivojlanish darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan texnik-taktik

mashqlarning ustuvorligi hisoblanadi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). Yuqorida keltirilgan vazifalarni va

mashgʻulot yuklamalarini yaxshilash va xozirgi kun talabi asosida mashgʻulotlarni

samarali tashkil etish orqali sportchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshlilash

uchun mavjud imkoniyatlardan faol foydalanish kerak.

Xalqaro toifadagi sportchilar bilan mashgʻulotlarni tashkil etish ularni rivojlangan

mamlakat sportchilari bilan oʻquv-mashqlarni tashkil qilish orqali sportchilarimizni texnik

tayyorgarliklarini yaxshilash imkoniyatlarini koʻrib chiqish kerak.

Quyidagi 1-rasmda ham koʻrishimiz mumkin tadqiqotdan oldin mashqlar orqali

bajariladigan asosiy holatidagi usullarning tadqiqot yakunida 17% samaradorlikga

erishilaganini matematik-statistika koʻrsatdi.

13.51 14.88 12.99

12.21 11.77 11.88

10.98 10.09

11.99 9.95 8.07 10.55
8.05

10.53 6.13 9.99

1-mashq 2-mashq 3-mashq 4-mashq 5-mashq 6-mashq 7-mashq 8-mashq

Tadqiqot boshida Tadqiqot yakunida

1-rasm. Tadqiqot boshida va yakunida tajriba guruhi kurashchilarining
mashqlarni oʻsish koʻrsatkichlari

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib aytganda,
bugungi kunda erkin kurash sport turida imkoniyatlarimiz va zaxiramiz yaxshiligini

inobatga olgan xolda, sportchilarimizni xalqaro va olimpiya musobaqalarida natijalarni
yaxshilashga qaratilgan yangicha uslublarni koʻproq mashgʻulotlarga joriy qilish orqali
samaradorlikni oshirish mumkin.

Xulosa oʻrnida quyidagilarni tavsiya etamiz.
1. Erkin kurashchilarini tayyorlash tizimida ularning maxsus xarakat tayyorgarligini
nazorat qilish va baholash boʻyicha koʻplab tadqiqot ishlari oʻtkazilgan. Kurashchilarning
kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari darajasi aniqlangan va
boshqa harakat tayyorgarligini nazorat qilish uchun pedagogik kuzatuvlar oʻtkazilgan.
2. Erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi va oʻquv-mashgʻulot
jarayonlarini oʻrganishga qaratilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahliliga koʻra zamonaviy
sharoitlarda yosh erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini innovatsion
uslublar asosida shakllantirishga kuchli extiyoj mavjudligini aniqlashga imkon berdi.

ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport
kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-
336-sonli Qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-5280-son
“Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”
hamda PQ-5281-son “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi
olimpiya va XVII paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash
toʻgʻrisida”gi Qarori.
3. Aдилoв C.Қ. Эpкин куpaш cпopтчилapининг кoopдинaциoн
қoбилиятлapини pивoжлaнтиpиш вa теxник-тaктик ҳapaкaтлapи caмapaдopлигини
oшиpиш теxнoлoгияcи/ пед. фaн. бўй. фaл. дoк. (PhD) диc... - Тoшкент: 2020.- Б. 57-
69.
4. Abdullaev Ilkhom Khushnudovich. Development of special physicaltraining of
greco-roman wrestlers with the help of special simulators / 17th-tech-fest-2023
International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester, England
https://conferencea.org 25th August 2023.
5. Кеpимoв Ф.A. - Cпopт куpaши нaзapияcи вa уcулияти. Дapcлик. Т.,
ЎзДЖТИ, 2005. –340 б.
6. Уcмoнxўжaев Т.C., Caлaмoв P.C., Мaткapимoв P.М., Aкбapoвa М.
Физичеcкoе и пcиxичеcкoе paзвитие детей/Учебнoе пocoбие. –Тaшкент: Лидеp
Пpеcc, 2011. – Б. 36-37.