BASKETBOLCHI QIZLARDA TIKLANISH JARAYONLARINI LAZER
NURLARI TAʼSIRIDA YAXSHILANISH SAMARADORLIGI OSHIRISH
A.Boltayev,
Oriental universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti
a.a.boltaev2020@gmail.com
https://zenodo.org/records/17341072
Annotatsiya. Ushbu maqolada Jahonda malakali basketbolchi qizlarning
yuklamalarga moslashish va organizmini qayta tiklanishi boʻyicha murakkab sport
yigʻinlaridan soʻng organizmda sodir boʻladigan jarayonlar, lokal va global toliqish
yoki oʻta toliqish alomatlarini paydo boʻlishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf
qilish yuzasidan koʻplab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Kalit soʻzlar: Zamonaviy basketbol, maxsus yordamchi mashqlar, maxsus
rivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy mashqlar, mexnik-taktik harakatlar, malakali
basketbolchi.
Abstract: This article examines the processes occurring in the body after complex
sports training, the causes of local and global fatigue or symptoms of extreme fatigue,
as well as the reasons for their elimination, in connection with which many scientific
studies have been conducted.
Keywords: Modern basketball, special auxiliary exercises, special
developmental exercises, physical exercises, mechanical and tactical movements,
qualified basketball player.
Maqolaning dolzarbligi. Dunyo basketbol sport amaliyotida oʻta keskin raqobat
ostida kechayotgan xalqaro musobaqalarda sport natijalari yildan-yilga oʻsib
bormoqda. Zamonaviy basketbol olamlari oxirgi 20 yil ichida yuklamalarning xajmi
va jadalligi 2-5 marta oshdi. Bu oʻz navbatida mashgʻulotlar xajmi va shiddatini yanada
oshirishni yaʼni sportchilarda jismoniy imkoniyatlar zahirasini kuchaytirish, texniktaktik harakatlar koʻlamini kengaytirish talabini qoʻymoqda, bu oʻz oʻrnida sportchi
qizlar organizmiga va sport natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shu sabab,
basketbolchi qizlarda oʻta toliqish belgilarini oldini olish va qayta tiklash muddatlarini
qisqartirish, vositalar yordamida jaddallashtirish ilmiy jihatdan asoslab berish oʻta
muhim ahamiyatga ega. Jahonda malakali basketbolchi qizlarning yuklamalarga
moslashish va organizmini qayta tiklanishi boʻyicha murakkab sport yigʻinlaridan
soʻng organizmda sodir boʻladigan jarayonlar, lokal va global toliqish yoki oʻta toliqish
alomatlarini paydo boʻlishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan
koʻplab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Adabiyotlar tahlili (Literature review). Sport oʻyinlarida texnik usullarning
aniqligini takomillashtirish boʻyicha bir qator ilmiy ishlar eʼlon qilingan. Xususan,
yurtimizning yetakchi olimlaridan B.M.Miradilov gipoksik mashqlardan foydalangan
holda basketbolda toʻpni savtga tashlash aniqligini oshirish, Sh.X.Xankeldiyev va
V.G.Kim basketbolchilarning uzoq masofadan savatga toʻp tashlash aniqligi,
U.T.Kubeysinova basketbolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligining
rivojlanish dinamikasi va toʻpni sakrab savatga tashlash, A.A.Pulatov va
S.F.Ashurkova voleybol boʻyicha shiddatli musobaqalarda oʻyin yuklamalari taʼsirida
yuz beradigan gipoksiyaning toʻp kiritish aniqligiga taʼsiri boʻyicha tadqiqotlar olib
borganlar. Basketbol sport turi rivojlangan mamlakatlarda musobaqa va mashgʻulot
jarayonida vositalarni tabaqalashtirish, funksional zahira imkoniyatlarini boshqarishga
qaratilgan tiklovchi texnologiyalar ishlab chiqilgan. Sportchilar organizmini
tiklanishini tabiiy mexanizmlarini oʻrganish uchun hamda organizmning tabiiy
mexanizmlarini buzmasdan tiklash jarayonini tezlashtiradigan va asosiysi, sportchilar
salomatligiga zarar yetkazmaydigan taʼsir usullarini izlab topishda muhim ahamiyatga
ega.
Malakali basketbolchi qizlarda jismoniy ishchanlik qobiliyatini tiklanish
jarayonining innovatsion texnologiyalar taʼsiri ostida samaradorligini oshirish
boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Malakali basketbolchi qizlarning oʻyin ampluasini va morfofunksional
koʻrsatkichlari asosida istiqbolini bashorat qilishni hisobga olgan holda, ularning
jismoniy rivojlanishi darajasini va tana massasi tarkibini qiyosiy baholash;
basketbolchi qizlarning morfofunksional koʻrsatkichlari bilan maxsus harakat
sifatlarini namoyon qilinishi oʻrtasidagi oʻzaro korrelyatsion bogʻliqliklarni ishlab
chiqish va keyinchalik oʻyin faoliyatining samaradorligini taʼminlaydigan umumiy va
maxsus jismoniy sifatlarni pedagogik ekspertiza qilish; malakali basketbolchi
qizlarning ortiqcha toliqishi va qayta tiklanish holatini bashorat qiladigan informativ
mezonlarni ishlab chiqish.
Tadqiqot materiallari va metodologiyasi.Tananing total va parsial kattaliklari
koʻrsatkichlari basktbolda ixtisoslashgan sportchi qizlarning jismoniy rivojlanishi
darajasini, ularning tana tuzilishi xususiyatlarini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat
qiladi. Oʻzgaruvchanlikning oʻrtacha darajasini tana sonlarining aylanasi (𝜎-5.04),
qorin aylanasi (𝜎-5.66), yelka kengligi (σ-5.55), koʻndalang kattaliklaridan yelkaning
distal qismi (𝜎-4.49) va sonning distal qismi (𝜎-5.85) namoyon qildi. Parsial
kattaliklari koʻrsatkichlari dissertatsiyada keltirilgan. 14 Basketbolchi qizlar tanasi
yuzasidagi teriosti yogʻ qatlamining taqsimlanishi tahlil qilinganida markaziy,
xujumchi va himoya ampluasidagi oʻyinchilarda ushbu koʻrsatkichlarning pasayishi
kuzatilgan. Basketbolchi qizlarning oʻyin ampluasini hisobga olish bilan Ya.Mateyka
tomonidan taklif qilingan formula boʻyicha tana massasi komponentlarining foizli
nisbatlari (1-jadvalga qarang). 1-jadval Basketbolda ixtisoslashgan sportchilarni oʻyin
amplualarini hisobga olgan holdagi tana massasini komponentli tarkibi koʻrsatkichlari
(n=30) turi.
1-jadval
Basketbolda ixtisoslashgan sportchilarni oʻyin amplualarini hisobga
olgan holdagi tana massasini komponentli tarkibi koʻrsatkichlari (n=30)
Тuri, Tana Tana massasi, Mushak Yogʻ Suyak
ampluasi kg massasi, % massasi, massasi, %
uzunligi,sm %
Markaziy
oʻyinchi 179,3±1,91 73,2±1,62 35,88±2,76 20,2±3,4 13,90±1,30
(n=10)
Xujumchi 175,8±0,87 70,5±1,03 34,10±2,80 18,0±3,3 14,40±1,3
(n=10) 172,1±1,81 66,8±1,47 32,1±2,87 17,2±3,45 14,20±1,2
Himoyachi
(n=10)
Yogʻ komponentining miqdori birmuncha yuqori ekanligini aytish lozim, chunki
malakali basketbolchilarda yogʻning miqdori oʻrtacha 14% ni tashkil qilishi kerak
(V.P.Chtesov, B.A.Nikityuk,1991), lekin tadqiq qilingan basketbolchi qizlarning
ushbu koʻrsatkichlari, oʻyin ampluasiga bogʻliq ravishda 17,2±3,45% dan to
20,2±3,4% gacha farq qilishi aniqlangan Basketbolchi qizlarda yogʻ toʻqimalarining
ortiqchaligi bir qator omillarga, avvalam bor, isteʼmol qilinadigan oziqa kaloriyalariga
bogʻliq boʻlib, buni muhitli omillarning taʼsiri samarasi sifatida baholash mumkin.
Talablarga mos kelmaydigan trenirovka yuklamalarining qoʻllanilishi, yogʻ
toʻqimalarining ortishiga olib keladi, deb taxmin qildik. Markaziy oʻyinchilar tana
massasi tarkibidagi mushak komponentining miqdori xujumchilarnikiga nisbatan 4,7%
va himoyachilarnikiga nisbatan 3,6% yuqori, suyak komponentining miqdori boʻyicha
esa, xujumchilar va himoyachilarning koʻrsatkichlari markaziy ampluadagi
oʻyinchilarnikidan biroz yuqori.
Malakali basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi, funksional holati va tana
tuzilishining morfologik parametrlari koʻrsatkichlari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikni
aniqlash maqsadida juftlik korrelyatsiya koeffitsientlarining matematik usuli
qoʻllanildi.
Maʼlumotlarni tahlil qilish, 30 m yugurish natijalarini qoʻllar va oyoqlar uzunligi
bilan r=0,82, sonining aylanasi bilan – r=0,72 kuchli 15 korrelyatsion aloqaga ega
ekanligini koʻrsatdi. 100 m va 800 m yugurish va tana uzunligi koʻrsatkichlari oʻrtasida
(mos ravishda r=0,77 va r=0,91), joyidan turib uzunlikka sakrash va tana uzunligi,
qoʻllari va oyoqlari uzunligi oʻrtasida ham (mos ravishda r=0,84, r=0,79 va r=0,86)
yuqori korrelyatsion bogʻliqlik mavjudligi aniqlandi.
Tana massasi va PWC170 (r=0,89), sonining aylanasi va PWC170 (r=0,87)
oʻratasida aniqlangan yuqori korrelyatsion bogʻliqliklar, ushbu parametrlar oʻzaro
bogʻliq ekanligi va malakali basketbolchi qizlarning jismoniy ishchanlik qobiliyatlari
darajasi nafaqat uzunlik kattaliklari kabi somatik parametrlar bilan, balki tana massasi
va sonining aylanasi bilan ham belgilanishi toʻgʻrisida dalolat beradi. Shunday qilib,
eng yuqori korrelyatsion koeffitsientlar tana kattaliklari, xususan, tananing oyoq-
qoʻllari uzunliklari koʻrsatkichlarida aniq namoyon boʻladi. Yuqori korrelyatsion
koeffitsientlar aylana kattaliklari uchun xarakterlidir, xususan, sonning aylanasi bilan
800 m va 30 m yugurish oʻrtasida bogʻliqlik aniqlangan (mos ravishda r=0,75 va
r=0,72).
2-jadval. Trenirovka siklining musobaqa oldi bosqichida TG basketbolchi
qizlarni jismoniy ishchanlik qobilyati va trenirovka qilganligi darajasi
koʻrsatgichlari (n=15)
Jismo- Jismoniy
№ Ismi- Rаz niy ishchanlik OʻTS GSTI KMI KMI
sharifi riyad rivojla- қobiliyati (litr) (birligi) (abs.) (nisbiy)
nishi (kg/m/min)
VBI PWC PWC
(g/sm) (kg/m/ (vatt)
min)
1 M. V. SU 369,9 2170,3 399 3,9 115,8 5,844 91,4
2 A. X.. SU 404,6 1817,3 302,8 3,8 102,7 5,068 73,4
3 A. D. SU 336,8 984,2 164 3,2 102,71 3,235 49,7
4 Sh. I. 1 razri 335,9 1127,2 187,7 3,2 102,71 3,549 56,3
yad
5 B-P. D. 1 razri 353,9 1419 236,5 3,8 122,4 4,191 62,5
yad
6 Z. I. SU 306,8 1657,2 276,2 4,4 137,6 4,715 87,3
7 X. Ye. SU 395,4 1056,1 176 4,3 114,5 3,394 48,4
8 J. K. SUN 331,3 1483,3 247,2 3,7 112,2 4,333 80,2
9 Sh. A. SU 309,1 876,6 146 3,8 113,2 2,998 58,8
10 S. A. SU 371,1 2233,3 372,2 5 97,7 5,983 83,1
11 D. G. SU 365,8 1225,1 204 4 104,6 3,765 62,7
12 A. I. SU 494,5 1557,7 259,6 4,4 136,3 4,496 49,9
13 Z. L. SU 390,6 915,3 152,5 4,6 119 3,083 41,1
14 S. A. SUN 323,5 680,3 113,4 3 91,7 2,56 51,3
15 S. D 1 razri 353,9 1419,1 236,5 3,8 122,41 4,19 62,5
yad
Jismoniy ishchanlik qobiliyati koʻrsatkichlari boʻyicha natijaviylikdagi
farqlarning mavjud boʻlishiga qaramasdan, basketbolchi qizlarning mazkur guruhini
milliy terma jamoa aʼzoligiga zahira sifatida koʻrib chiqish zarur, ular, mos ravishdagi
jismoniy va texnik tayyorgarlikdan oʻtkazilganida, muhim xalqaro musobaqalarda
mamlakatimiz shaʼnini himoya qilishlari mumkin (2-jadvalga qarang).
Taqqoslash maqsadida malakali basketbolchi qizlarning nafaqat jismoniy
rivojlanishni, balki tana massasining komponentli tarkibini baholash, keyinchalik
antropometrik oʻlchash usullarini va Xit-Karter (1989) usuli boʻyicha somatotiplashni
qoʻllash bilan ularning qaddi-qomati tuzilishini tashhis qilish amalga oshirildi.
Basketbolchi qizlarning funksional imkoniyatlarini baholash paytida, ularning
istiqbolliligini bashorat qilish kardirespirator tizimining informativ koʻrsatkichlarini
qoʻllash bilan amalga oshirildi, yaʼni: gemodinamika koʻrsatkichlarini – SH (sistolik
hajmni), QADX – qon aylanishining daqiqalik xajmini, YuQChni, jismoniy ishchanlik
qobiliyati koʻrsatkichlarini (PWC170, KDI – kislorodni daqiqalik isteʼmolini, GSTI
Garvard step-testi indeksini).
Qonda neytrofillarning funksional- metabolik faolligini (NFMF) immunologik
usullar nitrokoʻk tetrazoliy (NST-test) tiklovchi testini yoki NST-testni
spektrofotometrik usulda oʻtkazish bilan aniqladik. Endogen intoksikatsiyani qon
plazmasida oʻrta molekular peptidlarning miqdori boʻyicha aniqladik.
XULOSALAR
1. Oʻyin ampluasini hisobga olgan holda basketbolchi qizlar organizmini
funksional, adaptatsion va tiklanish imkoniyatlariga eʼtibor qaratilmagan.
2. Eng yuqori korrelyatsion koeffitsientlar tana kattaliklari, xususan, tananing
oyoq-qoʻllari uzunliklari koʻrsatkichlarida aniq namoyon boʻladi. Yuqori korrelyatsion
koeffitsientlar aylana kattaliklari uchun xarakterlidir, xususan, sonning aylanasi bilan
800 m va 30 m yugurish oʻrtasida bogʻliqlik aniqlangan (mos ravishda r=0,75 va
r=0,72).
3. Qonda neytrofillarning funksional metabolik faolligini (NFMF) immunologik
usullar nitrokoʻk tetrazoliy (NST-test) tiklovchi testini yoki NST-testni
spektrofotometrik usulda oʻtkazish bilan aniqladik. Endogen intoksikatsiyani qon
plazmasida oʻrta molekular peptidlarning miqdori boʻyicha aniqladik.
ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport
kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi
PQ-336-sonli Qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-5280-son
“Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”
hamda PQ-5281-son “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII
yozgi olimpiya va XVII paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks
tayyorlash toʻgʻrisida”gi Qarori
3. Artikov Askar Akbarovich Sport oʻyinlarida innovatsion texnologiyalardan
foydalangan holda texnik-taktik harakatlarni bajarish aniqligini optimallashtirish.
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi. Chirchiq-2023.-B.10-21
4. Pulatov A.A., Ganiyeva F.V, Miradilov B.M, Xusanova D.T, Pulatov F.A.
“Basketbol nazariyasi va uslubiyati” (Darslik) Toshkent – 2017.
5. Gʻaniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda toʻpni urib
yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T:
2015 yil-50b
6. D.X.Umarov, T.Z.Xolmurodov. “Maktabgacha taʼlimda jismoniy tarbiya“ T;
2018 yil.
7. Gʻaniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda toʻpni urib
yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T:
2015 yil-50b
8. A.A. Pulatov., A.A.Umarov. “Sport va harakatli oʻyinlar (Basketbol)” T:
2020y.
9. Miradilov B.M, Karimov B.Z, Umbetova M.A. “Spot pedagogik mahoratini
oshirish (Basketbol)” Toshkent 2018 y.
10. Karimov B.Z. “Teoriya i metodika basketbola” Chirchik-2019g.
11. Akramov J.A, Gandbol: JTI uchun darslik, T. 2