MUSOBAQA FAOLIYATI ASOSIDA BERILGAN YUKLAMA VA
USLUBLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Qaxxorjon Umarov,
Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi professori v.b., p.f.f.d (Phd)
uzkoha@mail.ru
https://zenodo.org/records/17341076
Annotatsiya. Maqolada musobaqa faoliyati asosida berilgan yuklama va
uslublarni rejalashtirish taʼsirida bokschilarning mashgʻulot samaradorligini oshirishga
qaratilgan dolzarb masalalar yoritilgan.
Kalit soʻzlar: yosh bokschilar, mashgʻulot, yuklama va uslub.
Abstract. The article highlights topical issues aimed at improving the efficiency
of boxersʼ training under the influence of load and planning methods, data based on
competitive activity.
Кеуwords: young boxers, training, load and methods.
Dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev jismoniy
tarbiya va sport ishlariga eʼtiborni kuchaytirishni koʻzda tutib, “inson oʻzining
salomatligi haqida shaxsan gʻamxoʻrlik qilib borish madaniyatini yoshligidan oilada,
maktabda, mahallada, jismoniy tarbiya va sport koʻmagida singdirishi kerak”, - deydi.
Bokschilarimiz jahon sport maydonlarida muhim gʻalabalarni qoʻlgakiritib
qelmokda. Ammo erishilgan yuksak oʻrinlarni saqlab qolish hamda kelgusida yanada
rivojlantirish uchun trenirovka jarayonini takomillashtirishga karatilgan tadqiqotlarni
davom ettirish zarur boʻladi. Yuqorida bildirilgan fikrlar shuningdek, bokschilar va
zahira tayyorgarligini takomillashtirishning yangi mashgʻulot yuklamalarini oqilona
rejalashtirish, nazorat qilish muammosini hal etish bilan bogʻliq.
Tadqiqot maqsadi: Bokschilar musobaqa faoliyati asosida mashgʻulot
yuklamalari vosita va uslublarining rejalashtirish taʼsirida bokschilarning mashgʻulot
samaradorligini oshirish.
Tadqiqot vazifasi: Bokschilarning mavjud oʻquv - mashgʻulotlar rejalari turlarini
umumlashtirish.
Oldinga qoʻyilgan vazifalarni xal etish uchun quyidagi uslublardan foydalanildi:
Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili, pedagogik tadqitqot,test mashqlarini oʻtkazish,
matematik statistik uslublardan iborat.
Tadqiqot obʼekti va uni tashkil qilish. Tadqiqot oʻtqazish joyi – Respublika
Olimpiya zahiralari kolleji sport zali. Tadqiqotda kollejning – 44ta talabalari qatnashdi
(22ta nazorat, 22ta tadqiqot). Kollej boks jamoasining musobaqa faoliyati pedagogik
kuzatish 2021 yil oktyabrdan, 2022 yilning mayga qadar mavsum davomida olib
borildi.
Bizning kuzatishlarimiz yillik tayyorgarlik bosqichlarining talabalaridan kelib
chiqqan holda xaftalik mikrotsikllar uchun quyidagi maqsadli vazifalarni belgilashga
imkon berdi.
Yillik sikl tuzilmalarida yuklamalarni rejalashtirish kolledj sportchilar
tayyorlashni rejalashtirish strategiyasi asosida amalga oshiriladi.
I-guruh sportchilarining tayyorgarlik koʻrsatkichlari uchun oʻrtacha
qiymatlarning qiyosiy maʼlumotlari va ularning statistik tavsiflari.
Tajriba boshida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 12,21± 0,36, Tayyorgarlik
harakatlari samaradorligi Sth 0,38±0.7, Hujum samaradorligi Sʼhuj 0,53±0,08. Hujum
oraligi I huj (s) 40,7±5.5, Urtacha baho texnik harakat uchun 0,98±0,18, Hujum
darajasi XV huj 0,52±0,19, Ximoya samaradorligi S him 0,42±0,099, Hujum impulʼsi
pk 1,42±0,49, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK 138,8 ±6,2 koʻrsatgan boʻlsa.
Tajriba oxirida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 10,2 ±0,47, Tayyorgarlik
harakatlari samaradorligi Sth esa 0,75±0,09, Hujum samaradorligi Sʼhuj 0,73±0,1,
Hujum oraligi I huj (s) 28,3±7,9, Urtacha baho texnik harakat uchun 1,3±0,35, Hujum
darajasi XV huj 0,99±0,36, Ximoya samaradorligi S him 0,62±0,1, Hujum impulʼsi pk
1,92±0,95, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK 157,3 ±6,5.
II-guruh sportchilarining tayyorgarlik koʻrsatkichlari uchun oʻrtacha
qiymatlarning qiyosiy maʼlumotlari va ularning statistik tavsiflari.
Tajriba boshida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 23,5±41, Oʻz vazniga mos
sherigini koʻtarish (marta) YU,0±1,1, Arqopga tirmashib chiqish (marta) 4,2±0,6,
Tayyorgarlik harakatlari samaradorligi Sth 0,4±0,08, Hujum samaradorligi Sʼhul
0,4±0,07, Hujum oraligʻi I huj (s) 47,6 ± 5,6, Urtacha baho texnik harakat uchun
0,98±0,11, Hujum darajasi XV huj 0,48±0,08, Himoya samaradorligi S him 0,45±0,08,
Hujum impulʼsi pk, 133,5±0,47, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK 139,5 ±5,04,
Tajriba oxirida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 30,9±3,92, Oʻz vazniga
mos sherigini koʻtarish (marta) 17,1±2,2, Arqopga tirmashib chiqish (marta) 5,25±0,6
Tayyorgarlik harakatlari samaradorligi Sth 0,62±0,06, Hujum samaradorligi Sʼhul 0,74
± 0,08, Hujum oraligʻi I huj (s) 30,1±7,2, Urtacha baho texnik harakat uchun 1,34±
0,26, Hujum darajasi XV huj 0,90±0,14, Himoya samaradorligi S him 0,64±0,08,
Hujum impulʼsi pk,1,75±0,72, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK
156±7,6koʻrsatganini koʻrishimiz mumkin.
Tayyorgarlikning turli tomonlari koʻrsatkichlarining bir-biri oʻrtasidagi va
qoʻllanilayotgan yuklamalar parametrlari oʻtasidagi oʻzaro bogliqlik tuzilmasini tahlil
qilish maqsadida biz maʼlumotlarning korrelatsiya tahlilini oʻtkazdik.
Korrelatsiya koefitsientlarini hisoblash uchun «Windows-Yexse1» kompʼyuter
dasturi qoʻllanildi.
Biz ushbu dastur uchun maʼlumotlarning avtomatlashtirilgan holda kiritilishini
ishlab chiqdik. Jadvallarda yuklamalar parametrlari va uchta guruh bokschilari
tayyorgarligining turli tomonlari koʻrsatkichlari oʻrtasidagi korrelatsiya koefitsientlari
qiymatlarining matritsasi keltirilgan.
Yuklamalar parametrlari va bokschilar tayyorgarligining turli tomonlari
koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tuzilmaviy oʻzaro bogliqlikning tahlili shuni koʻrsatadiki,
anaerob-alaktat yuklama qoʻllanilgandan soʻng tezkor-kuch, umumiy va maxsus
tayyorgarlikni ifodalovchi koʻrsatkichlar korrelyatsiya koefitsentlarining yuqori
darajadagi qiymatlariga ega. Bu shundan «dalolat beradiki, anaerob alaktot
yoʻnalishidagi yuklama parametrlarining dinamikasi tezkor-kuch, portlovchan
tayyorgarlik koʻrsatkichlari dinamikasi bilan oʻzaro chambarchas bogʻliq.
Xulosa. Yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki, yuksak
malakali: “texnik”, “tezkor-kuch” va “funktsional” guruhlarbokschilarining MF
xususiyatlari tadqiqot ishida yuklamalarni rejalashtirish hamda nazorat qilish
usuliyatini ishlab chiqishning asosiy sharti edi.
Yuqorida aytib oʻtilgan guruhlar bokschilarining MF ni olib borish xususiyatlari
MF koʻrsatkichlarining turli darajasi hamda ularning tayyorgarligida qoʻllaniladigan
oʻquv-mashgʻulot yuklamalari hususiyati bilan tushuntiriladi.
Kollej bokschilar tomonidan qoʻllaniladigan yuklamalar tuzilmasini chuqur
tekshirish borasida olib borilgan bizning tadqiqotlarimiz yuklamalarni kompʼyuter
texnalogiyalari yordamida rejalashtirishni qulaylashtirish maqsadida ularni tasniflash
hamda tizimlashtirishni amalga oshirishga imkon berdi.
Mashgʻulot vazifalari uchun mashqlar belgilab berildi. Tegishli mashgʻulot
vazifalari toʻplamidan turli maqsadga ega boʻlgan mashgulotlari tuzilmalari aniqlandi.
Yuqoridagilar mashgʻulot kunlari, ikki haftalik mikrotsikllar bosqichlar va h.k uchun
yuklamalarni rejalashtirish tuzilmasini ishlab chiqishga yordam berdi.
ADABIYOTLAR
1. SH.M.Mirziyoevni 2021 yil 5 noyabrdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2024 yil
Parij shahri (Fransiya)da boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII
Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi PQ-5099-sonli
“Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Qarori https://lex.uz
3. Karimov M.A., Xalmuxamedov R.D., SHamsimatov I.Yu., Tajibayev S.S.
“Sport pedagogik maxoratini oshirish” Oʻquv qoʻllanma Toshkent-2011.- 478 bet.
4. Шин В.Н. Построение годичного цикла подготовки боксеров высокой
квалификации. Дисс. ... канд. пед. наук.-Т, 2001.- 150 с.
5. Coaches manual. Prepared by: AIBA HQs Office. Coordinator: Adam Kusior,
AIBA Coaches Comission Chairman Philip Jun. Date:august 2011, 275 pg.
6. Осколков В.А. Бокс: обучение и тренировка. Учебное пособие.
Волгоград, 2003, - 111c.
7. Осколков В.А. Передвижения по рингу – основа технико-тактической
подготовки в боксе. Учебное пособие. Волгоград, 2007, - 286 с.
8. Bokschilarning sport-pedagogik mahoratini oshirish. Toshkent, 2011. 478 bet.
9. Кисилев А.В. Совершенствование спортивной подготовки высококвалифитсированных боксе. Учебное пособие. ФКиС, М. 2006.-61 с.
10. Қ.А. Умаров. Кикбоксинг атамаларининг изоҳли луғати. Услубий
қўлланма. Тошкент.- 2016. -146 б.
11. K.A.Umarov. Annotated dictionary of kickboxing terms. Methodical
manual. Tashkent. - 2016. -146 p.
12. Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). Oʻquv
qoʻllanma. Toshkent-2024 y.-150 bet.
BESHINCHI KENGASH.
MILLIY IQTISODIYOTDA BARQAROR RIVOJLANISH: MOLIYAVIY
TIZIM, INNOVATSIYALAR, TURIZM VA TADBIRKORLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
OʻZBEKISTONDA XALQARO TALABALARNI JALB QILISH VA TAʼLIM
TIZIMINI XALQAROLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Murodjon Axmedov,
p.f.f.d., professor, Fan va texnologiyalar universiteti,
Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor,
m.akhmedov@usat.uz
https://zenodo.org/records/17341078
Annotatsiya. Maqolada xalqaro talabalar harakati va taʼlim xizmatlari bozoridagi
global tendentsiyalar tahlil qilingan hamda Oʻzbekistonda taʼlim tizimini
xalqarolashtirish jarayonlarining holati, islohotlar va istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot
kontent, solishtirma va institutsional tahlil usullariga asoslanib, UNESCO, Project
Atlas, CEENQA va Migration Data Portal maʼlumotlari tahlil qilindi. Natijalarga
koʻra, 2024-yilda dunyo boʻyicha xorijda tahsil oluvchi talabalar soni 7, 2 million
nafarga etgan, Oʻzbekistonda esa 12, 5 mingdan ziyod xalqaro talaba tahsil olmoqda.
Maqolada akademik mustaqillik, xususiy va xorijiy universitetlar faoliyati taʼlimning
xalqarolashuviga katta turtki bergan omillar sifatida koʻrsatilgan.
Kalit soʻzlar: xalqaro talabalar, taʼlim eksporti, xalqarolashuv, akademik
mustaqillik, Oʻzbekiston, oliy taʼlim, global mobillik, islohotlar.
Abstract. This article analyzes global trends in international student mobility and
the internationalization of higher education, focusing on Uzbekistanʼs policy reforms,
current status, and prospects. Using content, comparative, and institutional analysis
methods based on UNESCO, Project Atlas, CEENQA, and Migration Data Portal data,
the study finds that as of 2024, 7.2 million students studied abroad globally, while
Uzbekistan hosted over 12,500 international students. The paper argues that the
expansion of private and foreign universities and the granting of academic autonomy
have significantly accelerated Uzbekistanʼs educational internationalization process.
Keywords: international students, education export, internationalization,
academic autonomy, Uzbekistan, higher education, global mobility, reforms.
XXI asrda oliy taʼlim tizimining global rivojlanishida xalqaro talabalar harakati
strategik ahamiyat kasb etmoqda. UNESCO Institute for Statistics maʼlumotlariga
koʻra, 2024-yilda dunyo boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 7,2 million
nafarga etgan [9]. Bu 2020-yilga nisbatan 10 foiz oʻsishni tashkil etadi. Project Atlas
hisobotlariga koʻra, 2024-yilda taʼlim xizmatlari eksporti bozori hajmi $240 milliard
AQSh dollariga etgan [10].