ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekistonda xalqaro talabalarni jalb qilish va ta’lim tizimini xalqarolashtirish istiqbollari

Axmedov Murodjon Ubaydullayevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BESHINCHI KENGASH.
MILLIY IQTISODIYOTDA BARQAROR RIVOJLANISH: MOLIYAVIY

TIZIM, INNOVATSIYALAR, TURIZM VA TADBIRKORLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

OʻZBEKISTONDA XALQARO TALABALARNI JALB QILISH VA TAʼLIM
TIZIMINI XALQAROLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Murodjon Axmedov,
p.f.f.d., professor, Fan va texnologiyalar universiteti,

Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor,
m.akhmedov@usat.uz

https://zenodo.org/records/17341078

Annotatsiya. Maqolada xalqaro talabalar harakati va taʼlim xizmatlari bozoridagi
global tendentsiyalar tahlil qilingan hamda Oʻzbekistonda taʼlim tizimini
xalqarolashtirish jarayonlarining holati, islohotlar va istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot
kontent, solishtirma va institutsional tahlil usullariga asoslanib, UNESCO, Project
Atlas, CEENQA va Migration Data Portal maʼlumotlari tahlil qilindi. Natijalarga
koʻra, 2024-yilda dunyo boʻyicha xorijda tahsil oluvchi talabalar soni 7, 2 million
nafarga etgan, Oʻzbekistonda esa 12, 5 mingdan ziyod xalqaro talaba tahsil olmoqda.
Maqolada akademik mustaqillik, xususiy va xorijiy universitetlar faoliyati taʼlimning
xalqarolashuviga katta turtki bergan omillar sifatida koʻrsatilgan.

Kalit soʻzlar: xalqaro talabalar, taʼlim eksporti, xalqarolashuv, akademik
mustaqillik, Oʻzbekiston, oliy taʼlim, global mobillik, islohotlar.

Abstract. This article analyzes global trends in international student mobility and
the internationalization of higher education, focusing on Uzbekistanʼs policy reforms,
current status, and prospects. Using content, comparative, and institutional analysis
methods based on UNESCO, Project Atlas, CEENQA, and Migration Data Portal data,
the study finds that as of 2024, 7.2 million students studied abroad globally, while
Uzbekistan hosted over 12,500 international students. The paper argues that the
expansion of private and foreign universities and the granting of academic autonomy
have significantly accelerated Uzbekistanʼs educational internationalization process.

Keywords: international students, education export, internationalization,
academic autonomy, Uzbekistan, higher education, global mobility, reforms.

XXI asrda oliy taʼlim tizimining global rivojlanishida xalqaro talabalar harakati
strategik ahamiyat kasb etmoqda. UNESCO Institute for Statistics maʼlumotlariga
koʻra, 2024-yilda dunyo boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 7,2 million
nafarga etgan [9]. Bu 2020-yilga nisbatan 10 foiz oʻsishni tashkil etadi. Project Atlas
hisobotlariga koʻra, 2024-yilda taʼlim xizmatlari eksporti bozori hajmi $240 milliard
AQSh dollariga etgan [10].

Xalqaro talabalar harakatining oʻsishi davlatlar uchun iqtisodiy, madaniy va ilmiy
integratsiyaning muhim yoʻnalishiga aylandi [3], [11]. Oʻzbekiston ham bu
tendentsiyadan mustasno emas — mamlakatda taʼlim tizimini xalqaro standartlarga
moslashtirish, xorijiy universitetlar filiallarini ochish va qoʻshma taʼlim dasturlarni
joriy etish orqali global integratsiya jarayoni faol amalga oshirilmoqda [1].

Biroq, kadrlar salohiyati, taʼlim tili va infratuzilma bilan bogʻliq ayrim cheklovlar
hali ham saqlanib turibdi [2], [6]. Shu sababli, mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar va ularning natijalarini tahlil qilish taʼlimni xalqarolashtirish jarayonlarini
chuqur anglash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi Oʻzbekiston taʼlim siyosati doirasida oliy taʼlim tizimida avval
kuzatilmagan darajada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 2016-yilda
mamlakatda 77 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan boʻlsa, 2025-yilga kelib
ularning soni 212 taga, yaʼni 2,7 barobarga oshdi [12].

Albatta, bu oʻsish asosan xususiy va xorijiy universitetlar tashkil etilishi hisobiga
taʼminlandi. Hozirda respublikada 70 dan ortiq xususiy OTM va 30 ta xorijiy
universitet filiali faoliyat koʻrsatmoqda [2], [12].

Shu bilan bir qatorda 2021-yildan boshlab davlat taʼlim siyosatida universitetlarga
akademik mustaqillik berish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Bu orqali OTMlar oʻquv
dasturlarini mustaqil shakllantirish, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini
ochish va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi [1], [3].

Akademik mustaqillik tizimi taʼlimni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish bilan
birga, universitetlar nufuzini va raqobatbardoshligini oshirdi [6], [10]. Qolaversa,
“Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026)”da taʼlim xizmatlari
eksportini rivojlantirish, xalqaro reytinglarda ishtirok etish va akkreditatsiyalar sonini
koʻpaytirish asosiy ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi [1].

Ushbu strategiya doirasida qabul qilingan PQ–78-son Prezident qarori (2022-yil
28 yanvar) taʼlim xizmatlari eksporti hajmini 2025-yilgacha $100 mlnga yetkazishni
koʻzda tutgan boʻlib, 2024-yil natijalariga koʻra bu koʻrsatkich $58 mlnga etdi [12].

Islohotlar natijasida Oʻzbekistonda taʼlim tizimining xalqarolashuv darajasi
keskin oshdi. 2024-yil yakunlariga koʻra mamlakatdagi oliy taʼlim muassasalarida 12
540 nafar xalqaro talaba tahsil olgan [12]. Ular asosan Hindiston (5300 nafar),
Afgʻoniston (1700 nafar), Turkiya, Koreya Respublikasi, va Qozogʻistondan kelgan
talabalardan iborat [13].

Mamlakatda 212 ta universitet, shulardan 30 tasi xorijiy OTM filiallari
hisoblanadi [2]. Universitetlarda ingliz tilidagi taʼlim dasturlari soni yil sayin
koʻpaymoqda, xorijiy professorlar va trenerlar faoliyati kengaymoqda [6]. Shuningdek,
Oʻzbekistondan xorijga chiqib tahsil olayotgan talabalar soni ham ortib, 2024-yilda
ularning umumiy soni 45 ming nafardan oshdi, ularning asosiy qismi Rossiya,
Turkiya va Janubiy Koreyada tahsil olmoqda [5], [9]. Bu jarayonlar natijasida
Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi taʼlim xabi sifatida shakllanib bormoqda [11].

Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini
xalqarolashtirish jarayonlari tizimli rivojlanmoqda. Biroq, taʼlimni xalqaro
standartlarga moslashtirish va global mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashda hali bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. (1-jadval).

1-jadval

Taʼlimni xalqaro standartlarga moslashtirish va global mehnat bozoriga

kadr tayyorlashdagi asosiy muammolar

№ Muammo Muammoning kelib Bartaraf etish boʻyicha

chiqish sabablari choralar

1 Taʼlim OTM dasturlari xalqaro Taʼlim standartlarini ESG va

mazmunining akkreditatsiya talablariga CEENQA talablariga

global standartlarga toʻliq javob bermaydi; ish moslashtirish; sohaviy

toʻliq mos emasligi beruvchilar bilan kengashlar va ish beruvchilar

hamkorlik zaif ishtirokida oʻquv dasturlarini

yangilash

2 Kadrlar Akademik xodimlar Erasmus+, DAAD, Fulbright

malakasining etarli malakasini oshirish dasturlari orqali professorlar

emasligi tizimida xalqaro stajirovkasini kengaytirish;

stajirovkalar va treninglar universitetlarda "Train-the-

kam trainer" modelini joriy etish

3 Taʼlim tilida Koʻplab OTMlarda oʻquv Ingliz tilidagi dasturlar

(ayniqsa, ingliz fanlari hali ham faqat ulushini oshirish; xalqaro

tilida) davlat tilida olib boriladi, sertifikatlash tizimini (IELTS,

etishmovchilik til kompetentsiyasi past CEFR) professor-oʻqituvchilar

uchun majburiy qilish

4 Xalqaro Akkreditatsiya Davlat grantlari yordamida

akkreditatsiyalar jarayonlarining QS, FIBAA, ASIC kabi

sonining kamligi qimmatligi va malaka akkreditatsiya jarayonlariga

etishmasligi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

5 Talabalarning Soft skills, digital literacy Taʼlim jarayoniga "Career

mehnat bozorida va tadbirkorlik readiness",

raqobatbardoshlik kompetentsiyalariga kam "Entrepreneurship", "Critical

darajasi past eʼtibor qaratilgan thinking" fanlarini integratsiya

qilish

6 Universitetlarda Ilmiy tadqiqotlar va Universitet huzurida

innovatsion startap ekotizimi etarli “Innovation hub”, “Startup

muhitning zaifligi darajada qoʻllab- lab” va “Industry partnership

quvvatlanmaydi center” tuzish

7 Xalqaro talabalar Turistik, madaniy, International Office faoliyatini

uchun qulay huquqiy va axborot kuchaytirish; xalqaro talabalar

muhitning xizmati infratuzilmasi uchun “One Stop Service”

etishmasligi kam markazlarini tashkil etish

8 Taʼlim eksportida Universitetlar EduUz brendini yaratish;

marketing va brend internetdagi faolligi past; universitetlar uchun yagona

etishmasligi yagona milliy marketing “Study in Uzbekistan” onlayn

platformasi mavjud emas portali ishlab chiqish

Yuqoridagi jadval tahlili shuni koʻrsatadiki, Jadval tahlilidan koʻrinib turibdiki,
taʼlimni xalqaro standartlarga moslashtirishdagi asosiy muammolar inson kapitali,

akademik sifat va boshqaruv samaradorligi bilan bogʻliq. Kadrlar malakasining
etishmasligi va akkreditatsiya tizimining murakkabligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir
koʻrsatmoqda.

Shu bilan birga, soʻnggi-yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar — jumladan,
akademik mustaqillik, xususiy sektor faolligi va innovatsion ekotizimni shakllantirish
— bu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan strategik qadamlardir [1], [3], [10].

Muammolarni hal etishning eng samarali yoʻnalishlari sifatida quyidagilar
koʻrsatiladi:

1. Xalqaro akkreditatsiya tizimini kengaytirish va uni moliyaviy qoʻllabquvvatlash;

2. OTMlarda ingliz tilidagi taʼlim dasturlarini koʻpaytirish;
3. Soft skills va tadbirkorlik kompetentsiyalarini taʼlim jarayoniga integratsiya
qilish;
4. Xalqaro talabalar uchun qulay muhit va yagona marketing platformasini
yaratish.
Oʻzbekistonda taʼlim tizimini xalqarolashtirish jarayonlari yangi bosqichga
koʻtarildi. Universitetlarga berilgan akademik mustaqillik, xususiy sektorning faolligi
va xalqaro hamkorlikning kengayishi mamlakatning taʼlim salohiyatini oshirmoqda.
Fikrimizcha, taʼlim eksportini rivojlantirish va xalqaro talabalar sonini
koʻpaytirish uchun quyidagi choralar dolzarbdir:
1. Akademik mustaqillikni barqaror huquqiy asos bilan mustahkamlash;
2. Xalqaro akkreditatsiyalar va reytinglarda faol ishtirok etish;
3. Talabalar uchun qulay infratuzilma (turar joy, servis, madaniy integratsiya)
yaratish;
4. Taʼlim marketingi va davlat brendini global miqyosda rivojlantirish.
Universitetlarning taʼlim eksporti va xalqaro reytinglardagi ishtiroki
mamlakatning 2030-yilga qadar taʼlim markazi sifatida shakllanishi uchun asos
yaratadi.

ADABIYOTLAR

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “2022–2026-yillarga

moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PQ–78-son

hujjat. — Toshkent, 2022-yil 28 yanvarь.

2. 2017–2024-yillarda Oʻzbekiston oliy taʼlim sohasida tendentsiyalar —

“Xabar.uz” tahliliy maqolasi, 2025-yil; onlayn manba:

https://www.xabar.uz/talim/2017-2024--yillarda-ozbekiston-oliy-talim-sohasida

3. Respublika oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytinglarga kirish boʻyicha

tajribalari — Oʻzbekiston Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi nashri,

2024-yil; onlayn manba: https://devedu.uz/wp-content/uploads/2024/01/15.-

Respublika-oliy-ta%CA%BClim-muassasalarining-xalqaro-reytinglarga-kirish-

bo%CA%BByicha-tajribalari.pdf

4. “Oʻzbekiston universitetlarida xorijiy talabalar soni rekord darajaga etdi.” —

Elektron manba: https://kun.uz, aprelь 2024.

5. Taʼlim va ilmiy rivojlanish yoʻlidagi yangi davr — maqola, 2024-yil; onlayn

manba: https://yuz.uz/news/talim-va-ilmiy-rivojlanish-yolidagi-yangi-davr,

https://yuz.uz

6. CEENQA. Higher Education Quality Reform in Uzbekistan: Country Report.

CEENQA, 2023.

7. Knight, J., & De Wit, H. Internationalization of Higher Education: Past and

Future. Journal of Studies in International Education, vol. 22, no. 3, 2018.

8. Migration Data Portal. Trends in International Student Mobility. IOM, 2024.

9. UNESCO Institute for Statistics. Global Education Mobility Report 2024.

Paris: UNESCO, 2024.

10. UNESCO UIS Database. Global Student Mobility Data 2024. Paris:

UNESCO, 2024.

11. Project Atlas. Global Mobility Trends 2024. Institute of International

Education (IIE), Washington, 2024.

12. OECD. Education at a Glance 2024: Global Education Indicators. Paris:

OECD Publishing, 2024.

13. “Oʻzbekiston universitetlarida xorijiy talabalar soni rekord darajaga etdi.” —

Elektron manba: https://kun.uz, aprelь 2024.