KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
ORQALI KAMBAGʻALLIKKA QARSHI KURASHISH STRATEGIYALARI
Barnogul Sanaqulova,
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”
kafedrasi iqtisodiyot fanlari doktori, professori
Xasanjon Karimov,
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”
kafedrasi tayanch doktoranti
https://zenodo.org/records/17341080
Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik biznesni rivojlantirishning kambagʻallikka
qarshi kurashdagi roli yoritiladi. Ularning bandlikni oshirish va iqtisodiy faollikni
kuchaytirishdagi ahamiyati tahlil qilinib, innovatsion yondashuvlar hamda davlat va
xususiy tashabbuslarni uygʻunlashtirish asosida samarali strategiyalar ishlab chiqish
zarurligi asoslanadi.
Kalit soʻzlar: kichik biznes, kambagʻallik, bandlik, iqtisodiy faollik, innovatsion
yondashuv, davlat qoʻllab-quvvatlovi, xususiy tashabbus, strategiya.
Abstract. This article highlights the role of small business development in
combating poverty. It analyzes their importance in increasing employment and
enhancing economic activity, and substantiates the need to develop effective strategies
based on innovative approaches as well as the integration of public and private
initiatives.
Keywords: Small business, Poverty, Employment, Economic activity, Innovative
approach, Government support, Private initiative, Strategy.
Kirish. Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot sharoitida kambagʻallikka qarshi
kurashish nafaqat ijtimoiy himoya choralarini kengaytirish, balki iqtisodiyotning faol
va barqaror segmentlarini rivojlantirish bilan ham bevosita bogʻliqdir. Shu nuqtai
nazardan, kichik biznes subyektlari kambagʻallikni kamaytirishning muhim
mexanizmlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bandlik darajasini
oshiradi, aholining oʻzini oʻzi band qilishi va daromad manbalarini diversifikatsiya
qilish imkoniyatini kengaytiradi, shuningdek, hududiy iqtisodiy oʻsishning manbai
sifatida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi.
Ilmiy adabiyotlarda kichik biznesning rivojlanishi kambagʻallikni qisqartirish
strategiyasining tarkibiy qismi sifatida koʻriladi, chunki u iqtisodiy resurslardan
samarali foydalanish, innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish va ijtimoiy tengsizlikni
kamaytirishga xizmat qiladi. Shu bois, kichik biznes subyektlari faoliyatini qoʻllabquvvatlash va ularni tizimli rivojlantirish davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatida
ustuvor vazifa boʻlib, kambagʻallikka qarshi kurashishda kompleks strategik
yondashuvni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili. Kichik biznes subyektlarining rivojlanishi kambagʻallikka
qarshi kurashishda muhim strategik omil sifatida koʻplab ilmiy manbalarda keng
yoritilgan.
Rossiyalik olimlar V. V. Radaev va O. Y. Bessonova oʻz tadqiqotlarida kichik
biznesning milliy iqtisodiyotdagi ulushi va bandlikni taʼminlashdagi strategik
ahamiyatini chuqur tahlil qilganlar. Ularning taʼkidlashicha, kichik biznes nafaqat
iqtisodiy faollikni kuchaytiradi, balki ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, aholining turli
qatlamlarini ish bilan taʼminlash hamda kambagʻallik darajasini pasaytirishda samarali
mexanizm sifatida alohida oʻrin tutadi.
Shu bilan birga, V. A. Pohvoschev va O. A. Kolesnikova (2015) olib borgan
tadqiqotlarda ayollar tadbirkorligini qoʻllab - quvvatlash kichik biznesni
rivojlantirishning muhim yoʻnalishi sifatida baholangan boʻlib, bu jarayon aholining
iqtisodiy faolligini oshirish, oilaviy daromadlarni koʻpaytirish va kambagʻallikni
qisqartirishda bevosita taʼsir kuchiga ega omil sifatida talqin etiladi.
Bundan tashqari, mahalliy olimlar ham ushbu masalaga alohida eʼtibor
qaratganlar. F. I. Shaxmatovning(2018) izlanishlarida kichik biznesni rivojlantirish
respublika iqtisodiyotining barqaror oʻsishini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish
va kambagʻallikni qisqartirishda hal qiluvchi rol oʻynashi taʼkidlangan.
Shunday qilib, V. S. Nechiporenko (2020) gʻoyalarini ilgari surgan kichik biznes
subyektlarini moliyaviy qoʻllab - quvvatlash, kreditlash va soliqqa oid imtiyozlar
berish orqali ularning barqaror faoliyatini taʼminlash kambagʻallikka qarshi kurashish
strategiyalarida muhim vosita ekanini koʻrsatadi.
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu metodologiya kichik biznes subyektlari
faoliyatini rivojlantirish orqali kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyalari
baholashga xizmat qildi. Tadqiqotda tahlil va sintez, abstrakt-mantiqiy tafakkur, ilmiy
umumlashtirish hamda taqqoslama tahlil usullari qoʻllanildi.
Tahlil va natijalar. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, kichik biznes subyektlari
faoliyatini rivojlantirish kambagʻallikka qarshi kurashishda muhim strategiya
hisoblanadi. Bu jarayon yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish,
mahalliy resurslardan samarali foydalanish va iqtisodiy faollikni kengaytirish orqali
ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaydi.
1 - jadval
Aholi toifalari boʻyicha kambagʻallikni kamaytirish mexanizmlari
Kambagʻallikni kamaytirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashda aholi
qatlamlariga moslashgan yondashuv muhimdir. Bolalar uchun minimal isteʼmol savati
va inson kapitalini rivojlantirishga asoslangan taʼlim, sogʻliq va malaka oshirish
dasturlari, nogironlar uchun pensiya, nafaqa va reabilitatsiya choralarini kuchaytirish
zarur. Mehnatga layoqatli aholida esa bandlik va mehnat mobilligini oshirish orqali
qayta tayyorlash va ragʻbatlantiruvchi tizimlar joriy qilinadi. Oila instituti doirasida
demografik xavfsizlik va ijtimoiy birdamlikni taʼminlab, koʻp bolali oilalarni qoʻllab-
quvvatlash hamda qoʻshimcha imtiyozlar berish orqali barqaror rivojlanish
kafolatlanadi.
Kambagʻallikni kamaytirishda davlat kichik biznes subyektlarining
imkoniyatlaridan keng foydalanishi zarur. Kichik biznes iqtisodiy oʻsish drayveri
sifatida bandlikni oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi faolligini kuchaytirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yoʻnalishda ishlab chiqiladigan strategiyalar
kambagʻallikning murakkab mohiyatini hisobga olib, xavf omillarini aniqlash va ularni
kamaytirishga qaratilgan zamonaviy choralarni tatbiq etishi lozim. Innovatsion
yondashuvlar, davlat qoʻllab-quvvatlovi va xususiy sektor tashabbuslari uygʻunligi esa
Sohalar Shakllar Nazariy asos Amaliy vositalar
Bolalar Mutlaq
Minimal isteʼmol Ijtimoiy toʻlovlar,
Nisbiy
savati imtiyozlar
Ijtimoiy tengsizlik Taʼlim va sogʻliqdan teng
foydalanish
Subyektiv Inson kapitali Malaka oshirish kurslari
Mutlaq Ijtimoiy adolat
Pensiya, nafaqa,
reabilitatsiya
Nogironlar Nisbiy Integratsiya Reabilitatsiya, qayta
Subyektiv Inson huquqlari
tayyorlash
Malaka oshirish, qayta
tayyorlash
Mutlaq Bandlik Qayta tayyorlash, malaka
Nisbiy Mehnat mobilligi
Mehnatga Subyektiv Motivatsiya oshirish
layoqatli
Samarali bandlik, hududiy
aholi
mobillik
Ragʻbatlantiruvchi bandlik
tizimi
Mutlaq Demografik xavfsizlik Bolalar va oilaga yordam,
imtiyozlar
Oila Nisbiy Ijtimoiy birdamlik Koʻp bolali oilalarga
yordam
Subyektiv Ijtimoiy qoʻllab- Qoʻshimcha yordam va
quvvatlash imtiyozlar
strategik natijalarga erishishni taʼminlaydi.
1 - rasm.Kambagʻallikni kamaytirish modeli1
Kambagʻallik muammosini samarali hal etish koʻp qirrali yondashuvni talab
qiladi, chunki u nafaqat ijtimoiy yordam mexanizmlarini, balki chuqur institutsional
islohotlarni ham oʻz ichiga oladi.
Shu bilan birga, kambagʻallik chegarasidan pastda yashovchi aholini qoʻllab -
quvvatlash ikki yoʻnalishda olib boriladi: profilaktika choralarini amalga oshirish
orqali kambagʻallikning kelib chiqish sabablarini kamaytirish hamda uni bartaraf
etishga qaratilgan bevosita chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bu jarayon davlat
boshqaruvining samaradorligini oshirish va xavf-xatarlarni tizimli baholash bilan
uygʻunlashganda, nafaqat qisqa muddatli ijtimoiy yordam, balki uzoq muddatli
barqaror rivojlanish va turmush darajasining sezilarli yaxshilanishiga erishiladi.
Xulosa. Yuqoridagi fikr va tahlillardan kelib chiqib, quyidagi muhim xulosalar
chiqarildi va muayyan natijalarga erishildi.
Kichik biznes subyektlarini rivojlantirish kambagʻallikka qarshi kurashishda
strategik omil boʻlib, u bandlikni oshirish, aholi daromadlarini koʻpaytirish va ijtimoiy
barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Kambagʻallikni kamaytirish jarayonida
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlov mexanizmlarini kengaytirish, innovatsion
yondashuvlarni joriy etish hamda xususiy sektor tashabbuslarini ragʻbatlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash
va aholining turli qatlamlariga moslashgan yondashuvni qoʻllash orqali qisqa muddatli
yordam bilan bir qatorda uzoq muddatli barqaror rivojlanish ham taʼminlanadi.
ADABIYOTLAR.
1. Pohvoschev, V. A., & Kolesnikova, O. A. (2015). Development of womenʼs
entrepreneurship as a factor of effective employment. MIR (Modernization.
Innovation. Development), 1(21), 103 - 107.
2. Radaev, V. V. (2003). Sociology of markets: Towards the development of a
new direction. Moscow: Higher School of Economics Publishing House.
3. Bessonova, O. Y. (2009). Institutional traps in the Russian economy.
Moscow: ROSSPEN.
1 Muallif ishlanmasi
4. Schumpeter, J. A. (1934). The theory of economic development. Cambridge,
MA: Harvard University Press.
5. Sen, A. (1999). Development as freedom. New York: Alfred A. Knopf.
6. Shakhmatov, F. I. (2018). Innovatsion iqtisodiyot sharoitida kichik biznesni
rivojlantirish mexanizmlari. Toshkent: Iqtisodiyot.
7. Nechiporenko, V. S. (2020). Kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
mexanizmlari va ularning samaradorligi. Toshkent: Fan va texnologiya.World Bank.
Gender and Poverty Reduction: A Global Analysis. - Washington, DC: World Bank
Group, 2021. - 112 p. - Rejim dostupa: https://www.worldbank.org
8. UNDP. Womenʼs Economic Empowerment and Multidimensional Poverty in
Central Asia. - New York: United Nations Development Programme, 2023. - 98p.
9. Nussbaum M. C. Women and Human Development: The Capabilities
Approach. - Cambridge: Cambridge University Press, 2000. - 312 p.
10. Юрманова Е. А. Роль кооперативов в сокращении бедности и
социальном развитии: международный опыт для Украины. - 2011.