ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekiston yengil sanoat sohasida rivojlanish va islohotlarni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

Xujamkulov Dilmurod Yusupaliyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OʻZBEKISTON YENGIL SANOAT SOHASIDA RIVOJLANISH VA
ISLOHOTLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR
YOʻNALISHLARI

Dilmurod Xujamkulov,
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professori, i.f.n.

https://zenodo.org/records/17341087

Annotatsiya. Mazkur maqolada 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston yengil sanoat
sohasida amalga oshirilgan islohotlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.
Tadqiqot mahalliy va xorijiy olimlar ilmiy ishlari hamda amaliy statistik maʼlumotlar
asosida olib borildi. Shuningdek, sohaning kuchli va zaif jihatlari aniqlanib, barqaror
rivojlanish uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berildi.

Kalit soʻzlar: yengil sanoat, toʻqimachilik, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport,
islohotlar, bandlik, modernizatsiya.

Abstract. This article analyzes the reforms carried out in Uzbekistanʼs light
industry sector during 2020-2024 from both scientific-theoretical and practical
perspectives. The research is based on the scientific works of domestic and foreign
scholars, as well as practical statistical data. In addition, the strengths and weaknesses
of the sector have been identified, and scientifically grounded proposals and
recommendations for sustainable development have been provided.

Keywords: light industry, textile, production, investment, export, reforms,
employment, modernization.

Kirish. Oʻzbekistonda yengil sanoat milliy iqtisodiyotning strategik
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sohaning iqtisodiyotdagi ulushi, aholi bandligi va
eksport salohiyati uni mamlakat taraqqiyotining muhim omiliga aylantirgan.
2020-2024-yillarda davlat siyosati doirasida sohada qator islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport
salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-290-sonli Qarori
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yangi bosqichni boshlab berdi.

Maqolaning maqsadi – 2020-2024-yillarda yengil sanoat sohasida amalga
oshirilgan islohotlarni tahlil qilish, ularning nazariy va amaliy jihatdan samaradorligini
baholash hamda kelgusi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash.

Adabiyotlar sharhi. Mazkur masalada bir qator mahalliy va xorijlik iqtisodchi
olimlar va mutaxassislar tomondan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natilari va ularning
asosiy mazmuni oʻrganib chiqildi. Jumladan, mahalliy olimlardan Xalilov A. (2022)
oʻz asarlarida toʻqimachilik sanoatini modernizatsiya qilish jarayonlari va xorijiy
investitsiyalarning ahamiyatini tahlil qilgan. Abduraxmonov Q. (2021) sohada kadrlar
salohiyatining samaradorlikka taʼsirini tadqiq etgan. Sharipov I. (2020) qiymat zanjiri
nazariyasi asosida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish omillariga eʼtibor
qaratgan.

Xorijiy iqtisodchi olimlardan: Porter M. (2008; 2011) raqobatbardoshlik

nazariyasida milliy sanoatda klasterlar ahamiyatini asoslab bergan. Krugman P. (2008;

2013) yangi savdo nazariyasida davlat qoʻllab-quvvatlovi va tashqi bozorlarga chiqish

mexanizmlarini ochib bergan. Gereffi G. (2005; 2016) global qiymat zanjirlari

nazariyasida toʻqimachilik sohasining xalqaro integratsiyasini tadqiq etgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda induksiya,

deduksiya, sintez kabi usullardan foydalanilgan. Shuningdek, yengil sanoatning

rivojlanishi natijalari va unga taʼsir etuvchi omillarni tahlil qilishda dinamik tahlil,

statistik tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, mantiqiy yondashuv, ilmiy-nazariy

umulashtirish singari usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi. 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston yengil

sanoatida amalga oshirilgan islohotlar sohada barqaror oʻsish tendensiyalarini

namoyon qildi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ishlab chiqarish hajmi

yildan-yilga orta borgan, eksport koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻsgan, xorijiy

investitsiyalar jalb qilingan hamda aholi bandligi kengaygan. Ushbu davr mobaynida

amalga oshirilgan zarur chora-tadbirlar sohada koʻplab ijobiy natijalarni taʼminladi,

jumladan: ishlab chiqarish hajmida yillik oʻsish surʼatlari; eksport bozorlariga chiqish

imkoniyatlarining kengayishi; toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimining

koʻpayishi; yangi ish oʻrinlari yaratilishi orqali aholi bandligining oshishi (1-jadval).

1-jadval

2020–2024-yillarda yengil sanoatning asosiy koʻrsatkichlari1

Ishlab Eksport Xorijiy

Yil chiqarish (mlrd. AQSH investitsiyalar Bandlik
(mlrd. AQSH (ming kishi)
(trln. soʻm) dollari)
dollari)

2020 95 2,0 0,8 350

2021 102 2,3 1,1 370

2022 112 2,6 1,5 400

2023 128 2,8 1,7 430

2024 140 3,0 2,0 460

Jadval maʼlumotlariga koʻrsatadiki, soʻnggi besh yilda ishlab chiqarish hajmi
qariyb 1,5 barobarga oʻsgan yillik oʻsish surʼati 7-9% atrofida tashkil etgan. Eksport
hajmi 50 %ga koʻpayib, 1 mlrd. AQSH dollarga oshggan, xorijiy investitsiyalar besh
yilda 0,8 mlrd. dollardan 2 mlrd. Dollargacha, yaʼni ikki barobardan ortiq oʻsgan.
Bandlik koʻrsatkichlari ham 5 yilda 30% ga oʻsib, 110 ming kishiga koʻpaygan.

2020-2024-yillarda Oʻzbekiston yengil sanoatida amalga oshirilgan islohotlar
sohada barqaror oʻsishni taʼminladi. Biroq, ularni chuqur tahlil qilish uchun zamonaviy
iqtisodiy nazariyalar va tadqiqotlar bilan uygʻunlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Maykl Porterning keyingi tadqiqotlarida (Porter, 2008; Porter & Kramer, 2011)
milliy raqobatbardoshlik konsepsiyasi “qiymat yaratish” va “ijtimoiy masʼuliyat” omillari
bilan boyitilgan. Bu nuqtai nazardan qaralganda, Oʻzbekistonda tashkil etilgan paxtatoʻqimachilik klasterlari, nafaqat, iqtisodiy samara, balki, ijtimoiy samaradorlikni ham

1 O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy hisoboti ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan tuzildi.

taʼminlashi kerak. Masalan, ish oʻrinlari yaratish bilan birga, mehnat sharoitlari, barqaror
rivojlanish va ekologik omillar ham inobatga olinishi zarur.

Pol Krugmanning keyingi asarlari va maqolalari (Krugman, 2008; Krugman, 2013)
global moliyaviy inqirozdan keyingi davrda davlatning iqtisodiy siyosatdagi faol rolini
yanada yorqinroq asoslab berdi. Uning fikricha, kichik va rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun tashqi bozorlarga chiqishda davlatning eksportni qoʻllab-quvvatlash siyosati hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekistonda davlat subsidiyalari,
eksportga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma va xalqaro savdo kelishuvlari yengil
sanoatning barqaror oʻsishida asosiy omillardan hisoblanadi.

Gereffi va hamkorlari (Gereffi, 2005; Gereffi & Fernandez-Stark, 2016)
tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy tadqiqotlarda global qiymat zanjirlari
nazariyasi yanada rivojlantirilib, ishlab chiqarish jarayonining yuqori qoʻshilgan
qiymat bosqichlariga chiqish muhimligi taʼkidlangan. Oʻzbekistonning yengil sanoat
mahsulotlari hozircha asosan yarim tayyor yoki oʻrta qiymatli bosqichda turibdi. Shu
bois, innovatsiya, dizayn, marketing va brendingni rivojlantirish orqali yuqori
qoʻshilgan qiymat bosqichiga oʻtish zarur. Bu mamlakatning xalqaro
raqobatbardoshligini taʼminlaydi.

Yuqoridagilarga asosan, Oʻzbekistonda yengil sanoatni rivojlantirishda texnologik
modernizatsiyalash va global qiymat zanjirlari integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan
faol davlat siyosatini olib borish maqsadga muvofiqdir. Sababi, jahon amaliyotiga nazar
tashlansa, ushbu sohada oʻziga xos yondashuv va yutuqlarga erishgan davlatlar tajribalari
bunga yetarlicha asos boʻla oladi, jumladan, Turkiya dizayn va brendlash orqali
raqobatbardoshlikka erishgan boʻlsa, Bangladesh arzon ishchi kuchi asosida ommaviy
ishlab chiqarishga ixtisoslashish bilan, Vetnam davlati esa xalqaro integratsiya va
investorlarni jalb qilish bilan yuqori samaralarga erishgan.

Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishda eʼtiborga olishi lozim boʻlgan kuchli jihatlari
xom ashyo bazasi, davlat qoʻllab-quvvatlovi boʻlsa, zaif jihatlari texnologik
yuksalishda yetakchi davlatlardan ortda ekanligi va bozor diversifikatsiyasining yetarli
emasligidan iborat boʻlib qolmoqda. Shu sababdan mamlakatimiz Prezidentining
2025-yil 19-sentyabrdagi PQ-290-sonli Qarorining samarali ijrosini taʼminlash
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida kelgusida jadal rivojlanishlarga, xususan,
2026-yilda ishlab chiqarish hajmi 9 foizga oʻsishini taʼminlash va 146 trln. soʻmga
yetkazish, sohaga 2 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish,
eksportni 3,3 mlrd. AQSH dollariga yetkazish va sohada amalga oshirilayotgan
loyihalar doirasida 50 mingta ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi.

Xulosa va takliflar. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, 2020-2024-yillarda
Oʻzbekiston yengil sanoat sohasida amalga oshirilgan islohotlar sohaning barqaror
rivojlanishi uchun muayyan asos yaratdi. Jumladan, qonunchilik islohotlari, davlat
qoʻllab-quvvatlovi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohani modernizatsiya
qilishda muhim omil sifatida namoyon boʻldi. Sohada amalga oshirilgan oʻzgarishlar
iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikning oshishiga xizmat qilmoqda. Ishlab chiqarish
hajmlarining oʻsishi, eksport salohiyatining kengayishi va yangi ish oʻrinlarining
yaratilishi sohaning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini mustahkamladi. Shu bilan
birga, hozirgi natijalardan kelib chiqib, yengil sanoat Oʻzbekiston iqtisodiyotining
diversifikatsiya jarayonida strategik tarmoq sifatida shakllanib borayotganini

taʼkidlash mumkin.
Biroq, tahlillar shuni koʻrsatadiki, sohadagi yutuqlar bilan bir qatorda hal etilishi

lozim boʻlgan muammolar ham mavjud. Xususan, texnologik yangilanishning yetarli
darajada emasligi, qoʻshilgan qiymat zanjirining yuqori bosqichlariga chiqishda
toʻsiqlar, mahsulotlar sifatini xalqaro standartlarga toʻliq moslashtirish masalasi
dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shu jihatdan, sohaning kelgusi barqaror rivojlanishi
innovatsiya va raqamlashtirish, xalqaro integratsiya va kadrlar salohiyatini oshirish
bilan chambarchas bogʻliq.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, yengil sanoat sohasida rivojlanish va islohotlarni
yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

1. Texnologik modernizatsiya va raqamlashtirish jarayonlarini kuchaytirish.
2. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, qiymat zanjirining yuqori bosqichlariga
chiqish orqali dizayn va brendlashni rivojlantirish.
3. Innovatsiyalarni faol joriy etish va kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish.
4. Eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish va Yevropa, AQSH bozorlariga
kengroq chiqish.
5. Davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish orqali qoʻshilgan
qiymatli mahsulot ishlab chiqarish.

ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport
salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-290-sonli Qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Rasmiy maʼlumotlar
bazasi. – Toshkent, 2024.
3. Xalilov A. Oʻzbekiston yengil sanoatini modernizatsiya qilishning asosiy
yoʻnalishlari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. – 215 b.
4. Abduraxmonov Q. Yengil sanoatda kadrlar salohiyati va raqobatbardoshlik.
– Toshkent: Fan, 2021. – 184 b.
5. Sharipov I. Toʻqimachilik sanoatida qiymat zanjirini rivojlantirish
masalalari. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2020. – 198 b.
6. Porter, M. On Competition. – Boston: Harvard Business School Press, 2008.
– 544 p.
7. Porter, M., Kramer, M. Creating Shared Value // Harvard Business Review.
– 2011. – Vol. 89, No. 1-2. – P. 62-77.
8. Krugman, P. The Return of Depression Economics and the Crisis of 2008. –
New York: W.W. Norton & Company, 2008. – 191 p.
9. Krugman, P. End This Depression Now! – New York: W.W. Norton &
Company, 2013. – 259 p.
10. Gereffi, G. The Global Economy: Organization, Governance, and
Development // Handbook of Economic Sociology. – Princeton: Princeton University
Press, 2005. – P. 160-182.
11. Gereffi, G., Fernandez-Stark, K. Global Value Chain Analysis: A Primer. –
Durham: Center on Globalization, Governance & Competitiveness, Duke University.