ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Innovatsion taraqqiyot omili sifatida ta’lim, ilm-fan va boshqaruv tizimi

Mirzaaxmedov Nodirbek Shavkatovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INNOVATSION TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA TAʼLIM, ILM-FAN VA
BOSHQARUV TIZIMI

Nodirbek Mirzaaxmedov,
Oriental universiteti ”Biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD)

https://zenodo.org/records/17341097

Аннотация. Mazkur maqolada taʼlim, ilm-fan va boshqaruvning innovatsion
taraqqiyot omili sifatidagi oʻrni yoritilgan. Oliy taʼlim tizimidagi mavjud muammolar,
xususan taʼlim mazmunining mehnat bozori talablari bilan nomuvofiqligi,
bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi, “soft skills”ning sust shakllanishi
tahlil qilingan. Shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya va AQSh tajribasi asosida
taʼlim va biznes integratsiyasi mexanizmlari oʻrganilgan. Taʼlim dasturlarini
modernizatsiya qilish, universitet-korxona hamkorligini kuchaytirish, kasbiy
yoʻnaltirish tizimini rivojlantirish va raqamli boshqaruv texnologiyalarini joriy etish
boʻyicha takliflar berilgan.

Kalit soʻzlar: taʼlim, ilm-fan, boshqaruv, innovatsiya, mehnat bozori, soft skills,
integratsiya, raqamli texnologiyalar.

Abstract. This article examines the role of education, science, and management
as key drivers of innovative development. It analyzes the current challenges in the
higher education system of Uzbekistan, particularly the mismatch between the content
of education and labor market requirements, the employment difficulties of graduates,
and the underdevelopment of “soft skills.” Furthermore, it reviews international best
practices, including Germanyʼs dual education system, South Koreaʼs universityindustry cooperation, and the U.S. case-study and internship-based learning
approaches. The author proposes measures such as modernization of curricula,
strengthening university-industry partnerships, developing career guidance systems,
and introducing digital management technologies.

Keywords: education, science, management, innovation, labor market, soft skills,
integration, digital technologies.

Zamonaviy dunyoda ilm-fan va taʼlim nafaqat intellektual taraqqiyot omili, balki
biznes rivoji va samarali boshqaruvning poydevori sifatida qaralmoqda. Innovatsion
iqtisodiyot sharoitida bilim kapitali ishlab chiqarish omillari orasida eng muhim
resursga aylangan. Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, rivojlangan mamlakatlarda
intellektual kapital yalpi milliy boylikning 60-70 foizini tashkil etadi1. Shu sababli,
ilm-fan va taʼlimni biznes va boshqaruv tizimlari bilan uygʻunlashtirish barqaror
rivojlanishning eng muhim sharti hisoblanadi.

Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida soʻnggi yillarda islohotlar amalga oshirilgan
boʻlsa-da, bitiruvchilarning bir qismi mehnat bozorida oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish
topishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga

1 World Bank. The Changing Wealth of Nations 2021: Managing Assets for the Future. Washington,
DC: World Bank, 2021.

koʻra, bitiruvchilarning 35 foizga yaqini mutaxassisligi boʻyicha ish topishda

qiynalmoqda1. Bu koʻrsatkich yuqori boʻlib, taʼlim mazmuni va mehnat bozori

talablari oʻrtasida sezilarli tafovut mavjudligini koʻrsatadi.

Oʻquv dasturlarining zamonaviy talablar bilan mos emasligi, ishlab chiqarish

korxonalari bilan hamkorlikning sustligi, kadrlar tayyorlashda prognozlash

mexanizmlarining yetishmasligi, Talabalarda “soft skills”ning sustligi, yani

kommunikatsiya, jamoada ishlash, muammolarni hal qilish kabi koʻnikmalar ham

mehnat bozorida juda muhim boʻlsa-da, ular koʻp hollarda yetarlicha

shakllanmaganligini asosiy sabablardan deb koʻrsatishimiz mumkin.

Jahon miqyosida ilgʻor oliy taʼlim muassasalari biznes va boshqaruvni taʼlim

tizimiga chuqur integratsiya qilgan. Xalqaro taʼlimni o ʼrganish natijasida quyidagi

tajribalar eʼtiborni tortadi (1-jadval):

- Germaniyada qoʻllaniladigan “Dual education system” modeli boʻyicha

talaba haftaning bir qismini universitetda, qolgan qismini ishlab chiqarish korxonasida

oʻqib-oʻrganadi. Bu yondashuv natijasida bitiruvchilarning 90% dan ortigʻi tezda ishga

joylashadi.

- Janubiy Koreyada universitetlar va yirik korporatsiyalar (Samsung, Hyundai,

LG) oʻrtasida mustahkam hamkorlik mavjud boʻlib, talabalar bitiruvdan oldin ishlab

chiqarishda amaliy tajriba orttiradi.

- AQShda taʼlim jarayonida “case-study” (amaliy vaziyatlarni tahlil qilish) va

“internship” (ishlab chiqarish amaliyoti) keng qoʻllaniladi. Bu bitiruvchilarning

mehnat bozoriga moslashuvchanligini oshiradi2.

1-jadval

Innovatsion taʼlim-boshqaruv modellarining xalqaro taqqoslamasi

Mamlakat / Model Xususiyatlari Natija

AQSh (Harvard Case-study usuli, real Innovatsion startaplar soni va

Business School, biznes loyihalar, startap venchur kapital hajmi

MIT Sloan) inkubatorlar ortmoqda

Talabalar haftaning bir Bitiruvchilarning ish bilan

Germaniya (Dual qismini universitetda, taʼminlanish koʻrsatkichi 90%

System) qolgan qismini dan yuqori

korxonada oʻqiydi

Buyuk Britaniya Keng xalqaro hamkorlik, Global miqyosda yetakchi
(Oxbridge modeli)
MBA dasturlari boshqaruv kadrlarini

tayyorlaydi

Davlat va biznes Samsung, LG kabi

Janubiy Koreya sherikligi orqali kompaniyalar taʼlim va ilm-

innovatsion taʼlim fanni bevosita moliyalashtiradi

1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Ta’lim va mehnat bozori ko‘rsatkichlari.
Toshkent, 2023.
2 OECD. Education at a Glance 2024. Paris: OECD, 2024.
https://www.oecd.org/en/publications/education-at-a-glance-2024_c00cad36-en.html

Taʼlim va mehnat bozori oʻrtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun, eng
avvalo, oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish zarur. Chunki taʼlim mazmuni
koʻpincha nazariyaga yoʻnaltirilgan boʻlib, real iqtisodiyot va mehnat bozorining
dolzarb ehtiyojlariga toʻliq javob bermaydi. Shu bois, zamonaviy oʻquv dasturlari
ishlab chiqishda korxonalar, biznes uyushmalari va davlat idoralari bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali oliy taʼlim muassasalari
bitiruvchilari oʻz mutaxassisliklariga mos holda amaliy bilim va koʻnikmalarga ega
boʻlishlari taʼminlanadi.

Shu bilan birga, universitet va korxonalar oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish
ham samarali yechimlardan biridir. Qoʻshma laboratoriyalar, startap inkubatorlari va
amaliyot markazlari tashkil etilishi, bir tomondan, talabalarni amaliy muhitga
tayyorlasa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish korxonalariga ilmiy izlanishlar
natijalarini tezkor joriy etishga yordam beradi. Xalqaro tajribada bu kabi hamkorlik
shakllari bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasini sezilarli oshirishi
isbotlangan.

Kasbiy yoʻnaltirish tizimini rivojlantirish ham muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Chunki koʻplab talabalar oʻz qiziqishlari va mehnat bozoridagi real talab
oʻrtasida toʻgʻri qaror qabul qilishda qiynaladi. Shunday sharoitda universitetlarda
kasbiy maslahat markazlarini tashkil etish, psixologik testlar asosida yoʻnaltirish
mexanizmlarini ishlab chiqish, yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvchanligini
oshiradi.

Zamonaviy mehnat bozorida nafaqat kasbiy bilim, balki kommunikatsiya
qobiliyati, jamoada ishlash, liderlik, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash kabi
koʻnikmalar ham juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli taʼlim dasturlariga maxsus
fanlar, treninglar va interaktiv mashgʻulotlarni kiritish zarur. Bu esa yana bir eʼtibor
qaratilishi zarur boʻlgan yoʻnalishlardan biridir.

Bundan tashqari, taʼlim va mehnat bozori oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash uchun
prognozlash tizimini kuchaytirish ham muhimdir. Bu jarayonda mehnat bozori
tendensiyalarini muntazam tahlil qilish, kelgusidagi kadrlar ehtiyojini ilmiy asosda
prognoz qilish va oʻquv rejalari hamda qabul parametrlarini shu asosda shakllantirish
talab etiladi. Shunda oliy taʼlim muassasalari real ehtiyojdan kelib chiqib kadrlar
tayyorlaydi va ortiqcha mutaxassisliklar boʻyicha nomutanosiblik bartaraf etiladi.

Umuman olganda, oliy taʼlim muassasalari va biznes strukturalar oʻrtasida
innovatsion hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish, korporativ boshqaruvda big data,
sunʼiy intellekt va raqamli tahlil vositalaridan foydalanish darajasini oshirish, ishlab
chiqarish tashkilotlarining boshqaruv tizimini ilmiy tahlil va zamonaviy boshqaruv
metodologiyalari asosida tashkil qilish, taʼlim dasturlarini modernizatsiya qilish,
universitet va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, kasbiy yoʻnaltirish
tizimini rivojlantirish, soft skillsni shakllantirish va prognozlash tizimini
takomillashtirish kabi chora-tadbirlar oʻzaro uygʻun holda amalga oshirilsa, nafaqat
taʼlim tizimining samaradorligi, balki mamlakat mehnat bozorining barqarorligi ham
taʼminlanadi.

XXI asrda ilm-fan va taʼlim tizimi nafaqat intellektual taraqqiyotning asosi, balki
iqtisodiy barqarorlik, biznes rivoji va samarali boshqaruvning muhim omilidir.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida bilim kapitali ishlab chiqarishning eng muhim

resursiga aylanmoqda. Shu sababli, taʼlim va ilm-fanni biznes hamda boshqaruv bilan
uygʻunlashtirish dolzarb vazifadir.

Oliy taʼlim dasturlarini real biznes ehtiyojlariga moslashtirish bugungi kunning
eng asosiy vazifalaridan biridir. Bu nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy
koʻnikmalarni ham shakllantirishni talab qiladi. Shuningdek, talabalarda strategik
boshqaruv, loyihalarni boshqarish va liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. Universitet va biznes oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish orqali
texnoparklar, startap markazlari va innovatsion klasterlar tashkil etilishi, ilmiy
izlanishlar natijalarini amaliyotga tatbiq etishda samarali vosita boʻlib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, korporativ boshqaruvda raqamli texnologiyalarni (Big Data, sunʼiy
intellekt, blokcheyn) joriy etish jarayonlari samaradorlikni oshiradi va boshqaruv
sifatini yaxshilaydi (2-jadval)1.

2-jadval
Taʼlim-boshqaruv koʻrsatkichlarining davlatlar boʻyicha solishtirma tahlili

Mamlakat Biznesga Strategik Universitet- Raqamli
mos taʼlim boshqaruv biznes boshqaruv
AQSh dasturlari va liderlik integratsiyasi texnologiyalari
Germaniya taʼlimi
Janubiy Koreya 93%
90% 95% 92%

85% 80% 90% 87%

80% 85% 88% 90%

Oʻzbekiston 60% 55% 50% 45%

Umuman olganda, oliy taʼlim dasturlarining biznes ehtiyojlariga moslashuvi,
strategik va boshqaruviy kompetensiyalarning rivojlanishi, universitet-biznes
integratsiyasi hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish mamlakatning intellektual
salohiyati va iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro tajribaga
asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston mehnat bozori va
taʼlim tizimi oʻrtasidagi tafovutni kamaytirishi mumkin.

Zamonaviy taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan biri oliy taʼlim dasturlarini real
biznes ehtiyojlariga moslashtirishdir. Chunki global iqtisodiy jarayonlarda inson
kapitali asosiy resursga aylanmoqda va korxonalarning raqobatbardoshligi koʻpincha
xodimlarning bilim va koʻnikmalariga bogʻliq. Shunday sharoitda taʼlim dasturlarini
ishlab chiqishda nafaqat akademik mezonlar, balki ishlab chiqarish korxonalari, biznes
uyushmalari va davlat organlarining talablarini ham inobatga olish zarur. Bu, oʻz
navbatida, bitiruvchilarning mehnat bozoriga tezroq moslashishini taʼminlaydi.

Talabalarda strategik boshqaruv, loyihalarni boshqarish va liderlik
kompetensiyalarini shakllantirish ham taʼlim tizimi oldida turgan muhim

1 UNESCO. Global Education Monitoring Report 2022. Paris: UNESCO Publishing, 2022.
https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000381329

vazifalardandir. Chunki zamonaviy menejer nafaqat texnik bilimlarga, balki qaror
qabul qilish, inson resurslarini boshqarish, moliyaviy va strategik rejalashtirish
koʻnikmalariga ega boʻlishi talab qilinadi. Bu borada dunyo universitetlarida keng
qoʻllaniladigan MBA (Master of Business Administration) dasturlari, case-study
usullari, interaktiv treninglar va amaliy loyihalar samarali natija bermoqda.
Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida ham ana shunday innovatsion pedagogik metodlarni
keng tatbiq etish talab etiladi.

Universitet va biznes oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish ham dolzarb
masalalardan biri boʻlib, texnoparklar, startap markazlari va innovatsion klasterlar
tashkil etilishi bu yoʻlda muhim qadamdir. Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, taʼlim va
biznes oʻrtasidagi bevosita hamkorlik nafaqat talabalar uchun amaliyot imkoniyatlarini
yaratadi, balki ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga ham yordam beradi. Masalan,
Janubiy Koreya, AQSh va Germaniya tajribasida universitetlar huzuridagi
texnoparklar milliy innovatsion tizimning ajralmas boʻgʻini sifatida faoliyat
yuritmoqda.

Yana bir muhim vazifa korporativ boshqaruvda raqamli texnologiyalarni joriy
qilishdir. Sunʼiy intellekt, Big Data, blokcheyn va raqamli tahlil vositalari yordamida
boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish butun dunyoda asosiy tendensiyaga
aylanmoqda. Oʻzbekiston sharoitida ham raqamli transformatsiyani taʼlim tizimidan
boshlab joriy etish, talabalarga zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini oʻrgatish
hamda korxonalarda elektron boshqaruv tizimlarini rivojlantirish dolzarbdir.

Umuman olganda, oliy taʼlim dasturlarining biznes ehtiyojlariga moslashuvi,
talabalarda strategik va boshqaruviy kompetensiyalarni shakllantirish, universitetbiznes integratsiyasini kuchaytirish va raqamli texnologiyalarni korporativ
boshqaruvga joriy etish mamlakatning intellektual salohiyati va iqtisodiy
barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Taʼlim va mehnat bozori oʻrtasidagi nomuvofiqlik mamlakatning iqtisodiy
samaradorligiga salbiy taʼsir qiladi. Muammoni hal etish uchun taʼlim jarayonini
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish hamda xalqaro
tajribani tatbiq etish zarur. Bu jarayon amalga oshirilsa, oliy taʼlim bitiruvchilarining
ish bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari keskin oshadi va mehnat bozorida malakali
kadrlar tanqisligi kamayadi.

ADABIYOTLAR
1. World Bank. The Changing Wealth of Nations 2021: Managing Assets for
the Future. Washington, DC: World Bank, 2021.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. Taʼlim va mehnat
bozori koʻrsatkichlari. Toshkent: Davstatqoʻm, 2023.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Yillik ilmiy hisobot.
Toshkent, 2022.
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2020 yillarga moʻljallangan fan va
innovatsiyalar boʻyicha Milliy maʼruzasi. – Toshkent, 2021 yil.
5. OECD. Education at a Glance 2024: OECD Indicators. Paris: OECD
Publishing, 2024.

6. UNESCO. Global Education Monitoring Report 2022. Paris: UNESCO
Publishing, 2022.

7. Abduraxmonov Q.X., Shoyusupova N.T. Aholini ish bilan bandligi. Oʻquv
qoʻllanma. – T.: 2011. - 291 b.

8. Xolmoʻminov Sh.R., Xolmurodov S.E. Mehnat bozori iqtisodiyoti. Oʻquv
qoʻllanma. – T.: 2013. - 228 b.

9. Harvard Business School. Case Study Method in Business Education.
Boston, 2020.

10. German Federal Ministry of Education and Research (BMBF). The Dual
System of Vocational Education in Germany. Berlin, 2019.

11. Alimov A.A. “Совершенствование процесса подготовки будущих
преподавателей специальных дисциплин.” Europeanresearch 8 2015.

12. Gʻafurova, Sh. (2024). Oliy taʼlim sohasida sifat menejmenti va uning
xususiyatlari. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(1), 274-281.

13. Rasulov, A. H. Oʻzbekiston sharoitida bilim iqtisodiyoti va innovatsion
rivojlanish. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2020.

14. Xolmoʻminov Sh.R. Mehnat bozori iqtisodiyoti. Oʻquv qoʻllanma. – T.:
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasm adabiyot jamgʻarmasi nashriyoti, 2004. – 144