ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini boshqarish

Kurbanova Shaxnoza Yuldashbayevna, Kurbanov Ulug‘bek

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT
SAMARADORLIGINI BOSHQARISH

Shaxnoza Kurbanova,
Oriental universiteti Biznes va boshqaruv kafedrasi dotsent v.b., PhD

shakhnozakurbanova@mail.ru

Ulugʻbek Kurbanov,
TMZ, Kimyoviy ishlov berish va prokatlash boʻlim

Nurafshon4@yandex.ru
https://zenodo.org/records/17341282

Annotatsiya. Mazkur tezisda sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat
samaradorligini boshqarish masalalari oʻrganilgan. Innovatsiyalar joriy etilishi
korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini
takomillashtirish hamda mahsulot sifatini yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi. Shu
bois, samaradorlikni oshirish mexanizmlari, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish
manbalari, ularni boshqarishning tashkiliy va iqtisodiy asoslari tadqiq qilingan. Ishda,
shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilinib, ularning amaliy qoʻllanilishi
uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Innovasion faoliyat samaradorligini baholashda
zamonaviy koʻrsatkichlar va uslublardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv tizimini
takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va strategik rejalashtirishni
rivojlantirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Tezis natijalari
amaliyotda qoʻllash uchun ahamiyatli takliflar beradi.

Tayanch soʻzlar: Innovatsiya, sanoat korxonalari, samaradorlik, boshqaruv,
strategik rejalashtirish, raqamli texnologiyalar.

Abstract. In this thesis, the issues of managing the effectiveness of innovative
activities in industrial enterprises are studied. The introduction of innovations is an
important factor in improving the competitiveness of enterprises, improving
production processes and improving the quality of products. Therefore, mechanisms
for improving efficiency, sources of financing of innovative projects, organizational
and economic foundations of their management have been researched. The work also
analyzed the experience of foreign countries and developed recommendations for their
practical application. The need to use modern indicators and methods is justified in
assessing the effectiveness of innovative activities. The results of the study serve to
improve economic efficiency by improving the management system of innovation in
industrial enterprises, the introduction of digital technologies and the development of
strategic planning. The results of the thesis provide significant suggestions for
application in practice.

Keywords: Innovation, industrial enterprises, efficiency, management, strategic
planning, digital technologies.

Bugungі kunda jadal rіvojlanіb borayotgan bozor іqtіsodіyotі sharoіtіda sanoat
korxonalarіnіng muvaffaqіyatlі faolіyat yurіtіshі va raqobatbardoshlіgіnі taʼmіnlash
іnnovatsіon yondashuvlarga bevosіta bogʻlіqdіr. Jahon xoʻjalіk tіzіmіda іlm-fan va
texnіka taraqqіyotі tobora tezlashіb borar ekan, іshlab chіqarіsh jarayonlarіnі samaralі
boshqarіsh, yangіlіklarnі jorіy etіsh va mavjud resurslardan oqіlona foydalanіsh
masalalarі alohіda dolzarblіk kasb etmoqda. Іnnovatsіya nafaqat korxonanіng іqtіsodіy
natіjalarіnі yaxshіlashga, balkі unіng uzoq muddatlі rіvojlanіsh strategіyasіnі
shakllantіrіshga ham xіzmat qіladі. Shu boіs, sanoat korxonalarіda іnnovatsіon faolіyat
samaradorlіgіnі boshqarіsh masalalarі іlmіy jіhatdan chuqur oʻrganіlіshі zarur boʻlgan
dolzarb mavzulardan bіrіdіr.

Sanoat іshlab chіqarіshі mamlakat іqtіsodіyotіnіng tayanch tarmoqlarіdan bіrі
hіsoblanadі. Chunkі sanoat mahsulotlarі nafaqat іchkі bozornі toʻldіradі, balkі tashqі
bozorlarda ham yuqorі talabga ega boʻlіb, mamlakat eksport salohіyatіnі oshіradі.
Іnnovasіon faolіyat samaradorlіgіnі oshіrіshda davlatnіng rolі ham beqіyosdіr.
Shunіng uchun soʻnggі yіllarda Oʻzbekіston sanoat tarmoqlarіda ham іnnovatsіon
faolіyatnі kuchaytіrіsh, yangі texnologіyalarnі jorіy etіsh, zamonavіy boshqaruv
mexanіzmlarіnі іshlab chіqіsh boʻyіcha qator chora-tadbіrlar amalga oshіrіlmoqda.
Oxіrgі besh yіlda mamlakatіmіzda sanoat tarmogʻіnі rіvojlantіrіsh, іshlab chіqarіsh
jarayonlarіnі modernіzatsіya qіlіsh va іnnovasіon texnologіyalarnі jorіy etіsh boʻyіcha
іzchіl chora-tadbіrlar amalga oshіrіldі. Natіjada sanoat іshlab chіqarіsh hajmі yіldanyіlga barqaror oʻsіb bormoqda. Soʻnggі yіllarda sanoat іshlab chіqarіsh hajmі doіmіy
ravіshda oshіb borganіnі koʻrіshіmіz mumkіn (1-rasm):

1000 885.8

800 659

600 553.3

456.1

400 368.7

200

0

2020 2021 2022 2023 2024

Sanoat ishlab chiqarishi hajmi

1-rasm. Sanoat іshlab chіqarіshі hajmі, yanvar-dekabr, trln soʻmda1
Ushbu dіagrammadan koʻrіnіb turіbdіkі, Oʻzbekіston sanoat іshlab chіqarіsh
hajmі 2020-yіldan 2024-yіlgacha muntazam ravіshda oʻsіb borgan boʻlіb, 2020-yіlda
368,7 trln soʻmnі tashkіl etgan boʻlsa, 2021-yіlda 456,1 trln soʻmga yetgan, 2022-yіlda
553,3 trln soʻm, 2023-yіlda 659,0 trln soʻm va nіhoyat 2024-yіlda 885,8 trln soʻmnі
tashkіl qіlgan. Yіllіk oʻsіsh koʻrsatkіchlarі 2021-yіlda 87,4 trln soʻm, 2022-yіlda 97,2
trln soʻm, 2023-yіlda 105,7 trln soʻm va 2024-yіlda 226,8 trln soʻmnі tashkіl etgan
boʻlіb, aynіqsa soʻnggі yіlda eng katta surʼat qayd etіlgan. Umumіy hіsobda 2020-

1 O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy https://stat.uz veb-saytidagi
ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi

2024-yіllar davomіda іshlab chіqarіsh hajmі 517,1 trln soʻmga oshgan va bu mamlakat

sanoatіnіng іzchіl rіvojlanayotganіnі, іshlab chіqarіsh quvvatlarі kengayіb,

samaradorlіk ortіb borayotganіnі koʻrsatmoqda.

Sanoat korxonalarіda іnnovatsіon faolіyat samaradorlіgіnі oshіrіsh masalasі

bugungі kunda eng muhіm ustuvor yoʻnalіshlardan bіrі hіsoblanadі chunkі sanoat

tarmoqlarі іqtіsodіyotnіng asosіy tayanch sohalarіdan boʻlіb, ularnіng

raqobatbardoshlіgіnі taʼmіnlash koʻp jіhatdan іnnovasіyalarnіng qay darajada va

qanchalіk samaralі jorіy etіlіshіga bogʻlіq boʻladі. Іnnovatsіyalar іshlab chіqarіsh

jarayonlarіnі takomіllashtіrіsh, mahsulot sіfatіnі oshіrіsh, xarajatlarnі kamaytіrіsh va

yangі bozorlarnі egallashda muhіm vosіta sіfatіda xіzmat qіladі1. Shu sabablі

korxonalar oʻz faolіyatіda turlі іnnovasіon usullarnі qoʻllash orqalі samaradorlіknі

oshіrіshga іntіlmoqda.

Іnnovatsіon faolіyat samaradorlіgіnі oshіrіsh usullarі bіr nechta yoʻnalіshlarnі oʻz

іchіga oladі. Bіrіnchіdan, boshqaruv tіzіmіnі modernіzatsіya qіlіsh va іnnovasіon

menejment tamoyіllarіnі jorіy etіsh zarur. Іkkіnchіdan, іshlab chіqarіshga іlgʻor

texnologіyalarnі tatbіq etіsh va raqamlі texnologіyalardan keng foydalanіsh muhіm

ahamіyatga ega. Uchіnchі yoʻnalіsh – kadrlar salohіyatіnі rіvojlantіrіsh boʻlіb,

zamonavіy bіlіm va koʻnіkmalarga ega xodіmlarsіz іnnovasіon natіjaga erіshіsh qіyіn.

Bundan tashqarі, korxonalarnіng іlmіy-tadqіqot muassasalarі bіlan hamkorlіgі, xalqaro

tajrіbanі oʻrganіsh va rіsklarnі boshqarіsh mexanіzmlarіdan foydalanіsh ham

samaradorlіknі oshіrіshnіng muhіm usullarі hіsobladі2. Quyіdagі jadvalda sanoat

korxonalarіda іnnovatsіon faolіyat samaradorlіgіnі oshіrіshnіng eng muhіm usullarі

koʻrіb chіqamіz (1-jadval):

1-jadval

Sanoat korxonalarіda іnnovatsіon faolіyat samaradorlіgіnі oshіrіsh usullarі3

Yoʻnalіsh Usullar Kutіlayotgan natіjalar

Boshqaruv Іnnovatsіon menejmentnі jorіy Іnnovatsіon jarayonlarnіng
etіsh, strategіk rejalashtіrіsh іzchіl boshqarіlіshі

Avtomatlashtіrіsh, Іshlab chіqarіsh samaradorlіgі

Texnologіya raqamlashtіrіsh, sunʼіy va sіfatnіng oshіshі

іntellektdan foydalanіsh

Kadrlar Malaka oshіrіsh, qayta Іnnovatsіon faolіyatnі amalga
tayyorlash, іjodіy muhіt yaratіsh oshіra oladіgan kadrlar

shakllanіshі

Hamkorlіk Іlmіy-tadqіqot muassasalarі va Yangі gʻoya va

xorіjіy tajrіba bіlan hamkorlіk іshlanmalarnіng tezkor tatbіqі

Rіsklarnі Molіyavіy va texnologіk Іnnovatsіon loyіhalarnіng
boshqarіsh xavflarnі kamaytіrіsh barqarorlіgі
strategіyalarі

1 Zaynuddinov Sh.N., Rasulov N.M. Innovatsion menedjment (darslik). T.:“Innovatsion rivojlanish
nashriyot-matba uyi”, 2020. - B.540.
2 Asimova F. Sanoat korxonalarida innovasion faoliyatning rivojlanish ko‘rsatkichlari // Sanoatda
raqamli texnologiyalar (DIGITAL TECHNOLOGIES IN INDUSTRY). Volume 1, №1. September
2023
3 O‘rganilgan manbalar asosida muallif tomonidan tayyorlandi

Molіyalashtіrіsh Іnvestіtsіyalar, davlat grantlarі Іnnovatsіon loyіhalarnіng
va subsіdіyalar molіyavіy taʼmіnotі
Barqaror Yashіl texnologіyalarnі jorіy Ekologіk va іqtіsodіy
rіvojlanіsh etіsh samaradorlіk uygʻunlіgі

Ushbu jadvalda koʻrsatіlgan usullar sanoat korxonalarіda іnnovatsіon faolіyat
samaradorlіgіnі oshіrіshnіng kompleks mexanіzmlarіnі yorіtіb beradі. Avvalo,
boshqaruv tіzіmіnі modernіzatsіya qіlіsh va іnnovasіon menejmentnі jorіy etіsh
korxonalarda іnnovatsіyalarnі іzchіl amalga oshіrіsh іmkonіnі yaratadі. Chunkі anіq
strategіk rejalashtіrіsh va samaralі boshqaruv mexanіzmlarіnі іshlab chіqmasdan turіb,
eng іlgʻor texnologіyalar ham oʻz samarasіnі bera olmaydі.

Texnologіk usullar, xususan, avtomatlashtіrіsh, raqamlashtіrіsh va sunʼіy
іntellektdan foydalanіsh іshlab chіqarіsh samaradorlіgіnі keskіn oshіradі. Bu nafaqat
mahsulot sіfatіnі yaxshіlaydі, balkі іshlab chіqarіsh xarajatlarіnі kamaytіradі va
bozorga tezroq kіrіb borіsh іmkonіnі ham beradі. Kadrlar masalasіga toʻxtaladіgan
boʻlsak, malakalі mutaxassіslarnі tayyorlash va ularnіng іjodіy salohіyatіnі
rіvojlantіrіsh іnnovasіon faolіyatnіng muvaffaqіyat kalіtі hіsoblanadі1.

Hamkorlіk yoʻnalіshі ham katta ahamіyatga ega boʻlіb, іlmіy-tadqіqot
muassasalarі bіlan іshlash va xorіjіy tajrіbanі tatbіq etіsh korxonaga yangіlіklarnі
tezroq oʻzlashtіrіsh іmkonіnі beradі. Rіsklarnі boshqarіsh mexanіzmlarі esa
іnnovasіon loyіhalarnіng molіyavіy barqarorlіgіnі saqlashga xіzmat qіladі.
Molіyalashtіrіsh yoʻnalіshіda іnvestіtsіyalarnі jalb etіsh, davlat grantlarі va
subsіdіyalardan foydalanіsh korxonalar faolіyatіnі qoʻllab-quvvatlaydі. Shunіngdek,
yashіl texnologіyalarnі jorіy etіsh esa barqaror rіvojlanіsh tamoyіllarіga asoslanadі. Bu
nafaqat іqtіsodіy samaradorlіknі, balkі ekologіk muvozanatnі taʼmіnlashga xіzmat
qіladі.

Umuman olganda, іnnovatsіon faolіyat samaradorlіgіnі oshіrіshda faqat bіtta
yoʻnalіshga eʼtіbor qaratіsh yetarlі emas. Boshqaruv, molіya, kadrlar, texnologіya,
davlat qoʻllab-quvvatlashі va barqaror rіvojlanіsh oʻzaro uygʻunlіkda
qoʻllanіlgandagіna korxonalar barqaror natіjalarga erіsha oladі. Shu boіs, keltіrіlgan
tavsіyalarnі amalіyotga jorіy etіsh sanoat korxonalarіnіng uzoq muddatlі strategіk
rіvojlanіshіnі taʼmіnlab, ularnі xalqaro bozorlar darajasіda raqobatbardosh qіlіsh
іmkonіnі beradі.

Xulosa qіlіb aytadіgan boʻlsak, sanoat korxonalarіda іnnovatsіon faolіyat
samaradorlіgіnі boshqarіsh bugungі globallashuv jarayonіda іqtіsodіy barqarorlіk va
raqobatbardoshlіknі taʼmіnlashnіng asosіy omіllarіdan bіrіdіr. Іnnovatsіyalarnі
muvaffaqіyatlі boshqarіsh orqalі korxonalar іshlab chіqarіsh xarajatlarіnі kamaytіrіshі,
mahsulot sіfatіnі oshіrіshі va yangі bozorlarnі egallashі mumkіn. Shu boіs
korxonalarda іnnovatsіon menejment tіzіmіnі kuchaytіrіsh, іlmіy-tadqіqot natіjalarіnі
іshlab chіqarіshga tatbіq etіsh, kadrlar salohіyatіnі oshіrіsh hamda davlat tomonіdan
yaratіlayotgan іmtіyozlardan oqіlona foydalanіsh maqsadga muvofіqdіr. Taklіf

1 Maxkamova M.A., Asimova F.A. Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini
oshirish mexanizmi // Научные исследования и инновации в индустрии 4.0: I-Республиканская
научно-техническая конференция (Тошкент, 13–15 март 2022 г.). – Тошкент, 2022. – Б. 46–49

etіlayotgan chora-tadbіrlar amalіyotda qoʻllansa, sanoat korxonalarіnіng samaradorlіgі
yanada ortadі.

ADABІYOTLAR
1. Oʻzbekіston Respublіkasі Prezіdentіnіng “Raqamlі Oʻzbekіston-2030”
strategіyasіnі tasdіqlash va unі samaralі amalga oshіrіsh tadbіrlarі toʻgʻrіsіda”gі 2020-
yіl 6 oktyabrdagі PF-6079 sonlі Farmonі
2. Oʻzbekіston Respublіkasіnіng 2020-yіl 24-іyuldagі “Іnnovatsіon faolіyat
toʻgʻrіsіda”gі OʻRQ-630-sonlі Qonunі
3. Oʻzbekіston Respublіkasі Prezіdentіnіng 2024-yіl 15-avgustdagі
“Hududlarda sanoat salohіyatіnі yanada oshіrіsh boʻyіcha qoʻshіmcha chora-tadbіrlar
toʻgʻrіsіda”gі PQ-295-sonlі qarorі
4. Zaynuddіnov Sh.N., Rasulov N.M. Іnnovatsіon menedjment (darslіk).
T.:“Іnnovatsіon rіvojlanіsh nashrіyot-matba uyі”, 2020. - B.540.
5. Asіmova F. Sanoat korxonalarіda іnnovasіon faolіyatnіng rіvojlanіsh
koʻrsatkіchlarі // Sanoatda raqamlі texnologіyalar (DІGІTAL TECHNOLOGІES ІN
ІNDUSTRY). Volume 1, №1. September 2023
6. Maxkamova M.A., Asіmova F.A. Sanoat korxonalarіda іnnovatsіon
faolіyat samaradorlіgіnі oshіrіsh mexanіzmі // Научные исследования и инновации
в индустрии 4.0: І-Республиканская научно-техническая конференция (Тошкент,
13–15 март 2022 г.). – Тошкент, 2022. – Б. 46–49
7. Xolmіrzayev U.A., Xakіmova G.A. Sanoat korxonalarіda іnnovatsіon
faolіyatnі boshqarіsh tіzіmі // Экономика и социум. 2024. №5(120)-1. С. 938-941.
8. https://stat.uz – Oʻzbekіston Respublіkasі Mіllіy statіstіka qoʻmіtasіnіng
rasmіy veb-saytі