ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llashning muhim masalalari

Xaydarov Xayrulla G‘ulamovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IQTISODIYOT TARMOQLARIDA ZAMONAVIY ILM-FAN VA
INNOVATSIYALARNI QOʻLLASHNING MUHIM MASALALARI

Xayrulla Xaydarov,
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi dotsenti v.b., PhD.

https://zenodo.org/records/17341286

Annotatsiya. Ushbu tezisda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlariga ilgʻor fantexnika yutuqlarani joriy qilish va innovatsiya jarayonlarini faollashtirish masalalari
yoritilgan.

Tayanch soʻzlar: innovatsiya, tadbirkorlik subʼektlari, yangiliklar diffuziyasi,
konsepsiya, korporatsiya, ustav kapitali, venchur fondi, tadbirkorlik.

Abstract. This thesis covers the issues of introducing advanced scientific and
technological achievements to the industrial sectors of the economy and activating
innovation processes.

Keywords: innovation, business entities, news diffusion, concept, corporation,
share capital, venture fund, entrepreneurship.

Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarida fan-texnika salohiyatini oshirish va ilgʻor
texnologiya yutuqlarini keng koʻlamda jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday fantexnik oʻzgarishlar korxonalarning ustuvor darajada rivojlantirish imkonini beradi. Shu
sababli, yetakchi sanoat sohalarini jadal innovatsion rivojlantirish maqsadida
iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarga yangicha yondashishlarni talab etmoqda. Bu
borada, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-sonli qarori hamda 2020-
yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi PF-6097-son farmoni muhim ahamiyatlidir. Shunga koʻra,
iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarini ilmiy-tadqiqot va tajriba–konstruktorlik
ishlari oʻrtasida oʻzaro samarali hamkorlik mexanizmlarini, ilmiy-tadqiqot natijalarini
tijoratlashtirish, innovatsiya jarayonlarini ragʻbatlantirish, faol tadbirkorlik subʼektlari
va xususiy sektor vakillarini jalb qilish asosiy masalalar hisoblanadi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish – bu tarmoqda munosib
innovatsion muhitni yaratish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish
imkonini kengaytirishdan iborat. Buning uchun, innovatsion muhitni shakllantirish
boʻyicha tashkiliy institutlar hamda huquqiy-institutsional normalar yaratilgan.1

Iqtisodiyot tarmoqlariga ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy qilish va rivojlantirish
orqali innovatsiyaning qulay va sifatli, zamonaviy, fan-texnika yangiliklari va
xizmatlari bilan taʼminlash muhimdir. Ushbu jarayonga, yirik ishlab chiqarish sohalari
balki, innovatsion faol tadbirkorlik subʼektlari va xususiy sektorlarni keng jalb qilish

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zR Qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y. 6-
son, 70-modda.

va ular manfaatdorligini oshirish talab etiladi. Fikrimizcha, sanoat tarmoqlarini
innovatsion rivojlantirish quyidagi ikkita bosqichda amalga oshirish maqsadga
muvofiq. Bular:

ilgʻor fan-texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish- bu sanoat
tarmogʻiga oid ishlab chiqarish faoliyatida ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini
samarali tashkil etish;

yangiliklar diffuziyasi - bu iqtisodiyot tarmogʻida ishlab chiqarilgan yangi turdagi
mahsulotlar bilan isteʼmolchilarni taʼminlashdan iboratdir.

Ushbu strategik vazifalarni amalga oshirishda, sanoat tarmogʻini innnovatsion
rivojlantirish tarkibini shakllantirish muhim ahamiyatga ega (1-rasm).

Ilmiy- Ilm-fan va innovatsiya Davlat Davlat grant
konstruktorlik markazlari tajriba loyihalari
ishlab chiqarish markazi

korxonalari

Sanoatning fan-texnik Xususiy ilmiy Oliy ta’lim
tadqiqot va rejalashtirish markaz muassasalari

markazi K O R P O R A T S I YA

1-rasm. Iqtisodiyot tarmoqlarin innovatsion rivojlantirish tarkibiy tuzilishi1

Tarkibiy oʻzgarishlar sharoitida sanoat sohalarini innovatsion rivojlantirish
xususiyati korxonalar ishlab chiqarish boʻgʻinlarida ilgʻor texnologiyalarga
asoslangan fundamental ilm-fan, grant loyihalari va innnovatsion tarmoqlarning
oʻzaro uygʻunligi bilan xarakterlanadi.

Ushbu innovatsion rivojlantirish tarkibi tuzilishida muhim taʼsir etuvchi omil
sifatida respublika fan va ilmiy-maslahat kengashi muhim ahamiyatga ega boʻlib, oʻz
navbatida davlat tajriba markazlari va sanoat ishlab chiqarish korxonalarining
texnologik modernizatsiya qilinishini taʼminlaydi. Shuningdek, sanoat
maxsulotlarining ichki va tashqi isteʼmolchilarini oʻrganib boradi.

Iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻini innovatsion rivojlantirish tarkibiy tuzilishida
yuqorida (1-rasm) berilgan qator markazlar faoliyati ham muhimdir. Jumladan:

davlat tajriba markazi- korxonalarning umumiy texnik tarkibini baholaydi va fantexnika, innovatsiya jarayoni muammolarini aniqlab boradi. Shu bilan birga, yangi
ilmiy-texnik takliflar, yangi maxsulotlari loyihalarini amaliyotga tadbiq qilib boradi.
Ayni vaqtda, davlat tomonidan berilgan buyurtmalar, korporatsiyalar va isteʼmolchilar
ehtiyojlari boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshiradi.

sanoatning fan-texnik tadqiqot va rejalashtirish markazi –sanoat maxsulotlarini
ishlab chiqarish boʻyicha fundamental fan-taʼlim tadqiqotlarini olib boradi, tavsiya

1 Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi.

etilgan maxsulotlar modellarini joriy qiladi, yangi ishlab chiqariladigan maxsulotlar
loyihalarini va koʻrgazmalarini tayyorlaydi.

Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarish korxonalari maxsulotlari loyihalarini
tayyorlash va ishlab chiqishda davlat va xalqaro grant loyihalaridan keng foydalanish
va respublika oliy taʼlim muassasalari hamda xususiy ilmiy markazlar faoliyatini
oshirish ahamiyatlidir. Shuning asosida taʼlim muassasalari va xusususiy ilmiy
markazlar bilan ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida oʻzaro innovatsion jarayonlar va
tijoratlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Bunda ilm-fan va innovatsiya markazlari bilan davlat-xususiy sherikchilikni
shakllantirish orqali innovatsion faoliyatni ustivor rivojlantirishda sanoat venchur
fondini tashkil etish va ularni moliyaviy qoʻllab–quvvatlash tizimini ishlab chiqish
asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Innovatsion gʻoyalar tizimini yaratish va ularni moliyalashtirishda
innovatsiyalarni tijoratlashtiruvchi “Fan-texnik tadqiqot va rejalashtirish” markazi
faoliyatini ixtisoslashtiruvchi sanoat venchur fondini tashkil qilish va ular orqali yoʻlga
qoʻyish muhim hisoblanadi. Fondning boshlangʻich ustav kapitalini davlat tomonidan
belgilanishi lozim. Fondning boshlangʻich ustav kapitalini respublika byudjetidan
ajratilgan mablagʻlar hisobidan shakllantirish va ulur ulushini toʻliq sanoat ishlab
chiqarishiga berilishi maqsadga muvofiq.

Quyida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha venchur fondini
shakllantirish yoʻnalishlari koʻrsatilgan (2-rasm).

Fondni ajratilgan mablag‘lar hisobidan respublikaning innovatsion loyihalarini
moliyal shakllantirish
ashtirish
ob’oektl xo‘jalik tashkilotlarining faoliyatida korxona ustav fondining davlat
ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lsa foyda solig‘ini to‘laguncha 10
ari foizgacha ajratmalari hisobidan uning miqdorini oshirish

boshqa qonunchilik bilan taqiqlanmagan manbalar hisobidan ustav
kapitalini oshirish

boshqa jismoniy va yuridik shaxslar mablag‘lari hisobidan moliyalash

innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy (investorlar) shaxslar
bilan sherikchilik asosida venchur fondi tasisligini yo‘lga qo‘yish

innovatsion loyihalar buyurtmachilari mablag‘lari hisobidan oshirish

ustav kapitalida davlat ulishi bo‘lmagan xususiy ishlab chiqarish
korxonalari mablag‘lari hisobidan oshirish

2-rasm. Sanoat ishlab chiqarish venchur fondini moliyalashtirish
yoʻnalishlari1

1 Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi.

Ushbu rasmda aks ettirilgan moliyalashtirish manbalari fond mablagʻlarini
shakllantirishning asosiy obʼektlari boʻlib, bunda davlat monetar siyosati asosida ustav
kapitali boʻyicha innovatsion loyihalarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan
shakllantirish, yaʼni dastlabki utav kapitali mablagʻini belgilashi tegishli qonun
hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.

Venchur fondni boshqarishda quyidagilarga alohida eʼtibor berilishi lozim:
fondni saqlash xarajatlarini uning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
malakali hodimi yoki xalqaro tajribaga ega boʻlgan chet el mutaxassislarini taklif
etilishi;
tanlov (shaffof) asosida ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan mustaqil xususiy
boqaruv korxonasini tanlash va shartnoma asosida qonunda belgilangan tartibda
boshqaruvga berishdan iborat.
Xulosa oʻrinida aytish mumkinki, fondning asosiy xususiyati innovatsiyalarni
yaratishga doir davlat va xususiy tashkilotlar buyurtmalarini shakllantirishdan iborat
boʻladi. Shuningdek, kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash hamda davlatning ilm-fan
va taʼlim muassasalari bilan innovatsion faoliyati boʻyicha sanoat sohasiga oid
innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirilishida moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi.

ADABIYOTLAR
1. Aliev Yo.E.. Innovatsion iqtisodiyot. Darslik. –T.: “Innovatsion rivojlanish
nashriyoti matbaa uyi”, 2022-146-bet.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-sonli qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6097-son
farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Oʻzbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida. OʻzR Qonun
hujjatlari toʻplami, 2017-y. 6-son, 70-modda.