ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish

Mirzaaxmedov Nodirbek Shavkatovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TAʼLIM MUASSASALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI SAMARALI
TASHKIL ETISH VA BOSHQARUV MEXANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH

Nodirbek Mirzaaxmedov,
Oriental universiteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti,

i.f.f.d. (PhD)
https://zenodo.org/records/17341292

Annotatsiya. Ushbu maqola taʼlim muassasalarida innovatsion faoliyatni
samarali tashkil etish va boshqaruv mexanizmlarini yoritadi. Unda innovatsiyaning
taʼrifi, innovatsion infratuzilma va texnologiyalar transferi tushunchalari, shuningdek
davlat buyurtmasi, moliyalashtirish va ekspertiza jarayonlari tizimli bayon etiladi.
Mualliflar innovatsion siyosatning huquqiy-iqtisodiy asoslari, grant va subsidiyalar,
soliq va amortizatsiya imtiyozlari, kadrlar tayyorlash hamda davlat xaridlari orqali
qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini tahlil qiladi. AQSH, Yevropa va Yaponiyaning
tajribasi - universitet–sanoat–tadqiqot markazlari hamkorligi, KOBni ragʻbatlantirish,
davlat–xususiy sheriklik va assotsiativ hamkorlik Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish
uchun solishtiriladi. ITIMT loyihalarini monitoring qilish, hisobotlar, moliyaviy
intizom va natijalarni tijoratlashtirish talablari alohida koʻrib chiqiladi. Yakunda
moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, xususiy sektorni jalb etish, xalqaro
ekspertizani tatbiq qilish va normativ bazani takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar
beriladi.

Kalit soʻzlar: innovatsion faoliyat; taʼlim muassasalari; moliyalashtirish; davlat
buyurtmasi; texnologiyalar transferi; ITIMT; monitoring va ekspertiza; universitet–
sanoat hamkorligi; KOB; xalqaro tajriba.

Abstract. This article examines how to organize and govern innovation activities
in educational institutions effectively. It clarifies core concepts - innovation, innovation
infrastructure, and technology transfer—and details state orders, financing schemes,
and technical/scientific expertise procedures. The paper analyzes policy instruments
such as grants and subsidies, tax and depreciation incentives, capacity building, and
public procurement to support innovation. International experiences from the U.S.,
Europe, and Japan-university–industry–research collaboration, SME stimulation,
public–private partnerships, and associative consortia are compared for adaptation to
Uzbekistan. It further outlines monitoring of R&D projects, reporting requirements,
financial discipline, and pathways to commercialization. The article concludes with
recommendations to broaden funding sources, engage the private sector, employ
international expertise in monitoring, and refine the regulatory framework to accelerate
innovation-led modernization in education.

Keywords: innovation activity; educational institutions; financing; state order;
technology transfer; R&D (S&T); monitoring and evaluation; university–industry
collaboration; SMEs; international best practices.

Mamlakatda ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish orqali
ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, bu jarayonni barcha sohalarga keng joriy
etish hamda rivojlangan davlatlar safidan oʻrin olish va har bir sohada qulay sharoitlar
yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Taʼlim muassasalarida innovatsion faoliyatni joriy etishda innovatsiyalarni
yaratish va ularni hayotga tatbiq etish jarayonlari maʼlum bir sikllardan iborat boʻladi.
Bu nuqtai nazardan qaralganda, innovatsion jarayon vaqt davomida izchil amalga
oshadigan, oʻz ahamiyati bilan teng, biroq funksional mazmuni jihatidan farqlanuvchi
turli bosqichlarni oʻz ichiga olgan murakkab faoliyat yigʻindisidir.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 24-iyuldagi OʻRQ-630-son Qonunida
ilmiy faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan koʻplab imkoniyatlar
haqida maʼlumotlar va asosiy tushunchalar keltirib oʻtilgan1.

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish –
bu innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi subyektlar uchun zarur boʻlgan huquqiy,
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek innovatsion loyihalar
hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Davlat innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlashni quyidagi yoʻllar bilan amalga
oshiradi2:

- innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;
- innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
- innovatsion faoliyat subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlar berish;
- innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xoʻjalik yurituvchi subyektlar
mablagʻlarini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
- innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va
ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.
- Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat
buyurtmasini bajarish;
- ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilgʻor texnologiyalarning
kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini taʼminlash maqsadida ularning davlat xaridlarini
tashkil etish;
Bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi rivojlangan mamlakatlarda anʼanaviy
ilmiy-texnika taraqqiyotidan innovatsion va ilmiy-texnologik tartibga keskin oʻtish
jarayoni yuz bermoqda. Innovatsion tartibning asosiy farqi shundaki, ilgari fan sohasi
shakllanishi va uning davlat tomonidan moliyalashtirilishi ustuvor boʻlgan boʻlsa,
endilikda barcha turdagi texnologik va ilmiy innovatsiyalarni davlat darajasida qoʻllabquvvatlash va ragʻbatlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Hozirgi vaqtda AQSHda, ayniqsa Gʻarbiy Yevropaning yetakchi davlatlari —
jumladan, Fransiya va Germaniyada fan-texnika siyosati bosqichma-bosqich
innovatsion siyosatga aylanish jarayonida. Bu siyosatning asosiy vazifasi — ilmiy va

1 O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24-iyuldagi O‘RQ-630-son Qonuni. 10-modda. Innovatsion
faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
2 O‘zbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida 2019 yil 29-oktyabdagi O‘RQ-
576-son Qonuni 10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirish

texnologik innovatsiyalarni, ayniqsa kichik va oʻrta korxonalar uchun, shuningdek
qisqa va oʻrta muddatli dasturlar doirasida tezkor diversifikatsiyani taʼminlaydigan
qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Shuningdek, AQSH fan sohasini moliyalashtirish
borasida dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallab kelmoqda.

Koʻplab rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot va innovatsion hamda
muhandislik-texnik ishlarni (ITIMT) moliyalashtirishda davlatning roli ancha faol
boʻlib, bu jarayon faqat davlat tashkilotlari bilan cheklanmaydi. Masalan, hozirgi
paytda AQSHda federal hukumat moliyalashtirish manbai sifatida umumiy
xarajatlarning 50 foizini qoplamoqda. Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Germaniyada bu
koʻrsatkich taxminan 40 foizni, Fransiyada 57 foizni, Yaponiyada esa 28 foizni tashkil
etadi. ITIMT sohasining davlat tomonidan bunday yuqori darajada qoʻllabquvvatlanishi bejiz emas, balki bu holat bir qator asosli dalillar bilan izohlanadi.

AQSH davlat innovatsiya siyosatining obyekti - bu asosan xususiy biznesdir1.
Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy - texnik yutuqlardan xoʻjalikda
foydalanishga, ilmiy-texnik majmuada ichki aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari ancha keng. Bunga u yoki bu
maʼnoda biznesning innovatsion faolligini ragʻbatlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari
kiradi.
Amerikalik mutaxassislarning fikriga koʻra, eng samarali tashkiliy shakllardan
biri bu – universitet, sanoat va tadqiqot markazlari oʻrtasidagi hamkorlik hisoblanadi.
Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday markazlar doirasida keng koʻlamdagi
ilmiy-texnik masalalarni hal etish imkoniyati mavjud. Sanoat korxonalari hamda
universitetlarning qoʻshma tadqiqotlariga asoslangan yirik dasturlar koʻp hollarda
davlatning maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalariga muqobil yechim sifatida qaraladi.
Oʻzbekiston sharoitida AQSH innovatsion siyosatining ayrim jihatlarini qoʻllash
mumkin. Xususan, davlat mablagʻlarining umumlashtirilgan holda yoʻnaltirilishi,
shuningdek sanoatning moddiy-texnik bazasini malakali oliy taʼlim muassasalari
kadrlari bilan taʼminlash mexanizmlarini ragʻbatlantirish lozim. Uzoq muddatli
istiqbolga moʻljallangan, tavakkal darajasi yuqori boʻlgan ilmiy-texnik loyihalarga
sanoatni jalb etish uchun davlat dastlabki xarajatlarni toʻliq zimmasiga olmasligi, balki
ishtirokchi kompaniyalarga kashfiyot va ixtirolardan foydalanish huquqini beruvchi
bepul litsenziyalar taqdim etishi maqsadga muvofiq boʻladi.
AQSHdagi yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi koʻpincha eng maqbul
meʼyordan oshib ketadi. Aynan shu omil ilmiy-texnika sohasida monopoliyaning
oldini olib, kichik firmalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga imkon yaratadi.
Oʻzbekiston sharoitida ham yirik firmalarga xizmat koʻrsatuvchi yoki ularning
“sateliti” sifatida faoliyat yuritadigan kichik firmalarni tashkil etish uchun zarur shartsharoitlar yaratish muhimdir. Masalan, Yaponiyada innovatsion siyosatni amalga
oshirishning oʻziga xos mexanizmi mavjud boʻlib, u hukumatning dasturiy hujjatlarida
oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, ilmiy-texnik yangiliklarni yaratishda strategik
tadqiqotlar yetakchilarini tayyorlash, yoʻlboshchi guruhlar shakllantirishga alohida
eʼtibor qaratiladi.

1 https://nsp.gov.uz/organizations/?type=2&sub=1+xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari

Bugungi kunda innovatsion siyosatni qayta koʻrib chiqish zaruriyati yuzaga
kelgan bir paytda, Yaponiya oʻzining texnika va texnologiyalarini ishlab chiqish
hamda joriy etish sohasida ilgʻor tajribasini kengaytirmoqda. Xususan, patent va
litsenziyalar savdosiga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali innovatsion mahsulotlar
yaratishga boʻlgan ragʻbat kuchaytirilmoqda.

Yaponiya tajribasi shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda shakllanayotgan
innovatsion soha ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari va ishlab chiqaruvchi korxonalar imkoniyatlarini vaqtinchalik yoki doimiy
ravishda birlashtirgan holda assotsiativ shaklda faoliyat yuritishni talab qiladi. Bu
jarayonda davlat bosh loyihalarni amalga oshirish uchun buyurtmalar berish orqali
bevosita koʻmaklashishi lozim.

Sanoati rivojlangan ilgʻor mamlakatlar innovatsiya siyosatining zamonaviy davlat
strategiyasiga xos boʻlgan bir qator umumiy xususiyatlarni sanab oʻtish mumkin:

- ilmiy tadqiqotlarning davlat tomonidan moliyalanishi;
- soliq va amortizatsiya siyosatiga mos holda rivojlangan kontrakt tizimi
yordamida biznesga ilmiy tadqiqotlar uchun taʼsir oʻtkazish;
- universitetlar va davlat ilmiy markazlarida umummilliy ahamiyatga ega ilmiy
tadqiqotlarni oʻtkazish;
- taʼlim tizimini moliyalash va tashkiliy takomillashtirish, ayniqsa yukori malakali
kadrlar tayyorlash;
- ilmiy-texnik maʼlumotlarni tarqatish tizimini yanada rivojlantirish.
Yuqorida sanab oʻtilgan sanoati rivojlangan mamlakatlardagi davlat innovatsiya
sohasi strategiyasining umumiy tomonlarini u yoki bu darajada Oʻzbekiston sharoitida
qoʻllash mumkin. Bu oʻrinda albatta, ilgari toʻplangan tajriba, anʼana va hukumatning
mavjud imkoniyatlarini hisobga olish kerak boʻladi.
Fransiyada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish vazifalari
uch yoʻnalishida olib boriladi. Birinchi darajadagi ishlar asosan, ilmiy tadqiqotlar ilmiy
markazi (CNRS) tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur markaz ilmiy tadqiqotlarni,
jumladan, ijtimoiy va inson haqidagi fanlar boʻyicha tadqiqotlarni moliyalash
borasidagi milliy agentlik sanaladi, u asosan, fundamental tadqiqotlarni qoʻllabquvvatlaydi.
Ilmiy-texnika va innovatsiya rivojlanishining ustunliklarini bashorat qilish hamda
belgilash boʻyicha ishlar esa, Frantsiyadagi yirik xususiy sanoat va davlat korxonalari
tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada bir qator muammolar mavjud bulsada,
Fransiya yirik bashorat qilish loyihalarni amalga oshirish boʻyicha katta tajribaga ega.
Xususan, atom va molekulyar fizika, qattiq jismlar fizikasi rivojlanishi boʻyicha
bashoratlar qilingan.
Italiyada moliyalash va texnik imkoniyatlar muammolari mavjud tarmoqlarga oid
korporatsiya va kichik innovatsiya firmalari oʻrtasida nomustahkam aloqa mavjud.
Daniyada esa, «tarmoqlar sxemasi» (chizmasi) deb ataluvchi kichik innovatsiya
firmalar tarmogʻi mavjud boʻlib, u Angliya, Ispaniya va AQSHga eksport qilinadi.
Shvetsiya va Norvegiyada ishchilarning biznesda ishtiroqiga koʻmaklashishda
boy tajriba toʻplangan. Buyuk Britaniya xususiy kapitalni jalb etish chora-tadbirlarini
qoʻllaydi.

Niderlandiya va Belgiyada texnologik reytingni yaratish uchun muntazam tarzda
ishlovchi banklar va innovatsiya markazlari tarmoqlari tashkil etilgan.

ilm-fan va innovatsiya jarayonlarini boshqarish boʻyicha rivojlangan mamlakatlar
tajribasidan foydalanish mamlakatimizda ilmiy sohani yuqori darajada rivojlantirishga
hamda chet ellik olimlar bilan mustahkam aloqa oʻrnatishga keng imkoniyat beradi.

Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari
monitoringi ularning tasdiqlangan rejasiga koʻra bajarilishini, moliyaviy
mablagʻlarning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar
taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholashni oʻz ichiga oladi.
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning natijalari
monitoringi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Ijrochi tashkilotlar Davlat
buyurtmasi asosida amalga oshirilgan loyihalarning hisobotlarini (oraliq va yakuniy)
Buyurtmachiga shartnomalarda belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Sanoat
hamkorlari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha
tayyorlangan hisobotlar sanoat hamkorlari tomonidan ham tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Buyurtmachi hisobotlarni qabul qiladi, shuningdek, davlat buyurtmasini bajarish
boʻyicha axborot va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda tegishli ITKga
taqdim etadi. Hisobotlar va moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha tahlil qilish, koʻrib
chiqish va fikr berish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmachi fan
yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar bilan birgalikda zarur hollarda mustaqil
ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, loyihalarning bajarilishi monitoringini
amalga oshiradi1.
Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan mablagʻlar mazkur
loyihalar amalga oshirilgan ijrochi tashkilotda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan
boshqa ilmiy loyiha(lar)ga (bunda loyihaning kalendar rejasiga qoʻshimcha mablagʻ
hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni nazarda tutgan holda oʻzgartirish kiritilishi
lozim) yoki yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni, shu jumladan ijrochi
tashkilot tomonidan tayyorlangan loyiha(lar)ni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Bunda yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni amalga oshirish
muddati moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyiha(lar)ning yakunlanish muddati bilan mos
boʻlishi lozim. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan loyihalarning
hisobotlari buyurtmachi tomonidan majburiy elektron roʻyxatga olinishi lozim2.
1. Ilmiy tashkilotlarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishda
muammolarni yechish uchun tegishli qonun xujjatlariga oʻzgartirish orqali amalga
oshirilmoqda. Jumladan ilmiy tashkilotlarni grant doirasida moliyalashtirishda ijrochi
tashkilot tomonidan ustama xarajatlari bekor qilindi.
2. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish manbalarini
kengaytirish maqsadida xususiy sektorni jalb qilish katta natijalarni va olim bilan
tadbirkor yaʼni ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchi oʻrtasida uzluksiz aloqani
taʼminlash imkoniyatini beradi.

1 https://lex.uz/uz/docs/-4759202
2 Ibragimov.Sh.E. O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va uni davlat tomonidan
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari.// SCIENCE AND EDUCATION – Spain, 2021. - V 2

3. Ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan ilmiy faoliyaga oid davlat dasturlari
doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni monitoringini yuritishda va uni samarali
tashkil etishda chet ellik mutaxassislarni ham jalb etish sohada mablagʻlarni maqsadli
va samarali sarflanishini taʼminlashga yordam beradi.

ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 24-iyuldagi OʻRQ-630-son Qonuni.
10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va
ragʻbatlantirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida 2019 yil
29-oktyabdagi OʻRQ-576-son Qonuni 10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat
tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Ilmiy Portali “xalqaro tashkilotlar va
moliya institutlari”
4. UNESCO tomonidan Oʻzbekiston milliy innovatsiya tizimi haqida, ilmiytadqiqot va sanoat oʻrtasidagi fermerlik aloqalari hamda inklyuziv STI tizimini
mustahkamlash boʻyicha tahlillar. ЮНЕСКО+1
5. UNCTAD hisobotlari: Oʻzbekistonda ilm-fan, texnologiya va innovatsiya
parklarini baholash va tavsiyalar. UN Trade and Development (UNCTAD)
6. World Bankʼning “Modernizing Uzbekistan National Innovation System
(MUNIS)” loyihasi boʻyicha Oʻzbekistonning innovatsiya siyosatini isloh qilish
strategiyalari. World Bank
7. OECD / US National Research Council hisobotlari: innovatsiya
ekotizimlarining ahamiyati va davlat va mintaqaviy tashabbuslarning roli. NCBI
Akademik maqolalar va nazariy asos
5. Djuravlova va boshq., 2022 — Universitetlarda innovatsion faoliyatni
boshqarish, moliyaviy tartib-intizom va pedagogik jarayonlarga taʼsiri; "Innovations in
Education System: Management, Financial Regulation and Influence on the
Pedagogical Process". ERIC
6. Caniëls, 2011 — Taʼlim muassasalari innovatsion tizimni shakllantirishdagi
roli va hamkorlik modeli. ScienceDirect, Volume 90, Issue 2, June 2011, Pages 271-
287
8. Wikipedia: Science and Technology in Uzbekistan – Oʻzbekiston ilm-fan va
texnologiya siyosatining asosiy dasturlari, ministerliklar, byudjet mablagʻlari va STI
infrastrukturasi. Википедия
9. IT Park Uzbekistan – Oʻzbekistonning IT-paketi, infratuzilma, startaplar,
universitet hamkorliklari va innovatsion infratuzilmaning amaliy modeli. Википедия
10. Zaylobitdinova, 2025 — Davlat oliy taʼlim muassasalari innovatsion
mahsulotlarini tijoratlashtirish jarayoni. Inlibrary
11. Abduvaliev, 2024 — “Uzbekistan-2030” taʼlim islohotlari va innovatsion
rivojlanish maqsadlari. bibliotekanauki.pl
12. Mukhitdinov, 2025 — Oʻzbekiston innovatsiya siyosatini muvofiqlashtirish:
kommunikatsiya va davlat roli. ResearchGate