OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OʻRTACHA ISH HAQI DINAMIKASI
VA MEHNATGA HAQ TOʻLASH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR TAHLILI
Shaxzod Xamdamov,
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi mudiri, PhD
shahzodh@internet.ru
ORCID: 0009-0002-4260-864X
https://zenodo.org/records/17341294
Annotatsiya. Ushbu maqolada 2020-2024 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda
mehnatga haq toʻlash dinamikasi, hududiy va tarmoqlar kesimidagi tafovutlar tahlil
qilingan. Tahlil natijalari nominal oʻrtacha ish haqining barqaror oʻsishini koʻrsatadi,
biroq hududlar (ayniqsa, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston va Qashqadaryo) hamda
tarmoqlar (“Bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati” va “Axborot va
aloqa” hamda “Qishloq xoʻjaligi” kabi sohalar) oʻrtasida katta farqlar mavjudligi
aniqlangan. Maqolada mehnatga haq toʻlash tizimidagi asosiy muammolar (hududiy
nomutanosiblik, past darajadagi ish haqi, norasmiy mehnat, malakaga mos boʻlmagan
ish haqi) sanab oʻtilgan va ushbu muammolarni hal etish boʻyicha takliflar ilgari
surilgan.
Kalit soʻzlar: nominal ish haqi, oʻrtacha oylik ish haqi, hududiy nomutonosiblik,
norasmiy mehnat, tarmoqlararo nomutanosiblik, mehnatga haq toʻlash tizimi.
Abstract. This article analyzes the dynamics of wage payment in Uzbekistan
between 2020 and 2024, focusing on regional and sectoral disparities. The analysis
results show a steady growth in the nominal average wage, yet significant gaps were
identified between regions (particularly Tashkent city, Karakalpakstan, and
Qashqadaryo) and sectors (such as "Banking, insurance, leasing, credit and
intermediary activities" and "Information and communication" versus "Agriculture").
The article outlines the main challenges within the wage system, including regional
imbalance, low-level wages, informal employment, and mismatch between wages and
qualifications, and proposes solutions to address these issues.
Keywords: nominal wage, average monthly wage, regional disparity, informal
employment, sectoral imbalance, wage payment system.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida mehnatga haq toʻlash tizimi
iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida tub islohotlarni boshdan
kechirmoqda. Ish haqi miqdori nafaqat xodimlarning moddiy farovonligini, balki
ishlab chiqarish samaradorligi, bandlik darajasi va ijtimoiy tenglikni ham belgilovchi
muhim iqtisodiy koʻrsatkichdir. 2024-yilda mamlakat boʻyicha oʻrtacha ish haqi 5,36
million soʻmni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 17,4 foizga oʻsdi. Biroq real ish haqi
inflyatsiya taʼsirini hisobga olganda, aholining haqiqiy daromadlari oʻsishi bilan toʻliq
mos kelmayapti. Shu bois mehnatga haq toʻlash sohasidagi mavjud muammolarni
aniqlash va ularni hal etish yoʻllarini ishlab chiqish dolzarb masala boʻlib qolmoqda.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyulidagi VMQ-465-son “Mehnat
normalarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni
tasdiqlash haqida” qarorda ish haqi va mehnat unumdorligi, ishning murakkabligi,
lavozim va vazifa boʻyicha toʻqnashuvlarni kamaytirishi, shuningdek, ish haqi
strukturasi maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilganligi mazkur
mavzunisi nechogʻlik dolzarbligini koʻrsatadi.1
Ish haqi iqtisodiyotning asosiy ragʻbatlantiruvchi omili sifatida bir qancha
iqtisodiy maktablar tomonidan oʻrganilgan. K.Marks ish haqini “mehnat quvvatining
qiymati” sifatida talqin qilib, uni ishlab chiqarish munosabatlarining natijasi deb
hisoblagan2. Neoklassik iqtisodchilar, jumladan A. Marshall va J. Hicks esa ish haqini
mehnat bozori muvozanatining funksiyasi sifatida izohlaganlar3.
Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlash tizimi mustaqillikdan soʻng bosqichma-bosqich
isloh qilinib, “Mehnat kodeksi”4 va Prezident farmonlari asosida tartibga solinmoqda.
Milliy statistika qoʻmitasi5, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda
Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi yillarda ish haqi oʻsish surʼati yuqori boʻlsada, mintaqalar oʻrtasida keskin tafovutlar saqlanib qolmoqda.6
Ushbu tadqiqotda deskriptiv tahlil, taqqoslama dinamik tahlil va nominal-real
oʻsish koeffitsienti metodlari qoʻllanildi. Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy statistika qoʻmitasining 2021–2024-yillar boʻyicha oʻrtacha ish haqi
koʻrsatkichlari hamda hududiy kesimdagi oʻsish surʼatlari asosida tahlil qilindi.
Asosiy hisoblash formulalari:
1. Nominal ish haqi oʻsish surʼati:
bu yerda: Wt – joriy yil oʻrtacha ish haqi, Wt-1 – oʻtgan yil koʻrsatkichi
2. Real ish haqi indeksi:
bu yerda: Tn — Nominal ish haqi indeksi, I — inflyatsiya indeksi
3. Hududlar oʻrtasidagi farq koeffitsienti:
Oʻzbekiston Respublikasida 2021–2024-yillar davomida oʻrtacha ish haqi 2,67
mln soʻmdan 5,36 mln soʻmgacha oshgan. Oʻsish surʼati 2021-yilda 21,4%, 2023-yilda
1 Vazirlar Mahkamasi qarori, 24.07.2025, 465-son “Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy etish
tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” qarori. URL:
https://lex.uz/ru/pdfs/7644846
2 Karl Marx. Capital: A Critique of Political Economy. London, 1867. Chapter XIX. URL:
https://archive.org/details/capitalvol1
3 Alfred Marshall. Principles of Economics. London: Macmillan, 1890.
URL: https://archive.org/details/principlesofecon0000alfr_t7r2/.
4 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 2022-yil. URL: https://lex.uz/ru/docs/-6257288
5 O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Ish haqi ko‘rsatkichlari (2021–2024).
URL: https://toshstat.uz/index.php?id=7888&option=com_content&view=article
6 Jahon banki (2024). Uzbekistan Economic Update.
URL: https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan/overview
esa 17,4% ni tashkil etgan. Bu oʻsish, asosan, bank-moliya, axborot texnologiyalari va
sanoat tarmoqlarida kuzatilmoqda (1-rasm).
1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida nominal оʼrtacha hisoblangan nominal
ish haqi koʻrsatkichlari (2020-2024 yillar)1
Shunga qaramay, real ish haqi inflyatsiya hisobga olinganda nisbatan past surʼatda
oʻsmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryo (3,78 mln soʻm), Surxondaryo (3,81 mln soʻm) va
Namangan (3,87 mln soʻm) viloyatlarida ish haqi respublika oʻrtacha darajasidan 30–
35 foiz pastligicha qolmoqda.
2024-yilda eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida (9,07 mln soʻm), eng past
koʻrsatkich esa Qashqadaryoda (3,78 mln soʻm) qayd etilgan. Farq koeffitsienti Kf=2,4
baravarga teng boʻlib, bu mehnat bozorida hududlar oʻrtasidagi nomutanosiblikni
koʻrsatadi (2-rasm).
2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha oylik ish haqining hududlar
kesimida shakllanishi2
1 Milliy statistika qo‘mitasi asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
2 Milliy statistika qo‘mitasi asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Hududiy tafovutlarni ishlab chiqarish tarmoqlarining notekis joylashuvi, ishchi
kuchining migratsiyasi, malakali kadrlar yetishmasligi va norasmiy mehnat ulushi
yuqoriligi bilan izohlash mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida 2020-2024 yillar oraligʻida nominal oʻrtacha oylik
ish haqi barcha iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha barqaror oʻsish tendensiyasini
namoyish etgan boʻlsa-da, ushbu oʻsish tarmoqlar kesimida sezilarli disproporsiya
(nomutanosiblik) bilan kechgan (3-rasm).
3-rasm. Oʻzbekiston mehnat bozorida tarmoqlararo disproporsiya
dinamikasi (2020–2024 yillar)1
Eng yuqori ish haqi doimiy ravishda yuqori malakali inson kapitalini talab
qiluvchi sohalarda saqlanib qolgan. Xususan, "Bank, sugʻurta, lizing, kredit va
vositachilik faoliyati" sektori butun davr mobaynida yetakchi boʻlib, 2024 yilda
oʻrtacha ish haqi 15263,7 ming soʻmga yetgan. Ikkinchi oʻrinda innovatsion "Axborot
va aloqa" sektori (13157,4 ming soʻm) joylashgan. Bu ikki yetakchi sohaning
koʻrsatkichlari 2024 yildagi oʻrtacha respublika ish haqidan (5357,2 ming soʻm) 2,5–
3 baravar yuqori boʻlib, mamlakat iqtisodiyotida moliyaviy va IT-sektorlarga boʻlgan
talabning ustunligini isbotlaydi. Ushbu keskin tafovut, asosan, ushbu tarmoqlarning
yuqori rentabelligi va xodimlarning yuqori unumdorligi bilan izohlanadi. Aksincha,
ijtimoiy va anʼanaviy sektorlar nisbatan past ish haqi darajasida qolmoqda. "Taʼlim"
(3637,0 ming soʻm) va "Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish" (3411,0
ming soʻm) sohalaridagi ish haqi respublika oʻrtacha koʻrsatkichidan sezilarli darajada
orqada qolgan. Bu holat ijtimoiy sohalarda kadrlar migratsiyasi (ketishi) xavfini
keltirib chiqaradi va mehnatga haq toʻlash tizimidagi ijtimoiy notenglikni
chuqurlashtirmoqda.
1 Milliy statistika qo‘mitasi asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Xulosa qilib aytganda, tahlil qilingan davrda nominal ish haqi dinamikasi ijobiy
boʻlsa-da, yuqori va past ish haqi toʻlanadigan tarmoqlar oʻrtasidagi mutlaq farqning
yil sayin kengayishi, iqtisodiy islohotlar jarayonida tarmoqlararo nomutanosiblikka
eʼtibor qaratish zarurligini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston mehnat bozorida ish haqi oʻsish surʼati iqtisodiy faollik bilan parallel
kechayotgan boʻlsa-da, hududiy va tarmoqlararo tafovutlar dolzarb muammo boʻlib
qolmoqda. Mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish uchun quyidagi choratadbirlar taklif etiladi:
- ish haqi miqdorini mehnat unumdorligiga bogʻlovchi tizimni joriy etish;
- norasmiy mehnatni qisqartirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish;
- hududiy tenglikni taʼminlash uchun differensial mehnat siyosatini ishlab
chiqish;
- xodimlarning malaka oshirish tizimini kuchaytirish va ragʻbatlantiruvchi
mexanizmlarni yaratishdan iborat.
ADABIYOTLAR
1. Vazirlar Mahkamasi qarori, 24.07.2025, 465-son “Mehnat normalarini ishlab
chiqish va joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” qarori.
9 bet.
2. Karl Marx. Capital: A Critique of Political Economy. London,1867. Chapter
XIX.
3. Alfred Marshall. Principles of Economics. London: Macmillan, 1890.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 2022-yil.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Ish haqi koʻrsatkichlari
(2021–2024).
6. Jahon banki maʼlumotlari (2024). Uzbekistan Economic Update.